Muboriz Og‘axon o‘g‘li Culaymonli (Mübariz Ağaxan oğlu Süleymanlı) 1957 yil Ozarbayjonning Lenkoran tumanida tug‘ilgan. Shoir, jurnalist, huquqshunos. Ozarbayjon davlat teleradiokompaniyasida muharrir bo‘lib ishlaydi. Shoirning 30 ga yaqin kitoblari chop etilgan. She’rlari turli xorij tillariga tarjima qilingan.
O‘ZBEK DO‘STIMGA XAT
Sani ko‘rmoq uchun yurakla keldim,
So‘zdan baland ko‘rdim, chechakla keldim.
Aziz qardosh bilib, man sharqqa keldim,
Salom o‘zbek do‘stim, holing nechadir?
Samarqand qo‘sh-qo‘sha, Buxoro qadim,
Ona yurtim kabi tarannum yetdim.
Xorazm tosh muhrim, Toshkent ma’danim,
Salom o‘zbek do‘stim, holingiz qanday?
Mo‘ynoqing, Termizning o‘z tarixi bor,
Urganch ham, Marv ham sevimli diyor,
Qo‘qondu, Xevani ruhim so‘roqlar,
Salom o‘zbek do‘stim holingiz qanday?
Bu yurtga bezakdir qadim Zarafshon,
Namangan olmasi mamlakatga shon,
Eng ko‘kli, bahrali joydir Andijon,
Salom o‘zbek do‘stim, sog‘-omonmisiz?
Farg‘ona, Navoiy eski viloyat,
Yuz ta’rif so‘zlasang etmas kifoyat.
Surxonga ta’riy yo‘q, Jizzax rivoyat,
Salom o‘zbek do‘stim, sog‘-omonisiz?
Qadim Ko‘nyo-Urganch karvon yo‘lidir,
Azaliy, abadiy sirga to‘ladir.
Qoraqalpoq xalqi turkning qo‘lidir,
Salom o‘zbek do‘stim, omon bormisan?
Muhammad O‘zbekdan ot olib oting,
Amir Temur bo‘lib qo‘ling-qanoting,
Shohruxla Boyqaro ko‘rkidir yoding,
Salom o‘zbek do‘stim, omon bormisan?
Kim yoddan chiqarar ibn Sinoni,
Ilmila mot qildi butun dunyoni.
Registon maydoni, Shohi Zindani…
Salom o‘zbek do‘stim, omon bormisan?
O‘g‘lonlar bo‘y berdi eldan ulusdan,
Vatanin sevganlar qildi guliston,
Ulug‘bek zakosi-tarixiy doston,
Salom o‘zbek do‘stim, salomatmisiz?
Jahonda qoldirdi qancha go‘r amir,
Ilmini o‘rgatdi, Bobur, Xondamir,
Muqaddas qiblangdir, Tiyonshon, Pomir,
Salom o‘zbek do‘stim, holingiz qanday?
Amudaryo suvi, Sirdaryo suvi,
Go‘ri-Amir, Oq-saroy… bordirmi tog‘i,
Qashqadaryo shanki ilohi poyi,
Salom o‘zbek do‘stim, holingiz qanday?
Barini sas solib orzu-o‘yiga,
Ma’munxon kuch berib qancha ellarga,
Kelganman ko‘ray deb Ichon-Qal’aga,
Salom o‘zbek do‘stim, holingiz qanday?
Yassaviy, Lutfiylar unutilmasdir,
Tiling ham shirindir, ovozing xushdir,
Muboriz bu she’rin, sidqidil yozdi,
Salom o‘zbek do‘stim, holingiz qanday?
2016 yil.
* * *
Xabaring yo‘qmi mendan?!
Axir ko‘zim yo‘ldadir.
Nigoronman yor sendan,
Zehnim meni aldaydir.
O‘zing yaxshi bilursan,
Dardingdan devonaman.
Shamga ming jonini ham,
Alishgan parvonaman.
