Yoqubjon Xo‘jamberdiyev. Qaldirg‘ochlar bahorda keladi (qissa)
I 1937 yilning ayni bahori edi. U obkom binosidan to‘g‘ri soy bo‘yiga tushdi. “Zudlik bilan bu yerdan qochish kerak” degan qarorga keldi-yu, to‘lqin-to‘lqin bo‘lib oqayotgan Oqbo‘raga ko‘z soldi… Qadim-qadimlardan vodiy sari hayot olib kelgan sut rangidagi Oqbo‘ra, nahot endi… U davomi…


Yoqubjon Xo‘jamberdiyev 1947 yili O‘sh viloyatining Suzoq qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Ilk kitobi 1981 yili «Zarurat» nomi bilan chop etilgan. Taniqli shoir va tarjimon mustaqillik arafasida kechgan qayta qurish yillarida o‘zbek matbuotida paydo bo‘lgan iste’dodli jurnalistlardan biridir. 1990 yilda chop qilingan «O‘zbeklar ishi» asariga sovet davridagi o‘zbek xalqi kechirgan hayotni tasvirlagan esse va maqolalar kirgan. Yoqubjon Xo‘jamberdiyev 1990 yilda Qirg‘izistonning janubida ro‘y bergan etnik to‘qnashuvlar sabablari va oqibatlari haqida yozgan maqolalari bilan tanilgan. U, shuningdek, Nabijon Boqiy bilan birgalikda 1998 yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.