Ubaydulla Ibrohim. Qalbi gul (qissa)
1 … Uch hafta muqaddam mana shu xachirni olmoqchi bo‘lganimda mol bozoridagi dallollarning jag‘i-jag‘iga tegmay: “bu xachir undoq-bundoq, nor tuyadek baquvvat, kuchli” deb rosa ko‘pirtirib maqtashgan, uning og‘zini ochib, tishlarigacha ko‘rsatgan edi. Qarasam, maqtaganchalik bor ekan. Ustiga yuklangan shuncha og‘ir davomi…