Ushbu kitobda xalqimizning buyuk o‘g‘loni, jahonga mashhur mexanik-matematik olim, pedagog va fan tashkilotchisi, Mehnat Qahramoni, uch marta Davlat mukofoti sovrindori, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Xalil Ahmedovich Rahmatulinning sharafli hayot yo‘li, mexanika-matematika, muhandislik va pedagogika ilmi sohalaridagi olamshumul xizmatlari, ilm-fanga qo‘shgan munosib hissalari, jamoatchilik faoliyati hamda namunali, ibratomuz insoniy fazilatlari yoritilgan.
Shuningdek, insoniyat hayotida mexanika fanining egallagan mavqei, rivojlanish tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Kitob ilmiy-ommabop bo‘lib, asosan, ilmparvar ziyoli yurtdoshlarimizga, ayniqsa, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad sari ezgu orzu-umidlar bilan dadil qadam tashlayotgan yosh avlodga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
Yu.G‘.Mahmudov – pedagogika fanlari doktori, professor;
A.Artiqov – texnika fanlari doktori, professor
MUNDARIJA
So‘zboshi
Mexanika tarixida ulug‘ ajdodlarimizning o‘rni
Ilmiy-pedagogik va tashkilotchilik faoliyati
Olimning ibratli merosi
Olimning ilmiy merosi
Olimning pedagogik faoliyati
Olimning tashkilotchilik faoliyati
X.A.Raxmatulin xizmatlarining baholanishi
Olimning tarixiy obidalardagi ziyoratlari
So‘ngso‘z o‘rnida