Zohir A’lam. Afandining qirq bir pashshasi (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Zohir A’lam 1943 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUni tamomlagan (1965). Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi kitoblari nashr etilgan. «Afandining qirq bir pashshasi» (shu nomda kissa ham yozgan, 1989) nomli pesasi ham bor. Publitsistik asarlar ham yozgan («Boyovut», 1986; «Mayiz atrofidagi gaplar», 1990 va boshqa).Plutarxning «Iskandar Makidunli» (1998) asarini hamda P. Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi S. Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2014 yil 13 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Soat o‘n birga yaqinlashganda kafeda oltita mijoz qoldi. Bufetchi va ofitsiantlar ularga qarab-qarab qo‘yishdi-yu, lekin indashmadi. Chunki hisob-kitob kilishgan, uyga ketishlariga esa hali vaqt bor edi.Olti mijozning uchtasi — jinsi shim, qizil va sariq kurtka kiytan, uzun sochli o‘spirinlar bo‘lib, davomi…