Maning kabi sevgiga,
Qul bo‘lgan yo‘q dunyoda.
Kel ezma bu yurakni,
Nega tushmayman yodga?..
Ko‘zlaringda ko‘raman,
Limmo-lim muhabbatni.
So‘zlaringdan tuyaman,
Adosi yo‘q hasratni.
Yana aldama mani,
SEVAMAN – so‘zi ila.
Sevgini ko‘rmadingmi,
Muborizning ko‘zila.
DARD
Bir dard nogoh meni dardga solibdi,
Men bilmasdan meni mendan olibdi.
Yuragimda qancha so‘zim qolibdi,
Bu dardima davo ayla, tabibim!
Topilmasmi mushkulimning chorasi,
Tuzalmasmi dalli ishqim yarasi.
Ko‘z-ko‘z bo‘ldi yuragimning porasi,
Bu dardima davo ayla, tabibim!
Yig‘lamoqdan oqib ketdi ko‘zlarim,
Surunmakdan yag‘ir bo‘ldi tizlarim.
Tikonlashdi tilimdagi so‘zlarim,
Bu dardima davo ayla, tabibim!
Ne zalolat uzoq turmay yonimdan,
Qarolig‘i rang olmayin qonimdan.
Achchiq og‘riq chekinguncha yonimdan,
Bu dardima davo ayla tabibim!
Solib kelgin baxtim betin benizga,
Yoki solib bir qurigan dengizga.
Yarim yo‘lda qo‘yma, kel Mubarizga,
Bu dardima davo ayla, tabibim!
ERU – KO‘K ORASIDA
Quyosh yaqin, yer uzoqdir ruhimga,
Ona vatan bir quchoqdir ruhimga,
Tug‘ilgan yurt bag‘rin ochar ruhimga,
Men qolaman yeru-ko‘k orasida.
Ko‘nglim qolar, bo‘m-bo‘sh dilim tanishmas,
Bu kunimla javon ko‘nglim yonishmas,
Gunohlarim, gunohlarga qorishmas,
Men qolurman yeru-ko‘k orasida.
Xush kunimni axtarib qarayman,
G‘amga to‘la damimga boray man,
O‘z yaramni, tabibdek yoray man,
Bil, qolaman yeru-ko‘k orasida.
Yor bog‘ida iforli bir gulmisan,
Men dardlining ko‘zlarida nurmisan,
San aslida vafodorim, gulimsan,
Bil, qolaman yeru-no‘k orasida.
Esga solib yanglama dadimni,
Intizorga aytmang mening dardimni,
Yor yoriga sevgim, gulim derdimi,
Men qolaman yeru-ko‘k orasida.
Muborizman tangri yashar jonimda,
Otash oqar tomirimda, qonimda,
Kerak bo‘lsa o‘lim mening yonimda,
Men qolaman yeru-ko‘k orasida.
Dilbar Haydarova tarjimasi
SEVGAN MENMAN
Bu tuproqni sevgan kimlar,
Gulum seni sevgan menman.
Gul dudoqni sevgan kimlar,
Dilim seni sevgan menman.
Qoyang ham bor, toshing ham bor,
Bilinmagan yoshing ham bor.
Ko‘p yigitlar boshida bor,
Elim seni sevgan menman.
Bozor joylar maydoningdir,
Mard og‘lonlar arsloningdir.
Siryan, Mug‘on jahoningdir,
Milim seni sevgan menman.
Sen zumradim, sen olmosim,
Eskirganda ham so‘lmasim.
Bahosi hech ozaymasim,
Lalim seni sevgan menman.
Jon olmoqqa ko‘p taloshma,
Hazon bo‘lib, dardli esma.
Yo‘llarimni hali to‘sma,
O‘lim seni sevgan menman.
Xush bahslar dardga solar,
Dard chekkanlar dard saralar,
Mubariz ham sensiz qolar,
Bolim seni sevgan menman.
Jumagul Suvonova tarjimasi