Oz yashadim, tutqunda bo‘ldim,
Har ikki hayotni ko‘rdim bir yo‘la.
Jon deb almashardim butun umrimni,
Sertashvish hayotga men bira to‘la.
M. Lermontov
I
Shahardan chekkaroqda, shundoqqina daryo qirg‘og‘idagi jar bo‘yida ikkita baland imorat qaqqayib turardi. Bu binolardan birining ko‘cha tomonda loaqal bironta derazasi yo‘q edi. Bo‘zarib turgan silliq devor o‘rlagan sayin ichiga og‘ib, xuddi shunday tusdagi sovuq tomga tutashib ketardi. Binoning chetlari jar tomonga turtib chiqqan, huv pastda shovullagan daryo qirg‘oqni yuvar, girdob hosil qilib, chirillab aylanardi. Hosil bo‘lgan chohga deyarli kun tushmas, shu bois undagi suv quyuq, qoramtir bo‘lib ko‘rinar edi. Bu yerdagi o‘ynoqlab yurgan katta-katta kallador baliqlarni tutish man etilgan.
Daryoning narigi qirg‘og‘idan yoy shaklidagi binoning bir-biriga yopishgan son-sanoqsiz derazalar chakichlab tash-lagan ichki tomoni ko‘rinib turardi.
Bu butun Rossiyaga ma’lum va mashhur qamoqxona. Ko‘p yillar muqaddam mahalliy savdogarlar uning yoniga xuddi qamoqxonaga o‘xshash bahaybat, beo‘xshov cherkov qurishgan.
O‘n yildan buyon qamoqxona faqat siyosiy mahbuslar qamaladigan joyga aylantirilgan. Atrofi baland devor bilan o‘ralgach, cherkov o‘z qavmlaridan mahrum bo‘lib qoldi. Qamoqxonaning pakana, malla popi haddan tashqari o‘jar odam ekan. U talay vaqtgacha uzundan-uzoq peshingi va kechki ibodatlarni kanda qilmadi, ibodatxona qorovuli esa ponomar* o‘rniga «Imon keltiraman» bilan «Maloikalar»ni chakagi qarishguncha o‘qishini qo‘ymadi. Cherkovga haftalab biron kimsa bosh suqmas, lekin pop maoshini halollab olish uchun ibodatlarni kanda qilmay o‘qiyverdi. Biroq dastavval qorovul adoyi tamom bo‘ldi. Siqilganidan ichkilikka ruju qo‘ydi, icha-icha vasvasaga uchrab, kasalxonada o‘lib ketdi. Ruhoniy boshqa yoqqa o‘tkazishlarini so‘rab ariza yozdi-yu, lekin oyu kunlar o‘tsa-da, javobi kelay demasdi. Qish kunlari cherkov dod deb yuboradigan darajada huvillab qolar, yalanglikda turgani uchun binoning ichida sovuq shamol o‘ynab yurardi.
Pop har kuni ibodat qilgani kelar, biroq yuqoridagi oynaning singan ko‘zidan yopirilib kirgan shamol unniqqan toqilarga urilib, gumbazlar ostida uv tortganida cho‘chib tushar, yon-veriga xavotirli ko‘z tashlab, shosha-pisha qovushimsiz cho‘qinar edi.
Bahor kunlarining birida cherkovga kirgan tasodifiy xudojo‘y kishilar soqollari patak, sochlari hurpayib, butunlay odamovi bo‘lib qolgan pop egniga ridosini ilganicha mehrob oldida «Sokin kunda Dnepr ajib»ni o‘qiyotganining ustidan chiqishdi. Ruhoniyni kasalxonaga jo‘natib, ibodatxona eshigiga qulf urishdi.
Shundan keyin shaharlik ruhoniy yiliga ikki marta ibodat marosimlari o‘tkazadigan, qayerdandir xudojo‘y kampirlar keladigan bo‘lishdi. Boshqa paytlarda cherkov huvillab yotardi.
Devorning suvog‘i yorilib, qo‘ng‘irtob aji-buji yulduzlar qoplagan ulkan zangori gumbazning rangi o‘ngib, bo‘yoq-lari ko‘cha boshladi.
Faqat gumbazga in qurgan yovvoyi kaptarlar galasigina o‘lik sukunatni buzib turishardi.
Qamoqxona bilan cherkov oralig‘ida joylashgan kichkinagina uycha — qorovulxona e’tiborni ham jalb etmaydigan darajada jimitday edi. Bu uychada beva qolgan qorovul ayol ikkita malla bolasi bilan yashardi.
Daryoning narigi, pastak qirg‘og‘i botqoqlik edi. Daryo yoqalab xuddi omborga o‘xshagan qizg‘ish g‘ishtin binolar cho‘zilib ketgan. Bu yerda dong‘i ketgan ko‘nchilik zavodlari joylashgan. Yoz paytlari oshlangan terining hammayoqni tutib ketadigan hidiga chidab bo‘lmay qolardi. Qizg‘ish g‘ishtdan qurilgan zavod binolaridan keyinoq Daryobo‘yi mahallasining qing‘ir-qiyshiq ko‘chalari boshlanar, pastak yog‘och uylar shundoqqina zavod devoriga taqab qurilgan edi.
Daryobo‘yiliklar sassiq hidlarni iskayverib dimog‘i o‘rganib qolganidan deyarli e’tibor berishmasdi. Ularning ko‘plari shu yerda tug‘ilib o‘sgan, bolaligidanoq ko‘nchilikda ishlab, badbo‘y hid a’zoyi badaniga singib ketgan edi. Shaharliklar daryobo‘yiliklarni gupillab anqib turgan hididanoq tanib olishardi.
Kech kuzakning yurakni siqadigan rutubatli, muttasil yog‘in-sochin kunlaridan keyin goho ertalabdanoq quyosh to‘satdan xuddi bahor kezlaridagidek charaqlab chiqadi. Xuddi qirtishlab tozalangandek tiniq osmon juda ham yuksalib ketganga o‘xshaydi, bog‘lardagi shipshiydam daraxtlar orasidagi sarg‘imtir-yashil teraklar bilan naparmon zaranglar quyosh nurida tovlanib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilishadi. Hademay olxa bilan lipalarning kurtaklari bo‘rtib, yalang‘och novdalar yana ko‘m-ko‘k, yopishqoq barglar bilan qoplanadigandek tuyuladi.
Xuddi shunday quyosh charaqlab turgan kuz kunlari-ning birida o‘rta bo‘y, kiftlari keng, ozg‘in mahbus xonada uyoqdan-buyoqqa yurardi. Salqigan qovoqlari o‘sib ketgan qora soqoli uning ko‘pdan beri qamoqda yotganidan dalolat beradi, yonoqlari bilinar-bilipmas qorayganidan bahor quyoshidan uncha-buncha bahramand bo‘lganini payqash mumkin.
Mahbus qari odamdek oyoqlarini sudrab bosgancha eshik oldidan derazaga borib kelardi. Olti qadam oldinga, olti qadam orqaga, shu zayl o‘nlab, yuzlab, minglab odim tashlanadi. Yuraverganidan yerdagi qora asfalt yiltirab, oqish iz paydo bo‘lgap.
Ora-chora mahbus darcha oldiga kelib, qimir etmay tashqariga uzoq tikilib turadi.
Mahbus bor-yo‘g‘i tiniq osmonning byr parchasinigina ko‘rardi xolos. Uyoqda — panjaraning naryog‘ida ozodlik bor. Bu yerda esa temir karavot, devorga mahkamlangan temir stol, suvog‘i ko‘chgan devorlar hamda o‘rtasida tirqishi bor sip-silliq eshikli iflos xonadan bo‘lak hech vaqo yo‘q.
Osmon ko‘zni qamashtiradigan darajada ko‘m-ko‘k edi; u bosh chayqab, xonada yana uyoqdan-buyoqqa yura boshlaydi.
«Taq-tuq… taq-tuq…» Uning poshnalari asfaltga bir me’yorda urilib, bo‘g‘iq ovoz chiqarardi. Devorlar esa ovozlarni yutib yuborardi. Mahbusning boshi misdek qizib, chakkalari lo‘qillar, a’zoyi badani titrardi. U muzdek kaftlari bilan boshini qisgancha ingradi.
U birinchi marta qamoqda yotgani yo‘q, qisqa muddatli bunday ojizlik kayfiyati yuz berib turishini yaxshi biladi. Ilgarilari mahbus bunday holni osongina yengardi, biroq bugun ojizlik qilib qoldi. U bir necha daqiqa bo‘lsa-da, hamma narsani unutib, loaqal xayolan qamoq-xonadan tashqariga chiqib ketolmadi
Na yo‘lakdan, na devor orqasidan, na tepadanu pastdan biron sas-sado eshitilmas, xayolni chalg‘itadigan hech narsa yo‘q edi. Faqat onda-sonda bilinar-bilinmas shitirlagan ovoz eshitilib qolar, yumshoq poyabzal kiygan nazoratchi sassiz yurgancha eshik tagiga kelib, tirqishdan mo‘ralardi.
Ba’zan qalin, quyma temir eshik ko‘zga aylanib, unga baqrayib turgandek tuyulardi. Bunday paytda kishi o‘zini yerga otgisi, boshini devorga taraqlatib urgisi, dod solgisi, o‘z ovozidan quloqlari qomatga kelguncha ayyuhannos solgisi kelardi.
— Bir, ikki, uch, to‘rt… o‘n… yigirma… yuz…— Mahbus o‘zini chalg‘itib, hech narsani o‘ylamaslik, his etmaslik, iztirob chekmaslik, tob tashlamaslik uchun qadamlarini sanay boshladi.— Ikki ming besh yuz…— Butunlay boshqa narsa haqida o‘ylab turib g‘ayritabiiy tarzda takrorladi u.
To‘xtovsiz yuraverganidan uning oyoqlari uvishib, tizzalari qaqshab ketdi, boshi aylanib, nafasi qisa boshladi.
Mahbus chayqala-chayqala kursiga yetib oldi-yu, devorga qilt etmaydigan qilib o‘rnatilgan stolga boshini qo‘ydi. Muzdek temirga peshonasi tekkanidan bir lahza yengil tortgandek bo‘ldi. Charchokdan ko‘zlarini yuma turib… qadam tovushlarini eshitdi.
O‘ngu so‘ldan, pastu yuqorigi qavatdan — hammayoqdan sudralgan va hovliqqan, gursillagan va sassiz qadam tovushlari eshitilardi.
Stolning ovozlarni ilib olib, puxta asraydigan yupqa temir qoplamasi tasodifan bu sirlarini fosh etib qo‘ygan edi.
Mahbus xuddi musiqa eshitayotgandek, stoldan bosh ko‘tarmay ovozlarga quloq tutardi.
Hammayoqda odamlar bor ekan.
Qamoqda birga yotgan o‘rtoqlarining tanish chehralari ko‘z oldida gavdalandi.
Mahbus o‘zini yolg‘iz sezmay qo‘ydi. Hatto o‘g‘lining qismati ham endi unchalik tashvishlantirmasdi. Vorobushkinnikida yashab turadi. Og‘aynilari uni tashlab qo‘yishmaydi.
Baland bo‘yli, badbashara Vorobushkinni butun shahar tanirdi. U Kavkazda tug‘ilgan. Bolaligidayoq Bokudagi neft konlariga kelib, inqilobchilar bilan juda barvaqt tanishib qoldi. U paytlarda Vorobushkin xushsurat, quvnoq, bir oz soddadil, hamisha kulimsirab turadigan o‘spirin edi. Bu o‘spirin eng qaltis topshiriqlarni ham hammadan ko‘ra o‘rniga qo‘yib bajarardi. O‘shandan buyon Vorobushkin hayotning pastu balandini ko‘p ko‘rdi, boshidan ancha-muncha issiq-sovuq o‘tdi. Xotinidan, bolalaridan judo bo‘ldi, hatto familiyasi ham o‘zgarib ketdi.
Haddan tashqari naynovligi uchun qachonlardir, bir paytlari unga: «Amaki, chumchuq tutib ber», deb laqab qo‘yishgan. Qamoqdan qamoqqa ko‘chib yurgan kezlari uning deyarli faqat undosh tovushlardan iborat talaffuz etish qiyin armancha familiyasi unutilib, Vorobushkin** ga aylandi-qo‘ydi.
Vorobushkin bu shaharda uch yil burun paydo bo‘ldi. Issiq yoz kunlarining birida u boshqa yo‘lovchilar qatori ertalab kemadan sohilga tushdi.
Vorobushkin xuddi bekorchi tomoshabindek turtinib-surtinib, hovliqib yurgan odamlar orasida anchagacha qimirlamay turdi, Uning bo‘yi hammadan baland edi. Odamlar butunlay qoraga burkangan, badburush odamning yonidan shoshib o‘tishar, unga bir lahza ko‘z solib, o‘z yo‘llariga ravona bo‘lishardi.
Bu kishiga olomon ichidagi biron kimsaning dahli yo‘qdek tuyulardi.
Lekin faqat shunday tuyulardi xolos. Aslida unday emasligini badbashara odam yaxshi bilardi.
Bir savat olma olib kelayotgan o‘ttiz besh yoshlardagi o‘rta bo‘y kishi dam-badam o‘girilib, yonidagi o‘n yashar bola bilan gaplashardi. Tasodifan u Vorobushkinga qattiq urilib, olmalar yer bilan bitta bo‘lib sochilib ketdi. Gur etib kulgi ko‘tarildi.
O‘rta bo‘y kishining jahli chiqqanidan qizarib-bo‘zardi: «Haykalga o‘xshab turishini, chetroqqa o‘tay ham demaydi…» u baland ovozda to‘ng‘illagancha olmalarni tera boshladi.
Bir necha odam o‘z tirikchiligini unutgancha to‘xtab, ularni tomosha qila boshladi.
«Haykal» joyidan qimirlamadi; oyog‘i ostida o‘ralashib yurgan badjahl odamga xotirjam qarab turaverdi.
Cho‘kka tushib o‘tirgan odam qoramag‘iz yuzini burib, quvnoq boqqan ko‘kimtir ko‘zlarini Vorobushkinga tikkancha jahl bilan so‘z qotdi:
— Qarashvorsang-chi, nima qilib turibsan?
Vorobushkin istar-istamas cho‘nqaydi.
— Men Siganokman,— dedi u eshitilar-eshitilmas Vorobushkinga qaramasdan.
Vorobushkin uch-to‘rtta olmani olib erinchoqlik bilan savatga soldi-da, qaddini rostladi.
Olmalarni terib bo‘lishayozganda pakana, to‘ladan kelgan, dumaloq yuzini ajin bosgan, ko‘zlari xuddi sichqonnikiga o‘xshagan keksa kishi yordamga otildi. U xuddi behuda o‘tkazilgan vaqtning hissasini chiqarmoqchidek, Vorobushkinning atrofida aylanisha boshladi, biroq uning jonbozlik qilishiga hojat yo‘q — olmalar allaqachon savatga joylab bo‘lingan edi.
Siganok bolaning qo‘lidan yetaklagancha kemalar to‘xtaydigan joyga qarab yo‘l oldi.
Vorobushkinning yuzida oniy tabassum jilva qilgandek tuyuldi, burilib shahar tomonga yurdi. U shoshilmay odimlarkan, tepalikka bemalol ko‘tarilardi. Faqat og‘ir yuk ko‘tarib, haddan tashqari charchagan odamdek bukchayib olgan edi.
Dastlabki uylarning oldiga yetib kelgach, Vorobushkin yon-veriga alangladi-da, eng qulay yo‘lakka o‘zini urdi.
Cho‘ntagidan kichkinagina qog‘oz xalta olib, shosha-pisha ochdi. Xalta ichida bir parcha qog‘oz bilan ikkita o‘n so‘mlik bor ekan.
Vorobushkin qalam bilan yozilgan bir necha og‘iz so‘zga ko‘z yugurtirgach, pullarni cho‘ntagiga solib, qog‘ozni og‘ziga tiqdi-da, xuddi ko‘pdan beri hech narsa yemagan odamdek, ishtiyoq bilan chaynay boshladi.
Xuddi shu payt oyoqlari kalta odam dabdurustdan o‘zini to‘xtatolmay yugurgancha kelib, unga urilib ketdi-yu, ming‘ir-lab kechirim so‘radi.
Vorobushkin uning rangi o‘ngib-ketgan mayda katak, kulrang kostyumining yoqasidan tutamlagancha xuddi muhim bir sirni aytmoqchidek o‘ziga tortdi, qo‘lidan chiqib ketishga behuda urinayotgan odamga miq etmay o‘ychanlik bilan razm soldi, keyin og‘zidagi chaynalgan qog‘ozni uning yuziga tufladi-da, indamay yo‘liga ravona bo‘ldi.
Kaltaoyoq bu haqoratni parvosiga ham keltirmadi. Bir necha lahza joyida tipirchilab turgach, Vorobushkinning izidan tushdi, undan orqada qolmaslik uchun kalta qo‘lchalarini qattiq silkitgancha tipirchilab yura boshladi.
Vorobushkin xiyol engashgancha tovonini yerga aytarli tekkizmay oyog‘ining uchida yengil odimlab yurardi. U borgan sari qadamini tezlatarkan, o‘n besh daqiqadan keyin orqasiga o‘girildi.
Ellik qadamcha narida kelayotgan boyagi xira hamrohiga ko‘zi tushdi. U og‘zini katta ochgancha hakkalab chopar, xuddi itga o‘xshab tili osilib qolgan edi. Peshonasida bo‘rtib chiqqan yirik-yirik ter donalari avval ko‘ziga, keyin xuddi yosh tomchilaridek yonog‘idan pastga oqib tushardi. Sichqonnikidek mitti ko‘zlari Vorobushkinga yolborgandek mo‘ltirab boqardi.
Vorobushkin yanada qadamini tezlatdi. U ham qo‘llarini silkitib, iloji boricha qadamini kattaroq tashlashga urindi. Oradan yana o‘n daqiqa o‘tdi. Vorobushkin pishillay boshladi-yu, baribir, qadamini sekinlatmadi. U endigina orqasyga o‘girilmoqchi bo‘lganida to‘satdan shundoqqina yoni-da bo‘g‘iq, notekis olinayotgan nafas eshitildi.
Poyloqchining tili battar osilib ketgan, uringan serbar poxol shlyapa qiyshayib, bir tomonga og‘ib qolgan, yuzi bo‘g‘rnqib, tinkasi quriganidan burnidan tortsa yiqiladigan ahvolga tushgan edi. Ularning orasidagi masofa yigirma qadamdan oshmasdi.
Tanish qadam tovushlari shunchalik yaqin kelib qolganini bilgach, Vorobushkinning shashti qaytdi. U yelkasi osha oyoqlari kalta bu odamga hayrat bilan ko‘z tashladi-da, xuddi qat’iy bir qarorga kelgandek bosh irg‘ab, yo‘lida davom etdi.
Ko‘chalar birin-ketin orqada qolardi. Vorobushkin shu qadar charchadiki, na yonveridagi odamlarga, na uylarga, na o‘zi yurayotgan ko‘chalarga e’tibor berar, undan o‘n qadamcha orqada esa nafasi bo‘g‘ziga tiqilgan odam sudralib kelardi.
Yana bu ahvolda yurishga Vorobushkinning chog‘i kelmasdi. Buning ustiga ular shahar chetiga chiqib qolishgan edi.
«Bir solsammikin-a…»— deya xayolidan kechirdi Vo-robushkin, hatto mushtini tugdi-da, to‘xtamoqchi bo‘lib, yon-veriga alangladi.
Uning hamrohi taxta devorga holsiz suyanib, yo‘lkada o‘tirar, ko‘zlari yumuq, yuzi bo‘zargan, qonsiz labi bilan burni g‘alati bo‘rtib ko‘rinardi.
Vorobushkinning mushti yozildi. U xira hamrohi tomon bir necha qadam tashladi-yu, to‘satdan yuzida g‘ayritabiiy dovdirash ifodasi paydo bo‘ldi.
Ehtimol, bu odamga qo‘lidan kelgancha yordam berishi ham mumkin edi-yu, lekin bunga imkon berishmadi. Muyulishdan shaldiragan izvosh chiqib keldi-da, shundoqqina ularning yonida to‘xtadi.
To Vorobushkin es-hushini yig‘ishtirib olguncha aravadan Siganok otilib chiqdi-yu, uning qo‘lidan tortib, yoniga o‘tqazib qo‘ydi, so‘ng o‘zini orqaga tashlab, butun ko‘chani boshiga ko‘targudek bo‘lib, xaxolab kuldi.
Aravakash otga qamchi chatishi bilan izvosh o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Siganok Vorobushkin qo‘ldan chiqib qochib ketadigandek yengidan ushlab turar, unga nimadir demoqchi bo‘lardi-yu, lekin har safar kulgidan bo‘g‘ilib qolardi.
Vorobushkin noroziligini yashirolmay pishillar, aravakashning yelkasiga tikilgancha sherigi tezroq gap qotishini kutardi.
Siganok barmog‘i bilan otga ishora qilib, nimadir deya g‘o‘ldirardi.
— Otning tinkasini quritding,— dedi u nihoyat.— Xiyobondan boshlab ikki soatdan beri orqaiglardan ergashib yuribmiz,— deya tushuntirdi Siganok yana qah-qah urib kularkan.
Oqsoch, soqolli aravakash o‘girilib, Vorobushkinga ehti-rom bilan bokdi.
— Ot bo‘lib yaralganingda bahoying bo‘lmas edi,— dedi u.
Vorobushkin o‘ylanib turgach, birdan jahli chiqdi.
«Ot bo‘lganimda! Ot bo‘lganimda!— deya xayolan tegajoqlik qildi u.— Ot bo‘lganimda allaqachon surobim to‘g‘rilanib qolardi. Suyaklarim chirib ketardi, odamligim uchun yashab yuribman, yashayapman». U Siganokka yuzlanib so‘radi:
— Qayoqqa olib ketyapsan?
— Hammomga,— dedi Siganok birdan sergaklanib.— Qani, chuh de, Matvey,— deya iltimos qildi u jilovdordan.
Siganok hammomning alohida xonasiga patta oldi. Kleyonka sirilgan katta divan qo‘yilgan kichkinagina dahlizga kirishgach, u tez-tez yechina boshladi.
Vorobushkin esa divanda miq etmay o‘tirardi.
— Tez yechin,— deya uni shoshiltirdi Siganok,— hozir ayni cho‘milib oladigan payting, birdan yengil tortasan.
— Meni shuning uchun buyoqqa olib keldingmi?
— Shunday desa ham bo‘ladi,— deya kulimsiradi Siganok.— Jiqqa ter bosib ketgandirsan. Cho‘milib olmasang, sasib ketasan.
— Rahmat,— Vorobushkin tundlik bilan minnatdorchilik bildirdi-da, etigini yecha boshladi.
Siganok yechinib bo‘lgach, oftobda bir tekis qoraygan paydor, miqti gavdasini namoyish etgancha Vorobushkinning ro‘parasiga kelib turdi.
Vorobushkin unga ko‘z tashlab:
— Sen yuvinaver, men keyinroq kiraman,— dedi jur’atsizlik bilan.
Yolg‘iz qolgach, Vorobushkin yana bir oz xayol surib o‘tirdi. Ichkaridan oldiniga suvning haddan tashqari qattiq shovullagani, keyin jildiragani va nihoyat tingani eshitildi. Vorobushkin yechinib, ichkariga kirdi. Siganok rohatlanganidan ko‘zlarini yumgancha suvga kirib yotardi. Vorobushkin xuddi sirpanib ketishdan qo‘rqqandek qovushimsiz bir harakat bilan yakka kift bo‘lib uning yonidan o‘tdi-da, ikkinchi vannaga suv ochdi.
— Muhim gaplarni gaplashishga eng mos joy mana shu,— deya gap qotdi Siganok ko‘zlarini ochmay.— Hech kim xalaqit bermaydi. Bahonada cho‘milib ham olamiz, pulimiz bekorga kuymaydi… Hammom yoqdimi?— deb so‘radi u bir daqiqadan keyin.
Hammomning xosxonasi qimmat sanalardi. Torgina bo‘lsa-da, ikki vanna hamda dushi bor, devorlari bilan pastak shiftga sariq rang berilgan.
Vorobushkin indamadi, suvga qo‘lini tiqib, jo‘mrakni buradi.
— Suvni iliqroq qil, shamollab qolasan,— deya maslahat berdi Siganok.
— Yoqmadi,— dedi Vorobushkin ma’yus tortib.
— Nima?— tushunolmay so‘radi Siganok.
— Hammom yoqmadi, bir kishilik qamoqxonaga o‘xsharkan. Hammomning zo‘ri Kavkazda!— u gapini tugatmasdanoq xo‘rsinib, suvga tushdi.
Bir necha daqiqa ikkalasi ham gap-so‘zsiz suvga ko‘milib yotdi, keyin Siganok boshini ko‘tarib, Vorobushkinga qaradi. U ham o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
— Sen to‘g‘ringda o‘rtoqlar bilan gaplashdik,— dedi. Siganok salmoqlab.— Amallab biron ish topib berishimiz kerak. Qo‘lingdan nima ish keladi? Qanday hunaring bor?
— Mening kasbim — topshirilgan vazifani bajarish. Ishqilib, tezroq biron ish boshlasam bo‘lgani.
— Bunisini aytayotganim yo‘q,— dedi Siganok mehr bilan.— Kasbingni so‘rayapman. Biron kasb-koring bormi?
Vorobushkin eigashib, suhbatdoshiga yaqin keldi, uning yuziga tikilgancha har bir so‘zni dona-dona qilib gapirdi:
— Mening qanday kasb-korim borligini o‘zing bilasan-ku. Men inqilobchiman.
— Tag‘in-chi?
— Nima, bu kammi senga?— Vorobushkinning ovozi titrab ketdi.
— Kam, Vorobushkin,— dedi Siganok yanada muloyim ohangda, keyin xuddi yosh bolaga gap uqtirayotgandek sababini tushuntirdi.— O‘z kuningni o‘zing ko‘rishing uchun biron ish topishing kerak, bildingmi?
— Boshqasi-chi?
– Boshqasiga kirishishga shoshmay turasan, Vorobushkin, boshqasini yaxshisi hozircha xayolingga ham keltirma.
Borobushkpn suhbatdoshining ko‘ziga tuzukroq qarash uchun cho‘zilpb yapa ham oldinga engashdi.
— Men necha yildan beri kutayotganimni bilasanmi?
— O‘rtoqlar shunga qaror qilishdi, Vorobushkin. Hozir vaziyat shupp taqozo etadi.
— Ular men qachondan beri kutayotganimni bilishadimi?
— Bilishadi, Vorobushkin.
— Hech narsani bilishmaydi, sening ham hech narsadan xabaring yo‘q. Hali yoshsan, hammanglar go‘daksizlar.
— Sen yosh emasmisan? Yoshing katta bo‘la turib, hammani qamoqqa tiqmoqchimisan? Josuslar orqangdan dumga o‘xshab ergashib yurishibdi-ku,— dedi Siganok ham oldinga engashib.
— Men ayg‘oqchilarga o‘rganib qolganman, ulardan qo‘rqmayman.
— Qo‘rqmaysanmi? Ishni barbod qilishdan ham qo‘rqmaysanmi? Sen azaldan jasurmiding yo yaqindan beri shunaqa bo‘lib qoldingmi? Ehtimol sen bu yerga ataylab, boshqalarning e’tiborini jalb etish uchun yuborilgandirsan — bu haqda o‘ylab ko‘rmadingmi? Yoki bu narsadan ham qo‘rqmaysanmi?— Siganok har bir so‘zni suhbatdoshining yuziga irg‘itayotgandek qattiq-qattiq shivirladi.
Ularning har ikkalasi ham bir xil alfozda o‘tirardi. Siganokning yuzida boyagi quvnoqligu muloyimlikdan asar ham qolmagan, ko‘zlari qisilib, xira tortgan edi.
Gap-so‘z tugab, ular bir-biriga tikilib o‘tirar, xuddi ikkalasi irg‘ib o‘rinlaridan turib, tomoqlaridan g‘ippa bo‘g‘ishadiganga o‘xshashardi. Bir ozdan keyin Vorobushkinning yuzidagi ifoda o‘zgardi. Teskari o‘girilib, butunlay boshqacha, itoatkorona ohangda gap qotdi:
— Yoshing qirq sakkizga kirganda kutishing juda qiyin.
— Balki biron joyga ketganing, yashirin ishga o‘tganing tuzukdir… Pasport to‘g‘rilab beramiz,— Siganok to‘satdan tug‘ilib, hali pishib yetilmagan fikrni botinqiramay aptdi.
— Menga boshqa burun topib ber, burun, tushundingmi? Bo‘yimni ham o‘zgartir. Bu burunu bo‘y bilan meni ko‘r odam ham taniydi-ku, pasportning nima foydasi bor. O‘ylaysanki…— u gapini tugatmasdanoq suvdan chiqdi, zalvarli odimlab, dahlizga yo‘l oldi, biroq ko‘zi ojiz odamdek eshik qolib, devorga borib urildi. Siganokka orqasini o‘girib, muzdek devorga yuzini bosdi.
Siganok uning issiq suvda qizarib ketgan kuragidan to beligacha, hatto undan pastroqda ham oqarib turgan kaltak izlarini ko‘rdi. Ingichka, enli, ko‘z ilg‘amas va uzokdan ham yaqqol ko‘zga tashlanadigan uzun-qisqa chandiqlar Vorobushkinning badanini xuddi uzunasiyu ko‘ndalangiga har xil yo‘llar kesib o‘tgan o‘lka xaritasiga o‘xshatib ko‘rsatardi.
Siganok suvdan sakrab chiqdi-da, Vorobushkinning yoniga kelib, yelkalarpdan quchdi.
— Uzingni bos, o‘znnpsh bos, Vorobushkin, shoshma, biz biron narsa o‘ylab topamiz. Men o‘rtoqlar bilan yana bir marta gapla.shib ko‘raman. Yur, ketdik.
Burchakka qisilib turgan Vorobushkinning a’zoyi bada-ni qaltnrar, kulayotgashshi ham, dardchil ihrayotganini ham bilib bo‘lmasdi.
Siganok uni zo‘rg‘a devordan uzib, dahlizga olib chiqdi. Vorobushkin shalvirab, darmonsiz oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosgancha itoatkorlpk bplan yonma-yon yurib kelardi.
Dahlpzga chiqishgach, u Siganoknyng qo‘lini ushlab qisdi, ko‘zlari yolborib, ayni vaqtda sinchkov tikildi-da, xuddi birov ogziga urib, gapirtirmay qo‘yadigandek shosha-pisha so‘zlab ketdi:
— Ularga ayt, men hech kimni uyaltirib qo‘ymayman. Ayg‘ohchilardan ko‘ra quvroq ekan, deb ayt. Inqilobsiz, partiyasiz yashashning nima qizigi bor, deyapti, de. Gapla-rimning hammasini ayt. Albatta ayt!
— Aytaman, ko‘ngling to‘q bo‘lsin, aytaman!— deya o‘rtog‘iga tasalli berdi Siganok.
— Shunday qil, iltimos,— to‘satdan bolalarcha bechora-hollik bplan kulimsiradi Vorobushkin.
Siganok kulib yubordi.
— Qayerda bunchalik bezashgan?— deb so‘radi u Vorobushkinning orqasiga nshora qilib.
Vorobushkinning yuzi yana tundlashdi, orqasini yashirib, devor tomonga surildi-da, bir chetga o‘girilib, istar-ista-mas javob berdi:
— Irkutskda…— dedi-yu, jim qoldi, keyin suhbatdoshiga yuzlandi.— Tag‘in sen kut deysan. Bunaqa paytda kutib bo‘lar ekanmi?
Ular gap-so‘zsiz tez-tez kiyinishdi, tashqariga chiqi-shayotganda Siganok Vorobushkinga bir nechta qog‘oz pul uzatdi.
— Olib qo‘y, birodar.
— Kerak emas, bir amallayman,— Vorobushkin qizarib-bo‘zarib uning qo‘lini nari surdi.
— O‘rtoqlar berib yuborishdi, meniki emas…
— Baribir keragi yo‘q, hozircha pulim bor.
— Olaver, odamning boshida har xil kun bor. Ishlatmasang, qaytarib berarsan. Boyib ketsang, qarzingni uzarsan.
Siganok pullarni uning cho‘ntagiga tiqdi. Vorobushkin yon berdi.
— Yana bir narsani kelishib olaylnk. Yozda hadeb hammomga kelishning hojati yo‘q. Men ba’zan daryo bo‘yiga borib turaman. Baliq tutib, bolalar bilan cho‘milaman. Anovi, Daryobo‘yi mahallasi tomonda. Agar boshimni sochiq bilan tang‘ib olsam, orqangda ayg‘oqchi bo‘lmasa, yaqin kelaver.
Vorobushkinning chehrasi yorishib ketdi. Siganokka mehr bilan boqib so‘radi:
— Kavkazda bo‘lganmisan?
— «Yo‘q, nasib etmagan,— deya rostini aytdi Siganok.
— U yerdagilarning hammasi shunaqa. Uyoqda senga ish topilardi. Menga ham o‘zimga yarasha ish topilardi,— deya og‘ir tin oldi u.
Vorobushkin o‘rtog‘ini quchoqlab shunday qisdiki, uning qovurg‘alari qisirlab, ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi.
— Rahmat senga,— dedi Vorobushkin muloyimlik bilan.
— Bitta-bittadan chiqamiz,— dedi Syganok zo‘rg‘a nafasini rostlab.— Oldin men chiqib ketaman, keyin sen. Xayr.
— Xo‘p, xayr.
Siganokni kuzatgach, Vorobushkin o‘n daqiqacha o‘tirib, tashqariga yo‘l oldi.
Vorobushkin ko‘chaga chiqqan zahoti bir soat muqaddam anchagina olisda chalajon holda qoldirib kelgan kulrang kostyumli kalta oyoq odamga duch keldi.
U darvoza yonidagi supada o‘tirib, bamaylixotir tamaki tutatardi.
Vorobushkin unga qarab hatto ko‘z qisib qo‘ydi. Kalta oyoq o‘rnidan turdi-da, azbaroyi tani sihatlikni o‘ylab sayr etayotgan odamdek bir maromda odimlagancha nari ketdi.
Agar uning egnida terdan namiqib, yelkalari qorayib ketgan katak kostyum bo‘lmasa, Vorobushkin o‘zini adashgan hisoblashi hech gap emasdi.
Ular bir lahza bir-birlarini kuzatib turgach, kalta oyoq iljayib, bosh kiyimini tuzatib qo‘ydi.
Vorobushkin yo‘lkadan chiqib, yo‘l chetiga o‘tirdi-da, yerdan bitta toshni ko‘chirib oldi. Kalta oyoq bo‘ynini ichiga tortgancha muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi-yu, uyoqdan shu zahoti yuzidan qon tomib turgan, girdig‘um mirshab chiqib keldi. U xuddi suzayotgandek ohista odimlab, Vorobushkin tomonga yurdi.
Vorobushkin o‘girilib, supaga o‘tib o‘tirdi-da, tosh bilan poshnasini taqillatib ura boshladi. Mirshab uning tepasiga kelib qaqqaydi. Vorobushkin o‘zini ishga mashgul bo‘lib, uni payqamagandek tutdi. Mirshab hokimona tomoq qirdi. Vorobushkin sekin boshini burdi, keyin sakrab turib, yoyilib iljaygancha oyog‘iga ishora qildi:
— Uyoq-buyog‘ini qoqib oldim.
U mirshabning gap qotishini kutmasdanoq darrov iziga qaytdi, toshni olgan joyiga tiqib, poshnasi bilan bir-ikki tepib ham qo‘ydi, yana iljayib izoh berdi:
— Joyiga qo‘ydim. Yotaversin, balki birovning kuniga yarab qolar.
U mirshabga yaqin keldi-da, nazokat bilan shapkasini ko‘tardi.
Mirshab qo‘lini chakkasiga qo‘ygancha orqasiga o‘girildi.
Hammomdagi uchrashuvdan keyin Vorobushkin ayg‘oqchilarning ko‘zini shamgalat qilishning uddasidan chiqqan zahoti Siganok bilan ko‘rishgani daryo bo‘yiga keladigan bo‘ldi.
Daryoning narigi qirg‘og‘ida, shundoqqina qamoqning ro‘parasida eski qayiq to‘nkarilib yotardi.
Vorobushkin uning tagiga kirib, qosh qorayguncha biqinib yotardi. Qayiqning tagidan yaqin-yiroq, daryoning ikkala qirg‘og‘i, narigi tomondagi qamoq bilan cherkov yaqqol ko‘rinib turardi.
Oradan bir hafta, keyin yana shuncha vaqt o‘tdi… Siganokning biron marta qorasi ko‘rinmadi. Vorobushkin yana ko‘cha-ko‘yda sandiraqlab yura boshladi. U yanada bukchayib, soch-soqolini olmay qo‘ydi, yuz-ko‘zini tikkaygan mo‘y bosib ketdi. U ertadan-kechgacha ko‘chada yurar, hech kim bilan gaplashmas, lekin xuddi gung-soqovga o‘xshab hammaning yuziga sinchkov tikilardi. Uni ham hech kim to‘xtatib gapga solmasdi. Shu zayl Vorobushkin odamovi bo‘lib qoldi. U orqavoratdan odamlarning: «Jinni…»— deb shivirlashganini qo‘p eshitdi.
Enagalar uni ko‘rsatib, bolalarni qo‘rqitadigan bo‘lishdi. Endi ayg‘oqchilar onda-sonda uning payiga tushishar, biroq bir gala bola soyadek orqasidan ergashishini qo‘ymasdi. Bolalar oldiniga allakayerdan kelib qolgan bu naynov odamga uzokdan qo‘rqa-pisa qarab yurishdi, keyin yurak yutib, tegajoqlik qila boshlashdi. Vorobushkin bolalarni ko‘rdi deguncha oyog‘ini qo‘liga olib qochar, biroq ular qiyqiriq solib orqasidan quvlashar, loy otishardi.
II
O‘n yoshlardagi bir bola uni, ayniqsa, jonidan bezor qilib yubordi. Uning birdan-bir ermagiyu tashvishi Vorobushkinga azob berishdan iboratga o‘xshardi. Vorobushkin toshu kesak otishganda ham parvo qilmas, kamdan-kam orqasiga o‘girilib qarar, lekin shu bolani ko‘rishi bilan qo‘llari o‘z-o‘zidan musht bo‘lib tugilardi.
U ko‘cha-ko‘yda kamroq ko‘rinishga urinar, hech kimga sezdirmay qayiqning ostiga kirib olardi-da, qorong‘i tushguncha pusib yotardi.
Qayiqning ostida yotarkan, qamoqning kaftdek darchalaridan chaqnoq ko‘zlarini uzmasdi.
Pudya- tugadiyu, lekin ish topishdan umid yo‘q edi. To‘pkarilgan qayiq uning doimiy qo‘nalgasiga aylandi.
Kunlarning birida uning makoni fosh bo‘lib, qayiqqa tasir-tusir tosh yog‘ila boshladi.
Vorobushkin bolalar tinchiguncha biqinib yotishga qaror qildi.
Bolalar anchagacha uzoqdan turib qayiqni toshbo‘ron qilishdi, keyin yurak yutib, yaqin kelishdi. Qayiqni o‘rab olib, xuddi yirtqich hayvonni inidan chiqishga majbur qilayotgan haqiqiy ovchilardek shovqin sola boshlashdi. Vorobushkin qitmirlik qilish bolalarning joniga tegib, o‘z holiga qo‘yishlarini kutib, poxolga yuzini bosgancha tishini tishiga qo‘yib miq etmay yotaverdi.
Biroq hech qanday zarbaga uchramagan bolalar battar haddan oshishdi. Birovi yangi o‘yin o‘ylab topdi: pusib kelgancha qayiqning ustiga chiqib, shundoqqina Vorobushkinning boshi tepasini kuchining boricha tepkilab sakrab yerga tushdi-da, qochib qoldi. Uning ketidan ikkinchisi, uchinchisi qayiqqa chiqdi. Bir ozdan keyin qayiq ustida ikki-uchtasi barobariga raqs tusha boshladi.
Vorobushkinning ustiga qum, qayiqning tagida loy aralash qotib qolgan o‘t-o‘lan yog‘ilsa-da, qimir etmay yotaverdi. Shu payt qop-qora bola uzun yog‘och topib, sekin pusib keldi-da, qayiqning tagiga tiqdi.
Qayiq qimirlab, bolalar tiraqaylab qochishdi. Kimdir: — Mitka, qoch!— deb qichqirdi.
Lekin Mitka yog‘ochni tashlab, besh-o‘n qadam yurib ulgur-masdanoq Vorobushkin quvib yetdi-yu, uni urib yiqitdi, keyin yoqasidan olib, bir qo‘llab dast ko‘tardi-da, silkita boshladi. Mitkaning boshi chayqalib, jag‘i tushib ketdi, ko‘rquvdan baqrayib qolgan ko‘zlarini Vorobushkindan uzmasdi.
— Senga nima yomonlik qildim, nima yomonlik qildim, yaramas?— deya baqirdi Vorobushkin.
Mitka lablarini qimirlatib gapirmoqchi bo‘lardi-yu, biroq ovozi chiqmasdi.
— Ha, gapirmaysanmi? Gapir, nima yomonlik qildim?
Vorobushkin bolani silkitishni to‘xtatdi-yu, biroq hamon yoqasidan tutamlagancha baland ko‘tarib turardi.
— Men… endi qilmayman,— Mitka nafasi qisib, zo‘rg‘a gapirdi-yu, yig‘lab yubordi.
Vorobushkin uni yerga tushirdi. O‘qrayib tikilgancha bosiqlik bilan gap qotdi:
— Yur, otangni oldiga boramiz. Otang qayerda?
— Uyoqda…— Mitka barmog‘i bilan daryo tomonga ishora qildi.
— Uyog‘ing qayer?
— Qamoqda,— dedi bola sekingina.
Vorobushkin engashib, unga ishonqiramay boqarkan, peshonasini tirishtirdi.
— Ko‘pdan beri yotibdimi?
— Ko‘pdan beri,— deya xo‘rsindi Mitya.— Bir oycha bo‘ldi,— u o‘ksinib, yuzi g‘amgin tus oldi.
— Voy, jinnivoy-ey!— Vorobushkin bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib, sochlarini to‘zitdi.— Ke, og‘ayni bo‘lamiz.
Mitkani kuta-kuta iziga qaytgan bolalar u to‘nkarig‘-liq qayiq ustida Vorobushkin bilan do‘stona suhbat qurib o‘tirganini ko‘rishdi.
— Kelavyoringlar, qo‘rqmanglar, u hech narsa qilmaydi,— deya og‘ayiilarini chaqirdi Mitka.
Bolalar qo‘rqa-pisa bir-birlab qayiqqa yaqin kelishdi. Ulardan biri shivirlab so‘radi:
— U jinni emasmi?
— Sal-pal,— Mitkaning o‘rniga Vorobushkinning o‘zi xuddi shu tarzda shivirlab javob berdi.
Vorobushkin odamlarni sog‘ingan edi. Ko‘pga cho‘zilgan gungu karlikdan keyin u bolalar bilan jon deb gaplasha boshladi.
Shundan keyin daryobo‘yliklar ko‘cha-ko‘yda uni hamisha o‘smirlar qurshovida ko‘radigan bo‘lishdi.
Qisqa vaqt ichida Vorobushkin o‘zgarib ketdi — yuziga qon yugurib, o‘zini bu shaharda ortiqcha, begona sezmay qo‘ydi, ko‘chalarda ma’nosiz sandiraqlashlari barham topdi. Kichkinagina omborni ijaraga olib, ustaxonaga aylantirdi, kaptar, qarmoq, shodaqarmoq sotib oldi, butun daryobo‘yilik bolalar bilan inoqlashib ketdi.
Tez orada Daryobo‘yidagilar Vorobushkinga o‘rganishib qolishdi, uni havoyi, sal esi pastroq, lekin beozor hisoblab, ustaxonasiga ro‘zg‘or qaqir-quqirlarini tuzattirgani bemalol olib keladigan bo‘lishdi.
Vorobushkin bolalarga qo‘shilib ko‘cha-ko‘yda chopib yurar, ularga slesarlik hunarini o‘rgatar, kaptarbozlik qilar, birgalashib baliq tutishar, xat-savod o‘rgatar, uzundan-uzoq, qiziqarli voqealarni gapirib berardi.
III
Mahbus o‘rnidan turib, yana darcha oldiga keldi.
Darchaning naryog‘ida — qamoqxonayu daryo tepasidagi, teraklarning qir uchidagi niliy osmon tubsiz ummonga o‘xshab ko‘rinzrdi.
To‘satdan u bo‘ynini cho‘zib, ko‘kka astoydil ko‘z tikdi. Uyokda — Daryobo‘yining ustida bir gala qush uchib yurar, qamoqxona darchasidan ular mittigina kapalaklarga o‘xshab ko‘rinardi.
Qushlar havoda doira yasab uchishar, charx urib tepaga ko‘tarilishar, bir lahza muallaq qotib qolishar, so‘ng kutilmaganda qanotlarini juftlab o‘qdek pastga otilishardi.
— Chinqaptarlar! Chinkaptarlar!..— deya pichirladi mahbus oyoq uchida turib, darchaga yopisharkan.— Ehtimol Vorobushkin uchirayotgandir, degan xayolga bordi u. Bir necha oy mobaynida yuziga birinchi marta tabassum yoyildi.
Kaptarlar esa goh ko‘rinib, goh g‘oyib bo‘lib Daryobo‘yi ustida charx urishardi.
Har safar endi qaytib kelmaydigandek tuyulganda kaptarlar yana paydo bo‘lishar, yana yuksak-yuksakka ko‘tarilgancha charx urib, umbaloq oshib, noyob quyosh nurlaridan bahra olib yayrashardi.
Ayniqsa, bitta oqi alohida ajralib turar: tikka ko‘tarilib butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘lar, keyin xuddi allaqanday to‘siqqa urilgandek qanot qoqqancha bir joyda qotib qolar va birdan qanotlarini tushirib, oppoq dumini yoygancha umbaloq oshib, toshdek pastga otilardi. Faqat yerga yetishiga oz qolib, chilparchin bo‘lishi muqarrardek tuyulganda yana qanotlarini yozib, yuqoriga parvoz etardi.
Boshqa kaptarlar allaqachon holdan toyib, havo bo‘shlig‘ida doira yasab, sokin suza boshlashdi, lekin oq kaptar hamon umbaloq oshardi. To‘satdan qushlar galasi xud-di to‘rga tushgandek bezovta tipirchilab, o‘zini uyoqdan-buyoqqa urishdi-yu, birdaniga duch kelgan tomonga tirqirab ketishdi.
Mahbus yuksak-yuksakda, hozirgina kaptarlar parvoz etib yurgan joy tepasida harakatsiz qora nuqta paydo bo‘lganini payqadi.
Faqatgina oq kaptar hech qanday xavf-xatarni sezmay hamon ko‘kda charx urib uchardi. Nihoyat u ham tipirchilab, pastga sho‘ng‘idi. Xuddi shu payt qotib turgan qora nuqta ham harakatga keldi, kaptarning orqasidan ergashib, borgan sari ulg‘aya boshladi, kaptarga yetgach, tegib ketdi, undan pastlagandan keyingina qush qiyofasiga kirdi.
Ulkan, qop-qora kalxat qanotlarini yozib, oq chinkaptar-ning yo‘lini to‘sib chiqdi.
Kaptar xuddi ko‘zdan qolgandek o‘zini uyoqdan-buyoqqa urar, kalxat esa yana kaptarning ustiga chiqib olguncha o‘ljasining yo‘lini kesib, ulug‘vorlik bilan atrofida ay-lanib uchaverdi, uni pastga qulatish qasdida urdi-yu, biroq zarbi nishonga aniq tegmadi.
Kalxat yirik, pixini yorgap. yirtqich qush, o‘z ishiga ustasi farang, u yozdan to ksch kuzakkacha o‘rdak, qur, kaklik jo‘jalarini tutib yeyaverganidan semirib, yalqovlashib ketgan. Endi o‘rdaklar bilan kaklik bolalari ulg‘ayib, uchib ketgan, qurlar hushyor tortib ehtiyotkor bo‘lib qolishganidan keyip ochlik kalxatni o‘rmondan chiqib, shahar atrofida yegulik izlashga majbur qilgan.
Yirtqich yana bir necha bor o‘ljasiga daf qildi, biroq navqiron, chaqqoi chinkaptar har safar uning panjasiga chap berib ulgurardi.
Shunda kalxat kurash usulini o‘zgartirdi. Kalxat kaptardap pastroqqa tushib, yo‘liii kesdi-da, biron tomnpng panasiga kirib yashirinib olmasligi uchun shahar chetiga surib ketdi. Ochiq maydonda charchab, holdan toygan kaptarga chovut solishi oson.
Temir panjaraga yopishgapcha deyarli osilib turg‘an mahbus bu jahd-jadaldan ko‘z uzmasdi.
Oq kaptar endi kaptarxonaga qaytishga uriimas, u alla-qachon yo‘lidan adashgan, endi faqat bor kuchini to‘plab, ajal sirtmog‘idan chnqib ketishga intilardi.
Pastda yirtqich xuddi ulkan soyadek sassiz suzgancha uni muttasil ta’qib etib kelardi.
Yana besh-o‘n marta qapot qoqilsa bas, Daryobo‘yining oxirgi kulbalari ham orqada qolib ketadi.
Oldinda siyrak o‘t ko‘kargan zahkash botqoqlik. Kaptar daryoning naryog‘idagi ikkita baland binoii ko‘rgach, birdan yo‘lini o‘zgartirib, o‘sha tomonga parvoz etdi, kalxat ham shu zahoti qanot qoqib, keskin burildi.
Kalxat kaptarga daryo o‘rtasida yetib oldi va mo‘ljallab turib tepadan o‘ljasiga o‘qdek otildi. Oq bilan qo‘ng‘ir qush bir-biriga chovut solib, koptok bo‘lib ketishdi. Mahbus ko‘zlarini yumib oldi, bir lahzadan keyin qora qush yo‘l-yo‘lakay suv tekkan qanotlarini silkitgancha daryodan uzoqlashib borayotganini ko‘rdi.
Kaptar ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, faqat daryo to‘lqinlari uning oppoq patlarini qalqita-qalqita oqizib ketdi.
IV
Bu safar kalxatning harakati zoye ketmadi. Bitta panjasining o‘tkir tirnoqlari go‘shtga botdi, ikkinchisi esa kaptarning uzun, keng dumini mahkam tutamlab oldi.
