Alixon Ziyo (1946)

Alixon Ziyo (Əlixan Ziya) 1946 yilda Beylaqan shahrida tug‘ilgan. Ozarbayjon texnika universitetini tamomlagan. Ozarbayjonning taniqli shoiri, yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist, olim. Uning qator kitoblari chop etilgan. Turli xalq tillariga tarjima etilgan.

OZARBAYJON TILIMAN

Millatim, Davlatim shirin, jon, jon tiliman,
O‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman.

Shirin-shakar nabiramga alla aytib, bu tilda,
Ko‘p kelinlar, erlarini yo‘lga solib bu tilda,
Yigitlarim dushmanlardan qasos olib, bu tilda,
Ilmiy so‘zni, falsafani, she’rni yozgan tiliman,
So‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman…

Kerak bo‘lur-har bilganim to‘g‘ri so‘zla donishman,
Ko‘p matlablar, ko‘p suhbatlar, injularla tanishman,
Huch tuganmas, majlis-majlis dostonlarin tanishgan,
Ham kitobi -Dada Qo‘rqud, o‘g‘li O‘zan tiliman,
O‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman…

Bilsin olam, qadim-qadim dostonlarni yozganin,
Nomardlarga o‘zi boyda terin quyi qozonda,
Kuch olaman eronlardan, yigitlardan yozganda,
Elim O‘g‘iz, kuchim birlik, asli Qozon tiliman,
O‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman…

Bu dil kezib qarich-qarich, aymoq-aymoq elatni,
Bu dildadir Alp Arslon, Xizr Nabi, el oti,
Bu tilniki bilaksalar, shirin bo‘lmas bayoti,
Otalarin-bobolarin shoda ochgan tiliman,
O‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman…

O‘z tilimni o‘zga tildan yuz bor yuksak bilmisham,
Asrlardan asrlarga bir uzun yo‘l kelmisham,
Bu yo‘llarda gohi charchab, gohida tinchlanmisham,
Erim o‘sha, yoshim qo‘sha, boy tili, xon tiliman,
O‘zi shakar, so‘zi shakar – Ozarbayjon tiliman…

Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi