Sunay Akin (1962)

Taniqli turk shoiri Sunay Akin (Şükrü Sunay Akın) 1962 yil 12 iyulda Trabzon viloyatining Machka shahrida tug‘ilgan. Istanbul universitetining Fizika fakultetini tamomlagan. Marmara universitetining Nafis san’at bo‘limida dars bergan. Ayni paytda Turkiya davlat televideniyesida faoliyat olib bormoqda. 2005 yil Istanbulda O‘yinchoqlar muzeyiga asos soldi. “Xayol qahramonlari”, “Kiyikli xiyobon”, “Oyparast”, “Qadim qayg‘ular” kabi bir qancha she’riy kitoblar muallifi.

AYRILIQ

Bir poyezd yo‘lining
Ikki tarafimiz.
Nimani hal etar
Yaqinligimiz.
Baribir so‘ngida
So‘nggi bekat bor…

BEXABARLIK

Po‘stlog‘ini archmasdan
Olmalarni so‘ya bildim.
Va tuzatdim bitta yarmini,
Ammo qarshimdan chiqquncha
Qurt edi olma qurtlari
Mening pichoqlarim
Yurish qilguncha
Uning yurtiga…
Labingdan qolgan ulush
Piyolada qolgan
Lablaring izi kabi
Uzoq qololmayman
Ko‘zlaringda…
Qani yaqin bo‘lsa
Qo‘llarimga qo‘llaring.
Yoningdagi beton binoga
Suyangani kabi
Eski bir uyning…
Sen axir mix kabi
Miyamga qoqilgansan
Va butun dunyoning
Qisqichlarini
Dengizga otganman.
Endi boshqa ilojimiz
Yo‘qdir sevgilim!

Turk tilidan Xosiyat Rustamova tarjimasi