Yuki og‘irlik qilib, birdan qanotlarini rostlay olmadi, muvozanatini yo‘qotib, o‘ljasini qattiq changallagancha pastga sho‘ng‘idi. Suvga yetishiga bir quloch qolganda, to‘satdan eti seskanib, panjalari bo‘shashdi. Kaptar tipirchilab, changalidan chiqib ketdi, yirtqichning changak bo‘lib qolgan panjalari sovuq suvga tekkach, butunlay yozilib ketdi. Chinkaptarga ko‘rk bag‘ishlovchi quyrug‘i — bir tutam oshyuq pat suv betiga yoyilib oqdi.
Dumsiz, cho‘ltoq kaptar kichkina uychaga- duch kelib, o‘zini tomga urdi va tuynukdan ichkariga kirib ketdi.
U chordoqning eng ichkarisig‘a kirib, har xil lash-lushlarning panasiga o‘tdi-da, qumga bag‘rini berib yotdi. Xuddi karaxt bo‘lib qolgandek ko‘zlaripi yumib, qosh qorayguncha qimir etmadi.
Kechqurun tomda odamlar — ozg‘in, qoqsuyak ayol bilan yuziga sepkil toshgan malla qiz paydo bo‘lishdi. Ular katta savatdagi kirlarni dorga yoyishdi.
Kaptar o‘rnidan turdi, xuddi no‘xatdek dumaloq, timqora ko‘zlarini ochib, cho‘chinqirab boshini uyoqdan-buyoqqa burdi-da, sassiz yurib siniq yashikning burchagiga tiqildi.
U tuni bo‘yi, ertasiga kechgacha shu yerdan jilmadi. Faqat ochlik penshndan keyin yashiringan joyidan chiqishga majbur qildi.
Patlari qon yuqi, odamning rahmi keladigan darajada nochor, shumshaygan kaptar yoruqqa chiqib keldi. Chordoqda sudralib yurarkan, qipig‘u axlat orasidan don izlay boshladi.
— Beh, beh…
Kaptar hurpaygancha joyidan jilmadi.
Qizaloq ehtiyotkorlik bilan yaqin surilib, qo‘lini cho‘zdi.
Kaptar hurkib, o‘zini darchaga urdi. Ochiq havoga chiqqach, eti seskanib yon-veriga alanglay boshladi.
Osmon bo‘m-bo‘sh edi, faqat shimoldan esayotgan sovuq shamol og‘ir, beso‘naqay bulutlarni uyoqdan-buyoqqa surib yurar, qamoqxonadan goh yakkam-dukkam, goh gala-gala bo‘lib uchib chiqqan kaptarlar dumi cho‘ltoq chinkaptarga e’tibor bermay parvoz etishardi.
Oq kaptar bu yil yozda tuxumdan chiqqani uchun faqat o‘z to‘dasi bilan kaptarxonasinigina bilardi, xolos.
Oldinlari u o‘ziga o‘xshamaydigan ko‘k kaptarlarni ko‘p ko‘rgan, lekin xuddi zog‘, chug‘urchuq, chumchuq singari bezarar qushlarga qanchalik ahamiyat bermagan bo‘lsa, ularga ham shunchalik bee’tibor edi. Chiroyli, xonaki kaptarlar hech qachon beo‘xshov yovvoyi kaptarlar to‘dasiga kelib qo‘shilmasdi.
Kaptarxonalarning asilzodalari hisoblanmish chinkaptarlar yuksak-yuksakda charx urisharkan, doim pastlab uchuvchi xunuk birodarlari borligini xayollariga ham keltirish-masdi.
Biroq endi o‘z sheriklaridan ayrilgan chinkaptar uyasini, to‘dasini qo‘msar, osmondan uchib o‘tgan har bir kaptar-dan ko‘z uzmay diqqat bilan astoydil kuzatardi.
Qosh qoraya boshladi, ichki bir mayl uni to‘daga borib qo‘shilishga undadi.
Nihoyat, uch-to‘rtta kaptar patillab qanot qoqqancha shundoqqina yonidan uchib o‘tayotganda yurak yutib, ularning orqasidan ergashdi.
Lekin dumsiz uchish qiyin ekan; shamol uyoqdan-buyoqqa surib tashlar, yo‘ldan adashmaslik uchun tez-tez qanot qo-qishga to‘g‘ri kelardi. U kaptarlarga faqat cherkovning tomiga kelib qo‘nishayotgandagina yetib oldi.
Tomning shamoldan pana tomonida o‘ttiz chog‘li ko‘kimtir, kulrang, bo‘z kaptar bor edi. Kuni bo‘yi hovlima-hovli uchib, yemish izlagan kaptarlar, endi nafslari orom olib, uyqu oldidan patlarini tozalab, silkinib, o‘zlariga oro berishardi. Chinkaptar keskin ovoz chiqarib g‘uv-g‘uvladi. Kaptarlar mashg‘ulotini to‘xtatib, bo‘ynini cho‘zgancha mehmonga qiziqsinib qarashdi.
Mehmon esa bir chetga o‘tib, mezbonlarga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladi. Ko‘k kaptarning qanotlari bir-biriga juftlashmas, ularning oralig‘idan oppoq, mayda patlari yaqqol ko‘rinib turar, kahrabo tusli jiyak o‘rtasidagi dumaloq, timqora ko‘zlari norozilik bilan zardali boqardi.
U xuddi dimog‘ini tozalayotgandek yana bir karra, lekin bu gal sal sekinroq, xotirjamroq g‘uv-g‘uvladi. Qushlar galasi mehmonga e’tibor bermay qo‘ydi.
Tomga yangidan-yangi kaptarlar kelib qo‘na boshladi. Ular begona kaptarga ko‘z qirini tashlagach, darrov o‘z yumushlariga kirishib ketishardi.
Dumi yulinib, cho‘ltoq bo‘lib qolgan, tumshug‘i kalta, patlari to‘zigan oq kaptar xuddi polaponga o‘xshar, qushlarda ortiqcha qiziqish uyg‘otmasdi. Faqatgina uzun, qora tumshuqli, jussasi kichik bo‘z kaptarning qiziqishi so‘nmadi.
U xuddi turtinib ketishdan cho‘chigandek jur’atsizlik bilan oq kaptarga yaqin keldi. Ular yonma-yon turib, bir-biriga sinchkov boqar, biroq nima qilishi kerakligini bilishmasdi. Dastavval bo‘z kaptarcha es-hushini yig‘ishtirib olDy. U bigizdek o‘tkir tumshug‘i bilan chinkaptarning yelkasini cho‘qidi.
Chinkaptar hali yosh bo‘lsa-da, o‘z uyasida ne-ne raqiblarni ko‘rgan, hech qaysisiga bo‘sh kelmagan edi. Biroq hozir faqatgina bo‘ynini ichiga tortib qo‘ya qolmay, hatto ko‘zlarini ham yumib oldi.
Bo‘z kaptarcha o‘zidan ko‘ra notavonroq jonzodni uchratganiga ishongisi kelmadi shekilli, tumshug‘ini yana bir karra ishga soldi.
Qisqa umri badalida qilmishiga yarasha javob olmaganidan hafsalasi pir bo‘lib, to‘dasiga qaytib ketdi.
Ko‘p o‘tmay kaptarlar kichkinagina to‘rtburchak tuynukdan gumbaz ichkarisiga yo‘l olishdi. Eng oxiri bo‘z kaptarcha tuynukdan kirib ketdi.
Chinkaptar yolg‘iz o‘zi qoldi…
U hamon joyidan qimirlamas, xuddi afsun qilingandek to‘rtburchak qop-qora tuynukdan ko‘z uzmas edi.
Faqat qorong‘ilik quyuqlashib, yomg‘ir tomchilay boshlagandan keyingina joyidan qo‘zg‘alib tuynukning og‘ziga ke-lib qo‘ndi.
Gumbaz ichida kaptarlar shovqin solib g‘uv-g‘uvlashar, qanoti bilan bir-birini tarsillatib urishardi.
Chinkaptar sekingina ichkariga kirib, to‘sinning bir burchagiga borib tiqildi.
Bu yerda yaqindagina in qurilgan ekan, qotib qolgan tezaklar ostidan bug‘doy poyalari bilan ingichka povdalar turtib chiqib turardi.
Chinkaptar to‘singa yopishgancha mudray boshladi. Allaqachon qorong‘u tushgan, lekin kaptarlar hali ham tinib-tinchimas, joy talashib urishishardi.
Bahorgi kurash chog‘idayoq kuchga to‘lgan qari kaptarlar gumbaz ostidagi maydonni bo‘lib olishgan edi. Har bir qarich joy shafqatsiz jangu jadallar bilan egallangash uchun hushyor turib ko‘riqlanardi.
Faqat tun cho‘kkach, ehtiroslar so‘nib, to‘da tinchidi. Lekin ora-chora u yer-bu yerda yana ur-sur boshlanib, shikoyatomuz chiyillash eshitilib qolardi.
Bo‘z kaptarchani uyoqdan-buyoqqa sur-sur qilishardi. U tun qorong‘usida eng qulap joylardan quvilib, tanish yo‘ldan yana qadrdon uyasi tomon surgaldi.
Chinkaptar subhi sodiqda ko‘zini ochib, yonida kechagi zo‘ravon turganini ko‘rdi. Ular bir-biriga tikilib qolishdi.
Bo‘z kaptarcha boshini burib, hamrohiga bo‘ynini cho‘zdi. Chinkaptar zarba tushishini kutib, shumshaygancha ko‘zlarini yumib oldi. Bo‘z kaptarcha uzun, o‘tkir tumshug‘i bilan chin-kaptarning bo‘ynini silab qo‘ydi. Chinkaptar ham shu taxlit javob qaytardi.
Ularning do‘stligi shunday boshlandi.
Kup ohista yorishib kelardi. Tuni bilan zo‘rayib ketgan shamol gumbazning ustiga qoplangan tunukaga urilib taraqlatar, gumbaz tntrab, to‘spnlar g‘irchillar, vahimali guvillash oshitilardi. Namxush qor uchqunlari ora-chora yom-g‘ir aralash ichkariga yopirilib kirardi.
Kaptarlar tashqariga chiqishga yuragi dov bermay xurpayib turishardi. Ularning ko‘pchiligi birinchi marta qor ko‘rishi edi, shu bois qo‘rquvdan bir-birining pinjiga tiqilib olishdi. Lekin ko‘p o‘tmay qo‘rquv hissini yengishga majbur bo‘lishdi.
Qari, kuchli kaptarlarnipg ishi doim o‘ngidan kelardi. Ular eng yaxshi joylarni egallab olishar, don-dunning sarxilpni qo‘lga kiritishar, qo‘nalg‘asiga jig‘ildonini liq to‘ldirib qaytishardi.
Yosh kaptarlarning ahvoli og‘irroq edi: hamisha qornini to‘yg‘azisholmas, endi ochlik qiynay boshlagan edi, notanish muzdek oppoq qor uchqunlaridan qo‘rquv hissini yengib, oziq izlagani yo‘l olishdi.
Qari kaptarlar bamaylixotir ularning orqasidan ergashishdi.
Gumbaz ostida chinkaptar bilan bo‘z kaptarcha ikkalasigina qoldi.
Chinkaptar ikki kundan beri hech narsa yemagan, endi ochlikdan tinkasi quriy boshlagan edi. Shu paytgacha u sira ham ovqat tashvishini qilmagan, hamisha yemxonada don-dun bo‘lardi. Bordi-yu, onda-sonda hech vaqo solinmasa-da, yerdagi qumu qipiq orasidan istagancha don topish mumkiya edi.
U endi gumbaz ostida bechorahollik bilan izg‘ib yurar, biroq qotib qolgan tezagu patdan bo‘lak hech narsa topolmadi.
Bo‘z kaptarcha tuynuk og‘zida yangi sherigiga hayrat bilan tikilib, yonpga kelishini sabr-toqat bilan kutib turardi. Hech narsa topolmagan chinkaptar uning yoniga kelib qo‘ndi, lekpn bo‘z kaptarcha hamrohini orqasidan ergashishga undayotgandek qanotlarini yozdi-da, pastga qarab uchdi.
Yuzlab kaptar qamoqxona hovlisiga yoyilib, darchalar tagnda izg‘ishar, muzdek, suyuq loyni kechib, bir-birining orqasidan quvishar, ko‘proq yeb olishga intilishar, har bitta ushoq uchun jon-jahdlari bilan kurashishardi.
Bir nechta qari kaptar to‘dadan ko‘z uzmay uyokdan-buyoqqa borib kelardi.
Agar birontasi kattaroq uvoq topib olsa-yu, yutib ulgurolmasa, boshqalari omadli kaptarga quzg‘undek tashlanib, qanotlari bilan tasira-tusir urar, gapgitib o‘ljasini tortib olishardi.
Ayiiqsa, semiz ko‘k kaptar haddidan oshib quturardi. Bo‘z kaptarcha o‘zini to‘ppa-to‘g‘ri to‘daga urdi. Shu zahotn chekka-chekkadan olatasir yogilgap kaltak ostnda qolib ketdi. U hammadan keyin tuxumdan chiqqan, to‘dadagi eng kuchsiz kaptar bo‘lgani uchun turtkilanaverib pishib ketgan, hozir muttasil to‘pnb ovqat yemagapidan birdaniga jazavasi tutib, kaltaklarni pisand qilmap qo‘ydp. Chinkaptar urishayotganlarni qo‘rqa-pisa kuzatib bir chetda turar, ularga yaqin kelishga yuragi dov bermasdi.
Chinkaptar ehtiyotkorlik bilan uch-to‘rt qadam tashladi-yu, bir parcha ponga ko‘zi tushdi. Yonverida bironta kaptar bo‘lmasa-da, u qanotlarini yoyib, donga chang soldi va zo‘r berib cho‘qilay boshladi.
Non hali izib ulgurmagani uchui ushalishi qiyin bo‘ldi. Ko‘k kaptar to‘dadan ko‘z uzmasdi. Chnnkaptar non topganini u darrov payqadi, shu zahoti chopib keldn-da, kuchining boricha uning boshini cho‘qidi. Biroq ochlik og‘rikdan ustun keldi. Chinkaptar nonni tashlamadi. Kaltakka chap berishga urinarkan, nonni butunicha yutib yubormoqchi bo‘ldi. Biroq non uyoqqa ham, buyoqqa ham yurmay, tomog‘iga tiqilib qoldi.
Ko‘k kaptar uni qanoti bilan qulochkashlab urdi. Tayanadigan dumidan ayrilgan chinkaptar o‘zini tutolmay bir yonooshi bilan iflos balchiqqa qulab tushdi. Ko‘k kaptar shunda ham uni ayamay uraverdi. Chinkaptarning bo‘g‘zida turib qolgan non otilib chiqdi. Loyga belanib, ezilib ketgan chinkaptar qochib qolishga shoshildi.
Rutubatli kunlarda qamoqxonada kishining yuragi qon bo‘lib ketardi. Darchaning ko‘pdan beri suv tegmagan, yuvuqsiz oynasidan nur tushmasdi hisob. Mahbus xonada maqsadsiz aylandi-da, dag‘al kursiga kelib o‘tirdi. Bir oz quloq solib turgach, darrov stolga boshini qo‘ydi. Odamning sasi keldi. Mahbus shu zahoti boshini ko‘tardi. Katta, qop-qora ko‘z unga kiprik qoqmay tikilib turardi.
Mahbus ogzini katta ochib esnadi, o‘girilib devorni astoydil tomosha qila boshladi, biroq sabri chidamay, eshikka o‘g‘rincha qaradi-yu, nigohi yana baqrayib turgan ko‘zga duch keldi.
Mahbusning qoshlari chimirildi, butunlay eshik tomonga o‘girilib, tirqishga qadalib tikildi. Bahs bir daqiqa davom etdi, keyin kiprik qoqilib, katta temir qovoq sekin yumildi.
Mahbus kulib qo‘ydi, o‘rnidan turib, darcha oldiga keldi. Tashqarida esa qor aralash yomg‘ir yog‘ardi. Havo ochiq kunlarida darchadan Daryobo‘yidagi uylar so‘rinib turardi, lekin bugun zavod binosini ham ilg‘ash amri mahol.
Tuman, yomg‘iru qordan bo‘lak hech narsa ko‘rinmaydi. Ora-chora orqada qolib, to‘dasiga oshiqqan kaptarlar lip etib o‘tadi-yu, tuman qa’riga singib ketadi.
Uyoqda, qamoqxona devorining naryog‘ida, zavod binolarining orqasida tanish ko‘chalar, qadrdon uylar, ardoqli chehralar bor.
Yalanglikning chekkasida tob tashlagan yog‘och uycha bir tomonga og‘ib turibdi. Bahaybat, qari sambittolning uzun shoxlari uychani o‘rab-chirmab, ushlab turganga o‘xshaydi.
Uyning orqasida kichkinagina g‘ishtin ombor joylashgan. Ombor zanglagan kastryul, kalitlar shodasi, velosiped nasosi, primusga o‘xshash har xil qaqir-quqirlarga to‘lib yotgan, burchakka dastgoh o‘rnatilgan — bu slesarlik ustaxonasi.
Ustaxonada odam tirband. Vorobushkin bu eski-tuskilarni tuzatish bilan mashg‘ul. Ozg‘in, haddan tashqari naynov bu odamning kalta sochlari oqarib ketgan, biron mo‘yi ham qilt gaydigan yuzini chuqur-chuqur ajinlar tilimlab tashlagan. Katta, beso‘naqay burni, yuzining chandiq xunuklashib turgan qismi, chaqchaygan qora ko‘zlari unga qahrli ko‘rinish berardi. Bunday bashara bolalarni qo‘rqitish uchun atay yaratilganga o‘xshar, biroq Daryobo‘yining hamma bog‘chalari ustaxonada o‘ralashar, xuddi o‘z uyidagidek bemalol ko‘ngli tusagan ishni qilishardi.
Mahbus o‘sha bolalarning orasida o‘g‘li Mitka ham borligini bilardi. U ko‘zlarini yumgancha o‘g‘lini tasavvur etishga urinar, lekin negadir uning surati ayqash-uyqash bo‘lib, burni, sochlari, kulishi alohida-alohida ko‘z oldiga kelar, bor bo‘yi ro‘y-rost namoyon bo‘lmasdi.
Mahbus chimirilgancha xotiraga zo‘r berar, biroq ko‘z oldiga tomiga kaptarxona ko‘ndirilgan ustaxonadan boshka hech narsa kelmasdi.
U afsus bilan ko‘zlarini ochdi. Tuman yanada quyuqlashgan, qor tezlashib battar zulmat bosgan, hatto ikki qadam naridagi turtib chiqqan devorni zo‘rg‘a ilg‘ash mahol edi.
Deraza rahida zotiyu rangini bilib bo‘lmaydigan bir qush devorga tiqilib turibdi.
Qush boshini ichiga tortgancha g‘ujanak bo‘lib olgan edi. Mahbus diqqat bilan tikilib, uning kaptarligini bildi. «Nega bunchalik kichkina?»— ajablanib xayolidan kechirdi mahbus. Deraza rahiga yana bir kaptar kelib qo‘ndi. Birinchi kaptar o‘girilganda mahbus uning dumi cho‘ltoqligini ko‘rdi va beixtiyor suvda oqib ketgan uzun, oppoq patlar ko‘z oldiga keldi. Mahbus bir bo‘lak suvi qochgan nonni olib, maydaladi-da, darchadan deraza rahiga tashladi. Odamning qo‘liga birinchi bo‘lib ko‘zi tushgan yovvoyi kaptar peshtoqning narigi chekkasiga uchib ketdi.
Chinkaptar qo‘ldan yem yeb o‘rgangani uchun bo‘ynini cho‘zib, barmoqlarning harakatini diqqat bilan kuzatdi.
Hali darcha yopilib ulgurmay chinkaptar nonning katta-katta bo‘laklarini tanlab, shosha-pisha yeya boshladi. Bo‘z kaptarcha yaqin kelishga anchagacha jur’at etmadi. U bir chekkada turarkan, qari kaptarlarga taqlidan sherigini hushyorlikka undab g‘uv-g‘uvladi. Nihoyat toqati toq bo‘lib, uchib keldi-da, deraza rahining eng chetiga qo‘ndi, non uvoqlaridan ko‘z uzmay qotib qoldi.
Chinkaptar nonni yeb bo‘lgach, mahbus yana darchani ochib, uvoq tashladi. Chinkaptar uchib ketmadi, bor-yo‘g‘i sal nariroq surildi-da, Darchaning qaytadan yopilishini kutmasdanoq nonlarni yeya boshladi.
Endi unchalik hovliqmay, xotirjam donlardi. Bo‘z kaptarcha hali ham joyidan jilmas, qo‘rquv hissini yengolmay kiynalardi. Nihoyat ochlik golib kelgach, joyidan qo‘zg‘aldi, o‘g‘rincha kelib bir bo‘lak nonni cho‘qiladi-yu, shosha-pisha orqasiga tisarildi. Qushlarning nafsi orom olish uchun mahbus yana bir necha bor non maydalab berdi. Birinchi bo‘lib chinkaptar uchib ketdi.
Mahbusning uyqusi qochdi; tor karavotda uyoqdan-buyoqqa ag‘darilib, uxlab qolishga urinar, biroq ko‘zi ilinay demasdi.
Ro‘yobga chiqmasa ham umidning bori yaxshi. U odamning fikr-yodini band etadi, yuragini orziqtiradi, bir iyecha lahza bo‘lsa-da, xayolan qamoqdan tashqariga olib chiqadi. Kaptar xayolidan nari ketmay qoldi. Mahbus bu Vorobushkinning kaptari ekanligiga o‘zini ishontirdi, fikran g‘aroyib bir manzarani — kaptarning ochiq darchadan xonaga kirishini ko‘z oldiga keltirdi.
Mahbus uni karavotning burchagiga yashirib, non bilan boqadi. Keyin quyosh charaqlab chiqqan kuniyoq qo‘yib yuboradi. Chinkaptar oppoq qanotlarini chaqnatib, yuksak-yuksakka parvoz qiladi. Bekorchi kaptarbozlar uni ko‘rib, kaptarlarini uchirishardi.
Biroq chinkaptar o‘z uyasiga qarab parvoz etadi, qanot-larini yiqqancha to‘ppa-to‘g‘ri ustaxona tomiga borib qo‘nadi. Uning qanoti ostida bor-yo‘g‘i bir nechta so‘z bilan sotqinning ismi yozilgan kichkinagina xat bo‘ladi.
Shirin xayolni to‘xtatish mahol. Mahbus qamoqxona bilan erkinlik o‘rtasida aloqa o‘rnatilganini, ikki tomon ham bir xilda hayot kechirishini aniq tasavvur etadi.
Kichkinagina oq qush har kuni deraza rahiga uchib kelib, yana kaptarxonaga qaytib ketadi.
Qalin devorlar, ulkan binolar, pishiq panjaralar qu rishdan hech qanday ma’no qolmaydi.
Mahbus halovatini yo‘qotdi. Eshikka ko‘z tashlagach, turib o‘tirdi.
Uning ko‘rinishi yosh, ko‘kish ko‘zlari chaqnaydi, qop-qora, jingalak soqoli xuddi yopishtirib qo‘yilgandek yasama tuyuladi.
Mahbus suvog‘i ko‘chgan sarg‘ish devorga tikilgancha bosh irg‘ab qulimsiraydi, xo‘mraygan, sinchkov ko‘z eshikka yopishib, har bir hatti-harakatini kuzatayotganini sezmaydi. ham. Keyin sip-silliq eshikda xuddi kemshik og‘izga o‘xshash yoriq paydo bo‘ladi, gapirishni unutib qo‘ygandek bo‘g‘iq ovoz: «Uxla!»— deb buyurgach, yoriq yo‘qoladi.
Mahbus cho‘chib, shartta eshik tomonga o‘giriladi. Yuzi qarimsiq tus olib, sovuqlashib, zahar bosadi. Xuddi hozir irg‘ib o‘rinidan turib, eshikni mushtlaydiganga o‘xshaydi…
Biroq eshik orqasidan biron sas-sado, umuman, hayot asari eshitilmas, faqatgina katta ko‘z mahbusga kiprik qoqmay tikilib turardi.
Tuynukning oynasiga nur tushib turgani uchun nazoratchining ko‘zi xuddi mushuknikidek yiltirab ko‘rinardi.
Mahbus teskari o‘girilib, istar-istamas o‘rniga cho‘zildi.
Turishga buyruq berilishidan sal oldin uning ko‘zi ilindi. Mahbuslarni hali tong yorishmasidan turg‘izishardi. Tuni bo‘yi kiprik qoqmagani uchun mahbusning boshi g‘uvillar, xuddi o‘chakishgandek, qo‘shni xonada nimanidir taqillatishar, zo‘r berib mix qoqishardi.
Bolganing har bir zarbidan mahbusning bosh og‘rig‘i battar zo‘rayib, afti bujmayardi.
Tong yorishgach, sayrga olib chiqishdi. Qamoqxonaning torgina kunjagidagi yarim soatlik sayr ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketardi. Lekin mahbus bugun sayr tugashini betoqatlanib kutdi.
Qamoqxona hovlisiga kaptarlar to‘da-to‘da bo‘lib qo‘na boshladi.
Chinkaptar yana kelishi, biroq uni kutmasdanoq uchib ketishi mumkin.
Maxbus o‘z xonasiga kirgach, qanday o‘zgarish yuz berganini daf’atan anglay olmadi. O‘zini bosinqirayotgandek his etdi. Keyin bolg‘alarning taqillashi yodiga tushdi-yu, hamma narsa ayon bo‘ldi-qo‘ydi. U sayr etib yurganida yana bir qavat deraza qo‘yishgan, darchani olib tashlab, o‘rniga maxsus havo o‘tkazgich mahkamlab o‘rnatilgan edi.
Boshiga shapka, egniga xalat kiygan mahbus havo o‘tkazgichga tikilgancha eshik oldida serrayib qoldi. Yana bolg‘a taqillay boshladi, biroq endi bu ovoz qarama-qarshi tomondagi xonadan kelardi.
Mahbusning qo‘llari musht bo‘lib tugildi, baqirib yubormaslik uchun labini qattiq tishladi.
Bolg‘aning taqillashi tindi, bir ozdan keyin yana boshlandi, borgan sari uzoqlashib, sekin-sekin eshitildi. Hamma xonalarning derazasini qo‘shqavat qilib chiqishayotgan edi.
Devorga tushgan bahaybat soya uning xayolnni bo‘ldi. Mahbus xona ichiga bir qur qarab chiqqach, deraza rahida dumi cho‘ltoq, isqirt kaptar qop-qora ko‘zlarini chaqchay-tirib tikilib turganini ko‘rdi. Mahbus yon-veriga alangladi, qo‘lga ilingudek hech narsa topolmagach, boshidan dumaloq shapkasini yulqib oldi-da, kuchining boricha oynaga qa-rab otdi. Keyin bukchayganicha rangi bo‘zdek oqarib, hozirgina kaptar qo‘nib turgan joyga ma’nosiz tikildi. Birdan yo‘tal xuruj qildi-yu, yuzini kaftlari orasiga yashirdi.
Chinkaptar shapkaning oynaga urilishidan hurkib, hovlining narigi chekkasiga uchib bordi-da, peshtoqqa ko‘ndi.
Hovlidagi derazalar tagida kaptarlar izg‘ib yurishardi. Kechagi ur-surdan keyin chinkaptarning to‘daga qo‘shilishga yuragi dov bermadi. U boshini solintirgancha shovqin-suronu shafqatsiz olishuvni uzoq kuzatib turdi. Keyin parillab yuqoriga ko‘tarildi-da, butning tepasiga borib Qo‘ndi.
Yomg‘ir tingan, lekin osmonni hali ham quyuq bulut qoplab turardi.
Daryobo‘yidan esayotgan shamol xuddi dumi yo‘q, cho‘ltoq kaptarni yulib olib, yerga otib urishga qasd qilgandek borgan sari kuchayardi.
Shamol bir necha marta kaptarni yonboshiga og‘dirib yubordi, biroq u qanotlarini silkitgancha o‘zini o‘nglab oldi-da, qilt etmay turaverdi.
Kechki payt bulutlar siyraklashib, yuqoriga o‘rlay bosh-ladi. Xira tortib, hali o‘ziga kelolmagan quyosh yilt etdi. Uning yonlab tushayotgan taftsiz nuri shipshiydon daraxtlarning uchini, Daryobo‘yidagi uylarning pastak tomlarini bir qur siypalab yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Chinkaptar notinchlandi. Xuddi temir oyog‘ini muzlatayotgandek bezovtalanib, tipirchilay boshladi, keyin butdan nari ketishga ahd qildi shekilli, oldinga talpindi.
U bir necha bor qanot qoqib, daryo bo‘yiga yetib oldi, biroq kuchli shamol orqaga itqitib yubordi. Ro‘paradan esayotgan shamol qushni uyoqdan-buyoqqa otar, biroq chinkaptar bo‘sh kelmay asta-sekin oldinga siljirdi.
Ro‘paradagi qirg‘oqqa yaqinlashgani sayin qanot qoqishi tezlashnb, siltovlarining kuchi qirqildi. Chinkaptar toliqib, holdan keta boshladi.
Shamol astoydil qarshilik ko‘rsatgani uchun undan qasd olayotganga o‘xshar, kaptarning qanotlarini qayirib, cho‘ktirib yubormoqchidek chirpirak qilib uchirardi.
Dumi cho‘ltoq, qanotlari loyga belangan kaptar xuddi chag‘alayga o‘xshab ko‘rinardi.
U hatto chag‘alaydek tepadan pastga sho‘ng‘ib uchardi ham. Yangi havo to‘lqini yon tomondan urilib, bir chetga surib, orqaga uloqtirib yubordi.
Chinkaptar taqdirga tan berib, ortiq kurashmay qo‘ydi, so‘nggi kuchini to‘plab suvga qulab tushmaslik uchun shamol yo‘nalishi bo‘ylab jon-jahdi bilan ucha boshladi.
Shamol uni shu qadar chirpirak qilib tashladiki, hatto qanotlari suvga urilib ketdi, keyin yuqoriga ko‘tarib, qirg‘oqqa otdi, baland, sertuproq jarga parchinlab tashladi.
Chinkaptar yo‘g‘on ildizga mahkam yopishgancha uzoq dam oldi, keyin kamarlardan yurib, yuqoriga chiqdi-da, cherkov tomonga yo‘rg‘aladi, faqat binoga yetishiga. Oz qolganda yerdan ko‘tarilishga jur’at etdi.
Ivib, loyga belanib, holdan toygan kaptar nihoyat gumbaz ostiga yetib oldi.
Ertasiga deraza oldiga kelgan mahbusning yana kaptarga ko‘zi tushdi. U yanada horg‘in, bechorahol ko‘rinardi.
Patlaridagi eski qoramtir dog‘lardan tashqari qizg‘ish loy yuqi paydo bo‘lgan edi.
Kaptar uchun kecha tayyorlab qo‘yilgan non ushoqlari hali ham deraza tokchasida yotardi. Mahbus ikkinchi tavaqaning darchasini ochib, nonlarni havo o‘tkazgich oralig‘idan turtib chiqara boshladi.
Nonni ko‘rgan chinkaptar deraza oldiga uchib keldi.
Mahbus xuddi gunohini yuvmoqchi bo‘lgandek kaptar to‘yguncha non berdi.
Shu lahzadan boshlab kaptar har kuni ertalab va kechqurun deraza oldiga uchib keladigan bo‘ldi.
Havo o‘tkazgichning tor oralig‘idan non bo‘laklarini faqat bitta-bittadan tashlash mumkin edi.
Tez orada kaptar shu qadar dovyurak bo‘lib ketdiki, hatto mahbus nonni uzatishini kutmasdanoq havo o‘tkazgich oralig‘iga tumshug‘ini tiqib, yemishni o‘zi olib qo‘ya qolardi. Mahbus tumshug‘idan ushlab olganda ham hurkmas, faqat norozilik bilan boshini silkitardi, xolos.
Kuz kunlarining birida hovlida aylanib yurganida qamoqxona orqasida kimdir qo‘ng‘iroqdek ovoz bilan ashula aytdi:
«Transval! Transval! Vatanim mening.
Sen hamon o‘t ichida yonursan».
Ovozning tiniqligiga qaraganda qo‘shiqni qiz bola aytayotganga o‘xshardi.
Qizchaning ovozi ozodlikni, o‘g‘lini yana yodiga soldi, ko‘pdan beri bolaning isini olmagan, ovozini, qo‘shig‘ini eshitmagan mahbus poshnasini taqillatmay ohista yurib ashulaga quloq solishga urinardi.
To‘satdan yana bir ijrochining ovozi eshitildi. Kimdir hushtak chalib, xonandaga jo‘r bo‘lardi.
Mahbus sayr paytida to‘xtash qat’iyan man etilganini unutib, turgan joyida qotib qoldi.
U bunchadik yoqimli hushtak ovozini sira eshitgan emas.
Odam bolasi shunday hushtak chalishi mumkinligiga aql bovar qilmasdi. Xuddi yuksak-yuksakda parvoz etayotgan ajib bir qush qo‘shiqning kuyini bilib olib, uni hayratomuz, tiniq ohanglar bilan shu qadar boyitib yuborgan ediki, nafasnni ichiga yutib tinglagisi, tinglayvergisi kelardi kishining.
To‘ng‘ich o‘g‘lim oqsoch mo‘ysafid,
Allaqachon o‘ldi jangda.
Kenjam esa o‘n uch yoshida
Talabgor bo‘ldi jangga,—
deya nola qilardi qizaloq, so‘ng hushtak jo‘rligida avjga chiqardi. Bu qo‘shiqda beadad insoniy g‘ussa hamda chinakam ehtiros mujassam edi.
Mahbus qo‘shiq tugagandagina bir joyda to‘xtab turgani-ni sezdi va shoshib nazoratchiga yuzlandi.
Qamoqxonadagi uzoq yillik xizmati mobaynida yuzida bironta insoniylik nishonasi qolmagan nazoratchi og‘zini ochib o‘tirar, mahbusni ham, xizmatini ham unutib, bir nuqtaga tikilgancha o‘ychan kulimsirardi.
O‘shandan buyon bu qo‘shiq mahbusning miyasiga quyilib qoldi. U ashulaning so‘zlarini bilmas, xonaning u burchagidan bunisiga yurarkan, yod bo‘lib qolgan kuyni hushtakda to‘xtovsiz chalardi.
Oradan bir necha kun o‘tsa-da, qo‘shiq hamon quloqlari ostida jaranglab turar, muttasil ta’qib etishini qo‘ymasdi.
Xonada hushtak chalish man etilgan edi.
Nazoratchilar uni kartser***ga tiqib qo‘yishlarini aytib, po‘pisa qilishsa ham u hushtak chalishini qo‘ymadi. Ko‘p o‘tmay bu kuyni chalish uning odatiga aylandi, mahbus eshitilar-eshitilmas hushtak chalishni o‘rganib oldi. Nazoratchilar ham uni o‘z holiga qo‘yishdi.
Bir kuni hushtak chalib turib, kaptarga non berayotganda qush uning kuyini tinglayotgandek tuyuldi. Ko‘ngliga kaptarni faqat shu quyni chalib turib donlashga o‘rgatish kerak, degan o‘y keldi.
Shundan keyin mahbus kaptarga non berayotganda albatta «Transval»ni chalishni kanda qilmaydigan bo‘ldi.
Agar kaptar hushtak ovozi eshitilmay turib ichkariga tumshug‘ini tiqsa, mahbus uni jazolar, tumshug‘idan tutib olib, panjaraning orqasida bo‘yni cho‘zilgancha qimir etmay turishga majbur qilardi. Tez orada chinkaptar ehtiyotkorlikni o‘rganib, xuda-behuda yoriqdan tumshug‘ini suqmaydigan bo‘ldi.
Endi mabodo boshqa xonaga o‘tkazib yuborishsa ham, mahbus uni bemalol chaqirib olishiga amin edi.
Chinkaptar tez et qo‘ya boshladi. Deraza oldiga uchib kelgach, endi ilgarigidek shumshayib turmas, balki patlari-ni tozalab o‘ziga oro berar, yon-veriga vaqtixushlik bilan ko‘z tashlardi.
Deyarli har kuni bo‘z kaptarcha ham u bilan birga uchib kelardi.
Qushlarning do‘stligi mahbusga qattiq ta’sir qilib, qiziqtirib qo‘ygan edi. Mahbus ikkinchi kaptarni ham uncha-muncha boqar, biroq uni o‘ziga o‘rgatish mushkul edi — bo‘z kaptarcha havo o‘tkazgichga yaqin kelmas, faqat chinkaptarning qorni to‘yganidan keyingina unga ham bir nechta non bo‘lagi tegib qolardi.
Chinkaptar gumbaz ostida yashardi. U o‘zining burchakdagi joyiga o‘rganib qoldi, lekin hali ham to‘daga qo‘shilib ketolmas, o‘zini chetga olib yurardi.
Havo ochiq kunlari uyqu oldidan kaptarlar tomga yig‘ilganida u bir chetga o‘tib turardi. Qorni to‘ygach, u hech qachon to‘ppa-to‘g‘ri gumbazga qarab uchmas, oldin to‘daga borib qo‘shilar, kaptarlar qo‘nalg‘aga yo‘l olganidan keyingina orqalaridan ergashardi.
Endi u ham xuddi yovvoyi kaptarlardek eng qisqa yo‘llarni tanlab, shundoqqina tomlar tepasidan pastlab uchardi. Allaqachon dumi o‘sib, uchish osonlashgan bo‘lsa-da, u hali biron marta ko‘kka parvoz etgani yo‘q. Daryodan oshib o‘tish paytidagi xatarli parvozdan keyin u o‘ziga ishonchini yo‘qotgan, chinkaptarligini unutib qo‘yganga, o‘xshardi.
Qish qattiq keldi; dam-badam qor ko‘chib, bo‘ron turardi. Kaptarlarning holi tang bo‘lib qoldi. Hatto ko‘pni ko‘rgan, qari kaptarlar ham kamdan-kam don topib yeyishardi. Navqiron va ojiz kaptarlar butunlay och qolib ketishdi. To‘da siyraklasha boshladi.
Faqat chinkaptar muhtojlik nimaligini bilmasdi. Uning kundalik ozig‘i tayin edi.
Bo‘z kaptarcha ham boshqalarga qaraganda farovon kun kechirardi. Ochlik uni havo o‘tkazgichga yaqin kelishga majbur qildi, ichkaridagi sharpalardan unchalik cho‘chimay qo‘ydi.
Ulg‘ayib, kuchga to‘lgan kaptarcha endi rasmana kaptarga aylandi. Kulrang patlari tovlanib, bo‘yni va qanotlarida yorqin, yashil patlar o‘sib chiqdi.
Endi istagan kaptar unga bemalol ozor beraveradigan kunlar butunlay orqada qoldi.
Hatto bir kuni to‘dadagi eng urishqoq oq qanot kaptarga javob qaytarishga jur’at etdi.
Hammadan oldin tuxumdan chiqib, yozi bilan kuchga to‘lgan oq qanot barchaga zo‘ravonlik qilar, undan hatto ba’zi bir ko‘pni ko‘rgan kaptarlar ham cho‘chishardi.
Oradan bir yarim oy o‘tdi. Chinkaptar odatdagidek deraza rahida o‘tirib, yemish berilishini kutardi. Havo o‘tkazgichning yorig‘ida non uvog‘i ko‘rinsa-da, ichkaridan sekin chalingan, elas-elas hushtak ovozi eshitilmaguncha joyidan qimirlamadi.
Kuy yangrashi bilan chinkaptar yoriqqa tumshug‘ini tiqib, nonni ilib oldi. Uning yonida turgan bo‘z kaptar qachon o‘ziga navbat kelishini kutib, sherigining xatti-harakatini diqqat bilan kuzatardi.
Chinkaptar birdan yutib yuborolmaydigan kattaroq bo‘lak chiqib qolsa, nonni deraza rahiga urib maydalar, bo‘z kaptar atrofga sochilib ketgan uvoqlarni terib yerdi.
Ziyofat ayni qizigan paytda ko‘k kaptar uchib keldi-yu, darrov jangga kirishdi.
Chinkaptar bilan sherigi kaltak tushishini kutmasdanoq deraza tokchasini jangsiz bo‘shatib berishdi. Ko‘k kaptar. uchib borib, chinkaptarning og‘zidagi katta nonni yulib oldi-da, yamlamasdanoq yutib yubordi. Mahbus uni haydash uchun qo‘l siltadi, biroq ko‘k kaptar ko‘pni ko‘rgan, panjara orqasidagi odamlardan hurkmay qo‘ygan edi. U bezbetlik bilan ko‘zlarini chaqchaytirib turardi. Bo‘z kaptar uni bir oz kuzatib turgach, to‘daga borib qo‘shildi.
Chinkaptar joyidan jilmadi. U ovqatlanishni istar, shu bois ko‘k kaptar deraza rahini bo‘shatishini kutardi. Lekin ko‘k kaptar ham uchib ketishni xohlamas, u ham ovqat berilishini poylardi.
Mahbus chaqirilmagan qo‘noqni uchirib yuborolmasligiga ko‘zi yettach, unga «pora berishga» qaror qilib, deraza rahidagi chinkaptarga tayyorlab qo‘ygan nonni tashqariga bitta-bittalab tashlay boshladi.
Ko‘k kaptar yalintirib o‘tirmadi, u non bo‘laklarini ilib olib, dam olmay liqqa-liqqa yutardi. Bir zumda jig‘ildoni bo‘rtib chiqdi, mahbusning maydalab qo‘ygan noni tugadi. Ko‘k kaptar havo o‘tkazgich oldida turib, yana ovqat berilishini talab qilardi. Mahbus non maydalashga kirishdi. Kaptarni tezroq to‘ydirish uchun nonni katta-katta ushatdi.
Kaptar nonni ortiqcha qiyinchiliksiz, xuddi bir yildan beri och yurgandek ishtiyoq bilan yerdi. Ushatilgan non tugadi. Havo o‘tkazgichning yorig‘idan kirgan sovuqdan mahbusning qo‘li qotib qoldi, biroq kaptar hali ham to‘ydim demasdi. Non bo‘laklari endi tomog‘idan osongina liq etib emas, balki sekin, qiynalib, to‘xtab-to‘xtab o‘tardi. Kaptar haddan tashqari zo‘riqqanidan gardanidagi patlari tikkayib ket-sa-da, bir amallab nonni yutardi-yu, yana tumshug‘ini cho‘zardi.
Uning joni azobda bo‘lsa-da, oxirgi bo‘lak non tomog‘iga tiqilib qolmaguncha insofga kelmadi. . Kaptar bo‘g‘zidagi nonni qzytarib tashlab, lapanglagancha pari ketdi, deraza rahining u chetiga borib qo‘nqaydi.
Mahbus alamidan ingrab yubordi. U derazani taqilla-tar, qo‘llarini, shapkasini silkitar, biroq kaptar qanotlarini yoygancha ichkaridagi odamning hatti-harakatlariga parvo qilmas, yeganlarini hazm qilish bilan ovora edi.
Ko‘k kaptar umrida birinchi marta shunday maishat qilgan bo‘lsa kerakki, endi g‘oyat mamnunligini, bu mehmondo‘st maskan unga ma’qul kelganini namoyish etmoqchidek yonveriga viqorli boqardi.
Ro‘para tomondagi peshtoqdan och qolgan chinkaptar mo‘ltirab turardi.
Mahbus alamidan burnini tishlagudek bo‘lar, kaptarlar-ga qaramaslikka urinib xonada uyokdan-buyoqqa yurardi. Oradan bir soat o‘tib, u kaptarni xayolidan chiqarib yuborgan bir paytda deraza taqilladi. Mahbus cho‘chib o‘girildi. Ko‘k kaptar havo o‘tkazgich oldida turar, yaqindagina non uzatilgan yoriqqa ajablanib tikilganicha, xuddi ko‘zlariga ishongisi kelmayotgandek ora-chora tumshug‘i bilan panjarani taqillatib qo‘yardi.
Shu kundan e’tiboran ko‘k kaptar bu derazani o‘zining xususiy mulkiga aylantirib oldi.
Garchand o‘shandan keyin kaptar bu yerdan biron narsa topib yemagan bo‘lsa-da, yaqindagi ziyofatning xumori tutar, kuniga bir necha bor deraza rahiga uchib kelishini kanda qilmasdi. To‘daga qo‘shilib hovlida izg‘ib yurgan paytida ham u derazani ko‘zdan qochirmas, chinkaptar havo o‘tkazgich oldiga yaqinlashishi bilan g‘azabga minib uning yoniga uchib kelardi.
Mahbus bu kaptarni xuddi azaliy g‘animidek yomon ko‘rar, biroq qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Chinkaptarning holi tang bo‘lib qoldi. Ochlikdan sillasi quriy boshladi. Onda-sonda mahbusning qo‘lidan olgan uvoqlar unga yuq ham bo‘lmasdi.
Ochlik uni yana to‘daga qo‘shilishga majbur qildi. Asta-sekin u ham sherigining tumshug‘i tagidagi donni tortib olishni o‘rgandi. Chinkaptar to‘dadagilarning orasida eng ko‘rimsizi edi, lekin uning qanotlari keng bo‘lib, tez orada ko‘pchilik uning zarbasini totib ko‘rdi. Bora-bora u yovvoyi kaptarlarning hamma xulq-atvorlarini o‘rganib, to‘daga elakishib ketdi.
Qish oyoqlab, quyosh deyarli har kuni derazadan mo‘ralay boshladi. Ko‘m-ko‘k yuksak osmonda oppoq parqu bulutlar suzib yurar, deraza ortida qushlar tez-tez parvoz etishardi. Qayerdandir xonaga kirib qolgan pashsha ertadan kechgacha o‘zini oynaga urib joni halak.
Deraza orqasidan ko‘k kaptar xuddi og‘ir yotgan bemordek cho‘zib-cho‘zib, qattiq ihragani eshitilardi. Uning yoniga xud-di o‘ziga o‘xshash semiz, ko‘kish moda kaptar uchib keldi. Nar birdan jonlanib, boshini havolatgancha ko‘ksini shishirib uning orqasidan ergashdi.
Endi gumbaz ostida kecha-kunduz shovqin-suron tinmay qoldi. Qanotlarning tarsillab urilishi, qisqa-qisqa, zardali g‘uvillash muttasil eshitilib turardi.
Qishni birga tinchgina o‘tkazgan kaptarlar birdaniga aqldan ozganga o‘xshar, bir-biriga tashlanib, qanotlari bilan urishar, patlarini yulishardi. Qishi bilan tinchib qolgan joy janjali qaytadan avj olib ketdi. Gumbaz osti torlik qilib, joylar qaytadan bo‘lina boshladi. Uya qurish mumkin bo‘lgan har bir burchak jangu jadal bilan egallanar va kuni bo‘yi bir necha bor u juftdan bunisiga o‘tib turardi. Garchand qishi bilan siyraklashib qolgan bo‘lsa-da, gumbaz ostida kaptarlarning yarmiga joy topilmadi.
Chinkaptar bilan bo‘z kaptar ikkovi o‘z uyalarini muhofaza qilib, barcha xurujlardan dahlsiz saqlashdi.
Mahbus kechasi shovqin-surondan uyg‘onib ketdi. Qamoq-xonaning poydevori nurab, qulab tushayotgandek tuyulardi.
Ertalab u oyoq uchida turib, daryoga ko‘z tashladi. Daryo xuddi ikki qirg‘oq o‘rtasiga tiqilib qolgan bahaybat mahluqqa o‘xshar, endi chuqur jardan chiqib ketishga yo‘l axtarar, tangachalarini shitirlatib, ohista oldinga siljirdi.
Mahbus daryoga qarab turgan paytda deraza rahiga chin-kaptar kelib qundi. Qish bo‘yi u butunlay o‘zgarib ketibdi. Yuvib taralgan patlari xuddi qordek yiltirar, bo‘yni kumushdek tovlanardi. Orqasiga to‘lib turgan uzun qanotlarining uchi o‘sib ketgan keng quyrug‘iga kelib tutashgan edi.
Ko‘k kaptar yo‘gidan foydalanib mahbus uni tezroq boqmoqchi bo‘ldi.
Chinkaptar ham shoshilar, mahbusping qo‘lidan nonlarni tortib olardi.
Ular o‘z ishiga shu qadar berilib ketishdiki, hatto raqib uchib kelganini sezmay qolishdi. Ko‘k kaptar pastlab ulgurmasdanoq chinkaptarga tashlandi. Chinkaptar o‘zini himoya qilishga urindi-yu, biroq raqibi es-hushini yig‘ishtirib olishiga imkon bermay uzui, qattiq, xuddi mixdek o‘tkir tumshug‘i bilan cho‘qilar, patlarini yulardi, keyin gardanidan tishlab oldi-da, deraza rahining narigi chekkasiga sudrab ketdi.
Mahbus qo‘llarini silkitar, derazani taqillatar, biroq arzandasining joniga ora kirolmasdi.
Ko‘k kaptar raqibini deraza rahining narigi chekkasigacha sudrab borgach, pastga qarab itqitdi, uning tumshug‘i-da chinkaptarning bir tutam pati qoldi. Og‘zi patga to‘la ko‘k kaptar mahbusga nafrat to‘la ko‘zlarini qadagancha kibr bilan gerdayib o‘tdi.
To‘satdan yana deraza rahiga chinkaptar kelib qo‘ndi. U raqibini qurashga da’vat etib, jahl bilan g‘uv-g‘uvlardi. Hamon og‘zidagi patlarni tashlamagan ko‘k kaptar chinkaptarga tashlandi. Lekin bu safar chinkaptar uni o‘ziga yaqin yo‘latmadi. Raqibi sal beriroq kelgach, qanotini yozib, boshiga tarsillatib urdi. Ko‘k kaptar bunday zarbani kutmagan shekilli, boshini saraklatgancha orqasiga tisarildi, keyin darrov o‘zini o‘nglab oldi-da, yoniga o‘girilib qanotini ishga soldi. Oq bilan ko‘k qanot tarsillab bir-biriga urildi. Biroq endi chinkaptar raqibidan ustun keldi. Uning qanoti yovvoyi kaptarnikiga qaraganda baquvvat, uzun edi. Shu bois qanoti bilan to‘xtovsiz savalayverdi. Uzun, keng quyrug‘i orqadan suyab, pishang vazifasini o‘tardi. Ko‘k kaptar asta-sekin deraza oldidan chekina boshladi. Ko‘p o‘tmay ular deraza rahining chetiga borib qolishdi, biroq endi imtiyozlar almashdi. Chekinishning imkoni qolmagach, ko‘k kaptar jang usulini o‘zgartirdi. Yana raqibiga tashlanib, tumshugini ishga solishga intildi.
Chinkaptar esa qurolini o‘zgartirmay, hamon qanoti bilan tapsillatib urardi.
