Tumanboy Boyzoqov (1923-1992)

Tumanboy Boyzoqov (Tүmөnbay Bayzakov) 1923 yil 23 sentyabrda Qirg‘izistonning Suzoq tumanida tug‘ilgan. Qirg‘iziston davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1954).

Ilk she’riy kitobi “Parizod” nomi bilan 1968 yili chop etilgan. U o‘zbek adabiyotidan Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” poemasini, Quddus Muhammadiy, Mirtemir, Zulfiya she’rlarini qirg‘izchaga tarjima qilgan.

TO‘RTLIKLAR

* * *

Yillar uchar poyga yo‘lin talashib,
Chayeandozday yo‘rtamiz biz yonashib.
Ko‘zin uzmay kuzatadi yulduzlar,
Taqdirlarning tasbeh toshin sanashib.

* * *

O‘riklarni bezamoqda gul o‘rab,
Guldan-gulga o‘tar ari bol so‘rab,
Jovdarzorni yel taroqlab o‘tganda,
Kunga boqar kipriklari yaltirab.

* * *

Xonaga sig‘may qoldim, sirtga chiqdim,
Bulbulning havolagan kuyin uqdim.
Bog‘-rog‘lar gul ko‘ylagin kiygan ekan,
Bamisoli bir kosa ifor yutdim.

* * *

Qay kimsaning o‘t bo‘lmasa dilida,
Bilarmikin otash ham kul bo‘larin?
Yolg‘iz yursa kimki hayot yo‘lida,
Bilarmikin sevgining gul bo‘larin?

* * *

Men yo‘qotdim o‘zimni — izlagayman,
Dog‘ qo‘nmagan yuragim tig‘lagayman.
Kaklikka o‘z uyasi keng ko‘rinsa,
Men keng olam bag‘riga syg‘magayman.

Husniddin Sharipov tarjimasi.