Odil Yoqubov. Muzqaymoq (hikoya)

O‘sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni, men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib, o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim.U mahalda biz Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri — Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, davomi…

Odil Yoqubov. Yaxshilik (hikoya)

Men har safar Munavvar kelinoyimni eslaganimda keyinchalik ro‘y bergan bu og‘ir voqea emas, dilimda sal ma’yus va iliq hislar uyg‘ongan yoz kuni esimga tushadi.…Buvimning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yor-birodarlariga to‘lgan: birov o‘choq qurmoqda, birov o‘tin yormoqda, birov hovliga suv sepib, davomi…

Odil Yoqubov. Tilla uzuk (hikoya)

Poyezd manzilga ertalab soat beshlar chamasida yetib keldi. Vohid uyquli ko‘zlarini arta-arta perronga chiqqanida, tong nafasi sezilib qolgan, lekin ro‘paradagi chorbog‘ning ichi haliyam qorong‘i, u yer-bu yerda lampochkalar charakdab turardi.Havo salqin edi. Dimoqqa atirgul hidi urar, go‘yo ro‘paradagi bog‘da mevali davomi…

Odil Yoqubov. Oshqovoq (etyud)

— Ko‘kterakdanman, dedingizmi, bolam? Maqsud Laylak — degan bo‘lardi, hayotmi?.. Salom aytib qo‘yasiz. Bu haligi… Musavoy polvon-chi?— U kishi qazo qilganlar, ota…— E, shunaqami? Joyi jannatdan bo‘lsin! Ko‘p yaxshi odam edi, rahmatlik. Oshqovoq bo‘lmaganda qishlog‘imizda ildiz otib ketarmidi, qaydam. Tuppa-tuzuk davomi…

Odil Yoqubov. Qalampir (etyud)

Abdulla akaning «O‘tmishdan ertaklar» asari muhokamasida bir masala ustida qattiq munozara bo‘ldi.Asarda, munozara ishtirokchilarining tili bilan aytganda, bitta «nozik» joy bor: qishloqda usta Qahhorning nafasi o‘tkir emish, — degan gap tarqab ketadi-yu, kasalga chalingan qiz-juvonlar uning hujrasiga serqatnov bo‘lib qolishadi. davomi…

Odil Yoqubov. Fotiha (etyud)

Qishloqda rasm bor: olti-etti oy, hatto bir yildan keyin borsangiz ham bu orada vafot etgan tanish-bilishlarga fotiha o‘qib, oila a’zolariga ta’ziya bildirishingiz kerak.Qishloqqa bir borganimda, bizning soy mahalladan yosh bir yigit vafot etganini aytib qolishdi. Mo‘ysafid amakim va o‘qituvchi jiyanim davomi…

Odil Yoqubov. Qo‘shiq (etyud)

Uch yashar o‘g‘ilcham men safarda yurganimda g‘alati bir qo‘shiq o‘rganibdi. Eshikdan kirishim bilan qo‘shig‘ini baralla «qo‘yib» yubordiTum-taka-tumni cholvoraman, Zuhroxonni olvoraman, Zuxraxon o‘g‘il tug‘sa, Oltin beshikka solvolaman — Tum-taka-tumni cholvoraman…Men beixtiyor kulim yubordimu, qo‘liga kattakon bir olma tutqazdim.Shu-shu, o‘g‘lim, ko‘ngli biron davomi…

Odil Yoqubov. Xol (etyud)

Rahmatli buvim ona tovuqqa o‘xshagan, nevara, evara, chevaralarini bag‘ridan chiqarmaydigan, mehribon, muloyim bir kampir edilar.U kishi yoshligida xushro‘y bo‘lganlar, ko‘zlari katta katta, labining ustida, burnining chap tomonida no‘xatdek qora xoli bor edi.Uzun qish kechalari biz buvimlarning boshidan kechirgan sarguzashtlarini, birinchi davomi…


Maqolalar mundarijasi