Erkin Vohidov. O‘rtada begona yo‘q: G‘azallar. T.: «Yozuvchi», 1991.
Muhtaram she’riyat shaydolari!
Xalqimiz o‘zligini anglab olish uchun intilayotgan, ma’naviyatimizning shu paytgacha pinhon qolgan sahifalarini varaqlashga jazm qilgan bugungi kunda qo‘hna aruz vazniga qiziqishning kuchaygani tabiiy bir holdir. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning aruz vaznida bitilgan g‘azallari qaysi she’rxonning dil to‘ridan joy olmagan deysiz? Nashriyotimiz Sizning kutubxonangizga sevimli shoirimizning el orasida shuhrat topgan g‘azallaridan tartib berilgan ushbu mo‘jaz majmuasini tortiq qilmoqda.