Ahmad Hamdi Tanpinar (Ahmet Hamdi Tanpınar) – turk shoiri, romannavis, adabiyotshunos, siyosatchi va akademik.
Turkiyada Jumhuriyat avlodining il ma’rifatparvarlaridan bo‘lgan Ahmad Hamdi Tanpinar “Bursada zamon she’ri bilan o‘quvchilarga tanilgan. Uning “Yigirma besh yildning misralari” nomli kitobi 5 jildda nashr etilgan.
MOVIY
Moviy-moviy edi osmon,
Bulutlari oppoq-oppoq,
Bepoyonlig‘ ichra nolon
Ne ajab yoz edi g‘amnok.
Ajab, go‘zal, so‘ngra mahzun
Nur yomg‘iri ila uzun.
Bir turkuki g‘amgin sado
Va sen kulsang gullar paydo.
Xush bulutlar edi oppoq,
Soyalari sirli porloq;
Tinmas edi g‘ir-g‘ir shamol
Gullar to‘shin aylab xushhol:
Binafsharang oydin… chinor
Soyasi-da qizargan zor,
Namozgarda boqishlari,
Sarinlikning yoqishlari…
Sabohlarning oynasida
Nogoh kular paydo husn,
Ikki boqish orasida
Aylar meni telba huzn.
Qaydasan? Kim bilsin hozir
Seningdir yana oqshomlar;
Zinada qadaming sasi,
Bandargohda sharpang bor.
Turk tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi