Rober Desnos (Robert Desnos; 4 iyul 1900, Parij — 8 iyunya 1945, Terezin kontslageri) — frantsuz shoiri, yozuvchi va jurnalist.
EPITAFIYa
Suronli asrda yashadim men. O‘ldim allaqachon.
Nima kelsa – tayyor edim, qilmadim faryod.
Zindonda yotardi vijdon, nomus va iymon.
Qullar orasida edim garchand, men – ozod.
Suronli asrda yashadim, lek g‘am qilmadi ko‘zim ko‘r,
Erning kengligini ko‘rdim, samovotni ko‘rdim – lol.
Almashib turardi kun-tun, zulmat ila nur,
Qush nag‘masin tinglab, yaladim ham bol.
Tiriklar! Endi bular bari – sizning nasiba.
Asrayapsizlarmi yerni? Shudgorlandimi shu on?
Hosil oldingizmi? Chiroyga to‘ldimi u kun men
Yashagan va kurashgan jannatiy makon?
Tiriklar! Biz endi tuproqmiz alhol,
Erni haydayvering, bosing bemalol…
Karim Bahriyev tarjimasi
BIR QADAH ShAROB
Qo‘zg‘olar ekan poyezd, menga xayr ayta-ayta,
Ro‘molchangni silkima qayta-qayta!
Bir qadahni sharobga to‘latgin-da, ey dildor,
Uchqur poyezd ortidan sepib yubor!
Sepilgan sharob xuddi alangaday to‘lg‘onib,
Oqa kelib, tutashsin menga yonib!
Olovdek qonli sharob ko‘z o‘ngimda tovlansin,
Labga tegsin tilingday – jon ovlansin!..
MARSIYa
Yashab yovuz zamonda, o‘tganman allaqachon.
Yashadim bir mahbusday, doim o‘limga tayyor;
Turmada, tor qafasda ezilsa-da ong, vijdon,
Qullar ichra yashadim erkin, sohibixtiyor.
Yashaganim ul zulmat meni ko‘r qilolmadi
Ko‘rdim yer kengliklarin, ko‘rdim ko‘k kengligini;
Bulutli kunlar qalbdan yog‘dumni ololmadi,
Bildim qushlar sayrog‘in oltinga tengligini.
Tiriklar! Bu boyliklar endi sizlarga o‘tdi,
Ularni asraysizmi? Ona vatan ozodmi?
Jonajon qishloqlarda hosillar qalay bitdi?
Men jang qilgan u shahar bugun gavjum, obodmi?
Tiriklar! Tuprog‘imni bosib o‘ting qo‘rqmasdan,
Men endi tamom yo‘qman – jismim, sezgim yo‘q zotan.
Rus tilidan Tohir Qahhor tarjimaci
ChIGIRTKA
Chigirtkadan so‘radim:
– Senda tinim bormi hech?
Mudom sakrab yurasan,
Maysazorda erta-kech?
Chigirtka dedi:
– Bilsang,
Sakrashda bordir unum.
Qanchalik ko‘p sakrasam,
Shuncha tez o‘tar kunim!
Nurulloh Oston tarjimasi