Mazkur to‘plam adabiy jarayon haqidagi qizg‘in bahs-munozaralardan tarkib topgan. Unda Respublikamizning taniqli olimlari, ijodkorlari va faol yoshlarining XX asr va Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalariga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan tanishasiz. Hamda adabiyotimizda, katta ma’noda, badiiy tafakkurimizda kechayotgan azim o‘zgarishlarning ko‘lami va teranligini chuqurroq anglaysiz. To‘plam, ayniqsa, bugungi adabiyotimizning umumiy manzarasi, yo‘nalishlari va adabiy jarayon bilan qiziquvchi mutaxassis va talaba yoshlar uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchilar: Sa’dullo Quronov, Risolat Haydarova, Ra’no Hakimjonova
Mas’ul muharrir: Baxtiyor Nazarov, akademik
Taqrizchi: Suvon Meliyev, filologiya fanlari nomzodi
MUNDARIJA
Istiqlol adabiyoti — ozod tafakkur adabiyoti
YaNGI AVLOD OVOZI
Birinchi suhbat
Savollar
Hamidulla Boltaboyev javoblari
Shuhrat Rizayev javoblari
Nazar Eshonqul javoblari
Dilmurod Quronov javoblari
Rahimjon Rahmat javoblari
Bahrom Ro‘zimuhammad javoblari
Rahmon Qo‘chqor javoblari
Abduqayum Yo‘ldosh javoblari
Risolat Haydarova javoblari
Islomjon Yoqubov javoblari
Abdunabi Hamro javoblari
Xursandbek To‘liboyev javoblari
Ibrohim G‘ofurov javoblari
Qozoqboy Yo‘ldoshev javoblari
Isajon Sulton javoblari
Sa’dullo Quronov javoblari
Umarali Normatov javoblari
“MUALLIF O‘LIMI”GA SIZ HAM OVOZ BERASIZMI?
(Yoki asl ijod sog‘inchi)
Ikkinchi suhbat
“Muallif o‘limi”ga siz ham ovoz berasizmi?
Parilar va qaroqchilar
Taqlid, tasvir, ilhom va iste’dod
Globalizm “muallif o‘limi”ga rozimi?
An’ana va asllik
Haqiqiy muallif o‘lmaydi
Adabiyotni iste’dodlar yaratadi, iste’dodlar yangilaydi
Asl ijodni anglash baxti
Xayrlilik istab…
Adabiy gurunglar tafti (So‘ngso‘z)