Biz o‘qituvchimizni juda sevardik. Unga bo‘lgan muhabbatimiz beg‘araz va pok ekanligiga sira shubha qilmasdik. Uning ovozini eshitish va so‘zlari changalida yana bir bor ezg‘ilanish, tafakkur va xayolot gumbazlari qad kerib turgan saltanatlarini sayr etish uchun ertalablari daftarlarimizni qo‘ltiqlab, nonushta ham qilmasdan saboqqa yugurar; adashgan va toliqqan karvonni olislardan kelayotgan sahro uzra jaranglagan bong sadolari o‘ziga chorlagani kabi bu muhabbat ham bizni tinmay chorlar, o‘qituvchimiz bilan bizni ko‘rinmas, ammo mustahkam rishtalar bilan bog‘lab tashlagan, biz har kuni mana shu rishtalarga qalbimiz va shuurimizni osgancha go‘yo uzoq ko‘rishmagan oshiq-ma’shuqlar yanglig‘ o‘qituvchimiz diydoriga to‘yish, so‘ng u bilan ikki yoki to‘rt soat mobaynida tiriklik va abadiyatning azob-uqubat to‘la ulkan qo‘ng‘irog‘ini chalish, insoniyatga xayoldan kelajak sari xaloskorlik kemalari yasab berish uchun birin-ketin, biroq bir paytning o‘zida saboqxonaga yig‘ilardik. Men hech qachon birontamiz ham vaqt masalasida adashmasligimizni bilardim va shuningdek dars boshlangandan so‘ng biror talabaning saboqxonaga kechikib kirib kelganini ham eslay olmayman. Biz biron nojo‘ya qilig‘imiz yoki xatti-harakatimiz bilan o‘qituvchimiz gapiga tegishdan, to‘g‘ri-rog‘i, uni bezovta qilishdan juda cho‘chir, shu sababli saboq payti har bir fikrni tafakkurimiz va xotiramiz minoralariga og‘ir jangdan so‘ng erishilgan zafar yalovlari kabi bir-bir ilib qo‘yishga harakat qilardik, zero, bizning saboqxona ulug‘ hamda qudratli sarkardaning bir hamlasidayoq, tor-mor bo‘lgan va sukunatga cho‘mgan maydonni eslatardi. O‘qituvchimiz chindan ham g‘olib sarkardaga o‘xshab so‘zlardi. U hech narsa haqida hech narsasiz gapirayotganday taassurot qoldirar, aslida ham uning gaplari qanaqadir xayolot va ro‘yodan iboratday edi. Ozg‘in va qiltiriqligidan uni hozir yiqilib tushadi deb o‘ylardik, ammo u hech qachon yiqilib tushmas, bizni hayratga soluvchi chaqqonligi bilan bir daf’adan so‘ng to‘kilib tushadi deb o‘ylaydigan holatdan tik va qahrli alfozga qaytardi: u gapirar ekan, biz mana shu tushuniksiz va uzun jumlalar ortida uning hayotini, faqat unikini emas, o‘zimizning hayrat va umidga to‘la hayotimizni ham sug‘orib turadigan qudrat qad kerib turganday tuyular, bizga uning gaplari, ixrashlari, ma’ruzalarini ta’sirli qilish uchun ataylab qilinadigan sukutlari, qiroatlari, tashbeh va timsollarigina emas, xaroba uyning vayron va puturdan ketgan derazasiga yoqib qo‘yilgan xira sham yanglig‘ pirpirab turuvchi ko‘zlari va hatto butun vujudi ham qandaydir cheksiz, bizning aqlimiz bovar qilmas qudratdan iboratday tuyulardi. Balki bunchalik emasdir, balki undan anqib turuvchi bo‘g‘iq va badbo‘y hid ham qudrat va ilohiyat darakchisi emasdir, biroq shunday sirli va salobatli tuyu ediki, biz bu tuyuni har soniya his qilib turardik. Bularning barchasi unga bo‘lgan muhabbatimizni yana ham oshirar, uni ko‘z oldimizda buyuklikning eng oliy va mukarram cho‘qqisiga olib chiqar, shubhasiz, u betakror buyuklik va karam sohibi edi.
Biz kunlar o‘tgan sayin boshqa kurslar, boshqa talabalar evaziga ham safimiz kengayib borayotganini sezib qolardik. Mabodo kimning darsiga ko‘p talaba ishtirok etadi, kimning shogirdlari ko‘p degan savol paydo bo‘lgan taqdirda ham boshqa o‘qituvchilar hech munozarasiz hasad va alam bilan uni eslashlariga ishonchimiz komil edi, zero, hech qaysi o‘qituvchiga bunchalik talabalarning ommaviy sadoqati ato etmagan desak hech xato qilmasligimizni bilardik. Boshqa o‘qituvchilar darsga kirganda esnab o‘tirgan ikki-uch talabadan o‘zga biron talabani uchrata olmagan holda uning ma’ruzasini eshitish uchun qo‘shni, hatto ixtisosliklari to‘g‘ri kelmaydigan talabalar ham yig‘ilib kelar, kursi yoki biron suyanib tursa bo‘ladigan joy izlab talabalar dahlizda zir yugurib yurishardi: uning ma’ruzasi arafasida dahlizlar, xonalar naq to‘polon ichida qolar, talabalarni tartibga chaqirish uchun o‘qituvchilar o‘sha kunlari tinimsiz navbatchilik qilishardi. Men bu kunlar ular uchun nihoyatda mashaqqatli bo‘lishini anglardim; talabalar deyarli ularni tinglashmas, e’tibor bermas, baqirib-chaqirib, hozir boshlanadigan ma’ruzani muhokama qilishardi. Ma’ruza boshlangach, birdan sukut cho‘kar, hamma sevimli o‘qituvchilarining og‘zidan chiqayotgan gaplarni qog‘ozga tushirishga shoshar, so‘ng bo‘sh vaqtlarida ba’zilar bu uzun ma’ruzalarni yodlab ham yurardi.
Kursilar, stollar sinib qolavergach, rahbarlar o‘qituvchimizning ma’ruzasi uchun chekkadagi, faqat bayramlar va tantanalarda ochiladigan zalni bo‘shatib berdilarda, doimiy to‘s-to‘polon, shovqin-suron va talabalar beboshliklaridan qutildilar. Bu zal ham keyingi paytlarda torlik qilib qolayotgan bo‘lsa ham bemalol o‘tirib, ma’ruzani ko‘chirib olishga imkon bor edi. O‘qituvchimizning kundan-kun shuhrati oshib borar, biz saboqqa kirganda yangi-yangi begona talabalarga duch kelardik. Saboqdoshlarimizdan biri xazil aralash: «Yaqinda o‘qituvchimiz butun shaharni boshqaradi», derdi. Aslida bu hazilda hech bir mubolag‘a yo‘q edi. Ustozni har ko‘rganda yoki uning ma’ruzalarini loluhayron va oshufta bo‘lib tinglab o‘tirgan lahzalarda nafaqat shahar, balki qalbimiz ham allaqachon zabt etilganini his etardik. O‘qituvchimiz nazarimizda, qo‘l yetmas yuksaklikda turar, uni zabt etish va mayda, ba’zan haddan ortiq bachkana tashvishlarga o‘ralashib yashayotgan bizning ikir-chikirlarga, g‘iybatu fisqO‘fasodlarga, jo‘n, o‘tkinchi umidlarga o‘ralashib yashash mumkin emasday tuyular edi; u o‘zi turgan yuksaklikdan biz tomonga boqmas, faqat uning qiyofasida balqigan hidoyat va shams nurlari muzlab yotgan va necha yillardan buyon oftob tegmagan ko‘nglimiz kirlarini ilitar ekan, bu shams hayot taftini xuddi afsonaviy Hotam boyliklarini qashshog‘u muhtojlarga bir-bir ulashganday shunchaki sadaqa qilib ketar va u oliy himmat, betakror sahovat xojasi edi. Biz vayron bo‘lgan va zalolatga yuz tutgan dillarimizni bu oftobga tutib ilitar ekanmiz, har birimiz bu oftobni kutib jon berishga tayyor va mushtoq edik. U o‘zining himmati va sahovati bilan nestu zabun qilib bo‘lgach, bizni zoriqtirish va o‘rtash uchun yana o‘sha yuksaklikka qaytib ketardi. Biz sezib-sezdirmay gapirishda, so‘zlashda, kiyinishda o‘qituvchimizga taqlid qilayotganimizni anglab qolardik, hatto gapirayotganda qalamni qo‘l uchida o‘ynatishgacha o‘qituvchimizniki edi. Sochni uzun qilib o‘stirishni quyib turaylik, ko‘zimizni ham o‘qituvchimizniki kabi pirpiratishga intilardik. Men saboqdoshlarimning tushlarini ham o‘qituvchimizga ajratishganiga shubha qilmasdim, zero men ham bu yolg‘iz o‘zim podshoh bo‘lgan mamlakatni o‘qituvchimiz ixtiyoriga topshirganimga ancha bo‘lgandi. Biz go‘yo jodulangan va afsun qilinganlarga o‘xshardik. O‘qituvchimizning bizni o‘ziga tortadigan darajada istarasi issiq ham emasdi, aksincha, biologik xonalarda ko‘rgazmaga quilgan ustixon kabi qoq suyakdan iborat, agar ustida egni boshi bo‘lmasa uning o‘sha ustixonlardan fari yo‘q, sochiga hech qachon taroq tegmagan, patila va a’zoi-badanidan qandaydir zaifgina qo‘lansa hid anqir, ovozi qabrdan chiqayotgan va olislardan kelayotgan o‘tmish sadolaridek qarimsiq va zardali edi. Biz ko‘pincha shunday ko‘rimsiz va hatto vampirlardek badbashara odamga bunchalar oshufta bo‘lib qolganimizga hayron qolardik. Uning o‘zini tutishi, qaddi-qomati va qurib qolgan kuldek ko‘zlari johillik va kibr aks etgan yuzi Erlikxonningx badjahl haykalini eslatar, biz esa ana shu aql va fikr mash’ali bilan bizni nodonlik sahrosidan tafakkur qo‘rg‘onining yuksak va mashaqqatli so‘qmog‘iga olib kiruvchi, izidan maftun va shaydo, jodu va sehr etarak ergashtirib boruvchi, har kun tong saharda qo‘yoshdan ham oldin avvalo ustozga ehtirom va muabbat uyg‘otuvchi, peshvomiz va haloskorimiz, aqlu idrokning betakror timsoli vahili va qahrli ma’budning sig‘indi va arjumandlari edik; uning shuuri bizning shuur, uning xayoli bizning xayol, uning dardi bizning dard, uning shiddati bizning shiddat edi va biz faqat maftunkorlari emas, uning qudrat va karam aks etib turgan tanasining bir qismi edik, u biz edi, biz esa u edik.
Bizning o‘zaro bahslarimiz uning ma’ruzalariga bir taqlid edi, xolos. Bir marta biz saboqdoshlarimiz bilan g‘oya va inson haqida bahslashib qoldik. Men g‘oya o‘tkinchi, inson abadiy degan anchayin jo‘n fikrimda turib oldim. Biz bahsimizni o‘zaro hal qilolmagach, ustozga murojaat qildik. U ma’ruzalarini xuddi ko‘ksingizga tuyqusdan xanjar urgandek, to‘satdan biz kutmagan, sezmagan fikr bilan boshlar va izidan quyilib kelayotgan, bizning aqlimiz bovar qilmas vahmli va zarbali mantiqlarini bizning lolu hayron qolgan tasavvur dashtimizga uloqtiraverardi. U fikrimizni eshitib, kibrli jilmayib qo‘ydi va qisqagina qilib: «g‘oya o‘lmaydi», dedi. Men esa o‘z fikrimda turib oldim. «G`oyalar qurolga o‘xshaydi, ishlatib bo‘lingach otib yuboriladi», dedim.
