Lutfulla eshikdan shoshib kirdi-yu, u xonadan bu xonaga yugurib, xotinini izladi. Gulbahor oshxonadagi stolda xamir qorayotgan ekan.
— Guli, bo‘l, — dedi shoshilib uning yoniga kirarkan. — Yig‘ishtir bu narsalaringni.
— Ha, tinchlikmi? — deb so‘radi Gulbahor uning hovliqishidan arazlaganini ham unutib.
— Tinchlik. Bo‘l, otlan! Bolalarni ham otlantir! Kishloqqa boramiz! Boychechak ochilibdi!
Guli erining jiddiy gapirayotganidan kulib yubordi.
— Qiziq odatlaringiz bor-da, — dedi qo‘lini yuvayotib. — Ketdim deysiz-u, ketaverasiz…
— Ha, shunaqa… men nima istasam shu bo‘ladi, — dedi Lutfulla mamnun kulimsirab.
Gulbahor erining bunday odatlariga ko‘nikib qolgandi. Eri istagan paytda hohlagan tomonga ketar, hech nimani o‘ylab o‘tirmasdi. Ko‘ngli tusagan ishni qilardi.
— O‘zingiz ketavermaysizmi, bizlarni sudrab nima qilasiz? — dedi Gulbahor istamaygina.
— Ey… sen uni qadriga yetmaysan-da, — dedi Lutfulla o‘z xonasidan uning ol-diga chiqib. — Boychechak besh gradus sovuqda ham, besh gradus issiqda ham o‘ladi… U qor ketishi bilan chiqadi. Bir haftadan keyin qarasang, yo‘q… o‘ladi. Uni faqat hozir ko‘rish kerak… Bolalarga ham ko‘rsatamiz. Shu esida qoladi…
Gulbahor qo‘lini artib, shosha-pisha bolalarini kiyintirar ekan, Lutfulla boychechakni maqtashini qo‘ymasdi:
— Sen hali uni bilmaysan-da… Ko‘rmagansan ham… Shoirlar she’r yozadi, artislar qo‘shiq aytadi, boychechak deb. Lekin o‘shalarnnng o‘zi hali boychechakning ochilganini ko‘rgan emas. Mana, men sizlarga ko‘rsataman…
— Kimdan eshita qoldingiz, boychechak ochilganini, — so‘radi xotini uyga kirib keta turib.
— Bolalardan, Turgunlar kelishibdi, — javob berdi Lutfulla.
Shunday dedi-yu, ertalab xotini bilan oralarida bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqeani esladi. Kecha Xorazmdan teatr institutida birga o‘qishgan, hozir viloyat teatrida ishlayotgan o‘rtoqlari kelishgandi. Lutfulla ularni institutni bitirganlaridan beri ko‘rmagan, benihoya sog‘ingandi. Ularning kelganidan quvonib ketdi. Repetitsiyadan chiqqach, shular bilan chaqchaqlashib restoranda o‘tirdi. Restoranning yopiladigan payti yaqiplashgach, ofitsnantkaga ikkita butun tovuq buyurib, mehmonxonaga chiqishdi. Mehmonlarning xonasida hangomani yarim kechagacha davom etdirishdi.
Lutfulla uyiga qaytganda tong yorishay deb qolgandi, bir-birlaripi toza sog‘inishgan ekan. Tuni bilan gaplashishsa ham gaplari sira ado bo‘lmasdi.
U oyoqda zo‘rg‘a turgani uchun tuflisini ham yechmay, to‘g‘ri o‘z xonasiga o‘tib ketdi. Xonaga kiraverishda ikki-uchta ko‘k xoshiyali qiyiqqa bog‘langan tugunlar turardi. Lutfulla uni yo‘qlab, qishloqdan kelishganini payqadi. U xotinining odatini bilardi. Gulbahor qishloqdan keluvchilarni ko‘pda yoqtirmas, Uni ko‘rgani kelganlardan hech birini nomini atamasdi. Ensasi qotib, «qishloqdan-kelishdi», deb qo‘ya qolardi. Shu sababdanmi, ular olib kelgan narsalarga ham qo‘l urmasdi. Bu odat undan bolalariga ham o‘tgandi. Uyidan telefon kilib qolishsa, uch yashar o‘g‘li To‘rabek ham trubkani olib, «qishloqdan kelishyapti», derdi.
Lutfulla har kimdan har narsaga rashk qilaveradigan xotini bilan achchiq-tizziq bo‘laverishni o‘ziga ep ko‘rmas, ko‘p masalalarda ko‘nglini keng qo‘yib, muomala qilardi.
