Xotirasida nima bo‘lsa, hammasi parokandalikka yuz tutgandi. Eng oddiy narsalarni ham eslolmasdi. Nazarida bularning barida uyqusida yuz berardi. Hayot bilan, insonlar bilan aloqasini tamoman uzgandi.
Hammayoq zulmatga burkangan. Xulli ertaklarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan quyuq zulmat hayotga ko‘chgandi. Osmonda yulduzlar ko‘rinmasdi. Faqat quyosh bor edi. Ammo, quyosh dunyoni yoritmasdi.
Odamlar qorong‘ilika e’tibor ham bermasdan shosha-pisha o‘z yo‘larida davom etishardi. Ammo ular qayoqqa borib qayoqdan kelishlari ma’lum emasdi. U odamlar chumolidek o‘rmalayotgan bu zulmatda o‘zin yo‘qotib qo‘ygandi. Qaysi tomonga qfadam bosmasin, zulmat xuddi devor singari uning yo‘lini to‘sardi. Xuddi dunyo boshdan-bosh shu taxlit yaralgandek. Yer yuzi bino bo‘lganidan beri xuddi ziyo yuzini ko‘rmagandek. Xotirasining eng teran qatlarida bu dunyo, bu insonlar, bu rang unga tanish, qadrdondek tuyulardi. Faqat qayerda ko‘rganini eslolmasdi.
Katta shaharning ko‘chalaridan ketib borardi. Hammayoq qorong‘u, qayerga boayotganini o‘zi ham bilmasdi. Qayerga yubormasin uni faqat zulmat kutardi. Yo‘l-yo‘lakay umrining qaysidir pallasilan boshlab, o‘ziga qadrdon bo‘lib qolgan bu shaharda endi yorug‘lik va ziyo izlashdan ma’no qolmagandi.
Uning tasavvurida qora rang dunyoning intihosi edi. O‘zicha uning ibtidosi ham xuddi shunday qora bo‘lganini tusmollardi. Dunyoda faqat bitta abadiy rang bor – zulmat.
Qolgan barcha ranglar yolg‘on va tasallidan iborat.
Dengiz vokzalidagi qahvaxonaga kirdi. Burchakdagi bo‘sh stullardan birida joylashdi. Shu yerda dunyonng zulmatdan iboratligini bir lahza unutdi.
«–Yana keldingmi?.. ».
Qahvaxonaga oyoq bosishi bilan ana shu savolni eshitish mumkinligidan qo‘rqardi. Uning tasavvurida kunlarning birida uni qahvaxnadan quvib chiqarishlari mumkin edi. Bu qo‘rquv uning botinida qachon pado bo‘lganini bilmasdi. Qo‘rquv uning borlig‘iga shu qadar chuqur singib ketgandiki, har gal ichkariga kirishidan to odamlarga qo‘shilib ketgunicha, yarim litr shirin vinoni qultillatib ichib bo‘lgunicha, ko‘zlarini g‘ildirakli patnisni stollar orasida aylantirib yurgan xizmatchidan uzolmasdi.
Zaif, xira devor chroqlarining yorug‘ida jaz musiqa sadolariga hamma narsa – devorlar, bo‘sh stullar, billur qadahlar raqs tushardi. Bu o‘ynoqi kuy undan boshqa hammani oyoqqa turg‘izgandi.
Bu qahvaxonada u boshqalar kabi hech qachon bemalol o‘tirib, yeb-ichmasdi. Har-har zamonda umrining ohir damlarida g‘amni ichkilik bilan yengish uchun yoki mast bo‘lib, jaz navolaridan bahramand bo‘lish uchungina kelardi. Qishning svug‘ida shunchaki isinish maqsadida kelgan paytlari ham bo‘lardi.
«–Tur, yo‘qol bu yerdan!».
Ana shu xitobni eshitishdan juda-juda qo‘rqardi. Shu bois xuddi cho‘g‘ ustida o‘tirgandek bo‘laverardi. Xizmatchi yigit ustiga o‘zini otib, yog‘li qo‘llari bilan uni tashqariga sudrab chiqishini har daiqiqa kutardi. Odam kam bo‘lgan kezlari ichkariga kirishga jur’at etolmasdi.
