Ashurali Jo‘rayev. Cho‘z, ho cho‘z! (hajviy monolog)

He, cho‘zmay ket! Cho‘zmay har balo bo‘lgur! Iloyo, cho‘zmay cho‘zilgur! Nima qilarding cho‘zib-cho‘zib, nima qilarding cho‘zishga o‘rgatib? Oxir-oqibat o‘zing ham cho‘zilding, cho‘zdirish kasaliga yo‘liqqan cho‘zmachi boshliqni ham o‘lik ilonday cho‘zding. Shu cho‘zilganicha cho‘zilib yotibdi cho‘zilgur!Cho‘zish ham kasallik, cho‘zdirish ham. Birov davomi…

Ashurali Jo‘rayev. G‘ussa (hikoya)

Besh oydirki, Rohila kallai saharlab turadi. Avval ko‘rgan uzuq-yuluq tushini eslamoqchi bo‘ladi. Lekin eslolmaydi. So‘ng to‘zg‘igan, ok tolalari kun sayin ko‘payib borayotgan sochlarini tuzatadi. Keyin yonginasida pishillab uxlab yotgan, yuzlari kir-chir bolalariga termuladiyu yuragi ezilib ketadi. Chuqur xo‘rsinib, ertalabki nonushtaga davomi…

Ashurali Jo‘rayev. Sirli sirg‘a (hikoya)

Yangi yil kutilmagan voqealari, g‘aroyib sarguzashtlari bilan ham esda qoladi. Yangi yil kirib kelishini hamisha kattalardan ko‘ra, bolalar ko‘proq hayajon bilan kutadilar. Ayniqsa, xonadonlarga Qorboboning sovg‘a-salom bilan kelishi bolalarning quvonchiga quvonch bag‘ishlaydi, hayratini oshiradi.Asilbek ham Qorboboning uzun soqollarini silkillatib, oppoq davomi…


Maqolalar mundarijasi