Laylo Aliyeva (1984)

Laylo Ilhom qizi Aliyeva (Leyla İlham qızı Əliyeva) 1984 yil Moskva shahrida tug‘ilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizi. Ingliz, rus, belorus, o‘zbek tillarida she’riy kitoblari chop etilgan. Laylo Aliyeva Haydar Aliyev fondining vitse prezidenti va “Baku” jurnalining bosh muharriri.

SEVAMAN…

Men seni nega sevaman shunday?!
Senga boqsam ko‘zimda baxt jo.
Senga xayrli tun tilagan onda:
Sen ketma, deb qildim iltijo!
Bilasanmi, bu yer zim- ziyo,
Bilasanmi ko‘nglimda bo‘shliq!
Bu dunyoda tenging yo‘qdir yo,
Tushimga kir, yana sog‘inchlarim liq.
Qancha ma’nosi bu bu uchta so‘zni!
Yozish ham shart emas uni ehtimol!
Men seni sevaman! Yana va yana!
Men seni sevaman! Qo‘llarimni ol!
Men seni sevaman! Yana qaytadan!
Istasang, jim, gapirmay jimman!
Istasang, gung bo‘laman shu dam!
Har kuni, har kuni seni sevaman!
Kechagidan yuz bora sevdim!
Bilmam seni sevdim, naqadar!
Javob berma mayli, mayliga sevgim!
Mayli, hozir uxlay, tongga qadar!
Ertaga sen bilan nafas olgani!

* * *

Sehrli bulbulga mengzalgan chechak,
Mening tog‘larimni qo‘ynin bezaydi.
Jannat ko‘chamizdan uzoqda,
Ko‘rgan,
Qancha yashayapman bu uzun yillar?

Dunyoga sig‘adi, yot va yerlilar,
Ichimda hasratim kunsiz kechalar.
Sandan ayro qolib, dardini tortib,
Qancha yashaganman bu uzun yillar?

She’rlar yoziladi mana, qofiya,
Bu yo‘lda ishlamoq, o‘rganmoq kerak,
Ko‘nglimning ichidan kelgan satrlar,
Zo‘rroq bo‘lmasa ham, haqiqat izlar.

Vatandan ayrilgan, lol bo‘lgan dillar,
Ko‘z yoshin oqizib, ko‘p dard chekdilar.
Ey sehrli diyor, saning yo‘lingda,
Duolar sasidan jo‘shdi umidlar.

Ey sehrli diyor, tushimda bir kun,
Tog‘larning ustida uchgan qush ko‘rdim.
Ruhimda gul ochding, sen Oshiq bulbul,
Qancha charchagandim bilsang sening-chun.

Allohim buyukdir, odildir hukmi,
Uyingda to‘xtaydi shukur insonlar!
Bu she’rim mukammal bo‘lmasa tushun,
Yuragi kattalar meni anglarlar.

* * *

Bomba portlashi, avtomat sasi,
Qon oqar suv kabi iyul kunlari.
Gul, lolalar o‘rni, qonlarning isi,
Ona tuprog‘imning mard askarlari.

Janglarda hozirdir jangchi bardoshi,
Bu kunlar abadiy xotira bo‘lur.
Bir go‘dakning ko‘zdan oqizgan yoshi,
Otasini kutib, g‘amlarga to‘lur.

Quyoshga o‘rtandik, u imillaydi,
Qancha ish unutilar, tarixga do‘nar.
Faqat ota uyga qaytmaydi hamon,
Go‘dakning dardini, boshqa kim bilar?

Onalar hovchida yuragin qisib,
O‘g‘lim qayerda deb, tinmay oh chekar,
Axir hali kichik edi go‘dagi,
Ortiq u ham yo‘qdir! Oh, dahshat janglar!

Dushmanlarni yengmoq ko‘p vaqt olmagay,
G‘alaba yo‘lida askar berar jon!
Burchga bir yosh bola sabrin dafn etib,
Otasin kelishin kutmaydi hamon!

ONA

Ona, na bo‘lar, ketma!
Mani yana tark etma!
Talo to‘pli dunyoda,
Abadiyga tark etma!

Ona ol, quchog‘ingga,
O‘p mani… Manga o‘xshab.
Ko‘kda yulduzlar yonsin,
Bir oningni bag‘ishla.

Hech dilimni ochmadim,
Onasan, man ko‘rpayam.
Kitob nadir bilmiram,
Dunyodan bexabarman.

Men hali ko‘p ko‘rpayam,
So‘zlayveray kezganda.
Sizni go‘zalim deyman,
Hayotni bilmasamda.

Mot bo‘laman, jon ona,
Sen yig‘lagan chog‘ingda.
Bu qadar yolg‘on bo‘lur?
Yoddoshimga yozaman,

Bor sirlari ochilib,
Bu yolg‘onlar fosh bo‘lur.
Siz buyuklar hayotla
O‘yin o‘ynagan kabi.

Kelinchak o‘ynataman,
Bu man bilgan halaki.
Suzmoqni o‘rganaman,
Aziz ona, suzmoqni!

Pinxon, sirlilikda,
Hammangizdan o‘zmoqni.
Qo‘rqmoqni o‘rganaman,
G‘am-alam chekmakni-da.

O‘zim tip-tik turaman,
Hayotning qarshisida.

Dilbar Haydarova tarjimasi