Saloh Abdus-Sobir (صلاح عبد الصبور) 1931 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg
“KEChIRING, DO‘STLARIM…”
Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda
daraxtlar ham – mevasiz, abgor,
dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar,
sizlarni kutishga emasman tayyor,
omborlar ham bo‘shdir, na qilay,
ayondir bu bolalarga ham.
Xasismasman, bu yil bir giyoh
unmadi-da dalalarda ham.
Kechiringlar, do‘stlar, uyimda
yonib turar bittagina sham —
mumday erib yoshin to‘kadi,
ado qilar uni ham bu g‘am.
Kechiringlar, do‘stlar, yuragim
olov bo‘lib lovullar, oydin, —
sizga kulib peshvoz chiqqali,
dil quvonchni oladi qaydan?
Karim Bahriyev tarjimasi