Vatan surati… Bu — ko‘z qoracho‘g‘i. U ko‘zga joylashgan. Mehri esa yurakda. Inson bolasi borki, u Vatan, Vatan, deb yashaydi. Agar shoir bo‘lsa-chi? U Vatan orzu-armonlari bilan umr kechiradi, dunyodan uning ishqi bilan yonib-yonib o‘tadi. To‘lan Nizomning ushbu kitobiga kirgan asarlari buning isboti bo‘lsa ne ajab.