Ko‘k kaptar tikka bostirib kelaverdi. Har bir zarbadan keiin u faqat boshini saraklatar, kahrabo tusli sarg‘ish ko‘zlari g‘azabdan qonga to‘lib ketgan edi. Qadam-baqadam oldinga yurarkan, u chinkaptarni rahning narigi chekkasiga surib bordi. Endi u qulay imkoniyatga ega bo‘lib oldi. Chinkaptar chekinadigan joy qolmagan, o‘zini himoya qilol-masdi.
Ko‘k kaptar oldinga tashlangan edi, u par etib ko‘ta-rildi-da, raqibining ustidan oshib, boshqa tomonga o‘tib qo‘ndi. Ko‘k kaptar ne mashaqqat bilan qo‘lga kiritgan imtiyozdan mahrum bo‘ldi.
Chinkaptar yana bemalol orqaga chekinish imkoniga ega bo‘ldi. Jang qaytadan boshlandi.
Chinkaptar orqaga chekina turib, hali toliqmagan qanoti bilan raqibini savalayverdi.
Ko‘k kaptarning bir ko‘zi oqib tushdi. Lekin u shunda ham tikka bostirib boraverdi.
Deraza rahining oxirigacha chekingach, chinkaptar yana usulini o‘zgartirdi, raqibining narigi tomoniga o‘tib, boshqa qanotini ishga soldi. Ko‘k kaptar hamon hujum qilar, biroq endi sustkashlik bilan o‘zini kaltakdan himoya qilmay harakatlanardi. Yo‘lning yarmiga yetganda u to‘satdan boshini qattiq chayqab, orqasiga tisarildi, keyin to‘xtab, bechorahollik bilan tipirchilay boshladi.
Mahbus uning ikkala ko‘zi oqib tushganini, kaptar butunlay ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rdi.
Chinkaptar raqibining yoniga chopib keldi-da, gardaniga yopishdi.
Jussasi kichik oq kaptar, o‘zidan katta raqibini deraza rahining chetiga sudrab bordi-da, pastga itqitib yubordi. Keyin dumini yoyib, tomog‘ini shishirdi-da, qattik g‘uv-g‘uvlagancha anchagacha uyoqdan-buyoqqa yurdi.
Mahbus ham xonani aylanib chiqishga tayyor edi. U g‘olibni bor-yo‘q narsasi bilan syylashni istardi. Biroq chinkaptar hadeganda o‘zini bosib ololmay, kam ovqatlandi. Ba’zan nonni og‘ziga olardi-yu, yutishni unutib, qattiq g‘uv-g‘uvlagancha aylana boshlardi.
Mahbusning tanish kuyni chalishi ham foyda bermadi. Kaptar kuyga quloq solmasdi. U boshini keskin orqaga tashlab, xuddi modaga xushtorlik qilayotgandek ko‘ksini oldinga chiqarib oldi. To‘satdan u hushyor tortib, bo‘ynini cho‘zgancha titrab ketdi.
Daryobo‘yi ustida kaptarlar to‘dasi uchib yurardi. Oq, sarg‘ish, chipor kaptarlar keng doira yasab, bezavol o‘ynagancha yayrab parvoz etishardi.
Chinkaptar o‘rnidan ko‘zg‘alib, qattiq qanot qoqdi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
VI
Bu yil bahor erta keldi. Bir haftaga qolmay qorlar erib, yo‘llar selgib qoldi. Janub tomondan bir necha kungacha muttasil esib turgan shamol daryodagi muzlarni sindirib, bulutlarii shimol tomonga surib ketdi.
Ertalab ko‘tarilgan quyosh, xuddi bahor endigina yarimlaganini unutib qo‘yganday yozdagidek qizdira boshladi. Kurtaklari bo‘rtgan qayin, qoratol, sambittollar xuddi po‘stlog‘i ostiga suv yugurib, gupurishga quloq solayotgandek tek qotib turishardi.
Daryoning narigi pastak qirg‘og‘idagi tol novdalarida xuddi semiz, sertuk qurtga o‘xshash gul ko‘rinib, osongina to‘zib ketuvchi sarg‘ish chang bilan qoplandi. Uylarning bo‘g‘otlarida chumchuqlar chirqiray boshladi. Hali selgib ulgurmagan ko‘chalarda tovugu xo‘rozlzr donlab yurishardi. Xo‘rozlar bekor laqillashar, beto‘xtov sayrashar, xuddi sehrlangandek ko‘kka tikilib, shishadek tiniq, harakatsiz ko‘zlarini niliy osmondan uzishmasdi. Befarq tovuqlar esa ularning atrofida o‘ralashar, ivigan go‘ngni titkilab, shishgan urug‘larni terib yeyishardi. Qish chiqib, Vorobushkin bugun birinchi marta kaptarxonasining oshigini ochdi. Chin-kaptarlar birin-ketin tomga tushishdi. Qishi bilan torgina, nnmqorong‘i uyada siqilishib yotgan kaptarlar birinchi marta kun ko‘rayotgandek yorqin nurdan ko‘zlari qamashib, qisilardi.
Vorobushkinning yaqin do‘sti va yordamchiyei qorako‘z, jingalaksoch Mitka tomdagi kaptarlarni hurkitib yubordi.
Kaptarlar havo.ga ko‘tarilib, bir marta aylavishdi-da, darrov pastlay boshlashdi.
To‘qligu turg‘unlikdan semirib ketgai kaptarlar og‘ir-lashib, bzlandlikdan qo‘rqadigan bo‘lib qolishg‘an, shu bois faqat uyaning tepasidagvna aylanishardi. Mitka tomda turib irg‘ishlar, qo‘lmdag‘i lattani silkitar, barmoqlarini og‘zziga tiqib, hushtak chalardi. Pastdz turgan o‘n chog‘li og‘aynisi haybarakallachilik qidishardi. Biroq kaptzrlar tomga qo‘nishga ijozzt berilishini kutib, bolakayning boshi tepayeida ermnchoqlik bilan uchib yurishardi. Mitka endigina pastga tushishga shaylangan paytda og‘aynilari barobariga chuvvos solishdi.
— Tez berkin! Aygoqchi!
Mitka cho‘kkalab, tepaga alangladi.
To‘dadan juda ham yukszkda oq kaptar aylanib yurardi.
— Chinkaptar, chinkaptar, tezroq tush,— deya shoshirishdi bolalar.
— Faqat chinkaptargina shunday kjsak parvoz etishi mumkinligi Mitkaga ham ayon edi. Kaptar g‘ira-shira ko‘zga chalinardi. Bolalar shoshadasha bostirma tagiga yashirinishdi. Mitka ham darrov tomdan tushdi.
Chinkaptar hamon qushlar galasining tepasida aylanar, pastlashni xayoliga ham keltirmasdi. U kaptarlardan ko‘z uzmay hayratomuz epchillik bilan bemzlol charx urar, istagan tomoniga qarab parvoz etardi.
Notznish kaptarni ko‘rib to‘da birdan jonlandi. Chinkaptar xuddi oq kalxatdek qushlarning ustida uzoq aylanib yurdi, keyin qanotlarini juftladi-da, havoni shuvillatib kesganchz birdan to‘daning o‘rtasida paydo bo‘ldi, chapak chalgandek qanotlarini tapillatib, oldinga intildi. Kaptarlar barobariga uning orqasidan ergashdi.
Bolalar bu manzarani nafaslarini ichiga yutib kuzatishardi.
Joriy etilmagan qoidaga binoan birovning tutib olingan kaptari asirga tushgan hisoblanar, tovonsiz qaytarib berilmasdi. Lekin bu kaptar daryoning naryog‘idan uchib kelgan. Daryobo‘yilik kaptarbozlar ushlab olgan kaptarlarini hech qachon shaharliklarga qaytarib bergan emas. Shaharlik kaptarbozlar bilan daryobo‘yiliklar o‘rtasida azaliy adovat bor edi. Ikkala tomondagilarning ham begona to‘daga qo‘shilsa-da, uyasini adashmay topadigan kaptarlari bor edi.
Ko‘pincha bundaylar qo‘lga yaxshi o‘rgatilmagan, yosh kaptarlarni boshlab ketardi. Tajribasiz qushlarni tutib olishar va ular ko‘lga tushirgan kishining mulkiga aylanardi. Ayniqsa ataylab uchirilgan «ayg‘oqchi»ni ushlab olish katta sharaf edi.
Bolalar begona kaptarni xassoslik bilan kuzatisharkan, uni allaqachon o‘z katagiga qamalgan deya xayol qilishardi.
Hatto Vorobushkin ham ishini tashlab, ustaxona ostonasida paydo bo‘ldi, biroq bolalar barobariga chuvillashib, jon-jahdlari bilan shu qadar qo‘l siltashdiki, u darrov orqasiga tisarilib, ochiq eshikdan mo‘raladi. Kaptarlar endi qo‘nishni xayoliga ham keltirmas, boshqa joydan kelib qolgan chinkaptardan oshib ketishga qasd qilgandek, tezkorligu abjirlikda musobaqalashardi.
— Boshlab ketadi, xudo haqqi, kaptarlarni galasi bilan olib ketadi,— dedi xavotirga tushgan Mitka.
Oq kaptar hozircha hech qayoqqa yo‘l boshlamas, to‘daga qo‘shilib aylanarkan, asta-sekin yuqoriga ko‘tarildi. Kaptarlar itoakorlik €ilan uning orqasidan ergashishdi.
— Shaharliklar uchirishgan. Otib tushirish kerak edida uni. Kaptarlarning boshini aylantirib, boshlab ketadi!— Bostirma tagidan chopib chiqqan bolalar biri olib, biri qo‘yib chuvillay boshlashdi.
Vorobushkin ham chidab turolmay tashqariga chiqdi. Lekin endi u ham begona kaptarni haydab yuborolmasdi. Kaptarlar shu qadar yuksakka ko‘tarilib ketgan ediki, ehtimol u yerdan Vorobushkin yerga ko‘mib qo‘yilgan kichkinagina qora qutiga o‘xshab ko‘rinsa ajab emas. Qora Mitka so‘nggi chorasini ishga soldi. U qanotlari bog‘langan moda kaptarni tomga qo‘yib yubordi. Bu kaptarni yaqinda tutib olishgani uchun hali jufti yo‘q edi, qochib ketishidan xavotirlanib, to‘daga qo‘shib uchirishmasdi.
Ko‘kda yurgan to‘da yangi kaptarni ko‘rib pastlaydi, degan umidda uni tomga qo‘yib yuborishdi. Biroq to‘dadagilar ko‘kka ma’yus boqqan kaptarni ko‘rmay parvoz etishardi. To‘satdan begona oq kaptar qanotlarini shalviratgancha chir aylanib, pastga sho‘ng‘idi.
Xuddi o‘zlarining chinkaptarligi shundagina esiga tush-gandek, boshqalari ham chir aylanib, uning orqasidan ergashishdi. Hatto eng semiz, lapashang kaptarlar ham undan qolishmaslikka intilib, loaqal bir necha marta umbaloq oshishga urinishardi.
Oq kaptar har gal yanada yuksakka ko‘tarilib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lar, bir joyda qotib qolardi-da, keyin xuddi tosh-dek pastga otilardi.
— Bir, ikki, uch… to‘rt…— hayratdan dong qotgan bolalar sanoqdan adashib, jimib qolishardi. Eng tiyrak ko‘z ham kaptarning harakatlari-yu, umbaloq oshishlarini kuzatib ulgurolmasdi.
Hatto kaptar jonini asrolmaydigan, hozir yerga urilib, chilparchin bo‘ladigan vaziyatda ham abjirlik bilan qanotlarini yozar, xuddi kamonning o‘qidek tikka ko‘kka ko‘tarilardi.
Yalanglikdagi boladar es-hushidan ayrilib turishar, bo‘yni uvishib, ogrisa ham kaptardan ko‘z uzisholmasdi.
Ularning yonida turgan Vorobushkinning qo‘llari musht bo‘lib, xuddi sakrashga chog‘langandek paylari tarang tortilgan edi. Uning qorakuya tekkan qop-qora peshonasini ter bosdi. Hamisha qattiq qimtilib, so‘ljayib turadigan lablari ochilib, og‘zining atrofini tilimlab tashlagan quyuq chiziqlar yozilib ketdi.
— Ana qushu mana qush! Bunday chiroyli kaptarni olish uchun oxirgi ko‘ylagingni sotsang ham arziydi, — dedi Vorobushkin allaqanday dardchil ohangda, keyin to‘satdan oppoq tishlarini ko‘rsatib kulimsiradi.
Bu asnoda Vorobushkin shu qadar g‘aroyib ahvolda ediki, chinkaptar bolalarning xayolidan ham ko‘tarilib ketdi. Ular bu antiqa odamning kulganini birinchi marta ko‘rishdi. Vorobushkin bolalarning yonida qaddini g‘oz tutib, ko‘zlari chaqnagancha yosharib turar, kunda ko‘rib, bilib yurgan odamlariga sira o‘xshamasdi. Shu bois bolalar unga cho‘chinqirab boqishardi.
Bolalarning hayratomuz chehralariga ko‘zi tushgan ba-haybat kimsa birdan sergak tortib, es-hushini yig‘ishtirib oldi. Yuzini yorishtirib turgan tabassumdan asar ham qolmadi» Yana lablari so‘ljayib, og‘zining atrofida chuqur botgan chiziqlar paydo bo‘ldi, odatdagidek, qaddi bukchaydi. Faqat quyuq qoshlari ostidan boqqan ko‘zlari yana bir oz charaqlab turdi.
— Yaxshi kaptar ekan,— dedi u odatdagi gapirish tarzida.
— U baribir chilparchin bo‘ladi. Bunaqalarning doim dabdalasi chiqib ketadi,— dedi bolalardan biri.
Nihoyat, kaptarlar bir-bir tomga qo‘na boshlashdi. Oq kaptar eng oxirida uchib keldi. U charchagan bo‘lsa-da, sherik-laridan ko‘ra bir tekis nafas olardi. Tomga qo‘nishi bilan u g‘uv-g‘uvlab, kaptarlarni yoniga chorladi. Qanotlari bog‘langan chipor moda uning atrofida girdikapalak bo‘la boshladi.
Oq kaptar dumini yoyib, qattiq g‘uv-g‘uvlagancha uning orqasidan ergashdi.
— Xali jufti yo‘q ekan,— degan qarorga kelishdi bostirma tagida turganlar.
Kaptarlar uyaga kira boshlashdi. Tomda begona oq kaptar bilan chipor modagina qoldi, xolos.
Chinkaptar undan bir qadam orqada qolmas, dumini bo-sib olgudek yopishib yurar, dumi bilan tomni supurib, tinimsiz g‘uv-g‘uvlardi.
Katta-katta qizg‘ish xolli chipor kaptar navozish bilan o‘zini olib qocharkan, mehmonni ichkariga da’vat etardi.
Oq kaptar eshik oldida to‘xtab, yerbag‘irlab yotdi-da, to chipor qaytib.chiqmaguncha ovozini baralla qo‘yib nola qildi.
Eng bardoshli bolalarning ham toqati toq bo‘ldi.
— U ichkariga kirmaydi,— deya bir-birini ishontirish-ga urinishardi ular.
— Bu Sukovaning kaptari.
Daryobo‘yida savdogar Sukova xonimning mashhur chin kaptarlarini hamma bilardi. Uning kaptarlari birovlarning kaptarlariga yaqin yo‘lamasdi. O‘siq qoshlari ostidan boqqan ko‘zlarini chinkaptardan uzmay turgan Vorobushkin:
— Bu kaptar yaqin orada ko‘lda bo‘lganga o‘xshamaydi,— dedi.— Bupaqa oppoq patda baribir barmoqlarning izi qoladi.
Chinkaptar kuni bo‘yi eshik oldida turdi, biroq ichkariga qadam bosmadi. Kechqurun esa shahar tomonga uchib ketdi.
Ertasiga hali kaptarxonaning eshigini ochib ulgurishmay u ustaxona tomida paydo bo‘ldn.
Keyin kuni bo‘yi modalarning orqasidan ergashib yurdi, faqat kechga yaqin ichkariga ko‘z tashlashga jazm etdi. Chinkaptar kaptarxonaga kirar-kirmas orqasidan eshik yopildi.
Kaptar jonholatda orqaga tashlandi, temir panjaraga yopishgancha uni qanotlari bilan tarsillatib ura boshladi.
Kuni bilan poyloqchilik qilgan Mitka mushukdek abjirlik bilan tomga chiqdi-da, kaptarni ushlab oldi. Shu zahoti ogaynilari yugurib kelishdi. Asir qushni ushlab ko‘rish ishtiyoqidagi o‘nlab qo‘llar oldinga cho‘zildi. Kaptarni taomiliga binoan obdan ko‘zdan kechirishdi: tumshugi bilan qanotining uzunligini o‘lchashdi, panjalarini qarab chiqishgach, dumidagi patlarni erinmay bir-birlab sanashdi.
Bir necha qayta sanab chiqishgach, Mitka chinkaptarning dumida yigirma ikkita katta pati borligini e’lon qildi. Ularning uyasidagi bironta kaptarning dumi buncha-lik katta emasdi.
Asirni katakka solib, chipor modani qo‘shib qo‘yishdi.