— Yo‘q, — dedi o‘qituvchimiz biroz pisandali ohangda; u har birimizning qalbimizga o‘zining haykalini yasab ulgurgan qiyofasiga zaharxanda tus berdi. — Tana o‘lib ketaveradi. g‘oya yangi avlod bilan birga yangidan tug‘ilaveradi. Uni ko‘mib bo‘lmaydi — uni ko‘mishgan taqdirda ham u qabrdan chiqib yana dunyoni boshqaraveradi. — U shunday deb sirli tirjaydi. Menga u o‘z xulosalaridan zavq olayotganday tuyuldi. — Yaqinda T. o‘ldi, — dedi u bir zumdan so‘ng fikrini davom ettirib. — Buni hammalaring bilasizlar. Uning arboblik faoliyati deyarli sharmisor qilindi, uni vatan xoini deb atashgacha borishdi. Lekin yangilar ham uning g‘oyasi bilan boshqarishga o‘tishdi. G`oyani o‘ldirib bo‘lmaydi, u yangi avlod bilan birga yangi mazmun kashf etib tug‘ilaveradi.
Shunday deb u shakl va mazmun haqida gapira boshladi. Tan olish kerakki, bizni unga bildiradigan e’tirozimiz nihoyatda zaif edi, shu sababli biz
odatdagiday bu munozarada ham yengilganimizni tan oldik. O‘qituvchimiz g‘olibona jilmaydi. U hamisha bizning tushunchalarimizni tor-mor qilgach, yana bir og‘ir jangda zafar qozonganday mag‘rur jilmayib qo‘yardi, garchi jumlalari uzun, tanbehu ishoralar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, u fikrlarni xuddi o‘qib berayotganday ravon ifodalar, u rostdan ham bir nuqtaga-bizning ustimizdagi bo‘shliqqa qarab gapirar, go‘yo u yerda qandaydir sirli kitob ochiq turgayday edi; Ustozning barcha harakatlari zo‘rakiday tuyular, qo‘llari qaltirab, hozir nimasidir fosh bo‘lib qolishidan xavotirlanib turar, bizning muhabbatimizni qozonganiga ham ishonmaganday, shu sababli hamisha johil, kibrli, yolg‘iz bo‘lib tuyulardi. Uni doim men kasalmand va vasvasa bo‘lsa kerak, shu sababli ham hech kimga o‘xshamaydi, barcha daholar kabi u ulug‘ va betakror vasvasaga yo‘liqqan deya o‘ylardim, shunda men o‘qituvchimizning a’zoi badaniga o‘rnashib qolgan hidning nima ekanligini g‘ira-shira anglaganday bo‘lardim; bu nam tuproq hidi edi. Ammo bu tuyg‘uni oshkor qilib, o‘qituvchimizga oshiqu shaydo bo‘lganlarning tanbehiga dosh berolmasligimni o‘ylab, bu hidni unutishga harakat qilgandim. Ustozimizga bo‘lgan ommaviy shaydolik, saboqxonalarda kursi topib o‘tirish muammosi va beshafqat vaqt hammasini unutishga majbur qildi va men ham ertaga ustozning ma’ruzasini oldingi qatorlarda o‘tirib eshitish uchun qandoq qilib saboqqa ertaroq borishim kerakligini o‘ylab tong ottiradigan bo‘ldim.
