Marhum adabiyotshunos-olim, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Sarimsoqovning “Badiiylik asoslari va mezonlari” nomli kitobi adabiyot nazariyasining o‘zak masalalariga bag‘ishlangan. Adabiyot ilmining bu global muammosi kitob nomida hamda shu nomli tadqiqot-maqolalarda o‘ziga xos tarzda aks etgan. Bu yerda jamlangan maqolalar o‘zbek adabiyotshunosligida muayyan ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Bu tadqiqotlar ilm muhiblarining qiziqishlarini orttirib, ularning e’tiborlarini tortadi, deb o‘ylaymiz.
To‘plovchi va nashrga tayyorlovchi: Hoshimjon Axmedov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b, filologiya fanlari nomzodi.