Hoji Muin. Maorif oyi (1924)

Birinchi avgustdan e’tiboran viloyatimizda «maorif oyi» boshlandi. Demak, bu oy masorif oyi emas, maorif oyidir. So‘z-qaror oyi emas, ishlash va tirishish oyidir. Bo‘lub o‘tgan maorif oylarida ishdan qo‘ra so‘zga, yugurishdan qo‘ra-uxlashg‘a va madoxildan ko‘ra – masorifga ko‘brak ahamiyat berilganligi uchun davomi…

Hoji Muin. Ikki ko‘runish (1924)

«Mashrab»ning bu sonidag‘i ikki ko‘runish, bizning nazari diqqatimizni o‘ziga xuddi qahrabodek tortib qo‘ydi. Uning biri – tanqid olamida yangi «usul», ikkinchisi -Zarafshon daryosinint bu kungi ajoyib va g‘aroyib holi. Shuning uchun bu to‘g‘rida bir-ikki og‘iz chaq-chaq qilmasdan o‘ta olmadik. Birovning davomi…

Hoji Muin. Yuqma kasal (1924)

Musulmonlar orasida ming uch yuz yildan beri ota-bobolaridan meros qolib kelgan juda qo‘rqunchlik yuqma kasal hukm surib kelayotibdirkim, ul ham xotunjallobliqdir. Bu kasal, qulg‘una va qaysari noxunadan ham yomonroq bo‘lib, sanoqsiz xotun-qizlarimizni baxti qaro qildi. Hadsiz singil-opalarimizni tiriklay qora tuproqqa davomi…

Hoji Muin. Ko‘rmaylik – kuymaylik (1924)

Bizning ota-bobolarimiz avliyo ekanmi yoki o‘z zamonlarida ularg‘a hazrati Xizr nazar qilg‘on ekanmikim, ularning davrlaridag‘i xayru barakot, omonliq, arzonchiliq bizning zamonimizda yo‘q. Yoki ularning qilib ketgan ishlarini va solg‘on imoratlarini bukun biz qila olmaymiz. Hatto ulardan nusxa-nishona qolg‘on katta binolarni davomi…

Hoji Muin. Otasharavamiz (1924)

Shukr, Turkistonimizda eski hukumatdan sabil qolg‘on shaloq otasharavamiz bor. Biz bu otasharavamizning Qo‘qon aravalaridek liqing-liqing yurushig‘a ham qancha shodlanamiz, shukr qilamiz. Lekin uning ichidagi g‘ayri tabiiy «intizom va tartib»larni ko‘rishga endi toqatimiz qolmag‘on. Orenburg‘dan narigi otasharavalarg‘a qarasoq, Xudoning marhamati bilan davomi…

Hoji Muin. Eng qulay ish (1925)

Dunyoda eng qulay va oson ish nima, deb so‘rag‘on kishiga «tiyotruchilik» deb javob bersak, alhaq o‘roqdek to‘g‘ri javob bergan bo‘lamiz. Voqean, agar tiyotruchilik bir qult suv ichishdek oson bo‘lmasaydi, bu kunlarda shahrimizning har bir gadoy topmas ko‘chasida haftada uch qatla davomi…

Hoji Muin. Bukun boy, ertasi gadoy (1925)

Bu sarlavhamiz zohirda juda taajjublik ko‘runsa ham, lekin haqiqati holni bilib olg‘ondan keyin qiziqishg‘a uncha o‘run qolmaydur. Agar siz bir kunlik, bir soatlik boybachchalarni ko‘rmakchi bo‘lsangiz, u yoqqa-bu yoqqa qaramay to‘p-to‘g‘ri Tuproqqo‘rg‘ong‘a chiqingiz. Bunda sunnati Xudoni tomosha qilarsiz. Tuproqqo‘rg‘on chorbog‘ida davomi…

Hoji Muin. Ezilgan dehqong‘a (1925)

Yuzi sarg‘ayg‘on, beli bukulgan dehqon! Ko‘tar boshingni, och ko‘zingni! Ustingdagi oliq-soliq yukingdan qirq foizi kamaytirildi.O‘zgarishning alg‘ov-dalg‘ov chog‘larida boshingdagi davlat qushi uchdi, seni qashshoqliq devi quchdi. Non deb kesakni yeding, ot deb eshakka minding. Ho‘kuzing ketdi, ozug‘ing bitdi. Moling talandi, qozoning davomi…