Grajina Siyeshkayte (Gražinos Cieškaitės) – litvalik shoira, tarjimon. Jahon xalqlari she’riyatidan ko‘plab namunalarni ona tiliga tarjima qilib, o‘z xalqining ma’naviy xazinasini boyitishga hissa qo‘shgan.
IShQ YuLDUZI
Bunda she’riyatning shamoyili yo‘q,
Taraladi faqat bir navo mayin.
Orom va sukunat bag‘rini yorib,
Tomir-tomiringni titratgudayin.
Nomsiz Sayyora bu – tushunib bo‘lmas,
Zulmatni-da, nurni ko‘zlar ilg‘amas.
Yurakdagi chuqur yaralar qadar,
Barcha iztirobing eta olar band,
Hukmi irodangni qilmayin pisand.
Kutilmaganda hech bag‘riga olar.
Ko‘rinmas bir yog‘du, yulduzlar – faqat,
Ta’qib eta olmas soyalar hech vaqt,
Qo‘lingga tutgandek olov bir tutam.
Bir haqiqat yashar: ilohiy, mangu
Yuragingga sodiq, abadiy tuyg‘u
Ishqdir bu! Bekordir boshqa har ne g‘am.
Bor faqat sevishgan qalblar olami,
So‘zlardan gulchambar tizar qalami,
Qancha ehtiyojmand, qancha talabgor.
Bu so‘zlar she’r emas – yulduzlar yonar,
Bu ohang qatida bir-birin topar,
Qancha yurak bo‘lsa intizor, abgor.
Rus tilidan Nodira Abdullayeva tarjimasi