Ikkovi institutni tugatishib, boshqa-boshqa joyda — o‘zi telestudiyada, Lutfulla esa teatrda ishlay boshlaganidan beri yana bir odat chiqargandi. Endi u Lutfullani ilgarigidek, institutda birga o‘qib yurgan paytlaridek chiroyli, bejirim kiyinib yurishlarini yoqtirmas, aksincha, erining ko‘rimsiz, bir xil kiyimda yurishini istar, soqolini kunda olgani uchun ham janjal ko‘tarardi. Agar Lutfulla biror kuni boshqacharoq kiyinib, tuzukroq galstugini bog‘lasa bormi, Gulining qovoq-tumshug‘i osilib ketar, butun xatti-harakatidan rashk o‘tida yonayottanligi sezilib turardi.
Yotoqxonada, karavotlarining yonidagi tumbochkaning ustida hamisha teatrning repertuar plani turardi. Lutfulla usti atir-upa bilan to‘la tryumo oynasi oldida kiyinib, ust-boshini tuzatar ekan, Gulbahor unga pisanda qilgandek, repertuar planni qo‘liga olib, bugun erining spektakli bormi-yo‘qligini tekshirardi.
Lutfulla umrida birovga hisob berib o‘rganmagan. Xotiniga ham hamma narsani aytavermasdi. Ba’zan uning repetitsiya payti u ishtirok etmaydigan bo‘sh spektakl bilan to‘g‘ri kelib qolar, shunda Gulbahor «Iya, bugun «Pari qiz» ekan-ku! Siz bunda o‘ynamaysiz-ku, qayoqqa ketyapsiz? deb ergashib, naq liftning oldigacha chiqardi.
Lutfulla xotinining bunday qiliqlaridan jahli chiqsa ham indamas, ko‘nika boshlagani uchunmi, e’tibor qilmasdi. Ba’zan-ba’zan juda joniga tegsa, repetitsiyasi borligini ham aytmay ketib qolardi. Goho teatrda plandan tashqari ham spektakl tayyorlashar, shunday paytlarda ularga ishdan keyin qolib, repetitsiya o‘tkazishga to‘g‘ri kelardi. Xuddi hisob berishdek tuyulgani uchun u bularni ham xotiniga aytib o‘tirmasdi.
Xotinining nega bunday rashkchi bo‘lib kolganini Lutfulla hali-hamon tushunmaydi. Ilgari Gulbahor bunaqa emasdi. Eriga nihoyatda mehribon edi. U yangi rolni yod olayotgan paytlarda boshida parvona bo‘lar, dam o‘tmay choynakda issiq choy damlab, xonasiga ohista kirib kelar, u yod olishdan to‘xtashini kutib, jimgina tikilib o‘tirardi. So‘ng yoniga o‘tirib, choy quyib berar, ba’zan tuxum ilitib kelardi. Kechalari esa uyqudan qolib, partnerini so‘zlarini aytib turardi.
«Shu bolasini tug‘ib uyda qoldi-yu, rashk qiladigan odat chiqardi»», — deb o‘ylardi Lutfulla ichida. Ilgari, birga o‘qib yurgan paytlarida Gulbahor rashk nimaligini tushunib yetmasdi. Erining kelgan-ketgani bilan ham ishi yo‘q edi. Endi-chi… Endi biron kun Lutfulla spektakldan keyinmi, yo bosh rolda o‘ynagan paytlari premeradan keyinmi, o‘rtoqlari bilan qolib, uyga kechroq qaytsa, xotini qovoq-tumshug‘ini uyub kutib olardi. U Lutfullaga shunday jazo berishni bilardiki, Lutfulla bundan hech qayoqqa qochib qutulolmas edi. Gulbahor qasd qilgandek sira chehrasini ochmas, qovog‘ini yusiltirgancha, oylab eri bilan gaplashmasdi. Bu so‘zsiz ta’na, tilsiz jazo butuya xonadonni zahar-zaqqumga to‘ldirar, Lutfulla bir oygacha o‘rnini ham o‘zi tuzatib, ertalab ishga choyini ham o‘zi damlab, ichib ketardi…
Bugun ham shunday bo‘ldi. U ishga keta turib, xotinidan qishloqdan kim kelganligini so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, uning qovog‘ini uyub olganligini ko‘rib, indamadi.
Teatrga endi kelib turgandi, uni yo‘qlab qishloqdagi yaqin do‘stlari — sovxoz partkomi Zikir Azizov bilan o‘rmon xo‘jaligining direktori Omonilla Umarovlar kirib qolishdi. U ishdan keyin do‘stlari bilan yana restoranda uchrashdi.
