Genri Longfello (1807-1882)

Génri Uódsvort Longféllo (Henry Wadsworth Longfellow; 27 fevral, 1807, Portlend — 24 mart, 1882, Kembrij) — amerikalik yozuvchi va tarjimon. «Gayavat haqida qo‘shiqlar» va boshqa she’r, poemalar muallifi.

ZARRIN ShAFAQ

Naqadar zarhal osmon,
Aksidan dengiz alvon.
Yastangandir tasmaday
Qirg‘oqda yashil o‘rmon.

Dengiz osmonga o‘xshar,
Osmon dengizday alvon.
Tasavvurimda go‘yo
Qorishgan yeru osmon.

Qoyalar parqu bulut,
Bulutlar qoya misol.
O‘rtasida bir kema,
Eru ko‘kdagi timsol.

Rus tilidan Nurulloh Oston tarjimaci