Erkin Vohidov. Bedorlik: She’rlar va dramalar. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, taniqli shoir Erkin Vohidovning “Bedorlik” kitobi ona Vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat, mehnat va do‘stlik, fidoyilik va insoniylikni tarannum etuvchi falsafiy she’rlarni o‘z ichiga oladi.
Qayga bormay, yuragim iftixorga band qildim,
O‘zbek bolasiman deb ko‘ksimni baland qildim…
deydi u bir she’rida.
“Oltin devor”, “Istambul fojiasi” dramalari bu kitobda ilk bor o‘z o‘quvchisi bilan uchrashadi.