Dilora Xoliqova (1985)

Dilora Xoliqova 1985 yilda Navoiy viloya­tida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Yosh ijodkorlarning «Zomin seminari» ishtirokchisi. * * * Osmon manim, demasman, Oy o‘g‘risi emasman. Yuragimga yog‘ilgan, Bir nurni izlayapman. Ko‘nglim nurdek yoritgan, Kimnidir eslayapman. Yomg‘ir manim, davomi…

Muhammadsharif So‘fizoda (1880-1937)

Muhammadsharif So‘fizoda o‘zbek demokratik va ma’rifatparvarlik davri adabiyoti an’analarini davom ettirgan adiblar sirasiga kiradi. Adibning tavallud tarixi shu vaqtgacha 1869 yil deb ko‘rsatib kelingan. Buyuk Ahmad Muhammad Ubayd («O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1993, 23 iyul) bergan yangi ma’lumotga ko‘ra, So‘fizoda davomi…

Shuhrat Orif (1981)

Shuhrat Orif 1981 yili tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. “Men asli odammas, yor edim” kitobi chop etilgan. MEN Men – suluvni ko‘rmagan oshiq va ko‘rmasdan ketishi ayon. Ortingizdan yetolmayapman davomi…

Zamira Egamberdiyeva (1960-2005)

Zamira Egamberdiyeva 1960 yili Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani Qorabuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Andijon davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qigan. Shoiraning “Eng chiroyli gul”, “Dengizning dardi”, “Dil daftarin varaqlaganda”, “Baxtiyor qushlar”, “Qizlarimning sarposi”, “Dadamning duosi” singari she’riy hamda publitsistik kitoblari davomi…

Jontemir (1994)

Jontemir (Toshtemirov) 1994 yilning 18 sentyabrida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 2013 yil Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyni tamomlagan. 2020 yili yosh shoirlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Duel» loyihasida g‘olib bo‘lgan. * * * Kuz. Daraxtlar a-asta yechindi, Archa bundan mustasno davomi…