Ismatulla Abdullayev. Abu Mansur Abdulmalik As-Saolibiy

Ismatulla Abdullayev. Abu Mansur Abdulmalik As-Saolibiy. (Mas’ul muharrir M. M. Xayrullayev). — Toshkent, “O‘zbekiston”, 1992.

Risolada XI asrda yashab o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon al Beruniylarga zamondosh yirik tilshunos va adabiyotshunos olim, tarixchi, adib, O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlari san’ati va madaniyatining behiyos bilimdoni, ilmu fanning turli jabhalaridan bahs etuvchi o‘nlab asarlar muallifi Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad as-Saolibiyiing hayoti va ijodi tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi.
Shuningdek risoladan alloma qalamiga mansub asarlar ro‘yxati, u qoldirgan adabiy meros gultoji sanalmish “Tatimmat al-Yatima”, “Kitob latoyif al-maorif” asarlaridan parchalar ham o‘rin olgan.

MUNDARIJA

Muqaddima
Abu Mansur as-Saolibiyning hayoti
Abu Mansur Saolibiyning ijodiy faoliyati
Saolibiy shoir
Saolibiy — buyuk olim

“YATIMAT AD-DAHR FI MAHOSIN AHL AL-ASR”
Abu Ahmad Ibn Bakr Al-Kotib
Abu-l-Husayn Muhammad ibn Muhammad Al-Murodiy
Abu Ahmad Muhammad ibn Abdulaziz an-Nasafiy
Abu-l-Fazl as-Sukkariy al-Marvaziy Ahmad ibn Muhammad ibn Zayd
Abu Bakr Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiy

“TATIMMAT AL-YATIMA”
“Tatimmat al-yatima” to‘rtinchi qismining mazmuni

“KITOB LATOIF AL-MAORIF”