Aleksandr Dyuma. Ikki Diana (roman)

Dyuma, Aleksandr. Ikki Diana: roman. Aleksandr Dyuma / Rus tilidan Rustamjon Ummatov tarjimasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 784 b.

«Ikki Diana» – tarixiy-sarguzasht roman bo‘lib, XVI asr Frantsiya tarixidagi ko‘plab fojialarni aks ettiradi. Ushbu romanda o‘quvchini qiziqtiradigan barcha komponentlar mavjud.
Bu yerda mudhish sirlar hamda ma’suma qahramon ayol, makkorona fitnalarning qurboni – Diana de Kastro, yovuzlar dueti – Diana de Puate hamda konnetabl Monmoransi, haqiqat uchun kurashuvchi Gabriel Montgomeri va nihoyat, olihimmat gertsog de Giz obrazlari mohirona ochib berilgan.
Asarda katoliklar va protestantlarning o‘zaro diniy qarama-qarshiliklari ko‘rsatilgan. Roman nafaqat urush haqidagi hikoyalar, ishqiy dramalar, saroy fitnalari bilan, balki ishonchli tarixiy tavsiflar bilan ham qiziq va ahamiyatga molikdir.

Rus tilidan Rustamjon Ummatov tarjimasi

MUNDARIJA

BIRINChI QISM

1. Grafning o‘g‘li va qirolning qizi
2. Kelinchak qo‘g‘irchoq o‘ynaydimi?
3. Jangovar qo‘nalg‘ada
4. Qirolning o‘ynashi
5. Qirolzodalar xonasi
6. Diana de Kastro
7. Janobi konnetabl o‘qiydigan «duolar»
8. Omad charxpalagi
9. Ularni taqdir o‘zi uchrashtirdi-da
10. Tomoshadagi tomoshami?
11. Tinchlik barqarormi yo urush boshlanadimi?
12. Ikki yoqlama firibgar
13. Baxtiqarolik nishonasi
14. Diana de Puate
15. Yekaterina Medichi
16. Diana, oshig‘ing o‘z akang bo‘lsa-chi?
17. Folsiz yurma, folbinning gapiga kirma!
18. Satang xotin yana er tanladi
19. Genrix ikkinchining muhabbat jabhasida otasiga kundosh ekanligi va padari hayot chog‘idayoq haramdan meros olganligi xususida
20. Dushmanlikdan beshbattar do‘stlik xususida
21. Frantsuz inqilobidan burun ham shoh-u gadoning huquqi rashk tufayli teppa-teng bo‘lgan tun xususida
22. Diana de Puatening xiyonati
23. Vasiyat
24. Tiriklayin ko‘mmoqchi edilar
25. Garovga qo‘yilgan hayot
26. Ustaboshi Jan Pekua
27. Gabriel biryo‘la admiralni, shaharni va qirolni qutqargani xususida
28. Marten-Gerrning xiyla lapashang ekani xususida
29. Marten-Gerrning nihoyatda lapashang ekani xususida
30. Harbiy hiylalar
31. Arno dyu Tilning ko‘zi to‘ymasligi yoxud shaytonga – shogird, tulkiga – ustoz ekani xususida
32. Porsolik yo‘lida
33. Zohida Beni bekach
34. Mag‘lubiyatdan ham qimmatga tushgan g‘alaba
35. Arno dyu Til: o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas
36. Arno dyu Til: yotib qolguncha – otib qol!
37. Lord Uentuors
38. Asirasiga oshiq zindonbon xususida
39. Qurolsoz xonadonida

IKKINChI QISM

1. Aksariyat kalavalarning uchi mazkur bobda shunday mahorat bilan ulanadiki, tuguni bilinmaydi
2. Arno dyu Tilning Nuayon shahrida dorga osilgani va bu qatlga Arno dyu Til shaxsan yordamlashgani xususida
3. Arno dyu Til – eng bebaho ablah
4. Per Pekuaning miltiqlari, Jan Pekuaning arqonlari va Babetta Pekuaning ko‘z yoshlari
5. Marten-Gerrning boshiga tushgan keyingi ko‘rgiliklar
6. Marten-Gerrning pok nomi jindaygina oqlana boshladi
7. Yangi maslakdoshlar
8. Mariya Styuartning lahzalik iltifoti
9. Diananing tulkiligi
10. Ulug‘ inson ulug‘vor maqsaddan voqif bo‘ldi
11. Boltadan toymas sheryuraklar
12. Elchi epsiz epchil ekan
13. 1557 yilning 31 dekabr kuni
14. Zambaraklar na’rasi ostidagi maslahat
15. Chodir ichkarisida
16. Kichkina qayiqlar ham katta kemalarni qutqara oladi
17. Zulmat choyshabi ostidagi sirlar
18. Ajal: ham dargumon, ham muqarrar
19. Olisdagi Arno dyu Tilning kasofatiga sho‘rlik Marten-Gerr halokat chohiga uloqtirildi
20. Lord Uentuorsning so‘nggi umidi ham chil-chil bo‘ldi
21. Suymaganga suykalgan «oshiq»
22. Har kim suygan oshini ichadi-da
23. «Tamg‘ador»
24. Osmondan tushgan baxt
25. Saodatning g‘oyibona alomatlari
26. To‘rtlik yoxud ayol makri
27. Vikont de Montgomeri
28. Quvonch va tashvish
29. Tun va tong
30. O‘ldirilgan mahbus
31. Graf de Montgomeri
32. Daydi yigit
33. Arno dyu Til bilan yangi to‘qnashuv
34. Adolatning dumi xurjundami?

UChINChI QISM

1. Yangi ishkallar xususida
2. Jinoyatchi o‘z aybini o‘zi ochdi
3. Qallob osib o‘ldirildi, murdasi yondirib yuborildi
4. Ustma-ust kelgan ikki maktub
5. Protestantlarning pinhoniy mashvarati
6. Yana noumidlik
7. Sog‘inchli tashrif
8. Qaltis vaziyat
9. Tasodifiy to‘qnashuv
10. Ikki o‘t orasida
11. Mudhish bashoratlar
12. Qonli bellashuv
13. Yap-yangi tartiblar
14. Intiqom mevalari
15. Saroyda ob-havo o‘zgarmoqda
16. Gertsog de Giz va admiral Kolini
17. Xabarlar va chaquvlar
18. Josus
19. Chaqimchi
20. Toj kiygan bolakaylar
21. Italiya sayohati chippakka chiqdi
22. Qarama-qarshi ikki taklif
23. O‘limdan mudhishroq ishonch
24. Shon-sharaf sharmisorlikdami?
25. Intihoning ibtidosi
26. Shato-Reno o‘rmonida
27. O‘n oltinchi asr siyosiy tomoshalaridan fojiona bir lavha
28. Ambuazdagi arzimas mashmasha
29. Qatl namoyishi
30. Yana bir siyosiy o‘yin
31. Umid nishonasi
32. Uyqu ana shunaqa qo‘riqlanadi-da!
33. O‘lim to‘shagi
34. Alvido, Frantsiya!
Xotima