Kamoliddin Kamu (Kemalettin Kâmi Kamu) (1901 yili Bayburtda tug‘ilgan, 1948 yili Anqarada vafot etgan) – “G‘urbat shoiri” deya tanilgan turk shoiri va siyosatchisi.
She’rlari maktab darsliklariga kiritilgan.
BIR YO‘LOVChIGA
(Xazon yo‘lchisiga)
Soching yana parishon,
Bag‘ring alam-la vayron,
Qayga yo‘l olding hayron,
Yana bir g‘urbatgami?
Men ham bir quruq yaproq
Kabi sen bilanman, boq,
Zulfingga bog‘lanaroq
Keldim ishqqa… dardgami?
o‘zlaring to‘la malol,
Yuzlaring inja hilol,
Hamdard et, yoningga ol,
Dema, xazon… barggami?..
KUZ
Quridi endi o‘tlar,
Bitmayapti yangisi,
Ko‘llab qolgan suvlarda
Xazon – yaproq jasadi…
Qaytdi yaylovdagilar,
Eridi bog‘da g‘urub.
Vohalar yana kengish,
Qoyalar yana qattiq…
Boshim qo‘llarim aro
Og‘ir bo‘lakcha huzun,
Tushmoqda ko‘zlarimga
Donalari nam kuzning…
Turk tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi