Hoji Muin. Intiqodoti vohiyaga bir nazar (1909)

Muhtaram muharrir afandi. Ushbu maktubimizga gazetangizdin joy beruvingiz marjudur.

Rusiyada hurriyati kalom va matbuot verilg‘ondin beri millatparvar musulmonlar tarafindin mavqe’ intishora vaz’ o‘linon gazeta va majallalar sutunlarinda har zamon ahamiyatlu masalalar uzrinda musodamai afkor edulmoqtsa va ko‘rulmoqtsadur. Ammo ba’zi vaqtlar bo‘sh so‘zlar va qaziyalar, nobhangom mubohasa va munozaralar, g‘arazkorona tanqidlar jaroid sahifalarinda ko‘rulub, gazeta o‘qug‘uvchilarni mabhut va mutaassuf etmakdadur. Bo‘yla vohiy so‘zlar kim tarafindin so‘ylaniyur. Kandi zanimcha, Haqnazarinda o‘zini taraqqiyparvar ko‘rsatuvi tanballik ichinda yashayon bir tokim benomuslar, shuhratparast safihlar, mufattin ish buzuvchi nokaslar tarafindin so‘ylayinur ba’zilarni ko‘rasiz. O‘zini maktab do‘sti ko‘rsatub, maktablarni buzmoq sui qasdinda ba’zilarni mushohada etsangiz, o‘zlarining quvvai tahririya va balog‘ati qalamiyalarini ko‘rsatmakchi bo‘lub aslsiz xabarlar, befoyda bahslar, beiborat oxiri xurofotlar ila olami matbuoti lakador edarlar. Alarni ushbu g‘arazkorona ishlari millata manfaat yerina mazarrat, muhabbat yerina adovat, ittihod yerina iftiroq, bashorat yerina ya’s vermaqtsin moado aqalan bir tiyinlik o‘lsun foyda yetkura olmaz. Zan eduram, bu masalu afsonalar «Tarjumon»din moado digar gazetalarda ora-sira ko‘rulmaqladur. Qavji «Tarjumon» esa 26 sanadin beri millat najibasi uzrinda ko‘b tajriba hosil etmakdadur. Binoan alayhi doimo andisha ila so‘ylayur, atrofli mulohazalar ila ish ko‘riyur, yana takror aytaman, gazetalarda bo‘sh so‘zlar ko‘riyulur. Netakim, agar bu kun bir gazetaya «tanqidnoma» o‘qulsa, ertasi yana o‘shal gazetaya yoki boshqa birisina aning «raddiya»si ko‘riliyur. Men bu so‘zlarim ila «intiqod» masalasini yomon ko‘rub, barham bermoq qasdinda dagilam, balki demak istayuramki, munaqqid kishi o‘z maqsudini shaxsiyat, nafsoniyat jihatidin mubarro tutmoq shartila faqat munassifona va mudabbirona suratda yozsun. Toki so‘zlari muassir va qobili e’tibor o‘lsun, yo‘qsa yozilmish shaylari adovat va nifoqqa sabab o‘lub, rafta-rafta vahiym natijalar veruvi shubhasizdur. Bu so‘zlarima misol keltirub deyuramki, bu sana va kechan sana olti-etti oy zarifinda maktabimiza mutaalluq «Vaqt» gazetasida ikki martaba va «Turkiston»da bir karra tanqidlar o‘qiduq. Munaqqid kishilar bizga ma’lumdur. Chunonchi, «Vaqt»ning 323 no‘mrasida «Maktab do‘sti» imzoli maktubning sohibi Zokirjon Alixonov aydiki, o‘zi Xo‘qandda 4-5 kun maktabdorlik qilib, bilmam, na sabab o‘ldi (oqchasi ko‘paydimi yoxud xizmati milliyasi o‘sondirdimi), maktabini tashlab ketdi.

