Atoxon Sayfulloyev (1933-2017)

O‘nlab ilmiy-ommabop va tadqiqot kitoblari, bir qator nasriy va she’riy majmualar muallifi. Filologiya fanlari doktori, professor.
Dramaturgiya bilan ham shug‘ullangan. Ro‘dakiy nomidagi Davlat mukofoti hamda Kamol Xo‘jandiy, Mirzo Tursunzoda nomidagi mukofotlar sohibi.

DO‘ST

Ko‘zlarim ravshan erur do‘stning diydoridan,
Kom shirin etgum uning shakkarin guftoridan.
Men sho‘xu bebok edim navbahor naysoniday,
Goh adab darsin olurmen ajib raftoridan.

So‘zi-la birdir ishi, gul kabi yakrangdir,
Ayladim nedur vafo men uning kirdoridan.
Ko‘rmadi kimsa uningdek pok bir qatrani,
Ikki olam sofligi – jilvakor ruxsoridan.

Sa’diyu Xoja Kamol durlari dil boyligi,
So‘zlagay ul Mavlaviy ham Sino osoridan.
Lutf erur har lafzida, ki menga oromi jon,
Taft sizar siynamda ham ta’bi otashboridan.

Ikki yuz do‘stlar riyosidan ko‘ngilda dog‘lar,
Sarbalandmen mehribon, ahdi borlar koridan.
Sindirish-chun gavharim menga toshlar otdilar,
Lek himoya topmisham matlabi afkoridan.

Goh dilim dunyosiga soya solsa abri g‘am,
Chulg‘anur nurga mudom ul quyosh anvoridan.
Bul hayotga har nafas fayz kirgandir,agar,
Chashmimiz to‘ysa aning diydai bedoridan.

Istaram, bo‘lsin omon, xavf-xatarlardan emish,
Ul himoya istasin yakka Haq – g‘amxoridan.

Jamshid tarjimasi