Lutfulla ko‘pdan beri o‘z qishlog‘ida bo‘lmagan, uni nihoyatda sog‘ingandi. Shuning uchun do‘stlari unga qadrdon qishlog‘ining havosini olib kelgandek bo‘lishdi. U gap mavzusini hadeb qishloqqa, u yerdagi yangiliklarga burib turardi.
— Ha, darvoqe, Zikrilla, boychechak ochildimi? — deb so‘rab qoldi Lutfulla.
U Zikir bilan bolalikdan birga boychechak terib katta bo‘lgan, maktabni ham bir sinfda, bir partada o‘tirib bitirishgan edi.
— Ey… sen so‘rama… — dedi Zikir boshini orqaga tashlab, qo‘lini siltarkan. — Shunaqayam ochilganki… Uyoqqa qarasang ham boychechak, buyoqqa qarasant ham boychechak… Hammayoq boychechak…
Lutfullaning birdan yuragi yonib ketdi. «Uyoqqa qarasang ham boychechak, buyoqqa qarasang ham boychechak… » Uning ko‘z oldida yana ona qishlogi jonlandi. Baland tepa… Yo‘l boshida kallaklangan bir juft qo‘shtut… Yo‘lning ikki tarafida esa bodrab-bodrab ochilgan oq-sariq boychechaklar…
Endi oshnalarining gapi Lutfullaning qulog‘iga kirmas, uning fikri yodi boychechakda yedi. U restorandan chiqdi-yu, xotinining arazlaganini ham unutib, to‘g‘ri uyga shoshildi.
«O‘zi hamma ayollar arazchan bo‘lishadi, — dedi yo‘lda o‘ziga-o‘zi Lutfulla. — Bu ham shularning biri-da!» U xotinining arazlaganini endi ko‘riptimi?! Urganib qolgan. Gulbahor bilan yangi tanishgan, studentlik paytlarida ham tez-tez arazlab turardi. Shulardan ikkitasi Lutfullani xayolidan ketmaydi.
O‘shanda to‘rtinchi kursda o‘qishardi. Diplom spektakliga «Gamlet»ni qo‘yadigan bo‘lishdi. Kurs rahbarlari Lutfullada «Gamlet»ni o‘ynagan aktyorga o‘xshash tomonlar borligi uchun unga bosh rolni topshirishdi. Lutfullaning quyuq qora qoshlari, jiddiy ko‘z qarashlari, ayniqsa, kishining diqqatini o‘ziga tortadigan salobatli ovozi Gamletni o‘ynaydigan aktyorga juda-juda o‘xshab ketardi. Shuning uchun ham «Gamlet» rolini Lutfulla o‘ynaydigap bo‘ldi: Ofeliya rolini esa uning kursdoshi Gulbahor ijro etardi.
Gulbahor yoshligida nozikdan kelgan, oppoq, sochlari jingalak, o‘zi ham ko‘rinishi kabi noziktabiat qiz edi. U hamisha chit ko‘ylak kiyib yurardi. Lutfulla qishloqda o‘sgan emasmi, unga shu chit ko‘ylagi juda yoqardi.
Gulbahor ayniqsa, rolga kirganida yana ham ochilib, chiroyli bo‘lib ketardi.
Lutfulla ham kelishgan, barvasta qomatli yigit bo‘lib, o‘zining jiddiy tabiati, savlat to‘kib yurishi bilan barcha qizlarni o‘ziga mahliyo etardi. Ikkovlari ham spektakllarda o‘z rollarini mahorat bilan, berilib ijro etishardi.
Bir kuni institutda chet eldan kelgan mehmonlarga «Gamlet»dan bir sahna ko‘rsatishlari kerak edi. Shundan sal oldin Gulbahor Lutfulla bilan arazlashib qolgandi. Shuning uchun u spektaklda o‘ynashdan bosh tortdi. Lekin institutda hech kim Ofeliya rolini Gulbahorchalik ijro etolmasdi. Kurs rahbarlari bir amallab, uni ijro etishga ko‘ndirishdi.
Shu kuni Lutfulla Gulbahorga tikilib, hayron bo‘lib qoldi. Gulbahor rolni shunday bir kayfiyatda, joziba bilan ijro etardiki, uni ko‘rib Lutfulla butun xafaligini unutdi. Ko‘zlariga Gulbahor tengsiz bir malikadek, avvalgidan ham so‘lim, avvalgidan ham go‘zal ko‘rinib ketdi.
Spektakl tugagach, pardoz xonasiga o‘tib ketayotgan Gulbahorni qo‘lidan ushlab to‘xtatdi.
— Bugun ketib qolmagin, xo‘pmi? — dedi ko‘zlariga sirli tikilib.
Aftidan Gulbahor ham uni kechirgandi.
— Xo‘p, — dedi jilmayib va yugurganicha xonasiga kirib ketdi.
Ular kechqurun restoranda uzoq o‘tirishdi. Ushanda Lutfulla yolgiz o‘zi ijarada turardi. Restorandan chiqishgach, Gulbahorni o‘z kvartirasiga olib ketdi. Keyin kichkinagina to‘y qilishdi. Oradan bir yil o‘tgach, qizlari Gulnoza tug‘ildi. Bir kuni yana arazlashib qolishdi. Bu safar arazlashlari uzoqqa cho‘zildi. Ular yana bir yilga yaqin gaplashmay yurishdi. Lutfulla boshqa joydan kvartira olib, chiqib qetdi.
O‘shanda teatrda yangi spektakl tayyorlashayotgan edi. Bu spektaklda Lutfulla birinchi marta bosh rolni ijro etardi. U premeraga yaqin hamqishloq do‘stlari — Azimjon, Nazrulla va Sattorlarni taklif qildi.
Spektakl boshlanishidan oldin Lutfulla benihoya hayajonlanib, o‘rtoqlarini kutardi. U sahna orqasidan pardani xiyol ochib, zalni kuzatdi. Zalga endigina kirib kela boshlagan tomoshabinlar orasidan o‘rtoqlarini axtardi. Bir payt ularga ko‘zi tushdi. Ana, ular birinchi qatorda tizilishib o‘tirishibdi. Azimjon, Nazrulla, o‘rtada… o‘rtada esa… Lutfullaning birdan yuragi o‘ynab ketdi. O‘rtada… ochilib-sochilib Gulbahor o‘tirardi.
Ularning yonida esa Sattor qizi Gulnozani ko‘tarib, o‘ynatardi.
«Bu o‘rtoqlarimning ishi», deb kuldi ichida Lutfulla. Ayni paytda o‘rtoqlarining bu ishidan xursand ham bo‘ldi. Gulbahor quvonib, yigitlar bilap gaplashib o‘tirar, Gulnoza bo‘lsa Sattorning tizzasida sakrab, sho‘xlik qilardi. Lutfullaning ko‘zlari yonib ketdi. Shundagina u qizini nihoyatda sog‘inganligini his etdi.
Shu kuni Lutfulla rolni shu qadar mahorat bilan, berilib ijro etdiki, tomoshabinlar, hatto Gulbahorning o‘zi ham ichidan erining talantiga qoyil qoldi. Benihoya mehri tovlanib, shu yigit, butun zal gulduros qarsaklar bilan olqishlayotgan, tomoshabinlar quchoq-quchoq gul tutib qarshilayotgan salobatli shu aktyor o‘zining eri ekanligidan faxrlanib ketdi. Qizining qo‘liga gul tutqazib, sahna chetiga qo‘yib yubordi.
Lutfulla tomoshabinlar tutqizayotgan gullar orasidan «Dada!» deb chinqirib kelayotgan qizini ko‘rib, hayajonlanib ketdi. Uni dast ko‘tarib, bag‘riga bosdi. Quvonganidan ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi.
Teatrdan chiqishgach, Gulbahor oralarada hech gap o‘tmagandek erini qo‘ltiqlab oldi. Hammalari birgalashib, Lutfullaning yangi rolini «yuvishdi».
Shundan beri ham kechagidek ora-chora arazlashib turishadi. Lekin, endi bu uzoqqa cho‘zilmaydi.
… Lutfulla shu kuni bolalariii olib, tungi poyezd bilan Uchko‘prikka jo‘nadi. U qishlog‘iga Uchqo‘prik orqali o‘tmoqchi edi. Gulbahor erining qishlogiga ko‘p borgandi. Lekin bunaqa paytda, ilk bahor kunlari sira bormagandi.
Ular Uchko‘prikda Lutfullaning birga o‘qigan, asli bir qishloqlik Sharif ismli og‘aynisinikiga tushishdi. Uni maktabda paxta xashariga chaqirishganida ularning yirtilgan kiyim-kechaklarini tikib berib yurgani uchun hazillashib, «Sharif beva» deyishardi.
Lutfulla yo‘l-yo‘lakay «Sharif beva»ning qiliqlarini eslab, gapirib ketdi. U hozir Uchko‘prikda katta vazifada ishlar ekan.
Kechqurun ushoqqina, ammo xushchaqchaq «Sharif beva»ning «Gazigi» ularni Gulobodgacha eltib qo‘yadigan bo‘ldi. Gulobondan qishloqlarigacha yana mashinada besh-olti soat yo‘l bosishlari kerak edi. Lutfulla qishloqqa telefon qilib, borayotganini do‘stlariga aytdi. Uni Gulobodda do‘stlari — Azimjon va Nazrulla kutib oladigan bo‘lishdi.
Ular kechqurun roppa-rosa soat sakkizda Gulobodda bo‘lishlari kerak edi. Yo‘lga birov kechikib chiqishdi. Gulbahor bora-borguncha «miq» etmadi. Soat sakkiz bo‘lishiga oz vaqt qolgan, yo‘l esa hali ancha olis edi.
«Hechqisi yo‘q, ular bizni soat to‘qqizgacha kutishadi», deb dalda berardi Lutfulla xotiniga. Ammo o‘zi ham ichida: «Rostdan ham kechiksak, ular izlariga qaytib ketishsa, bolalar bilan tunda qayerda qolamiz», deb qo‘rqar, ammo xotiniga sezdirmasdi. Shofyor ularning shoshilayotganlarini bilib, mashinasini qanchalik shitob bilan haydamasin, baribir bir soatcha kechikishayotgan edi. Lutfulla do‘stlarining bir soatdai ortiq kutolmasliklarini bilardi. Chunki, ular yana qishloqqa qaytishlari kerak, yo‘l esa uzoq edi.
Nihoyat, ular Gulobodga kiraverishdagi GAIga yaqinlashishdi. Uzoqda, yo‘l chetida qoramtir «Jiguli» mashinasi ko‘rindi. Lutfulla shofyorga mashinasini xuddi o‘sha «Jiguli»ga taqab to‘xtatishni buyurdi. «Gazik» to‘xtashi bilan «Jiguli» ichidan ikkita yigit sakrab tushishdi.
Qorong‘uda Gulbahor ularni tanimidi. Ammo, Lutfulla ham mashinadan sakrab tushib, ular bilai quchoqlasha ketdi. Keyin Gulbahorni bolalari bilan mashinadan tushirishdi.
«Hayriyat, — dedi Gulbahor xotirjam bo‘lib «Jiguli»ning oqrqa o‘rindig‘iga joylasharkan. — Yetib keldik-a!»
Hammalari mashinaga o‘tirishdi.
— Juda vaqtida keldinglar-da, o‘ziyam. Soat to‘qqizdan ham oshdi. Yana bitta mashina o‘tishini kutib turgandik. Shunda kelmasanglar, qaytib ketmoqchiydik, — dedi Azimjon.
— Ha, yanga, qiynalmay keldinglarmi, ishqilib?— so‘radi Nazrulla orqa o‘rindiqqa qo‘lini tashlab. — Jiyanchalar sovqotib qolishmadimi? Qorinlari ham toza ochgandir? — U shunday deb oldinga engashdi. Gazetaga o‘rog‘liq bir narsani olib, o‘rtaga qo‘ydi. Dimog‘lariga yoqimli kabob hidi urildi.
— Nima qilsak, sizlar kelguncha sovib qolmas ekan, deb rosa bosh qotirdik. Keyin nonning ichiga bosa qoldik. Qani olinglar-chi, sovib qolmadimikin? — U bir tishlam go‘shtni og‘ziga soldi. — Yaxshi, iliqqina turibdi. Qani, To‘rabek, mana buni yeb ko‘rginchi! — U bir burda nonni ustiga go‘sht qo‘yib, charchaganidanmi, oyisining tizzasida indamay kelayotgan To‘rabekka uzatdi. Keyin, yana pastga engashib, qo‘liga bir shisha oldi.
Piyolaga ichimlik quyib, Lutfullaga tutdi.
— Endi boychechakka boramizmi, dadajon?— dedi boyadan beri jimgina o‘tirgan Gulnoza dadasiga qarab.
— Ha, qizim, mana endi shu amakilaring bizni to‘g‘ri boychechakka olib borishadi.
— Men sizlarga ajoyib bir narsa olib kelganman, mana hozir… — Nazrulla shunday deb qo‘ynidan bir bog‘lam boychechak chiqardi.
— O‘h-ho‘… — Lutfullaning ko‘zlari yonib ketdi. — Menga ber! Qayoqdan olding? — U boychechakni do‘stining qo‘lidan shoshib olib, dimog‘iga tutdi.
— Dada, bitta ko‘ray, menga bering…
— Dada mengayam bering…
Bolalari talashib, qo‘l uzatishdi. Lutfulla boychechaklarni ikki qismga bo‘lib, bolalariga berdi.
— Rostdan ham shunaqa ko‘p ochilganmi? — deb so‘radi Lutfulla ishonqiramay. U do‘stlariga boychechakka kelayotganini aytmasa ham uni topib kelishganidan xursand edi.
