…Bular orasinda yana o‘z mamlakatlarida bir vaqt ahli davlat bo‘lub bu hollarga tushuv sababli ortdurgan yor-birodarlaridan tilanuvg‘a or-nomus qilub, shahringizga musofir bo‘lub, bir tarafdan, dog‘i davlat, bir tarafdan, g‘urbati vatan, bir tarafdan, firoqi farzaid va ayol, padar, modar, xeshtabor, bu alamlar ustina musofirlig‘ mustami bila yana qarshunguzda turgon mujovir[1] faqir va yetimlarga qo‘shula olmay, so‘rilub darvoza kunjida o‘zi yolg‘uz mungg‘ayub, ko‘zi nigoron, rangi za’faron, diydasi ustina boroni hasratlari to‘kulub, bir tarafindan, sizga ta’nali tiri nazaringiz, ikkinchi tarafdan, mujovir gadolarning tig‘i dashkomi bila jigarlari pora-pora bo‘lub o‘lturg‘onlarida bor!
Qo‘ltug‘ida emiziklik, orqasida uch yashar-to‘rt yashar to‘rt-besh nafar jujuqlarini ergashtirub kelgan mazluma, zaifa mushtiparlar sizning qurbon oshingizdan tekgon bir qismgina tomamingizi o‘zi naqadar och o‘lsa hamda nafas qisub jujuqlari orqasina qo‘yub «Olinglar, yetimchalarim, bebaxtlarim, atosizlarim, bekaslarim! Sizlar to‘ysalaringiz — meni to‘yganim. Sizlar och qolsangiz — meni o‘lganim», — deb mung‘ur-mung‘ur yig‘lab o‘lturshonlari-da bor. Fikr qiling. Bilasizmi, besh-o‘n yil ul qorg‘ungizda turg‘on mazluma kimni qizi edi va qaysi boybachchanpng ahliyasi va mahbubasi va suyuklisi edi va ul ma’suma va mazluma jujuqlar kimlar qo‘lida dast-badast talosh o‘lub, erkalanub tabriklanub yurgan edi? Fikr qiling! O‘zingizdan o‘tgan voqealar azob va meqnatlar shoyad unutulmagandir.
Agar arolarini durust axtarub qarar bo‘lsangiz, bir vaqtda o‘zingiz bila oshnalik va ulfatchilik qilub yurgan boybachcha qadrdonlaringizdan-da alar orasidan chiqub qolmog‘i shubhasizdir. Mana o‘zingiz boy bo‘lgan sori ko‘zingizdagi pardai hirs qalinlashub ketmoqdadir.
Faqir bo‘lub qolgan bprodarlaringiz qorshungizda turgan bo‘lsa ham toniy olmaysiz, bilasizmi? G‘ofil bo‘lmang!
Oh! …Ma’sum millat!.. Gunohsiz to‘foni bid’atg‘a mag‘ruq otashi g‘aflat va jaxolat bila so‘zon bo‘lgan olami insoniyat! Bu na hasrat! Bu na zillat! Moziylarimizni unutdik! Istiqbol eshiklarini-da yo‘qotmakdamiz!
Bu hollarimizga, boylarimizga, faqir va yatimlarimizga, ulamo va ullomlarimizga, erkak va xotinlarimizga, haqiqiy va ma’naviy ko‘zimiz bila qarab, bu asrorlarni ko‘rub turub, bu kunni bizlar qandog‘ iyd va bayram deya olurmiz! Balki ahvolimizga, bid’at va vahshat af’olimizga qaralganda iyd emas, balki umumiy bir mahshar va motam kunidan iboratdir.
Na uchun janobi haq qoshida eng muqaddas va e’tibor sanalgan ma’dani ilm va mahzani ma’rifat o‘lgon har bir nuqs va kamchiliklardan pok o‘lgon, qiyomatg‘acha boqiylig‘i oyat bila xabar berilgan dinda [islom dini edi-da]. Bizim mana u yildan bu yilda ikki bor bo‘ladurgon bayram kunida aholi umum islom orasidagi faqru asorat, zillu razolat, fisqu sharorat, bid’at va safohat, vahshat va qabohatlarni ochuq ko‘zlaringiz bila ko‘ra olursizmi?
Har millatning aholisi bir atong bolasi kabi o‘lur. Demak, xususan bizim islom millatining bir-birlariga birodarliklari Qur’oni karimda «Innamo al-mo‘minina ahvatu faslihu bin ahviqum» oyati bila taklif qilingondir. Mana birodarlar orasindag‘i bo‘g‘z[2], nifoq, kiyn, adovat, borliq, yo‘qlik, ochlik, to‘qlik, shodlik, g‘amlik kabi turlik-turlik parishonliklarni nadan ekanlig‘ini imtiyoz qila olursizmi? Yoki xudoyi taolloni irodasi debgina qo‘yasizmi? Boqing yahudiy, armanilarga! Bularni ham bu qadar davlat va taraqqiylarga molik o‘lmoqlari ham xudoyi taolloni irodasimi? Yo‘q, janobi haq o‘ziga eng e’tibor sanalgan islom millatini boshqa millatlardan bu qadar tuban darajadagi g‘addorliklarga qoldirmas! Janobi haqning zolimlik sifatlardan pok va manzaraligi har bir ne basorat[3] ununda oy va quyoshdan ravshandir.
Hushyor bo‘lungiz! Anglangiz! Tinglangiz! Borigina bizim millatning bu qadar og‘ir hollar va kamchiliklarga qolg‘oniga eng birinchi modda va illat nima, deb eshitgon tovushga tuqsiz ma’dan va mahvani islom ochiqchi o‘lgon ilk va ma’rifatni qo‘limizdan yo‘qotganimizdir, demoqdan boshqa chora va javob yo‘qdir.
[1] Mujovir — doim o‘z joyida yashovchi; musofir so‘zining aksi.
[2] Bo‘g‘z — kek.
[3] Basorat — ko‘zning ochiqligi.