O‘qituvchimizning ma’ruzalari tobora qiziq tus olayotgandi. Uning shogirdlari safi kengayotganidan uning o‘zidan ko‘ra biz ko‘proq quvonar, ustozimizni yeru ko‘kka ishonmasdik. Oxir-oqibat ustozimiz barcha sohada g‘alaba qildi. Uni yoqtirmaydigan fakultet boshlig‘imiz o‘qituvchilar ham talabalarni tartibga chaqirish uchun unga murojaat qiladigan bo‘lishdi. Bebosh talabalar ustozni ko‘rib, xuddi afsun bilan seli qaytgan daryoday jimib qolishardi. Shunday paytlari u bu dunyoga yangi tartib, yangi haqiqat, yangi mantiq va yangi hidoyat yoyuvchi, insonlarga xos barcha mayda va jo‘n kechinma, munosabatlardan xoli, tiriklar yeta olmas darajada forig‘langan, poklangan, musibat va azob uzra yuksak ko‘tarilgan xilqat bo‘lib tuyular edi. Saboqdoshlarim ustozimizga bag‘ishlab she’r bitib yurishini bilardim. Mening she’r yozishga uncha uquvim bo‘lmasa-da, ustoz haqida soatlab gaplashishga, bahslashishga tayyor edim. Biz hammamiz ustozimizga bo‘lgan ehtiromimiz telbalik darajasida ekanligini sezar va mana shu telbalikning o‘ziyoq qalbimizni g‘urur va sururga to‘ldirardi. Uning nutqida kishini jazava va vasvasaga tushiruvchi, jununini qo‘zg‘ovchi nimadir bor edi; u gapirar ekan, hech birimiz u gapirayotgan narsa haqida o‘ylamas, xayolimizga Malmstining «Yig‘i» musiqasi kabi olis shovqin aralash mubham jilvalar kelar, u hayot haqida gapirar ekan, o‘z-o‘zidan biz o‘limning ulug‘ligi va qudrati haqida o‘ylardik; biz xayol va fikrlarimizni bir joyga to‘plashga qanchalik harakat qilmaylik, ustozimiz ma’ruzalari bizni baribir o‘sha aql—idrokdan holi olislikka yetaklab chiqib ketaverar, gyo jami insoniyat intilib kelgan narsa mana shu ma’nisiz, mazmunsiz va shaklsiz olislikda deb ta’kidlayotganday edi. To‘g‘rirog‘i, buni ustoz so‘ylamas, uning so‘zlari bizni mastu mustar qilardi. Biz xulosa va hukmning bunchalar beshafqatligidan, bunchalar ozurdaligidan mast bo‘lardik, ustoz bizning g‘urur va sha’nimizga tegib, qalbimizni uqubat selida oqizib mast qilardi. Biz o‘z muhabbatimizni boshqalarga tez va osonyuqtira olardik. Buning uchun ustozni zo‘r berib maqtash bizga xech shart emas, biz muhabbat va hayrat yoyish uchun ustozning ikki-uch fikrini keltirar va bu fikrlardagi adadsizlik va hududsizlikdan suhbatdoshimiz bir soniya ichida xuddi uyatli joyi ochilib turganiga birdan ko‘zi tushib qolganday avval lol qolar, so‘ng ustozimizning g‘oyibona muxlisi va muhibiga aylanardi. O‘shanda muabbat ham yuqumli kasallik kabi tez va havfli tarzda yoyilishining guvohi bo‘lardik. Biz qanchadan-qancha dillarga, aqllarga bu yuqumli kasalni yuqtirmadik, qanchadan-qancha qalblarga hayrat va ulug‘likdan lol qolish chirog‘ini yoqmadik: go‘yo biz shahar va odamlar oralab yuqumli kasal tashuvchilariga o‘xshar, qayerga borsak, o‘sha yerni o‘zimizning tanimizni va shuurimizni qaqshatib yotgan kasallik bilan zaharlab chiqardik. Bir marta saboqdoshlarimizning birining olis qishloqdan kelgan otasi ustozga bo‘lgan ehtiromimizni ko‘rib, ho‘ngrab yig‘lab yuborgani — ustoz bizning sha’n-shavkatimiz va xaloskorimiz edi; xuddi bahor oftobi yangli ongimizning rutubatli va charchoq qirlarini isitar, biz shu oftobni boshimiz va shuurimizga toj qilib, fasllar yalqovlik va horg‘inlik bilan almashadigan talabalik tunlarimizni shu’laga to‘ldirar, o‘zlarini ustozning eng sadoqatli shogirdlari deb hisoblovchilar yig‘ilib qolganimizda faqat ustoz haqida gaplashar va uning jumlalariga yashiringan mantiqli chiqishni, qirq chimmat ichidan yuzini bir-bir ochgan go‘zal yanglig‘ bu fikrga shaydo bo‘lib, soatlab muhokama etishni yaxshi ko‘rardik. Biz shogirdlar turli yoshdagi va taqdirimiz bir-birimiznikiga sira o‘xshamaydigan turli qarashga mansub yigitlar edik, ammo hammamizni ustozga bo‘lgan ehtirom birlashtirib turar va haftaning ma’lum kunida yig‘ilib isqirt qahvaxona burchagida faqat talabalargagina xos bo‘lgan qizg‘in va hayosiz suhbatlar qurar, har birimiz o‘zimizcha ustoz o‘gitlarini sharhlar va shahar tun choponini kiyib, sekin mudray boshlaganda ertaga tongda ustozni yana bir bor ko‘rish baxti mavjudligidan masrur bo‘lib, bir fikrga kelolmay tarqalishardik. Qanchalik baqirib-chaqirmaylik va bir—birimizga fikrimizni uqtirishga arakat qilmaylik, baribir har kim o‘z fikrida qolardi. Biz keyingi oylar ichida qahvaxonadagi saralangan ulfatlar suhbati faqat ustoz haqida boshlanib, u bilan tugar, ba’zida saralangan shogirdlar suhbatiga shu atrofda yashaydigan va pivo olishga alam haqi yetmaganidan bizning ermagimizga aylangan tuzikkina nom chiqargan shoir ham kelib qo‘shilar va biz olib bergan pivo haqqi u ham ustozimizni ulug‘lay boshlardi. U umrida ko‘rmagan bo‘lsa-da, bir kuni bizga ustoz haqidagi she’rini o‘qib berdi. She’r chinakkam samimiyat bilan yozilgan, ustozni sal bo‘lmasa millat tarbiyachisiga aylantirib qo‘ygandi: she’rdagi ustozimizga ehtirom bizga azbaroyi xush yoqqanidan shoir paydo bo‘lish bilan oldiga pivo qo‘yar va o‘sha she’rni o‘qib berishni talab qilardik. Butun hayotidan va yozgan she’ridan topolmagan ma’nini shoir ana shu isqirt qahvaxonaga kelib turuvchi almoyi-aljoyi talabalar ichidan topganday, she’rni bor ovozda o‘qir, ba’zan biz ham unga jo‘r bo‘lib quyardik.
Shoir she’rni o‘qib bo‘lgach, yutoqlab pivo simirar va yaqin kunlarda ustoz haqida doston yozajagini bildirar va yana pivo simirib, kechgacha bizning davramizni o‘zi kabi tushkun va aftoda hol she’rlari bilan to‘ldirib o‘tirardi.
Endigina boshlangan yoz taftidan qochib qahvaxonaga bekinib olgan kunlarimizning birida bizda o‘kishlar tugab, ta’til boshlangach (ta’til yaqin edi) ustozning o‘zini shu davraga olib kelib, u bilan yaqinroq tanishib olsak-chi, degan fikr paydo bo‘ldi. Ustozni taklif qilish bizning bahslarga yakun yasadi. Shu sababli bunga hamma rozi bo‘ldi. Shoir ham bu fikrni qo‘llab-quvvatladi: u shu bahonada zarur narsalarni yig‘ib olmoqchi hamda «ul ulug‘ ustoz» bilan yaqindan tanishmoqchi edi. Tekin pivo sababmi yoki bizning suhbatlardagi ustozga bo‘lgan ehtirommi u ham o‘qituvchimizni ustoz deb atay boshlagan edi.