— Hu, yo‘ldan terib oldik, sizlarni bir sevintiraylik deb, — dedi Azimjon. — Lutfulla, o‘zing ham sog‘inib qolgandirsan…
— Ey… so‘rama, — dedi Lutfulla uning yelkasiga qo‘lini qo‘yib. — Soginish ham gapmi… Zikir uyoqqa qarasang ham boychechak, buyoqqa qarasang ham boychechak degandi, naq jinni bo‘ldim qoldim-da. Bir ko‘rgim keladi, degin. Hech narsa ko‘zimga ko‘rinmay qoldi.
— Ha, aytmoqchi, ifor ham ochilganmi? — dedi birdan esiga tushib Lutfulla. Keyin xotiniga yuzlandi. — Bizda uni «Jipor» deyishadi. Bilasan-a? Ko‘rganmisan uni?
— Ha, — dedi Gulbahor kulimsirab. — Bir ko‘rgandim, kitobingizni orasida quriganini.
— Ha, barakalla… Ana o‘sha «Jipor» bo‘ladi. Mana, endi o‘sha «Jipor»ning aslini ko‘rasan…
— Voy, Lutfulla, «Jipor» shunday ochilgan degin… Maza qilib yeysan…
— Ey… Ismaloqni aytmaysanmi… Shunday tepalikka chiqsang… isi hammayoqni tutib ketadi…
Gulbahyur kap-katta odamlarniig qandaydir o‘tlar haqida bir-birlariga navbat bermay zavq bilan gapirishlaridan, undan qandaydir huzur olishayotganidan hayratlanib o‘tirardi. U umrida bu o‘tlarni birontasini ko‘rmagan. Faqat eridan ularning nomlarinigina eshitib turardi. Eri bilan qishloqqa borsa, yo uyiga erinpng oshnalari kelishsa, faqat shular haqida gaplashishardi. Ular har safar ham uchrashishganda o‘z qishloqlari, u yerdagi o‘rmonlar, archalar, u nomini ham eshitmagan qandaydir hayvonlar, antiqa gullar, xilma-xil o‘tlar haqida sira zerikmay, tong otguncha gaplashishardi. Gulbahor bularni yosh bolalarning gapi deb kular, lekin buni bolalar emas, kap-katta odamlarning gapirishayotganidan hayron qolardi.
Uzi shaharda o‘sgani, na ota-onasiyu, na aka-ukalaridan biron marta na tabiat haqida, na o‘tu, na gullar haqida gaplashganlarini eshitmagani uchunmi, ularning bu tarzdagi suhbatlariga ajablanib quloq solardi.
Gulbahor Lutfulla bilan yangi tanishgan kezlari uning ov, o‘rmon, miltiq haqidagi gaplarini eshitib, bir narsaga tushunmasdi:
«Nega u faqat shular haqida gaiiradi», deb hayron bo‘lardi. Keyin bilsa, Lutfulla tog‘da tug‘ilib o‘sgan ekan…
Ular qishloqqa yarim tunda kirib kelishdi. Lutfulla uyidagilarni bezovta qilmaslik, ham ertalab barvaqtroq boychechak terishga borish uchun bolalari bilan mehmonxonaga joylashdi.
Ertalab nari-beri nonushtga qilib olishgach, yana Azimjonning mashinasiga o‘tirib, yo‘lga tushishdi. Qishloqqa chiqishgach, «O‘rga qarab o‘rlayapmiz», dedi Lutfulla xotiniga. Gulbahor bu so‘zni ham birinchi eshitishi edi. Keyin tosh yo‘l ularni Oqdovonga olib chiqdi. Gulbahor bu yerning nima uchun Oqdovon ekanligini so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, tortindi. Azimjon mashinani sekinlatib, ularga atrofdagi manzaralarni ko‘rsatib borardi.
Tepalikdapg Qo‘shtutdan o‘tishgach, Lutfulla tezroq “Jipor” tepa tomon haydashni buyurdi. U boychechak terishga oshiqayotgandi.
Kiziq, qanchadan-qancha yo‘l bosishdi. Lekin, boychechak ko‘rinmasdi. «U faqat ma’lum joylarda ochiladi», dedi eri. Nihoyat, Sakratma deb atalgan dovondan o‘tishgach Jipor tepaga ko‘tarilib, mashinadan tushishdi.
Tog‘ning kungay betida ingichka tolali oppoq boychechaklar ochilib yotardi.
Lutfulla yosh boladek yugurib, yerdagi boychechaklarni uzmoqchi bo‘ldi. Ammo, boychechajning ipdek tomiri ancha chuqur edi.
