Mayya Sarishvili (1968)

* * *

Eshityapsanmi og‘ir nafasni?
Bu mening xonamdagi tun-xizmatkor,
U shu qadar qariki, hatto tartibga rioya qilolmas taqir.
Hatto u xo‘b mehnat ila o‘sdirgan arvoh ham
Uning ustidan kular va so‘ziga kirmas.
Pardalar ushlab qololmas
derazadan tushayotgan nurni.
Uning o‘tkir yaynoq nurlarida
uyqu shodasin miltillayotgan pardasi
so‘zni qonsizlashtirar –
va uning uchun hayf harflarga –
bu tilsiz, xo‘jako‘rsinga tizilgan asirlarning
ilojsiz tonggacha hayqirishiga.
Stakandagi sut qora momiqqa o‘ralgan,
nima bo‘lsa-da harakatsiz,
hatto telefon kitobi,
qandaydir aniq bir mo‘rt narsa
qora momiqda.
U yoqda, bema’ni alifbo tartibida,
o‘ylab topilgan do‘stlar
qo‘l silkib
olqishlar meni.

OTAMGA

Bilaman, nima seni baqirishga undar tushlaringda,–
Shamdonlardan o‘rmalab chiqayotgan
xonani tillari bilan yoritayotgan ilonlarmi?
Seni naqadar qo‘rqitar nurning sotqinligi
bilan zaharlanib guvillagan zulmat…
Bilaman, sen har tunda yuragingni ko‘pirtirasan,
Go‘yo u sening butun jisming kabi.
Bilaman, naqadar og‘ir yo‘qolar dog‘lar
sening yuraging ko‘piklaridan.
Ehtimol, sabab shundaki,
Onam har tunda atirgullar bilan
O‘lim aro o‘sib borar har kuni
Sen tong chog‘i kiyadigan uy shippakda…
Iltimos, uyimizdan topib ber
bolaligimdagi birorta tovushni.
Aftidan, u yashiringan shirinlik qutisida.
Va agar marmeladli kuchuk,
Yoki unga o‘xshagan biror jonivor hursa,
Ana shunda sen qutulasan qarg‘ishdan.

Rus tilidan Davron Rajab tarjimasi