Qahvaxonadan uyga ketish uchun avtobus bekati tomon yurdi. Bekatda yigit va qiz bir-birining pinjiga kirib o‘tirishardi. Qiz barmoqlari bilan yigitning sochlarini asabiy tarar, yigitning kaftlari esa, sevgisining yelkalari osha sirg‘alardi. Qizning sumkasi, yigitning daftar kitoblari ularning oyoqlari ostida sochilib yotardi. Bu ikkisi butun dunyoni unutgancha bir-birining og‘ushiga kirib ketishgandi.
Avtobusning orqa zinasida tik turib ketdi. Tirbandlik sababli ichkariga kirib bo‘lmasdi. Qorong‘ida ko‘z-ko‘zni ko‘rolmas, odamning yuzini ko‘rib bo‘lmasdi. Yo‘lovchilar manzillaridan o‘tib ketmasligi uchun konduktor bekatlarni aytib borardi. Oxirgi bekatda tushib, uyiga yo‘l oldi. Ijara uyi bilan bekat orasi besh-olti daqiqalik yo‘l. Avtobusdan tushishi bilan yugurgancha uyiga yetib oldi. Cho‘ntagini paypaslab kalitni topdi, shosha-pisha eshikni ochdi.
Dahlizdan chiroq tugmasini bosdi. Chiroq yonmadi. Ammo, qizig‘i, muzlatkichning shovqini uyn tutib ketgandi. Xonasiga kirishi bilan yechinmasdan o‘zini karavotga otdi. Charchagan bo‘lsa-da, anchagacha uxlolmadi. Ancha payt ko‘zlarini xonasining qorong‘i derazalariga qadab yotdi.
Ehtimol, turishga, uyg‘onishga umili qolmagani uchun ham, uxlagisi qiyin kechayotgandir? Anchadan beri dunyo uning uchun o‘z go‘zalligi, sehru jozibasini yo‘qotgandi. Endi uyqu ham azobdan boshqa narsa bermasdi unga. Qayg‘ulari tugagan, umrning yukini, mehnatini ko‘tarolma qolgan bo‘lsa, ertangi kunga, kelajakka olib boruvchi yo‘l qorong‘ilikdan iborat bo‘lsa, unda nima uchun yashayapti bu olamda?
…Tushida tanimagan odamlar uni tobutda ko‘tarib ketishayotganini ko‘rdi. Tobutda, ustiga tashlab qo‘yilgan oq choyshab ostida uning tirik ekanini birov bilmasdi. Shu qadar majolchsiziligidan, ko‘zlarini ocholmas, faqat chala yumuq kipriklari oraisdan dafn marosimiga kelgan olamlarni birma-bir tomosha qilardi. Ular orasida biror bir tanish odam ko‘rinmadi. Har qanchap urinsa-da, tobut ichida harakat qilolmasdi. U hech bo‘lmaganda, og‘iz ochib, uni tirklay ko‘mishga olib ketayotgan odamlarga tirikligini bildirishni istardi. Ammo, ovozi chiqmasdi.
Odamlar nihoyat qabristonga yetib kelishdi. Shu lahzada, ya’ni hoziroq odamlarga o‘zining tirk ekanini sezdirmasa, keyin kech bo‘lishi, tiriklayin ko‘milishini uylab, butun vujudiga allaqanday quvvat oqib kirdi. Avval ko‘zlarini ochdi. Keyin o‘rnidan turdi.
– Aaauuu…
Damlar jon vahmida tobutni tashlab, o‘zlarini har tarafga urib qochishga tushdilar…
Uyqudan turganida, derazadan yana zulmat yog‘ilmoqda edi. Yotaverib, bo‘yin tomirlari tortishib qolibdi. U uyg‘onganida tong yorishgan bo‘lishini kutgandi. Ammo, ko‘zini ochganida yana o‘sha zulmatga ro‘baro‘ keldi.
Bosh og‘rig‘idan ko‘z oldi qorog‘ilashb ketgandi. Bunaqa paytda ichmasa, azobdan qutulolmaydi. Yotgan karavotining ostida bo‘sh shishalar to‘planib qolgandi. Har qancha umidsiz bo‘lmasin, sarxushlik paytlarida biror shishaning tubida biror qultum qolib ketmaganmikin, degan andishaga bordi. Shishalarni birma-bir chayqab ko‘rarkan, uh torib burchakka itqitdi. Qo‘liga tushgan navbatdagi irkit shishani chayqaganida, qulog‘iga tanish va yoqimli ovoz eshitildi va darhol shishani og‘ziga o‘ngladi. Dimog‘iga eskirgan vinoning achqimtir ta’mi quyildi.