U qo‘ynidan kiyik shakli ishlangan kichkina pakkichani chiqardi. Yerni kavlab-kavlab, boychechakni qo‘lga oldi. Uni dimog‘iga keltirishi bilan o‘zi unutayozgan noaniq bir hidni tuydi.
— Dadajon! Mana buyoqda sarig‘i ham bor ekan! — orqadan o‘g‘lining shodon ovozi eshitildi. — Menga sarig‘idan olib bering!
Lutfulla yo‘lning u betiga o‘tdi. Pakki bilan yer kavlab bolalariga boychechak tera boshladi. Bolalari yo‘lning u betidan bu betiga yugurishar, qiyqshrishib, otasi kavlayotgan boychechaklarni talashishardi.
— Bosmanglar, faqat bosmanglar! — deb tayinlardi Lutfulla bolalariga.
O‘zi bo‘lsa tepalikning o‘rtasida turib, hordiq chiqarardi. Atrofidagi sokin tog‘larga, ko‘m-ko‘k o‘rmonlarga, huv qirda yugurishib, boychechak terayotgan bolalariga, ulardan sal naridagi xarsangtosh ustida o‘tirib atrofga to‘ymay boqayotgan xotiniga tikilib, qalbi g‘alati, ta’rifga sig‘mas, shirin hissiyotlarga to‘lardi.
Gulbahorning ham shodligi olamga sig‘masdi. U yuragidagi barcha gina-qudratlarni, kechagina erini ranjitganlarini tamomila unutgan, yuragining tub-tubidan oqib chiqayotgan shodlik-baxtiyorlik hissi butun vujudiga taralib qanot bag‘ishlamoqda edi. U atrofdagi manzaralarga suqlanib tikilarkan, eridan minnatdor bo‘lib ketdi. Kani enda hozir anavi yigitlar bo‘lmasayu, u erining quchog‘iga otilsa… Avvalgidek, ha bir paytlaridagidek suyib-suyib erkalasa…
«O‘zim ham keyingi paytlarda juda injiq bo‘lib ketibman, — deb o‘ylay boshladi Gulbahor ichida. — Bo‘lar-bo‘lmasga xarxasha qilaveraman. Sal narsaga rashk qilaverib uning ham joniga tegib ketdim. Nega unga ishonmay qoldim o‘zi?! Axir, meni yaxshi qo‘rishini har kun, har daqiqada sezib turibman-ku! Yaxshi ko‘rmaganda meni har yoqlarga olib yurmasdi-ku! Mana shu yoqlarga ham olib kelarmidi?! Agar o‘sha… o‘sha… Gulbahorning yuragi orqasiga tortib ketdi. Xayoliga kelgan fikrdan o‘zi ham cho‘chib ketdi. Xudo ko‘rsatmasin, rostdan ham bitta yarimta yuradigani bo‘lsa, o‘shani olib kelmasmidi?! O‘ynab ketgan bo‘lardi. Bolalari bilan qiynalib, bizni sudrab yurarmidi?!»
O‘zi har safar ham shunaqa bo‘ladi. Gulbahor qachon zri biror ish bilan kech qolib, uyga barvaqt qaytmasa, yuz xil xayollarga borib, ich-etini yeb o‘tirardi. U kelgandan keyin esa, o‘zidan, yo birga kelgan oshna-og‘aynilaridan nega kech qolishganining sababini bilib, noo‘rin rashk qilganidan, bekorga o‘zini qiynaganligidan afsuslanardi. Shunda har safar «ikkinchi marta rashk qilmayman», deb qasam ichar, ammo, kech kirib, eri keladigan vaqtdan sal oshgach, yana toqatsizlana boshlardi.
«Menga o‘zi bir balo bo‘libdi, — dedi kulib o‘ziga-o‘zi Gulbahor. — Nega endi bekordan-bekorga rashk qilaveraman. Kimdan yuqdi menga bu kasallik? Axir erimni birortasi bilan ko‘rmagan, ushlamagan bo‘lsam? Yo biron kishi aytmagan bo‘lsa. Nega bunaqa bo‘lib qoldim o‘zi?! Teatrda chiroyli qizlar ko‘p bo‘lsa nima bo‘pti?! Nima, o‘shalarni o‘z eri, yo yaxshi ko‘rgan yigiti yo‘qmikin? Hammasi sochini tarab, uning eriga ko‘z tikib o‘tirganmikin!… Tagin ham uning eri yaxshi. Indamaydi. Agar uning o‘rpida Lolaning eriga o‘xshagan erkak bo‘lsa bormi?! Umri kaltakning ostida o‘tardi!
