«O‘qituvchilar gazetasi»ning 1989 yil 6 dekabr sonida «Hozirgi o‘zbek alifbosiga kiritiladigan ayrim o‘zgartishlar» nomi bilan «Loyiha» e’lon qilindi. Izoh tekstida ta’kidlanishicha, bu «Loyiha»ni O‘zFA Til va adabiyot institutining ishchi gruppasi tayyorlagan. Gazeta redaktsiyasi bu «Loyiha»ni e’lon qilishda ustalik bilan ish tutganini alohida ta’kidlash lozim: ishchi gruppa keltirgan bir betli «Loyiha»ni matbaa yo‘li bilan terdirmay, mashinka (qo‘lyozma) varag‘ining o‘zini bostirgan. Bu bilan «Loyiha»dagi barcha xatoliklarni shundoqqina ishchi gruppasining yelkasiga yuklab qo‘ya qolgan. «Loyiha»ni tuzuvchilar o‘z burchlariga o‘ta mas’uliyatsiz qaraganlari yaqqol ko‘rinib turibdi. Mayda-yu, lekin ishga loqayd qarashni ro‘y-rost aks ettiruvchi ba’zi nuqsonlarni ko‘rsatib o‘tmoqchiman.
Jumhuriyat gazetasida e’lon qilish uchun tayyorlangan bir betli tekstni jiddiyroq o‘qib, undagi oddiy nuqsonlarni bartaraf etadigan kishi nahotki butun boshli til va adabiyot institutida topilmagan bo‘lsa? Nahotki «o‘tin»ni yangicha (tavsiya etilayotgan) shakli oltin kabi xato yozilganini hech kim ko‘rmagan bo‘lsa?
«Loyiha»ning ikkinchi bandida «O‘ harfi o‘zbek alifbosi sirasidan chiqariladi» deb turib, beshinchi bandida misollarni yana o‘ harfini saqlab yozganlarini (jo‘ra, jo‘ja, o‘jar) nahotki hech kim sezmagan bo‘lsa? «Loyiha»ning uchinchi bandida alifboga ↄ harfi qabul qilinishini ta’kidlab, beshinchi bandida eskicha, ya’ni o harfi bilan yozib ko‘rsatilishini (toj, xiroj) qanday oqlash mumkin?
Bir betli tekstda shu qadar ko‘p faktik xatoning yuz berishi juda muhim ishga yengil-elpi yondashilganidan dalolat beradi. To‘g‘ri, bu nuqsonlarni osonlik bilan bartaraf etamiz, lekin shu ishni nega gazetada chop qilib, kimligimizni butun dunyoga ko‘rsatganimizdan keyin tuzatishimiz kerak? Qachon biz loqaydlikdan qutulib, javobgarlikni to‘la his etgan holda ishlashga o‘tamiz?
Endi masalaning mohiyati bo‘yicha fikr yuritaylik. Taklif qilinayotgan o‘zgartishlar grafikamizda milliylikni kuchaytirishga qaratilgani shubhasiz. Harf olish bilan tilimizdagi fonemalarni to‘liq ifodalashga, to‘g‘ri talaffuz qilishga erishamiz, o‘quv-o‘qituv ishlaridagi ayrim qiyinchiliklarni bartaraf qilamiz, savodxonlikni bir pog‘ona ko‘taramiz, o‘zbek alifbosini Ittifoqdagi boshqa tillarning alifbosiga yaqinlashtirib, ular orasidagi bir xillikni kuchaytiramiz.
Harf kiritish alifboda harflar sonini orttiradi, albatta. Harflar sonining ortishini salbiy hodisa deb talqin qiluvchilar ham uchraydi. Asli ikki narsani yaxshilab farqlash kerak. Alifboda ortiqcha harfning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik boshqa-yu, zarur harf olib, tildagi fonemalarni to‘liq ifodalashga erishish boshqa: bular biri ikkinchisini inkor qilmaydi.
Asli alifbomizdagi hozirgi noxush holat grafikamizni «minimum harf — maksimum tovush» printsipiga bo‘ysundirish natijasida yuz berdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, rus grafikasiga o‘tish munosabati bilan tilshunoslarimiz tuzgan alifbo loyihasida bugungi kunda olaylik deb harakat qilinayotgan harflarning deyarli hammasi bor ekan. Ko‘rinadiki, tilshunoslar o‘z takliflarini qattiq turib himoya qilmaganlar, natijada «minimum harf — maksimum tovush» printsipining tarafdori ustun chiqqan. Kerakli harfni olmaganimiz noto‘g‘ri bo‘lgani borgan sari ro‘yrost ko‘rinib, harf olish talabi kundan kunga kuchayib turibdi. Demak, bu masalani ijobiy hal etish shart.
Amaldagi alifbomizda 35 ta shakl bor, shulardan 33 tasi harf, 2 tasi belgi. «Loyiha»da alifbomizga uchta o‘zbekcha fonema uchun mustaqil harf kiritish talabi hisobga olingan.
Mukammal grafikada «bitta fonema — bitta harf» printsipidan kelib chiqiladi, har bir grafikada shu printsipni mumkin qadar to‘liq amalga oshirishga harakat qilinadi. Biz bu printsipdan chekinib, ayrim harflarga ikki fonemani ko‘rsatish vazifasini yuklab qo‘ydik. Shunday vaziyat grafikamizdagi o, j harflarida aks etib qoldi. Biz asosga olgan rus grafikasida ham, ko‘pchilik turkiy grafikalarda ham bunday nomaqbul holat yo‘q.
Turkiy alifbolarda j harfi rus grafikasidagi vazifasida (sirg‘aluvchi tovushning harfi sifatida) olinib, turkiy tillardagi portlovchi-sirg‘aluvchi (qorishiq) tovush maxsus harf bilan (3 til grafikasida j harfiga diakritik belgi qo‘yib, 3 til grafikasida ch harfiga diakritik belgi qo‘yib) yoki harflar tizmasi (dj) bilan (3 til grafikasida) ko‘rsatiladi. Xuddi shunday tovushi bor tojik tilida bu fonema uchun avval maxsus harf olinmadi (Biz yo‘l qo‘ygan kamchilikka ular ham yo‘l qo‘ygan edilar), ammo keyinroq hech qanday shov-shuvsiz bu fonema uchun ҷ harfini kiritdilar.
Yuqorida ta’kidlangan ifoda usullaridan maxsus harfli holat tanlanishi to‘g‘ri, albatta. “Loyiha”da bu fonema uchun җ harfini olish tavsiya etilayotir. J va ch harflaridan o‘zbek tilining bu fonemasi uchun keyingi harf asosida harf yaratilsa, o‘rinli bo‘ladi. Chunki bu qorishiq tovush tarkibidagi bosh, asosiy komponent portlovchi tovushni, ikkinchi komponent sirg‘aluvchi tovushni eslatadi. Modomiki j harfini sirg‘aluvchi tovush uchun qoldirar ekanmiz, portlovchi-sirg‘aluvchi (qorishiq) tovush uchun harfni portlovchi tovush harfi asosida olganimiz to‘g‘ri. Lotin grafikasi asosidagi alifbomizda ham bu tovush uchun harf portlovchi tovushni ko‘rsatuvchi harf asosida yaratilgan edi. Ana shu an’anani davom ettirsak, eng muhimi — bu tovushning tabiatini to‘g‘ri hisobga olaman desak, ҷ harfini tanlaganimiz ma’qul.
Agar o‘zbekcha j fonemasi uchun harf topish oson ko‘chsa, o‘zbekcha o fonemasi uchun maqbul harf topish qiyin bo‘layotir. Bu o‘rinda biz turkiy grafikalarga, suyanib ish tuta olmaymiz, chunki o‘zbekcha o tovushiga teng keladigan tovush turkiy tillarda yo‘q. Bu o‘zbekcha fonemaga yaqin tovush tojik tilida mavjud. Afsuski, tojik grafikasidagi ahvol o‘zbek grafikasidagi ahvolning o‘zginasi: ular ham bu fonema uchun maqbul harfni topa olmaganlar.
O‘zbek tilining odatdagi yozuvida emas, transkriptsion yozuvda o‘zbekcha o fonemasi ↄ shakli bilan (s harfini teskari yozish bilan) ko‘rsatiladi. Bo‘lib o‘tgan muhokamalar davrida ana shu transkriptsion shakl o‘zbekcha o fonemasi uchun harf sifatida taklif qilingan edi, bunga metodistlarimiz e’tiroz bildirdilar: «Dastxatda o harfi ↄ harfi shaklini oladi-ku!» To‘g‘ri, qo‘lni uzmay yozish shunday shaklni yuzaga keltiradi. Hozirgi grafikamizda harflar bir-biriga qo‘shib yoziladi, ↄ harfi olinsa, bu printsip buziladi; chunki bu harfni o‘zidan oldingi harfga ham, o‘zidan keyingi harfga ham qo‘shib yozish noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Muhokamalar davomida yana bir taklif o‘rtaga tashlangan edi: bu o‘zbekcha fonema uchun harfni a harfi asosida yarataylik, chunki bu o‘zbekcha fonema boshqa turkiy tillar grafikasida a harfi bilan yoziladigan fonema asosida vujudga kelgan. Shunga ko‘ra bu o‘zbekcha fonema uchun a harfiga diakritik belgi qo‘shib harf yaratish o‘rinli. Xuddi k harfi asosida q harfi, x harfi asosida q harfi yaratilganidek, a harfi asosida ą harfini yaratamiz.
Bu o‘zbekcha fonemaga qaysi harf tanlanishidan qat’i nazar, yana bir e’tiroz bildirildi: «Juda ko‘p so‘zlarni yangicha yozish kerak bo‘lib qoladi-ku!» Haqiqatda, «Imlo lug‘ati»ga 7500 tub so‘z kiritilgan bo‘lib, shularning 2637 tasi tarkibida o harfi yoziladi. Bu harf ruscha tovush uchun yoziladigan so‘zlar 805 ta. Demak, o harfi o‘zbekcha fonema uchun yoziladigan 1832 so‘zni yozish kerak bo‘ladi. Agar biz 1832 so‘zni yangicha yozishni emas, balki shuncha so‘zda o‘zbekcha fonemani noto‘g‘ri yozib kelayotganimizni o‘ylasak, ushbu xayrli ishdan cho‘chish o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
O harfini ruscha so‘zlarda uchraydigan tovush uchun saqlab, o‘zbekcha fonema uchun alohida harf olsak, yana bir ijobiy natijaga erishamiz: turkiy millat vakillarining, shuningdek ruscha so‘zlashuvchilarning o‘zbekcha so‘zlarni buzib o‘qishidan qutulamiz (Ular yozuvida o harfi «o‘» tovushini bildirgani sababli, masalan, o‘zbekcha ot so‘zini «o‘t» deb, o‘zbekcha ol so‘zini «o‘l» deb o‘qiydilar).
Turkiy grafikalarda (o‘zbek grafikasidan tashqari) ruscha o ham, turkiy o ham shu bitta harf bilan yoziladi. Bir-biriga yaqin tovushlarni bunday bir harf bilan yozish o‘zbek grafikasida ham juda keng o‘rin olgan. Haqiqatda, faqat ruscha tovushni ko‘rsatadigan (ts kabi) ayrim harflarni istisno qilsak, boshqa ko‘pchilik harflar ayni vaqtda ham o‘zbekcha, ham arabcha yoki tojikcha yoki ruscha tovushni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: o‘zbekcha a va arabcha a singari va boshqalar.
Ruscha o tovushi uchun va o‘zbekcha, o‘ harfi bilan yozilayotgan tovush uchun bitta o harfining o‘zini ishlatsak, alifbomizdagi o‘ harfi ortiqcha bo‘lib qoladi (yangi kiritilayotgan harf uchun o‘rin bo‘shaydi). Ayni vaqtda o‘zbek grafikasini turkiy grafikalar bilan ma’lum nuqtada unifikatsiya qilishga ham erishamiz. O‘zbekcha ą fonemasini o harfidan ajratib olish bilan bir harfga ikki fonemani ko‘rsatish vazifasini yuklashdan qutulsak, bir-biriga juda yaqin o‘zbekcha va ruscha tovushlarni bir o harfi bilan yozish orqali grafikamizdagi harfiy ortiqchalikni bartaraf qilamiz.
«Loyiha»da tilga olingan uchinchi fonema (ng) maxsus harfga ega bo‘lmagani sababli alifbodan ham tushib qolgan. Grafika talabi nuqtai nazaridan bir fonemani ikki harf bilan ifodalash salbiy baholanadi, chunki savod chiqarishda qiyinchilik tug‘diradi, tovushning buzib talaffuz etilishiga olib keladi, matbaada ham ortiqcha sarf-xarajatga sabab bo‘ladi. Ko‘pgina turkiy alifbolarda, shuningdek tojik tili alifbosida ham bu fonema uchun maxsus harf (ң) olingan, demak, biz ham shu harfni alifbomizga kiritishimiz mutlaqo zarur. Tilimizdagi bu undoshning ildizi shu qadar chuqurki, u hatto affikslar tarkibida ham qatnashadi.
Yuqorida aytilganlar amalga oshsa, alifbomizdagi shakllar soni ikkitaga ko‘payadi, 37 ta bo‘ladi. Bu ko‘pmi, anormal holatmi? Yo‘q, albatta. Turkiy alifbolar orasida, ozarbayjon alifbosini nazardan soqit qilsak, eng oz shakl o‘zbek alifbosida. Boshqa turkiy alifbolarda shakl 36 tadan 43 tagacha. Masalan, qoraqalpoq alifbosida 41 ta shakl bor. Modomiki tilning fonemalar sistemasi harf olishni zarur qilib qo‘yar ekan, kerakli harfni olish ayb yoki ortiqchalik deb qaralmaydi.
Mushohada uchun yana bir fikrni o‘rtaga tashlamoqchiman. Diqqat qilsak, ’, belgilaridan birinchisi ortiqcha ekani ayon bo‘ladi, chunki bu belgi rus grafikasida juda tor doirada ayirish belgisi vazifasini bajaradi: so‘z tarkibidagi ma’noli qismlarning keyingisi y+e kabi tovushlar bilan boshlanishini ko‘rsatishda ishlatiladi (s’ezd, pod’ezd kabi). Bunday belgi bilan yoziladigan ayrim so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi umuman o‘qilmaydi ham (ad’yutant kabi). Qolgan barcha hollarda ayirish belgisi vazifasini belgisi bajaradi: sudya, batalon, premera kabi. Demak, ayirish ko‘rsatkichi bo‘lib kelish belgisida ustun. Bundan tashqari, belgisi yana bir muhim vazifani bajaradi — yumshoqlik ko‘rsatadi: albom, asfalt, lager, neft kabi.
Biz rus grafikasi asosidagi alifbomizga dastlab uch belgini kiritdik (lotin grafikasi asosidagi alifbomizdan rus grafikasi asosidagi alifbomizga apostrof ko‘chib o‘tdi). 1956 yilga kelib apostrofdan voz kechildi, uning vazifalari (ba’zi chekinishlardan tashqari) ’ belgisiga yuklandi. Bu — noto‘g‘ri yo‘l edi. O‘sha yillari rus tilshunosligining o‘zida bu ikki belgidan biri ortiqcha, faqat belgisining o‘zi yetarli degan mazmunda munozara bo‘lib o‘tdi-yu, ayrim tilshunos metodistlarning tazyiqi bilan bu masala eskicha qoldi. Hozirgi qayta qurish, inqilobiy o‘zgarishlar davri taqozosi bilan yondashsak, grafikamizda faqat belgisini saqlab qolib, ’ belgisidan bemalol voz kechishimiz mumkin: ’ belgisi bilan yoziladigan so‘zlarning barchasida belgisidan foydalanish hech qanday salbiy natija bermaydi, aksincha, 1956 yilda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatiladi. Bundan tashqari, yangi kiritilayotgan harflarga yana bir joy bo‘shaydi.
«Loyiha» mualliflari alifbomizdagi harflar miqdorini kamaytirish g‘oyasiga o‘ta berilib ketganlari ko‘rinib turibdi. Ular alifbomizdan yo, yu, ya harflarini ham tashlash taklifini kiritganlar. Asli bu takliflar yana bir harfdan (e harfidan) voz kechishni ham ko‘zda tutadi, lekin «Loyiha»da buni ta’kidlash unutilibdi.
«Loyiha»da tavsiya etilayotgan harf tashlashlar qanday sifat o‘zgarishlariga olib kelishini qisman kuzataylik. Haqiqatda, ayni bir tovushni bo‘g‘in boshida e harfi bilan, bo‘g‘in ichida e harfi bilan yozishda harfiy ortiqchalik yaqqol ko‘rinadi. Lekin yomon tomoni shuki, «Loyiha»dagi taklifga rozi bo‘lsak, rus grafikasi asosidagi barcha alifbolardan keskin farqlanib qolamiz: ularda ekran deb yozilsa, biz ekran deb yozamiz. Bunday o‘zgartishning barcha oqibatlarini bir chekkaga surib qo‘yib, ko‘z oldingizga millionlab maktab o‘quvchilarini keltiring (Bu fikr keyingi harf tashlashlarga ham taalluqli): o‘quvchi ayni bir so‘zni rus tili darsida bir xil, o‘zbek tili darsida ikkinchi xil yozishi shart, aks holda orfografik xato voqe bo‘ladi. Harf iqtisod qilaman deb o‘zbekcha va ruscha yozuvimizda bu qadar katta qiyinchiliklar tug‘dirishimiz o‘zini oqlamasa kerak.
Endi bir og‘iz so‘z — yo harfi haqida. Bu harf asli rus alifbosida boshqa harflar bilan teng huquqqa ega emas (e harfining yonboshida yordamchi harfdek joylanadi), bu harflar o‘zbek alifbosida boshqa harflar bilan teng huquqli; asli bu harf 90 foiz o‘zbekcha harf: rus yozuvida bu harfning ishlatilishi juda cheklangan; o‘zbek yozuvida esa ancha keng ishlatiladi. Demak, o‘zimizniki bo‘lib ketgan bu harfni nega alifbomizdan quvishimiz kerak?
Alifbomizdagi yu, ya harflariga alohida diqqat bilan yondashish zarur. Bu harflar sharq so‘zlarida doim ikki tovushni (y + u, y + a) ko‘rsatishga xizmat qiladi demak, yuz o‘rniga yuz, yara o‘rniga yara deb bemalol yozaversak bo‘ladi. Shu o‘rinda «Loyiha» mualliflari yana bir hodisani qayd etishni unutibdilar: er o‘rniga yer deb yozishga o‘tishimiz kerak bo‘lishini aytmabdilar. Bunga yana yosh o‘rniga yosh kabi yozish lozimligini ham qo‘shsak, juda ko‘p sharq so‘zlarini yangicha yozish zaruriyati namoyon bo‘ladi. Bir harf o‘rniga ikki harf yozish natijasida matbaa ishlarida sarf-xarajat sezilarli ortadi (har 200 bet tekstga bir bet tekst qo‘shiladi).
Masalaning boshqa tomoni ham bor. Agar alifbomizdan yo, yu, ya harflarini chiqarsak, e harfini doim bir unli uchun yozsak, unda tilimizdagi internatsional so‘zlarni ham o‘zgartirib, episkop o‘rniga yepiskop deb, yubiley o‘rniga yo‘biley deb, yadro o‘rniga yadro deb yozishga majbur bo‘lamiz. E harfini tashlash bilan boshlanishida shu harf yoziladigan 300 ga yaqin internatsional so‘zni ham o‘zgartirib yozamiz: ekipaj o‘ringa ekipaj, eksport o‘rniga eksport kabi.
