David Robakidze (1975)

* * *

Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida va qovurg‘asi o‘rniga chaqa tashlash uchun qoldirsang yoriq.

Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida va bozor peshtaxtasida qoldirsang sotish uchun.
Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida va uning yoniga ketib borayotgan ota-onasi orqasidan mo‘ralayotgan bolalarni qo‘ysang.

Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida. Shundan so‘ng uzzukun sota olmay uyga obkelsang uni o‘ramasdan.

Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida va farzandingga vasiyat qilasan, toki bu chaqalar tomog‘ini yopmasdan sindirib olishni.
Inson bu:
Qachonki sen loydan aqchadon yasasang odam shaklida va hech qachon hech kimga anglata olmasang buni qanday bajarganingni.

Rus tilidan Davron Rajab tarjimasi