(Laqashiqildoq hangoma)
Juda zarurati bo‘lmasa-da, Jumqulning katta shaharga borgisi, unda mardikor yollanib ishlagisi keldi. Katta shaharning tuzini totib, mashaqqatlarini unutmagan yigitlar «borma, sho‘ring quriydi. Uch kun ichida ro‘yxatda turmasang, topganing nazoratchilarning tomog‘ini moylashga ketadi», deb qaytarmoqchi bo‘lishdi. Tabiatan qaysar bo‘lgan Jumqul «besh-o‘n so‘m topib kelmasam, Yo‘qqulobodning yigiti emasman», deb qishloqdan chiqdi. U katta shaharda yurib, adablarini yeganlarning o‘gitlarini unutmadi. O‘zini to‘g‘ridan to‘g‘ri mardikor bozoriga urmadi. To‘qqiz qavatli uydan bir xonani ijaraga olgan edi. Tongsaharda turib, derazadan qarasa, bir koshonasifat, ko‘rkam binoning atrofida tumonat odam. Sinchiklab qarasa, bu yer to‘yxona ekan. Erta turganning rizqini Xudo beradi, degani shu-da, deb yaxshi kiyimlarini kiyib, pastga tushdi. To‘yga kelayotgan bir guruhga qo‘shilib, osh yeb chiqdi-yu, qorni to‘ymadi. Sal nari bordi-da, bir oz sabr qilib, so‘ng boshqa guruh bilan yana kirib chiqdi. Unga birov «kimsan, nima uchun yana kiryapsan?» demadi. «Kambag‘alning to‘ygani – chala boy bo‘lgani», deganlaridek, ko‘ngli ham shodlikdan yorishdi.
Mardikor bozor uzoq emasdi. Borib, mijoz kutdi. Peshinga qadar ish chiqmadi. Qorni ochgan edi, to‘yxona esiga tushdi. Umid bilan borgan edi, och qaytmadi. Shu zaylda u qorin g‘amini hal qilib oldi. So‘rab-surishtirib, to‘yxonalarni aniqladi. Odamlar gumonsiramasin uchun bugun bu to‘yxonada, ertasiga unisiga bordi. Endi uning uchun eng muhim muammo shaharda ro‘yxatda turish edi. Shaharda tanishi, qarindoshi bo‘lmasa uni kim uy daftariga tirkab qo‘yardi. Ammo Xudo uning bu ishini ham o‘ngladi. Mijoz kutib turgan edi, nazoratchi yigitlar ko‘rinishdi. Jumqul o‘zini odamlar panasiga oldi. Nazoratchilar alanglab yurgan uch kishidan gumonsirashdimi, ulardan hujjat ko‘rsatishlarini talab qilishdi. Shunda uch kishi baravariga gapira boshlashdi. Ular inglizcha gapirishdimi yo nemischami, Jumqul bilmadi. Nazoratchi yigitlar esa bir-birlariga qarab «chet ellik ekan bular», deb nari ketishdi. Muhojirdan hujjat so‘ramasligini bilib olgan Jumqul «mendan talab qilishsa, chet ellikka o‘xshatib gapiraveraman», degan qarorga keldi. Shu niyatiga ham farishtalar «omin» deyishgan ekan, o‘sha kuniyoq g‘aflat bosib nazoratchilarga ro‘para kelganini sezmay ham qoldi.
– Qani, hov boyvachcha, hujjatlaringni ko‘rsat-chi!-dedi nazoratchilardan biri.
Jumqul avvaliga sal dovdiradi. Keyin o‘zining «muhojir» ekani esiga tushdi. Ammo darrov bir nima deyishi qiyin bo‘ldi. Maktabda bir yil inglizcha, uch oy frantsuzcha, to‘qqiz oy ispancha, yetti hafta nemischa o‘qiganida biron nimani durustroq o‘rganib olmagan ekan. Lekin Jumqul ko‘cha ko‘rgan yigit emasmi, kinolarda eshitganlari esiga tushib, ularga tik qaradi-da:
– Xendi xox!-dedi.
– Nima deyapsan?-dedi ikkinchi nazoratchi.
– Axtung, guden tak, gud,gud,-dedi Jumqul va beixtiyor iljaydi.
– Bu chet ellikka o‘xshaydi,-dedi birinchi nazoratchi.
– Bazaren guden morgen,- Jumqul shunday deb uning qo‘lini olib do‘stona siqib qo‘ydi.
– Familiyasi Morgan ekan,-dedi nazoratchi sherigiga, keyin Jumqulga qarab, o‘zini «Shoboltqul» deb tanishtirdi.
– Amerikalikka o‘xshaydi, qo‘y, indama,-dedi sherigi.
O‘sha kuni oqshomda Jumqulning omadi kelib, bir kishi uni naq ikki oyga yollab, olib ketdi.
Ikki oydan so‘ng Jumqul yana bozorda paydo bo‘ldi. Nazoratchi hujjat tekshirib qolarmikin, degan havotirda turdi. Qarasa, nazoratchilar boshqa yigitlar, shunda yana eski hunarini qildi:
– Xelo Jonni, o key?-dedi kulimsirab.
Nazoratchilar gapga tushunmay, bir-birlariga qaradilar.
– Akasini yo‘qotib qo‘ygan shekilli?-dedi birinchisi.
– Ha,-dedi ikkinchisi uning gapini ma’qullab, so‘ng Jumqulga qarab dedi:-Bozor katta, biz akangizni topib berolmaymiz.
– Somsamova Kuraosva,-Jumqul tiliga kelgan bu so‘zlarni aytib, ularga bir-bir qo‘l uzatdi.
– Familiyasi Somsamova ekan,-dedi nazoratchilarning birinchisi va o‘zini «Shoteshqul» deb tanishtirdi.
Jumqul katta shaharda xor bo‘lmadi. Qorin ham to‘ydi, pul ham topdi. Eng qizig‘i – «Somsamova Morgan» degan yangi nom bilan uyiga eson-omon qaytdi. Hol-ahvol so‘raganlarga gapni kalta qildi:
– Chet tillarni bilgan odam shaharda hor bo‘lmaydi. Chet tilni bilsang, bor shaharga, bo‘lmasa, qishlog‘ingda o‘tiraver.