Otauli. Afandining yo‘rig‘i (esse)

Topqirlik O‘zbek xalqining sevimli qahramoni Xo‘ja Nasriddin afandining fazilatlari ko‘p. Bu qahramonning o‘ta bilag‘onligi, topqirligi, so‘zamolligi, epchilligi, sofdilligi, odilligi, dadilligi, mardligi, tantiligi tillarda doston! Janobi Afandi nafaqat o‘zbek, usmonli turk, ozarbayjon, qozoq, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq, tatar, boshqird, uyg‘ur va boshqa davomi…

Otauli. Havo (hikoya)

  Sumbulaning sokin saharida Xo‘jakent qish­log‘ining tub-kindigidagi quyoshga yuz tutgan mo‘­jazgina kulbadan chiqib kelgan qariya avvaliga dala hovlisini bir aylanib keldi. So‘ng hovli yonidan oqib o‘tadigan zilol jilg‘ada yuz-qo‘lini yuvdi. O‘choqboshiga borib, odatdagidek qumg‘onda choy qaynatishga tutindi. Uning oltmish besh davomi…

Otauli. Diydor (hikoya)

— Hoy, shoir, turing, tashqarida sizni qandaydir rasvo so‘rab kelibdi!Mehmonxona xodimining bosh ustiga engashgan ko‘yi shivirlab aytgan bu gapi Abdulhamidning uyqusini daf’atan o‘chirdi. Kuni bo‘yi do‘stlari bilan vodiy bo‘ylab qilingan safar-sayohatlari, adabiyot ixlosmandlari bilan qizg‘in uchrashuvlardan charchab-toliqqan, shu bois qotib davomi…

Otauli. Suv (hikoya)

Ko‘pni ko‘rgan ota-bobolarimiz butun olam ham, bani odam ham to‘rt unsur – olov, havo, tuproq, suvdan tarkib topgan deydilar. Bu to‘rt unsurdan har birining o‘zigagina xos eng birlamchi sifatlari bor: olov – muqaddas, havo – beminnat, tuproq – tabarruk, suv davomi…

Otauli. Birovning dardi (hikoya)

Kutilmaganda og‘riq zaptiga oldi. Beli naq siniqqa o‘xshaydi. Boshi aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Bir joyda mixlangandek qadalib o‘tirib ishlaydigan odamning joni-jahoni belida bo‘ladi, shekilli-da! Qirq yildan beri uzzukun belkurakda yer ag‘darganida ham pinak buzmay, og‘riq nimaligini bilmagan bu baquvvat belning davomi…

Otauli. Qorasuv (hikoya)

Tarixiy lavha Qadim turkiy so‘zlarning tub lug‘aviyma’nolarini puxta biladigan lug‘atshunos olimErnst Begmatovga bag‘ishlayman Rabg‘uz (Raboti O‘g‘iz)dan Hazrati Sultoni Orifin ziyoratiga otlangan karvon Terskay (ya’ni, Teskari – hozirgi So‘zok shahri)da bir kecha tunab, Qoratovni oshib, nihoyat, Yugnaktepa yaqinidagi «Shakarbuloq» deb ataluvchi davomi…

Otauli. Yo‘riq (hikoya)

Keyingi o‘n besh yillik umrini qadimiy Yassi qal’asi yaqinidagi Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida o‘tkazgan Husayn so‘fi Muhammad so‘fi o‘g‘li qirchillama qirq yoshida kutilmaganda noaniq bir xastalikka chalinib, to‘shakka mixlandi-qoldi. Tabib-hakimlar bemorni har bob bilan ko‘rib, dardiga davo qidirdilar, lekin bu urinishlardan tayinli davomi…

Otauli. Badal (hikoya)

Mana, bir yildirki, Halil yo‘q oromini battar yo‘qotdi. Na yotishida halovat bor, na turishida. Marraga yaqinlashib qolgani keyingi uch-to‘rt kun ichida-ku, qo‘yaverasiz. Xayolan nimalarnidir xomcho‘t qiladi, qayta-qayta hisoblab ko‘radi. Uzzukun bir narsani o‘ylaydi: “Qachon bu boshi-keti yo‘q tashvishlardan qutulib, ilmiy davomi…

Otauli. Risola (hikoya)

Qadimshunoslik (arxeologiya) institutining yangi direktor o‘rinbosari eski ilmiy kotibni huzuriga chaqirib, qo‘liga bir qo‘lyozma tutqazdi:– Viloyatda yashaydigan bir boshlovchi olim shuni jo‘natib, bizdan fikr so‘rabdi. O‘qib, oldingizga kelganida fikringizni muallifga aytarsiz.Shu ham ish bo‘libdimi! Atigi yuz betgina qo‘lyozmani o‘qib chiqib, davomi…

Otauli. O‘zbek Otellosi (hikoya)

Turon mamlakatining hukmdori Alp Er hoqon yolg‘iz o‘g‘li yigirma besh yoshga to‘lib, “Er” atanishi munosabati bilan yig‘ilganlarni birrov ko‘zdan kechirib, izdihom oldida qo‘l qovushtirib turgan o‘g‘liga ko‘z tikdi:– Ko‘k Tangriga shukurki, biz butun Sharqu G‘arbni o‘z atrofiga birlashtirgan oq xunlar davomi…


Maqolalar mundarijasi