«Eyadi hech qachon rashk qilmayman!— deb o‘ziga-o‘zi ahd qildi Gulbahor. — Hech qachon!!!»
Ular Jipor tepada dasta-dasta boychechak terib qaytishdi. Lutfulla qishlog‘ida uzoq qolishni istamadi. U boychechakni ko‘rgan, unga shuning o‘zi yetardi.
Ularni Azimjon bilan Nazrulla Ko‘ktoshgacha kuzatib qo‘yishdi. Lutfulla bolalarini olib, to‘g‘ri Ko‘ktoshdagi do‘sti Turdialinikiga tushdi. Kechqurungi reys bilan Toshkentga uchishmoqchi edi. Bilet olisholmagach, ertalab uchadigan bo‘lishdi. Turdiali ko‘ngli ochiq, soddadil yigit ekan. Rafiqasi Saburaning kamgap, kamsuqum va muloyimligi Gulbahorga yoqib qoldi. Gulbahor Sabura bilan bir zumda ko‘p yillik qadrdonlarga aylanishdi.
Ertalab jo‘naydigan bo‘lishgach, Gulbahor yuklarini koridorning burchagiga joylab, ustiga o‘zlari tergan boychechaklarni qo‘ydi.
Kechqurun Lutfulla, Gulbahor uy egalari bilan ichkaridagi uyda choy ichib, gaplashib o‘tirishardi. Bolalari esa ularning bolalari bilan narigi uyda topolon qilib o‘ynashar, dambadam Gulnozaning «mana, biz tergan boychechaklar, mana bunisini o‘zim terganman», deb maqtanayotgani eshitilib turardi.
Turdiali asli adabiyotshunos olim edi. Ko‘p yillardai beri u o‘z vohasidan chiqqan mashhur shoiraning hayoti va ijodi bilan shug‘ullanar, shu haqida ilmiy ish ham yozayotgandi. Yarim kechagacha ular Turdalining shu ishlari bilan tanishib, uning ajoyib shoira haqidagi suhbatlarini berilib tinglashdi.
Keyin Sabura ularga shu xonaga joy solib berdi. Gulbahor narigi uyning har qayerida uxlab qolgan bolalarini birin-ketin olib kirib, o‘rniga yotqizdi. Chiroqni o‘chirgach, divanga kelib, erining yoniga o‘tirdi. Uning bu safardan ruhi ko‘tarilgan, xursand edi. U hozir erining qop-qora sochlarini, charchagan, so‘lg‘in yuzlarini juda-juda silagisi kelardi. Shu payt eri qulog‘iga xafaxon shivirladi:
— Guli… boychechaklar yo‘lakda sochilib yotgan ekan…
Gulbahor uning ovozidap qattiq ranjiganiii payqab asta o‘rnidan turdi. Sekin eshikni ochdi. Haqiqatan ham boychechaklar yo‘lak bilan bitta bo‘lib sochilib yotardi. Bolalari uni uy egalariga ko‘rsataman deb, sochib yuborishgan edi. Gulbahor poldan tomirlari ezilgan, uzilgan boychechaklarni bitta qo‘ymay terib oldi-da, xonaga qaytib kirdi. Yo‘lakdan tushib turgan ingichka nur yorugida yurib borib, to‘rdagi servant ustida turgan guldonpi qo‘liga oldi. Oshxonadan suv olib kelib, boychechaklarni unga soldi-da, erining ro‘parasidagi servant ustiga qo‘ydi. Yana ohista yurib kelib, Lutfullaning yonida cho‘zildi. . Endi u xayolga botib, shuncha qiynalib yetishgan narsalarini avaylamagani uchun qalbdan ezilayotgan edi.
Ular erta tongda uyg‘onishdi. Turdiali ularni ayeroportgacha kuzatib qo‘ydi. Samolyot bir necha daqiqa parraklarini aylantirib, dirillab turgach, asfalt yo‘lka bo‘ylab yugurgilab, shiddat bilan osmonga ko‘tarildi.
— Axir ham boychechaklarni tashlab keldinglar-a… — dedi Lutfulla xotiniga o‘kinch bilan tikilib.
— Voyy… — deb yubordi birdan Gulbahor achinib. — Servantning ustida qolib ketibdi.
— Siz shunaqasiz-da, o‘zi, — dedi Lutfulla jilmayib. — Ataylab tashlab kelgansiz…
Erining gapi Gulbahorga tarsaki urgandek ta’sir qildi. Uning ko‘z oldidan servant ustidagi guldonda turgan oq-sariq boychechaklar o‘tar, ularning qolib ketganidan yuragi jizillab achishardi…