Yana «Vaqt»ning 416nchi no‘mrasida «Ziyoratchi» imzoli maqolaning sohibi Shokirjon aydiki, o‘zi Turkiston shahrida usuli jadida maktabining muallimidir. Mazkur muallim Qurbon bayramining ta’tili munosabatila o‘z qo‘lincha yolg‘uz tafrih va kasb havo etmak orzusila Samarqanda kelmish edi. Samarqand aholisining «gashtak» degan eski bir rasm va odatlari vorki, aksariyatila juma oqshomlari har toifa o‘z kasbdoshi va maslakdoshi ila ijtimoiy musohabat va kasbi shatorat edar. Bizlar ham kandi maslaqtsoshlarimiz ila gashtakimiz vor edi. Mazkur muallim bizim maktabimiza tushganichun unida ijtimoiygohimiza taklif etduk. Va aning ila birlikda ijtimoiygohimiza borub, 3-4 soat miqdorinda ona tilimiz o‘lon forsiy-tojikiy lisonila o‘z dardimizdin o‘tra uzun uzodi muhovara va mukolamalarda bo‘linduq. Majlisimiza xitom verilduqdun so‘ngra har kim o‘z manzilina tarqalib ketdi. Bizlar ham muallim mehmonimiz ila barobar maktabimiza qaytib kelduk. Yo‘l asnosida muallimdin so‘rashtukki, afandim kayfingiz nasil, bizim jamiyatimizi xushladingizmi? Javobda, yo‘q, ban bu forsiycha takallumingiza hech tushunmadim. Kelganimdin pushaymon bo‘ldim. Holingizi bir oz avval bilganim holda hech bu orada kelmas edim, deb izhori mahzuniyat aytdi. Bu kishi maktabimizning prug‘romini va talabalarimizning ba’zi duruslaridin verilg‘on imtihonlarini ko‘rub ketmishdi. Ketgonidin 4-5 kun kechdi-kechmadiki, «Vaqt»ning 416 no‘mrasida «Samarqandda na ko‘rdum» unvoni ostinda bir ajoyib maqola o‘qudim, imzosina ko‘z soldim, «Ziyoratchi»dur. Maqolasini tamom o‘qub bir oz tafakkur ila bu g‘ofilona so‘zlarni yozon o‘shal totor muallimdan boshqa kishi o‘lmadig‘ini his etdim. Bexabarona yozilmish vohiy so‘zlari qobili javob va e’tibor o‘lmasa-da, faqat o‘zining Juhulat va safohatini isbot edarak tanbeh vermak qasdila bir-ikki harf yozmoqni munosib ko‘rdim. So‘zlarning muxtasari ushbudir, deyurki: «Samarqandning usuli jadida maktabi Turkiston taraflarinda xeyli mashhur o‘ldig‘indin faqat shuni ko‘rmak uchun vorub so‘ngra angladimki, maktabning shuhrati yolg‘uz buning muassisi o‘lon mufti Mahmudxo‘ja afandi soyasinda ekan». Endi bunga na deyimli, afandim? Ushbu maktabning muassisi va bosh muallimi mulla Abdulqodir o‘ldig‘i olti sanadin beri hammaga ma’lumdurki, gunash kabi oshkoradur. Faqat mufti janoblari kandi manzillarini maktab uchun ikki sanadin ortiq bilaijrat qo‘yub, ozgina rivojina sabab o‘ldilarki, buni hech kim inkor etmadi va etmayajakdir.

Yana aytasizki: «Maktabning prug‘rom va o‘quv tartiblari qusurli. O‘quv asboblari hech yo‘qdeyarlikdur». Afandim, prug‘rom va o‘quv tartiblarimizning xanki yerinda qusur vor. Buni ochiq suratda mo‘bamo‘ bayon etuvingiz tevishli edi. Bizlar u joyini qo‘rub ikmolina cholishar eduk. Avet, o‘quv asboblarimizning matbua nusxasi ozdir. Buning sababi, albatta, forscha risolalardin qo‘llanilgan fiqh, tajvid, qavoidi forsiy, hisobning chop o‘linmadig‘idur. Tojik bolalarining ona tillariga muvofiq o‘qub yozilmish mazkur risolalarini kim chop qilur, alarning tab’ina ko‘b oqcha lozim o‘lajaqdir.

Inshoolloh! Kelajakda biror sohibi g‘ayratning himmatila tab’ o‘linajaqdir. Bu so‘zlarimiz sababli lison masalasining qopusi ochiddi. Afandim, ma’lumdirkim, bizim ona tilimiz forsiy-tojikiydir. Ammo umumiy lisonimiz turkiydir va diniy lisonimiz arabiydurki, bunga hech shak-shubha yo‘qtsur. Ushbu alsinai salosaning tahsili hammaya lozimdur. Ammo har millatning ibtidoiy tahsili ona tilincha bo‘linmamasi hodda mashaqqat-azob chekuvi bad yahi o‘ldig‘ichun biz talabalarimiza uch sana mutamaddiyan forsiycha dars verduqdin so‘ngra, turkchaya shuru etmakka qaror verduk. Dahi turkiyning ahamiyati na darajada o‘ldig‘ini oz-moz bildikimizdin, inshoolloh, oyandag‘a tadrijan alimizdin keddiki qadar tavhidi lison borasinda ham cholishajaqmiz. Afandim, sizdin boshqa Abdurashid va Ismoilbek afandilar kabi buyuk-buyuk zotlar maktabimiza kelib ketmishlardi. Alarni til va boshqa to‘g‘rularda hech bir guna, e’tirozkorona so‘zlarini eshitmaduk va ko‘rmaduk. Ammo sizning jaholatingizdin noshiy o‘lon lison alayhinda atolai lison etuvingizi kamoli taassufla ko‘rub hayratda qolduk. Yana deyursizki: «maktabning moliya jihati torliqdadur». Bu aslsiz xabarni qaysi mavsuq manbadin olub yozdingiz yo magar kohini folbinlik etub ilmi g‘aybdin xabar verub qo‘ydingizmi? Maktabning madoxili o‘z masorifina kifoya etadur.

Maqolangiz oxirindagi tavsiyanoma eng to‘g‘ridur. Faqat bilmish o‘lingizki, janobingiz kelmasdin burun ul amr haqiqatan ijro o‘lmasdi. Muallimimiz hamjamiyatning u taklifini husni qabul ila mutashakkiran talaqqiy etmishdi. Ma’a mofiyxi bu nasihatingiza daruni dildan tashakkur aydarak haqingiza ushbu ibratbaxsh mis-ra’ni o‘qumoq-la xatmi kalom aylaram, vassalom.

Bayt:

Aqling vor esa nafsingki isloh ayla, o‘ g‘arosh.
Mustag‘riq o‘lursen u zamon ajri jazila.

«Turkiston viloyatining gazeti»,

1909 yil, 12 fevral