Yasunari Kavabata. Chirildoq bilan chigirtka (hikoya)
Men universitetning g‘isht devori yoqalab borib, maktab binosining qarshisidan chiqib qoldim. Maktab hovlisi ensiz taxta panjara bilan o‘ralgandi. Gullari to‘kilib bitgan sakuraning qoramtir shoxlari ostidagi qurib-qovjiragan o‘t-o‘lan orasidan chirillagan ovoz eshitilardi. Men qadamimni sekinlashtirib, nafas chiqarmay quloq sola boshladim. So‘ngra davomi…


Kavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka sh. — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon san’at akademiyasi a’zosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — «Idzunlik o‘yinchi» (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning o‘ziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuyg‘ulardan iborat «Qorli o‘lka» (1937) qissasida namoyon bo‘lgan. San’at darajasiga ko‘tarilgan qadimiy urf-odatlar — choy bilan bog‘liq udum «Ming qanotli turna» (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. «Tog‘lar nolasi» (1953), «Eski poytaxt» (1961) romanlari ichki lirizm bilan sug‘orilgan, «Uyqudagi nozaninlar» (1961) qissasi yolg‘iz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar («Go‘zallikning yaratilishi va mavjudligi» va b.) muallifi. «Uyqudagi nozaninlar» qissasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).