Yuvinish uchun vannaxonaga kirdi. Yechinib muzdek sovuq suvni ochdi. Keyin kir sochiqqa artinib, xonasiga qaytdi. Cho‘ntaklarini paypasladi. Bir tiyin ham puli ham qolmabdi. Aslida u puli yo‘qligini avvaldan bilsa-da, mo‘jizaga ishonardi.
Bolalaridan xabari yo‘q. Qayerda yashashlarini ham bilmaydi. Oilasildan ajrashganidan beri, ular haqida o‘ylamay qo‘ygan. Faqat ancha ilgari uzoqdan xotini va bolalarini bir erkak bilan yetaklashib yurganini ko‘rib qolgandi. Begona erkak xotini bilan chaqchaqlashgancha qayoqqadirketib borardi. Bu manzara dastlab uni tosh qotirib qo‘ydi.
Xotini kvartiradan voz kechgani, aliment bilan bola boqishni o‘ziga or bilgani keyinchalik uni ancha o‘ylantirib qo‘ydi. Xuddi o‘tib ketgan yillar uning tushunchalarini tartibga solib qo‘ygandi. Endi o‘ziga uzoqdan nazar solar, qilgan jinoyati (buni gunoh deyishga tili bormasdi) qanchalik og‘irligini anglay boshlagandi.
Avtobuslar oldingidek shitob bilan yelardi. U ham bekatda kuta boshladi. Ammo qaysi avtobusni kutayotganini o‘zi ham bilmasdi. Avtobuslar esa, bir-birini quvib o‘tishardi.
Qayoqqa ketsin? Aslida uning uchun qayoqqa borishning farqi yo‘q edi. Har kungidek bu safar ham uyidan mqsadsiz-mazmunsiz chiqqandi. Butun tanishlarini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazdi. O‘n yildan beri o‘zidan boshqa birovning eshigini ochgani yo‘q. Eng yaqin do‘stlarining ham uyi qayerdaligini esdan chiqargandi. Insonlar bilan aloqasi uzilgandi. Yolg‘iz yashardi. Faqat o‘zining yolg‘izligiga, shunday katta shaharda biror yaqini yo‘qligiga ishonolmasdi. Yo‘laklar, dvorlar, bekatlar, suv do‘konlari, bulvar va qahvoxonada duch kelgan odamlar uzoq bolalik yillaridagi o‘yinchoqlar singari kning xotirasi uchun juda qadrdon edilar.
O‘n yildirki, dunyoda yuz berayotgan hodimalardan xabarsiz edi. Ertalab ham, kunduzi ham, kechqurun ham ichardi. O‘zini sal hushyor sezib qolgudek bo‘lsa, kunning qaysi pallasi bo‘lishidan qatxi nazar, o‘zini u yer-be yerga urib bo‘lsa ham, pul topib ichardi. Biroz ichishi bilan hamma narsa o‘z joyiga tushardi. O‘zini xuddi yangi onadan tug‘ilgandek yengil va beg‘am his etardi.
Uning uchun zamon o‘z mezonlarini yo‘qotib bo‘lgandi. Uyqusi o‘chishi bilan shahar aylanar, ichib o‘ziga kelishi bilan dengiz sohiliga yo‘l olardi. To charchoq bosgunicha ko‘zlarini dengizning qorng‘i qa’ridan uchmasdi. Uyga qaytib, biroz damini olganidan keyin hamma narsadan yana boshdan boshlanardi. Bir-biridan farq qilmaydigan kunlar o‘tarverar, hayot esa uni omburdek o‘z iskanjasiga olaverardi.
Uning nazarida ichida yashirin va chorasiz xastalik joy olgan va uni har soat, har daqiqa og‘riq va azoblarsiz o‘limga tomon sudrab borardi. Faqat har on uni o‘limga tomon sudragan yuu yashirin, ilojsiz xastalik uni zarracha qo‘rqitolmasdi.
Yulduzdek solvuq miltillab turgan quyosh osmonning bir burchadiga hg‘arakatsiz osilib turardi. Yaqin oradan masjiddan azon ovozi keldi. Ammo, bu bomdod azonimidi, peshinmi yo xuftonmi – farqiga borolmadi. Azon ovozlari ham tebranganicha undan olislab ketdi.
