Omon Matjon. Seni yaxshi ko‘raman

Omon Matjon. Seni yaxshi ko‘raman: She’rlar. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.

Taniqli shoir, O‘zbekiston Lenin komsomoli mukofotining laureati Omon Matjonning «Seni yaxshi ko‘raman» deb nomlangan ushbu kitobiga «Ochiq derazalar» (1970), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1977), «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) kabi she’riy kitoblaridan eng yaxshi she’rlari saylab kiritildi. Shuningdek, shoirning yangi she’rlari, «Seni yaxshi ko‘raman» deb atalgan muhabbat mavzuidagi yangi she’riy turkumi va tarjimalaridan namunalar ham kitobdan o‘rin olgan.