Masalaning yana bir jihati bor. Bu harflar ikki tovushni ko‘rsatadigan hollarda ikki harfga aylantirib yozsak, bir tovushni ko‘rsatib kelganida nima qilamiz, bularda ham y orttirib yozamizmi? Unda «Loyiha»ning birinchi bandida nega Oktyabr deb (Oktyabr deb emas), otryad deb (otryad deb emas) yozilibdi?! «Loyiha»ga rozi bo‘lsak, aktyor so‘zini aktyor deb, byurokrat so‘zini byurokrat deb yozishimiz lozim.
«Loyiha»dagi yana bir nuqsonni aytmay bo‘lmaydi: 2-, 3-, 5-, 6-, 7-bandlarda «sira» so‘zi ortiqcha ishlatilgan: gap alifbo haqida ketadi, «alifbo sirasi» haqida emas. «Loyiha» bandlariga «Alifbo sirasi» ilova qilinibdi, endi bu yerda «va uning» so‘zlari ortiqcha.
Har bir millat tilining o‘z grafikasi haqida gapirar ekanmiz, ularning o‘z alifbosi ham bo‘lishi tabiiy. Shunga ko‘ra o‘zbek alifbosida ham o‘zimiz kiritgan harflar ularga asos bo‘lgan harflardan keyin joylanishi to‘g‘ri. Afsuski, taqdim etilgan alifbo sirasida bunday harflar yagona o‘lchov asosida joylanmabdi (j, e harflari); e harfini o‘z o‘rnidan ko‘chirish uchun ham hech qanday asos va zaruriyat yo‘q.
Xullas, «Loyiha»dagi 7-, 8-bandlarda olg‘a surilgan takliflar nomaqbul deb baholanishi zarur: bu takliflar amalga oshsa, hech narsa yutmaymiz, balki yutqizamiz. Bu masalada ko‘pchilik millatlarga qarab ish tutishimiz adolatli bo‘ladi deb o‘ylayman.
«Loyiha» kishini boshqacha o‘y-xayollarga ham yetaklaydi: ham sharq so‘zlarini, ham internatsional so‘zlarni yozishda shu qadar katta o‘zgartishlar yasashga jazm qilsak, rus grafikasi asoslarini shu qadar keskin isloh qilishga rozi bo‘lsak, bundan ko‘ra beozor yo‘lni tanlashimiz, ya’ni lotincha alifbomizni tiklashimiz ma’qul emasmikan? Shunda to‘qqiz to‘lg‘oqni bir yo‘la bartaraf etgan bo‘larmidik?
Yuqorida bayon qilingan mulohazalarimiz inobatga o‘tsa, alifbomiz shunday tus oladi (amaldagi 35 shakl faqat bittaga ortadi):
Aa Ąą Bb Vv Gg G‘g‘ Dd Yee Yoyo Jj Zz Ii Yy Kk Qq Ll Mm Nn Ңң Oo Pp Rr Ss Tt Uu Ff Xx Hh Sts Chch Ҷҷ Shsh Ee Yuyu Yaya
Alifbomizga harfiy o‘zgartishlar kiritish — davr talabi, bunga tilshunoslar ham, ko‘p ming sonli o‘qituvchilar ham, madaniyat xodimlari ham allaqachon tarafdor. Asli avval alifbomizni mukammallashtirib, keyin imlo qoidalarini tasdiqqa olib chiqishimiz to‘g‘ri. Chunki alifboga o‘zgartish kiritish imlo qoidalarining bir qanchasiga ham o‘zgartish kiritishni taqozo qiladi. Agar avval imlo qoidalarini tasdiqlab, keyin alifbomizni mukammallashtirishga kirishsak, teskari ish qilgan bo‘lar edik. Eng yaxshisi, har ikki ishni birgalikda amalga oshiraylik.
Shavkat Rahmatullayev,
filologiya fanlari doktori, profeesor, ToshDU umumiy tilshunoslik kaferdasining mudiri.
“Sharq yulduzi” jurnali, 1990 yil, 5-son