Imom Jamilli (1954)

Imom Jamilli (İmam Cəmilli) 1954 yil tug‘ilgan. Afg‘oniston urushi qatnashchisi. Afg‘oniston haqida qator kitoblar muallifi. Shoir, jurnalist, publitsist, nosir. Ganjada diyorida yashab, ijod qiladi. Uning “Otim Vatan, so‘zim Ona”, “Tabriz hasrati” kabi 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan.

* * *

G‘ariblik ko‘p og‘ir yukdir,
Uni boshidan o‘tkargan bilur.
Bir g‘arib tolening ko‘pdir xatosi,
Quvonchli kuni ham hasratli bo‘lur.

Qismatdir tug‘ilgan kundan bizlarga,
Yashamak g‘am-g‘ussa quchoqlarida.
Tugunmas bir yuqdir undan bizlarga,
Hijronda g‘ariblik so‘roqlarida.

Tanholik hokimdir g‘arib yurakka,
Uzoqlatib bo‘lmas bir daqiqaga,
Kuchini ko‘rsatar har bir tilakka.
Ortdan pichoq urar yurt egasiga.

Birovga ko‘rsatmas ko‘zlarin namin,
Har zamon yoshini ko‘rsata bilmas.
Kun sayin ketadi, mening darmonim,
G‘arib kulsa chin dildan kulmas.

G‘ariblik ko‘p og‘ir yukdir, qardoshim,
Uni ko‘rgan bilar, kechirgan bilar.
Bu g‘arib tolening ko‘pdir xatosi,
Umrning har dami hasratli bo‘lur.

ONAM

Onam betobligida yozilgan she’r

G‘amlar mening yuragimda,
Kecha-kunduz dardsan, onam.
O‘zingdan ming karra buyuk,
Menga buyuk mardsan, onam.

Nafasingda yashaydirman,
Sani ko‘rsam yayraydirman.
Ichingdagi og‘riqdirman,
Dunyolarga tengsan onam.

Qalbing qalbimga bog‘lidir,
Qalbing vatan so‘rog‘lidir.
Ne desang bari haqlidir,
Dilimga madorsan, onam.

OTAM XOTIRASI

Saharda ufqning ranglari bo‘g‘iq,
Ko‘kni to‘ldiribdi bulutlar yana.
Yodimda otalik kunlarim to‘liq,
Manim ovozimda bulut bor yana.

Siz mening sevinchim, siz yana g‘amim,
Vurg‘unni qo‘riyman, sog‘inchni sevdim.
Nurli tabassuming ko‘ngil hamdamim,
So‘zing, suhbatingdan isindi uyim.

Ovuna olmayman yoding yetardi,
Kunimni sanchaman yerlarga ota…
Qaro qish bahordan xabar keltirdi,
Sani qaytarmadi bu bahor, ota…

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi