FAVQULODDA TAKFIR
3 yanvar ba’daz jum’a Samarqandning munajjim Mirzo Ulug‘bek madrasasi ichindagi jome’da besh-olti ming musulmon huzurinda muazzin tarafidan usuli jadidachilarni va ruscha o‘qutmoqg‘a tashviq qilaturg‘onlarni kofirligi va har kim bolasini usuli jadida maktabig‘a bersa, «o‘zi kofir, xotuni taloq» bo‘lushini forsiy til ila uzun va hayajonlik bir nutq ila xaloyiqg‘a bildurub, hamda ……….[1] larni «kofir va o‘rus» hamda «kofir va o‘rus qilg‘uchi» deb e’lon qilindi.
Xalq hech bir nima demasdan tarqaldi. Bir necha haftadan beri janob qozi va mudarrislardan ba’zilari ma’lum yerlarg‘a majlislar qilib ekanlarki, bu favqulodda va umumiy takfir shuning natijasidur. Chunonchi, muazzin derki, «Bu so‘zlarni o‘zumdan aytmayman, ulamo qavli va buyrug‘i ila berman. Maqzuf va makduhlar ushbu to‘g‘ridan shariat va qonun mahkamalarig‘a va yer yuzindagi musulmonlarni vijdonig‘a ruju’ etarlar. Shuni-da favran yozayinki, kofir degan odamlari azaliy va abadiy musulmondur. Unlar kufrni abadan qabul etmaydurlar. Turkistonda yuz ming otalar borki, balalari usuli jadid maktabig‘a o‘quydur.
(Kelar adad oyandada batafsil yozarmiz.)
«Oyna» jurnali, 1914 yil, 12-son, 295-bet.
[1] Joy qoldirilgan. Chamasi, muharrir masala oydinlashmaguncha el e’tiboridagi kishilarning nomlari badnom bo‘lishini istamagan.