Shohmammad Tog‘laro‘g‘li (Şahməmməd Dağlaroğlu) 1956 yil Ismoyilli rayonida tug‘ilgan. Shoir, publitsist. Ozarboyjon yozuvchilar birligi a’zosi. “Ismoyilli xabarlari” gazetasi bosh muharriri.
U 5 ta kitob muallifi, 30 ga yaqin kitoblarning muharriridir. Ozar o‘quvchilari uning o‘zbek tilidan tarjimalaridan ham bahra olgan.
SAVOL
San nedan bu qadar, go‘zalsan axir,
Yaratgan yaratmish so‘ramoq uchun.
Sen o‘tgan yo‘llardan yig‘olmam hushim,
Sen nedan bu qadar go‘zalsan axir.
Husning seni ko‘rib sevganga paymi?
Boqishing chechakli bahormi, maymi,
Jamoling quyoshmi, yo‘qsa u Oymi?
Sen nedan bu qadar go‘zalsan axir?
Sendan xabari yo‘q yonmagan shamning,
Boshiga tosh tushur sansiz oqshomning.
Gul- chechaklar kunga qo‘yar har damni,
Sen nedan bu qadar go‘zalsan axir.
Hayotim, ruhimdir, berganim azob,
O‘lib-tirilsam ham, keltirmayman tab,
Bir shoda savolga topmadim javob,
Sen nedan bu qadar go‘zalsan axir?
Bor bo‘l, baxtiyor et, sevganing yorni,
O‘ylab Shohmammadni, buzma ilg‘orni,
Men bilaolmayman, o‘zing bil barin,
San nedan bu qadar go‘zalsan, axir?!
HAQDAN KELGAN NIDO
Haqdan kelgan nido – shahidlar o‘lmas,
Nomusdir, sharafdir – vatan bo‘linmas!
Kim uni ardoqlar, kim seva bilmas,
So‘zimda, ko‘nglimda ketgan shahidim.
Muqaddas qabringni yuvar yomg‘ir, qor,
Otingdao‘lmaslik, abadiylik bor,
Hamon janglar ketar, siynamdan axtar,
Qonli janggohlarda qolgan shahidim.
Ruhingga kiradi kamonim, sozim,
Shahid hidi kelar har kelgan yozni.
Qo‘ymayman injuday g‘amli ovozim,
Eng baland maqomga yetgan shahidim.
Qancha bir- biridan qo‘shib, ayirdim,
Suvimdir, ko‘klagan, pirdir sayidim!
Har kun quyosh kabi salomberaman,
Ko‘zimning o‘ngida o‘tgan shahidim!
Men borman, shahidni sevib olqishla,
Yasha, Ozarbayjon, bu jon yonguncha
Hilpirar bayrog‘im, to‘lqinlangancha,
Unutmas vatandosh, Vatan shahidin!
* * *
Dunyoda rang ko‘pdir, zavqlarga botib,
Yomon ham yarashar sariq bu qizga.
Birkun uylarining yonidan o‘tib,
Salom, gul berardim yana bu qizga.
Etimlik, kosiblik, biroq or bo‘ldi,
Eshitib to‘yini, dunyom tor bo‘ldi.
Bemorlik umidim, yolg‘iz xor bo‘ldi,
Tangri juft beribdi bechora qizga.
Men ota bo‘lmadim, u bo‘ldi ona,
U hasrat ichida kimga parvona.
Yori ham bilmadi Shahmemmed zora,
Ollohim, san yori, yor bo‘l bu qizga.
* * *
She’r yozmoqlik tangri bergan tuyg‘udir,
Sevgan qizning yorug‘ nigohi she’rdir.
Qishningqori haqdan yerga qayg‘udir,
Yozning issig‘ida yomg‘ir ham she’rdir.
Oq kun bo‘lsin, oq chechagi olchaning,
Go‘zal senga jon deganda ol jonin.
Qiz- kelinlar to‘qigani xalchaning,
Kungirasi, naqshi kabi bir she’rdir.
Jonni kuydiruvchi olovi yovuz,
Qiyin kunlar sabr bilan o‘tadi.
Qora bulut esdan ozib o‘padi,
Asli o‘sha yongan chaqmoq ham she’rdir.
Qo‘rquv to‘la nag‘allarning o‘zisan,
Shukurlining sufrasi bol, uyisan.
Tun-kechalar oshiq askar sevishgan,
Yulduzlarning uchishi ham she’rdir.
Kim aytadi, yuragingga sol qushni?
Agar sevsang, ber bahorni, ol qishni.
Yurakdandir Shohmamadning olqishi,
Qo‘rquvi yo‘q, qayg‘usi ham bir she’rdir.
ONA SUTI
Go‘dakni emizib aldading ona,
Ranjima, go‘daging yig‘lasa yolg‘on.
Sut bilan kiradi hayot sevgisi,
Onaning bag‘ridan isiydi jahon.
Deysanki, bu dunyo avvalgi emas,
Gaping chin so‘zingga sherik chiqaman.
Ko‘p narsa so‘ylamak istasa ham dil,
Uni tishlarimda tishlab chiqaman.
Jim turaman sira ichmayman qasam,
Nega qasam ichsin, saning gul bolang?
Aldanib qolsam ham chiday chidasam,
Yaxshilik yaxshidir, yaxshilik dars ham.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi