Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir epchil o‘tinchi bor ekan. Uning boyligi bir eshak bilan bir tuyasi ekan. O‘tinchi kunda bir martaba tuya va eshagini urib, haydab o‘tinga sudray berar ekan. Bu eshak bilan tuyaning joniga tegibdi. Bir kuni eshak tuyaga:
— Hamma gunoh senda. Ikki kun o‘t-em yemay, suv ichmay, kasal bo‘lib yotsang o‘lasanmi? — debdi.
Tuya:
— Qirq qatimdagi qirq kunga yetadi. Hatto men bir oy suv ichmay, olti oy o‘t-em yemay yotaveraman. Nima bo‘lsa senga qiyin bo‘ladi, — debdi. Eshak:
— Bekor gap, — debdi. Tuya:
— Ey, ahmoq eshaksan, nima, men senga yolg‘on gapirib, qarzim bormi. Ishonsang ishon, ishonmasang, o‘z kuningda oi, — debdi. Eshak:
— Qani, shunday ekan, bir kasal bo‘lib yot, men ham bir-ikki kun og‘ir mehnatdan qutulib qolay, — debdi. Tuya:
— Mayli, debdi. Eshak bilan tuyaning hamma gaplarini o‘tinchi tinglab, o‘zini bilmaganga solib turaveribdi. O‘tinchi, “qani bular nima qilar ekan”, deb o‘t-em va suv olib kirib, eshak bilan tuyaning oldiga qo‘yibdi. Na tuya, na eshak, na o‘tga, na suvga qaramabdilar. Ikki kun o‘tibdi, eshak ochlikdan sulayibdi. Tuya esa qirqqati bilan kunini ko‘rib, yotaveribdi.
O‘tinchi har kun o‘t-suv olib kiraveribdi. Lekin tuya bilan eshak yemay-ichmay, sulayib yotaveribdilar.
Oradan to‘rt kun o‘tibdi. O‘tinchi o‘tin bog‘log‘ichini tutib, tuyaning jihozini ko‘tarib, hovliga chiqibdi. O‘tinchi qarasa, tuya ham, eshak ham e’tibor bermay yotgan emish. O‘tinchi tuyaga qarab:
— Sen rostdan kasal bo‘lsang, seni so‘yib, go‘shtingni xomtalash qilaman, — debdi. Keyin eshakning oldiga kelib: — Qani, eshakvoy, tur! — debdi. Eshakning ensasi qotib, qilt etmay yotaveribdi. Shunda o‘tinchi qo‘liga cho‘qmorni olib, eshakni ura boshlabdi. Cho‘qmor tekkan sayin eshak yerga yopishib boraveribdi. Xullas, eshakning sinmagan, lat yemagan joyi qolmabdi. Har tukidan qon zirqirab oqaveribdi. Eshak shunda ham turmabdi. O‘tinchi tuyaning oldiga kelib:
— Tuyavoy, endi navbat sizga, — debdi. O‘tinchi tuyaning ipini ochib: — Hayt! — debdi, turmabdi, ha-ha! — debdi, turmabdi. — Sen ham tezda gapga keladiganga o‘xshamaysan, — deb cho‘qmor tayoqni olib tuyani ura boshlabdi. Tuyaning joni og‘riy boshlabdi. Oxiri chiday olmay, tuya irg‘ib turibdi. O‘tinchi tuyani yana cho‘ktiribdi, yana turg‘izibdi. To‘rt-besh marta cho‘ktirib-turg‘izibdi. Tuyaning qulog‘iga sen meni bilmas ekansan, deb o‘tinga boshlabdi. Eshak esa qolaveribdi. O‘tinchi ketgandan keyin eshak bir amallab turib olib, yo‘lga tushibdi. Yo‘l yurib, moi yurib, bir dehqonning bogiiq turgan qo‘chqoriga ko‘zi tushibdi:
— Qo‘chqorvoy, bugun qochib qolmasang, egang seni so‘yib yemoqchi, — debdi. Qo‘chqorvoy:
— Voy, egam meni yaxshi ko‘radi, nega endi so‘ymoqchi? — deb so‘ragan ekan, eshak:
— U yog‘ini bilmayman. Lekin bugun qochmasang, seni so‘yadi, — debdi. Qo‘chqorvoy:
— Unday bo‘lsa mening ipimni yechib qo‘y, — debdi. Eshak qo‘chqorvoyning ipini yechibdi va ikkovi yo‘lga tushibdi. Boraversalar, bir xo‘roz qirq tovuqni yetaklab yuribdi. Eshak xo‘rozga qarab:
— Ey, xo‘rozvoy, bu na shodlik? O‘lgisi kelgan shag‘al iniga qarab huvlar emish. Seni bugun xo‘jayining so‘yib yeyishini bilasanmi? — debdi.
Xo‘roz:
— Bilmayman, — debdi. Eshak:
— Bilmasang bil, bugun qochsang, qochding, qochmasang, palovning tagida yog‘da qovrilasan, — debdi. Xo‘roz:
— Unday bo‘lsa mening qochganim bo‘lsin. Qayga boray? — debdi. Eshak:
— Biz bilan yuraver, — debdi. Bular Mozandaron to‘qayi qaydasan, — deb boraveribdilar. Yo‘lda bular sichqonboyga uchrabdilar. Sichqonboy gurunch tashib, o‘lib mehnat qilayotgan ekan. Eshak:
— Joningga na dori? — debdi. Sichqonboy:
— Yemish, — debdi. Eshak:
— Yur biz bilan. Seni Mozandaron to‘qayiga olib boraman. U yerda mevalar pishib yotibdi, — debdi. Sichqonboy:
— O‘zingni qoburg‘alaring teringga yopishib, oiay deb qolibsan, meni ham shunday kunga solmoqchimisan? — debdi. Eshak:
— Yo‘q, seni juda yemishli joyga olib boraman, — debdi. Shunda sichqon eshakning tuyoqlaridan aylanib, quyrugiga bir sapchib chiqib olibdi-da:
— Yur, eshakvoy, biz ham sizlar bilan ketdik, — debdi. Xo‘rozvoy ham qo‘chqorning shoxiga minib olibdi. Suv chiqsa suzib, to‘qay chiqsa buzib, ura-ur, sura-sur qilib to‘qayga kiribdilar. Mozandaron to‘qayi ham mevaga moi, suvga serob ekan. Bular rosa maza qilib, yashab yuraveribdilar.
Bir kuni eshakvoy majlis o‘tkazibdi. — Jo‘ralar, eshiting, men qachongacha bo‘ridan qo‘rqib jim yuraman, ichi-bag‘rim qisilib ketdi. Agar otamdan qolgan surnayni bir chertsam bo‘ldi, bo‘rilar shu zamon yetib kelib, hammamizni yeydi, — debdi. Xo‘rozvoy:
— Haqiqatan eshak rost gapiryapti, qachongacha men shaqoldan qo‘rqib yuraman, — debdi. Sichqonboy:
— Semizlikni qo‘y ko‘taradi, boshimizga bir falokat kelsa, nima qilamiz? — debdi. Qo‘chqorboy:
— Birlik bo‘lsa hech balo bo‘lmas, — debdi.
Shunda bir baland joyga chiqib, eshakvoy hangrab yuboribdi, zamin-zamon larzaga kelibdi. Uning ustiga xo‘rozvoy ham surnayini chalibdi. Sichqonboy ham sozini chertibdi. Qo‘chqorvoy nog‘ora qoqibdi. Bu tovushni eshitgan bir bo‘ri: “Borib, yeb qaytsam, yaxshi boladi”, — deb, darhol yetib kelibdi. Eshak hovliqib kelayotgan bo‘rini ko‘rib, orqasini tutib turibdi. Bo‘ri eshakning quyrug‘iga yopishgan ekan, eshak juft tuyoq bilan bir kattalab tepibdi, bo‘rining og‘zida bir tishi qolmay, sinibdi. Bu ham yetmaganiday, bo‘rining boshini ikki oyog‘ining o‘rtasiga olib, bo‘ynidan qisibdi. Shunda qo‘chqor kelib, bo‘rining qorniga ikki marta shoh uribdi. Xo‘roz esa bo‘rining ustiga chiqib olib, oyoqlari bilan yulibdi. Sichqonboy ham quruq qolmayin deb, bo‘rining qulog‘iga kirib, dumini likillatibdi. Bo‘ri hushidan ketibdi. Keyin eshakvoy bo‘riga:
— Hay jiyan, ahvoling qalay? — debdi. Bo‘ri gapirishga tili tutulib, yurishga holi yetmay qolibdi. Eshakvoy o‘z do‘stlariga:
— Yuringlar, buning nimasini tomosha qilamiz, mayli, ketsin, borib bizning salomimizni jo‘ralariga yetkazar, — debdi. Bo‘ri ham jonholatda turib ketibdi. Bo‘rining oldidan do‘stlari chiqqan ekan:
— Qayoqqa? — debdi. Bo‘rilar:
— Yur, eshak go‘shti yeb kelamiz, — debdilar. Bo‘ri bularga o‘zining lat yegan, singan yerlarini ko‘rsatib:
— Men yedim, endi u yoqlarga bir umr yoiim tushmasin, — debdi.
Bo‘rilar borishdan qo‘rqibdilar va izlariga qaytibdilar. Eshak, sichqon, xo‘roz va qo‘chqorvoy yaxshi yashab qolaveribdilar.