Ta’til boshlangach, talabalarga xos epchillik bilan tayyorgarlik boshlandi; qahvaxonaning burchagidagi kursi bittaga ko‘paytirildi, qahvaxonadagilarning roziligi olindi. Barcha zarur narsalar hozirlab qo‘yildi; biz ustozni hurmatiga yarasha biroz hasham bilan kutib olmoqchi edik. Ustozni topib kelish menga topshirildi: biz ustozning uyini bilmasligimizni va bu bilan hech achon qiziqmaganimizni shunda sezib qoldik. Ta’til bo‘lgani uchun ustozni uydan boshqa joydan topib bo‘lmasdi. Biz fakultet boshlig‘i, o‘qituvchilardan bir-bir ustozning yashash joyini so‘rab chiqdik. Ular bu bilan hech qachon qiziqishmaganini va ustoz ular bilan hech qachon hamsuhbat bo‘lmaganini aytishdi; biz bu holni o‘zimizcha «u yolg‘iz va mag‘rur yashaydi» deb izohladik. Nihoyat, devonxonadagi titilib ketgan hujjatlar ichidan ustoz yashaydigan ko‘cha va uyning manzilini topdik; hujjat hali shahar yangidan qurilmasdan oldin to‘ldirilgan va biron marta qayta yangilanmagan edi. U shaharning shariy qismida eski ko‘chalardan birida yashardi. Men ko‘chada deyarli hech kimni uchratmadim. U tashlandiq kabi kimsasiz va biroz vahmli edi. Uylarining tomlari, devorlari qulab yotar, ko‘chani anchalik rangdor qilib bezagan bo‘lishmasin, go‘yo hashamdor surat chetiga bexosdan rang chaplanib ketgani kabi men borayotgan xaroba ko‘chaning ikki chetini deyarli vayron qilingan uylar qurshab olgandi. Bu ko‘chada ko‘pdan buyon biror jinoyat yashamagani shundoq ko‘rinib turardi. Ustozning uy raqamini izlab ko‘chaning oxiriga borib qoldim. Uylar tugagan joydan biroz vahmli, eski, har qanday tashrif bo‘lsa qabul qila oladigan ulkan qabriston boshlanar va u ko‘z ilg‘amas masofaga cho‘zilib ketgan edi. Men yana qaytadan ko‘chani boshidan oxir axtarib chiqdim. Va har safar ko‘cha meni qabristonga boshlab chiqardi. Men yana bir marta ko‘chani tekshirib chiqmoqchi bo‘ldim, biroq shunda qabriston tepasidagi raqamga birdan ko‘zim tushib qoldi va ichimni bir qo‘rqinchli tuyg‘u kuydirib o‘tdi; Qabriston tepasidagi raqam ustoz uyi ko‘rsatilgan raqam edi. Avvaliga men hech narsani tushunmadim; so‘ng ustozning ustixondan iborat qaddi, badanidan anqib turuvchi zah qiyofasida aks etib turadigan hasad aralash kibr va faqat marumlarga xos sovuq ko‘zlarini eslagach, nimadir butun shuurimni yorishtirib yubordi va anglagan narsamni o‘zim saldan so‘ng ko‘tarolmay qolishim mumkinligini sezgach, xuddi zulmat oralab yugurayotganday qulagan devorlar, xaroba uylar oralab jon holatda izimga ugurdim.
* * *
Ertasiga ertalab oldimga saboqdoshlarim keldi. Mening kechadan buyon o‘rnimdan turmaganimni, alahsirab chiqqanimni xonadoshimdan eshitilgan chog‘i, mening qizargan ko‘zlarimni, bir kechada ajin bosgan yuzimga qarashib, qattiq shamollagan deb o‘ylashdi, aftidan, mehribonlik qila boshlashdi. Men esa kechadan buyon yuragimni ezg‘ilab yotgan qurquv va savollarni ortiq ushlab turolmadim va gapirar ekanman, tovushim xuddi o‘qituvchimizning tovushiga o‘xshab ketganini sezib cho‘chib tushdim;
Bizga o‘lik ustozlik qilibdi. Biz o‘likka muhabbat qo‘yibmiz…