Oygul Ubaydulla qizi. Sog‘inch qo‘shig‘i (hikoya)
Beshikda yotgan go‘dak yig‘ladi. Ayol ovutish niyatida ko‘kragini tutdi. Ammo go‘dak boshini sarak-sarak qilganicha yig‘isini avjiga chiqardi.Tug‘ruqxonadan chiqishganiga mana bir hafta bo‘libdiki, har kuni kechqurun shu ahvol. Yig‘layverib milklari qizarib ketgan chaqaloq, oxiri, onasidan arazlagan holda uxlab qoladi.Bugun ham shu davomi…