Dengiz vokzali tomon yurdi. Sohil har doimgidek gavjum. O‘rindiqlar band. Kelib dengiz sohilidagi panjaraga suyandi. Ko‘zlarini qorong‘iliqda sassiz tebranib turgan to‘lqinlarga tikdi. Har doim sohil bo‘ylab qanot qoqadigan chag‘alaylar ko‘rinmasdi. Dunyoni bosgan qorong‘ilik ularni soildan quvib yuborgandek edi. Uning nazarida go‘yo bir kun keladiki, zulmat qa’ridan bir kema to‘lqinlarni yorib chiqib keladi-da, uni o‘zi bilan olib ketadi, shu taxlit bu azoblardan qutqaradi, uni zulmatdan xalos etib, uni yorug‘lik tomon eltadi. U zulmatdan bezib ketgan, anchadan beri shu kemani kutardi. Ammo dengiz tinch, qopqora suvlar sokin tebranardi.
– Bu kishi kun bo‘yi shu yera turib, dengizni tomosha qiladi, – yo‘lda gaplashib borayotgan qizlarning birida dugonasiga pichirladi.
Bu gap uning qulog‘iga kirsa-da, ovoz kelgan tarafga qayrilib ham qaramadi. Dunyoning nurga chulg‘ongan damlarida dengiz sohilini kezib yurgan geldek alvong rangli qizlardan ko‘zini uzolmagasdi. Yonidan o‘tib ketishganda, burniga urilgan muattar iforlardan es-hushini yo‘qotgudek bo‘lardi. Ammo hozir qalbida hamma narsaga nisbatan allanechuk begonalikni his etardi. His-tuyg‘ulari ham o‘tmaslashib qolgan, uni hech narsa bilan hayratlantirib bo‘lmasdi.
Dengiz boyagidek lol va sassiz edi. Qorong‘ilik qo‘ynidan na sohir ko‘prigi oldidan saf tortgan kemalarning signali eshitilar, na bir payt tongga qadar porlab turadigan mayoq shu’lasi ko‘rinardi. Ko‘zlari qorong‘i bo‘shliqqa tikilgandi. Uning nazarida, kema hali uyida, uxlab yotgan paytida kelgan, uni sohil bo‘ylab izlagan, keyin ortiga qaytib ketgandi.
– Kema qachon keladi? – U o‘zidan biroz narida, sohil panjarasiga suyanib turgan hassali choldan so‘radi va ko‘p o‘tmay bergan savolidan pushaymon bo‘ldi.
Qariya uning savolini tushunmagandi.
– Nima deding? – so‘radi ko‘zlarini dengizdan uzmasdan turib.
Darrov savolini o‘zgartirdi:
– Chag‘alaylar ko‘rinmayapti, deyman, qayoqqa yo‘qolishdi ekan?
– Bu ahvolda chag‘alay qolsinmi? Bechoralarini jonini qutqarish uchun qochishgan-da? Haliyam biz chidayapmiz.
Qariya bir mudat jim qoldi. Keyin g‘amgin gapira boshladi:
– O‘tgan asrda bir shoir o‘z zamonasining vaziyatini kundan-kunga o‘zgarayotganini ko‘rib, o‘tgan kunlarni eslab shunday yozgandi: “O‘tgan kunlar edi, qanday go‘zal dam, o‘sha damlar o‘tib ketsaydik biz ham”.
Istamasa ham, suhbatga qo‘shildi, chunki gapni o‘zi boshlagandi.
– O‘shandan beri oradan yuz elik yil o‘tdi. O‘sha hisobdan dunyo allaqachon buzilib ketishi kerak edi.
– Bir yarim asrdirki, hamma narsa yomonlik tarafga qarab ketyapti.
–Unda dunyo nega joyida turibdi? Ming yildan beri shu dunyo – shu dunyo. Faqat avlodlar almashishadi, xolos.
– Ha, shunaqa. Demak, hammasiga insonlar sababchi. Dunyo o‘sha dunyo… o‘sha dunyo… o‘sha dunyo… dunyo…
Birdan o‘girib, ortiga qaraganda, hozirgina u bilan gaplashib turgan cholning o‘rniga oppoq sochlari yelkalari uzra sochilib yotgan sakson yoshlardagi bir kampirni ko‘rdi. Kampir tishsiz og‘zida chaqich chaynagancha, begona tilda nimadir dedi-yu, o‘zini yengizga otdi. Oq sochlari suvda suza-suza zulmatga qorishib ketdi…
1985, Peterburg-Boku
Ozarboyjonchadan Rustam Jabborov tarjimasi