Dastlabki kunlari chinkaptar bir joyda hurpayib tura-verdi, erkinlikning xumori tutganidan chiporga qayrilib qaramadi ham. Chipor esa yolgizlikdan zerikdi, xomush hamrohining atrofida o‘zi girdikapalak bo‘la boshladi, in qurish uchun burchakka poxol tashishga tushdi. Ko‘p o‘tmay narning kayfiyati o‘zgardi, to‘xtovsiz g‘uv-g‘uvlab, in qurishga ko‘maklasha boshladi.
Ikki haftadan keyin uyada ko‘kimtnr tuxum paydo bo‘ldi. Chinkaptar inining atrofida gerdayib yurarkan, tuxumga g‘urur bilan qarab qo‘yardi.
Bolalar to jo‘ja ochishmaguncha chinkaptarni katakdan chiqarmaslikka qaror qilishdi, biroq ko‘pdan beri kaptarxonaga egalik qilmay qo‘ygan Vorobushkin katakni ochib yuborishii talab qila boshladi.
— Shunday qushni qamoqqa tiqib qo‘yish uyat. Kechqurun chiqarib yuborish kerak, kechasi hech qayoqqa uchib ketmaydi…
Katakni ochib qo‘yishdi. Chinkaptar chipor bilan tashqariga chiqdi. Tomning eng tepasiga ko‘tarilib, yonma-yon qo‘nishdi-da, patlarini tozalashdi, shu topda ular kun botishiga mahliyo bo‘lib boqishayotganga o‘xshashardi.
Bostirma tagida ulardan ko‘z u.zmay turgan kaptarxona egalari yengil tortishdi. Chinkaptar uchib ketadiganga o‘xshamasdi.
To‘satdan xuddi oldindan kelishib olishgandek ikkala kaptar barobariga parvoz etdi, shu zahoti ularning orqasidan qo‘lga o‘rgatilgan kaptarlarni uchirishdi. Bu kaptarlarni ehtiyot shart ushlab turishgan edi.
Kaptarlar qo‘shilib ketishdi va kichkinagina to‘da ko‘kda parvoz eta boshladi. Pastdagilarga kaptarlar ko‘z ilg‘amas iplar orqali bir-biriga bog‘langanu biroq galma-galdan bir-birini uyoqdan-buyoqqa surib, turli tomonga tortib ketishayotgandek tuyulardi.
Azaldan kaptarxonada yashaganlari o‘z makonlariga tortishardi. Uyoqda har birining o‘z uyasi, jo‘ja ochish umi-dida tuxum bosib yotgan juftlari bor. Shu bons kaptarlar uyasidan uzoqlashib ketmay shundoqqina kaptarxona tepasida uchishga harakat qilishardi. Oq kaptar esa ipni daryo tomonga, shaharga qarab tortardi. U qapot qoqqancha oldinga o‘tib oldi va chipor bilan boshqa kaptarlarni orqasidan ergashtirib ketdi. Kaptarlar uning orqasidan bir oz uchib borgach, iziga qaytishdi. Nihoyat, ko‘zga ko‘rinmas ip tarang tortilib uzildi-da, to‘da ikkiga bo‘lindi.
Qochoqlarning orqasidan uchirilgan kaptarlar qaytib kelishdi.
Chinkaptar daryo tomonga, to‘ppa-to‘g‘ri suvog‘i ko‘chib ketgan katta gumbazga qarab uchdi. Chipor uning orqasidan ergashdi. Bolalarning yarim kechagacha kaptar uchirishlaridan biron naf chiqmadi.
Qochoqlar qaytib kelishmadi.
— Iniga baribir qaytib kelishadi,— deya bolalarga tasalli berishga urindi Vorobushkin.
Chinkaptar juftini gumbazga boshlab keldi. Chipor itoatkorlik bilan unga ergashib uchardi. Faqatgina gumbaz-ga kiraverishda ikkilanib turib qoldi. Qorayib turgan tuynukdan shovqin-suron, zardali guv-guvlash, qanotlar-ning bir-biriga tarsillab urilishi eshitilardi.
Chinkaptar bamaylixotir tuypukdan o‘tganini ko‘rib, bemalol ichkariga sakradi. Gumbaz ichkarisiga kirgach, vahi-maga tushib, qaltiray boshladi. Yuzlab katta, qoramtir kaptarlar g‘uv-g‘uvlab, urishishardi.
Chinkaptar bu ulkan, yevuz qushlarning orasida yayrab yurardi.
U qadrdon burchagiga yetay deb qolganda sinashta do‘sti bo‘lmish bo‘z kaptar yo‘lini to‘sib chiqdi. To chinkaptar es-hushini yig‘ib olguncha bo‘z kaptar qanoti bilan bir urib, tahdidli g‘uv-g‘uvladi. Yonida turgan notanish ko‘k moda xuddi uning xatti-harakatini ma’qullayotgandek bosh irg‘ay boshladi. Bir lahzadan keyin ikkita qanot bir-biriga tarsillab urildi. Sobiq do‘stlar xuddi bahor kezlari inini qo‘riqlab, modasini himoya qilayotgandek, jon-jahdlari bilan olishardi.
Chinkaptar nihoyat raqibini gangitib qo‘ydi. Surobi to‘g‘rilangan bo‘z kaptar jang maydonini tashlab qochdi. Ko‘k moda ham u bilan birga ketdi.
Hammayog‘i yumdalab tashlangan chinkaptar og‘riqni his etmasdi. U g‘uv-g‘uvlab, tinimsiz aylanardi. Yonidagi chipor esa qo‘rquv to‘la dum-dumaloq, qora ko‘zlarini yovvoyi kaptarlardan uzmasdi.
Chinkaptar tong otguncha uxlamadi. U yana gumbaz ostiga qaytib kelganidan terisiga sig‘mas, sira o‘zini bosib ololmasdi. U qorong‘ida ham bo‘z kaptar o‘ziga moslab qurgan, lekin jang paytida shikastlangan uyani tuzata boshladi. Chipor ham uxlagani yo‘q. U gumbaz ostidagi chinkaptar kirib olib, birinchi kechani o‘tkazgan o‘sha burchakka tiqilgancha shovqin-suronga jimgina quloq solardi. Chiporga bu badfe’l, qora qushlarning o‘ziga hech qanday yaqinligi yo‘qdek tuyulardi.
Yigirma kunlik tanaffusdan keyin chinkaptar yana qamoqxona derazasida paydo bo‘ldi.
Derazaning qishda qo‘yilgan qavatini olib tashlab, havo o‘tkazgich o‘rniga yana darcha o‘rnatilgan edi.
Mahbus qishi bilan kaptarga o‘rganib qolgan edi, u g‘oyib bo‘lgan dastlabki kunlarda yuragi qattiq siqildi. Keyin boshqa tashvishlar ko‘payib, kaptar xayolidan ko‘tarilib ketdi.
Qamoqqa har kuni yangi odamlarni olib kelishar, ularning ko‘pchiligi daryobo‘yiliklar — zavodlarning ishchilari, mahbusning safdosh og‘aynilari edi. Kechasi devor juda ham sekin tiqirlar, mahbuslar devor orqali telefondagidek yangiliklarni xabar qilishardi.
Mahbus shu zayl ommaviy qo‘lga olishlar, muvaffaqiyatsizlikka uchragan ish tashlash, xoinlik haqida xabar topdi.
Sotqinning kimligi ham aniqlandi. Bu asl daryobo‘yilik, inqilob uchun bir necha bor qamoqda yotgan, lekin hamisha suvdan quruq chiqqan kishi edi. U sir saqlay oladigan, ishonchli odam hisoblanardi. Endi tashkilot boshliqlari qamoqqa olingach, sharoit taqozosi bilan sotqinning rahnamo bo‘lib qolish ehtimoli bor edi. Tor-mor etilgan tashkilotning qolgan-qutgan odamlari yoppasiga jandarmlar qo‘liga tushdi.
Qamoqda yotgan har bir odam tashqaridagilarga o‘zini fido qilib, sotqinning kimligini yetkazishga jon-jon deb rozi bo‘lardi-yu, biroq bunga imkoniyat yo‘q edi. Unga sari odamlar qiynalishar, ko‘zlariga uyqu kelmas, ovqat-lanishdan bosh tortishar, so‘roq paytida asabiylashib, nazoratchilar bilan janjallashishardi.
Boshqa payt bo‘lganda mahbus kaptarning qaytib kelganidan terisiga sig‘may ketardi. Biroq hozir so‘nggi kunlardagi voqealar ta’sirida qushga parishonlik bilan ko‘z tashladi-da, odati bo‘yicha non maydalashga tushdi.
Qish ichi mahbus butunlay o‘zgarib ketgan: qoqchakak yuzi semirib, ilgarigi keskin qiyofasini, yonoqlaridagi qizillikni yo‘qotgan, ko‘z ostlari xaltalashganidan yuzi battar ifodasiz, shishinqiraganga o‘xshab ko‘rinardi. Soqoli ham endi yasamadek tuyulmas, unga qarilik nuqsi urgan edi.
Deraza oldiga kelgan mahbus oq chinkaptarning yonidagi chipor qushni ham ko‘rdi. To‘satdan mahbusning barmoqlari titrab ketdi. Shishinqiragan, zahil yonoqlariga qon yugurdi. U ola-bula moda kaptarni birinchi marta ko‘rishi, ilgari bu yerlarda sira uchratgan emas, demak oq kaptar uni birovning kaptarxonasidan ergashtirib kelgan, yana uyasiga qaytsa ajab emas. Titroq barmoqlar darchani hadeganda ocholmadi.
Kaptarlar odamdan qochmas, shundoqqina mahbusning tumshug‘i tagida aylanib yurishardi. Mahbus chinkaptarning oppoq patlariga muhrlanib qolgan barmoq izlarini aniq ko‘rdi. Bu narsa kaptar bir necha bor kimlarningdir qo‘lida bo‘lganidan dalolat berardi. Mahbus kaptarlarni bir amallab xonasiga olib kirish fikriga tushdi. U non ushoqlarini shundoqqina darcha oldidan boshlab ichkariga qarab sepib chiqdi. Chinkaptar tashqaridagi nonlarni yeb tugatdi-da, derazaning panjarasiga yetgach, ikqilanib to‘xtadi, boshini qiyshaytirgancha dam ichkaridagi non ushoqlariga, dam juftiga qaradi. Chipor chinkaptarni bamaylixotir kuzatib turardi. Nihoyat chinkaptar darcha panjarasiga oyoq qo‘yib, ichkariga mo‘raladi. Uning bu harakati juftiga xuddi ogohlantirishdek ta’sir qildi. Chipor birdaniga qanot qoqib, uchib ketdi. Darchaga qo‘nib turgan chinkaptar ham qanotlarini panjaraga urgancha uning orqasidan ergashdi. Mahbus kaptarlarning qamoqxona ustida aylanganini, keyin chipor daryo tomonga yo‘l boshlab, hash-pash deguncha ko‘zdan g‘oyib bo‘lishganini kuzatib turdi.
Chipor uyasiga oshiqardi. Tomga kelib qo‘nishi bilan u kaptarxonaga kirib ketdi. Chinkaptar esa tashqarida qoldi, U qopqa oldiga kelib, jur’atsizlik bilan ichkariga mo‘ralagancha juftini chaqirar, biroq ostonadan xatlashga yuragi dov bermasdi.
Chipor qaytib chiqmadi. U kaptarxonaga kirib ketgani-dan keyin bir necha daqiqa o‘tgach, uyada yana bitta tuxum paydo bo‘ldi. Shu bo‘yi u tuxum bosib yotaverdi. Chinkaptariing chorlashlariga mayin ovozda javob qaytarardi-yu, biroq iniii tark etmasdi. Chinkaptar tomda qosh qorayguncha turdi. Faqat kech kirgandan keyingina gumbaz ostidagi ne hasratda qo‘lga kiritgan uyasi tomonga uchib ketdi.
Chinkaptar ertasiga yana odatdagi vaqtida deraza rahida paydo bo‘ldi.
Mahbus non ushoqlarini derazaning ichkari tomoniga tashlab, darchani ochdi. Xuddi kechagidek kaptar panjaraga qo‘ndi-yu, biroq ichkariga kirishga yuragi dov bermadi. To‘satdan xonada hushtakda ijro etilgan tanish kuy yangradi. Kaptar panjaradan tushib, xonaga kirdi.
Betoqatlanganidan mahbusning oyoq-qo‘li titray boshladi. Lekin kaptarni ushlab olishga oshiqmadi, xushtak chalgancha bir-bir bosib, unga yaqinlashdi, Bir ozdan keyin kaptar hushtak sadolari ostida nonni uning qo‘lidan olib yeya boshladi. To kaptar el bo‘lguncha mahbus uning orqasini siladi. Kaptar norozilik bilan guv-g‘uvlar, biroq xurkmas, qo‘ldan chnqpb ketishga urinmasdi ham.
Oradan yarim soat o‘tgach, qorni to‘ygan chinkaptar Vorobushkinning kaptarxonasiga kelib qo‘ndi. Uning qanoti ostida naycha qilingan xat bor edi. Bir ozdan keyin chinkaptar tomda aylana boshladi, shundoqqina kuragi ustida kapalak nusxa qilib bog‘langan bir parcha latta ko‘rinib tu-rardi.
Mitka chinkaptardan ko‘zini uzmas, qopqaga bog‘langan tizimchani ushlab turgan barmoqlari titrardi. Ustaxonadan kastryul ko‘tarib chiqqan Vorobushkin kaptarga qarab, yelkasini qisdi.
— Shunaqa ajoyib kaptarning egasi ahmoq ekan! Kaptar mushuk yoki kuchukmidiki, latta bog‘lab bezasa.
Chinkaptar tomda uzoq aylanib yurdi, keyin kaptarxonaga yaqin borib, shundoqqina qopqaning ro‘parasida qotib qoldi. U turgan joyida kechgacha qimir etmaslikka, qanday bo‘lmasin ichkariga kirib ketgan juftini ko‘rishga qasd qilganga o‘xshardi. Mitka chiporni inidan oldi-da, qanotlarini bog‘lab, tomga qo‘yib yubordi. Chinkaptar o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay chirpirak bo‘lib aylana boshladi. Chipor nazokat bilan qadam tashlar, narning to‘xtovsiz, g‘uv-g‘uvlashiga ingichka ovozda qisqa-qisqa javob qaytarardi.
Hayajonning hovri bosilgach, kaptarlar tomning eng tepasiga chiqib borishdi. Ular to‘xtovsiz bosh irg‘ashgancha tumshug‘i bilan bir-birini silab-siypalashardi. Pastdan qaraganda ular bir-birini o‘z yo‘rig‘iga solish uchun uzundan-uzoq behuda suhbat qurishayotganga o‘xshashardi. Ba’zan chinkaptar parillab o‘rnidan qo‘zg‘alar, chiporga qanotlari tekkudek bo‘lib, kaptarxona ustida parvoz etardi. Chipor o‘rnidan ko‘zg‘alib, bo‘ynini cho‘zar, qanotlarini rostlardiyu, joyidan jilmasdi.
Chinkaptar ucha-ucha yana uning yoniga kelib qo‘nar, chipor bosh irg‘agancha narning bo‘ynini silar, patlarini tarab tekislar, erkalovchi ohangda eshitilar-eshitilmas g‘uv-g‘uvlagancha bitta-bitta qadam tashlab, ichkariga yo‘l boshlar, dam-badam to‘xtab, yana bosh irgar edi. Chinkaptar juftidan orqada qolmay eshik oldigacha kuzatib borar, biroq ostonaga yetganda tosh qotardi. Keyin ikkalasi barobariga bir-biri-ni chaqira boshlardi.
Chinkaptarning yana kaptarxonaga kirishini poylab, cho‘kkalab o‘tirgan Mitka hatto qattiqroq nafas olishga ham qo‘rqardi. Bu gal uni qo‘lga tushirsa, uni to tuxum ochilmaguncha kataqdan chiqarmaydi,
Oq kaptar uzoq-uzoq g‘uv-g‘uvlar, bo‘ynini cho‘zib, ichkariga mo‘ralar, tez-tez eti seskanib, sim to‘siqqa ko‘z qirini tashlagancha joyidan jilmasdi. Uni kuta-kuta toqati toq bo‘lgan chipor yana tashqariga chiqardi.
Bu tortishuv kechgacha davom etdi. Nar bir necha bor ko‘kka qarab qanot qoqdi, chipor bir necha qayta noumid bo‘lib ichkariga kirib ketdi. Qopqaga boglangan tizimchani ushlab turgan bolalar necha qayta joy almashishdi. Ustaxonadan chiqqan Vorobushkin jahl bilan to‘ng‘illagancha chinkaptarni gapga ko‘ndirishga urinardi.
— Ha, nima qilib turibsan? Nima bor ekan u yerda? Iningga kirsang-chi. Bekordan-bekorga uchaverasanmi? Bola ochish kerak.
Lekin uning gaplari kaptarga ta’sir qilmas, hafsalasi pir bo‘lgan Vorobushkin ustaxonaga kirib ketardi. Chipor oxirgi marta iziga qaytib, uyquga yotganda qosh qorayib qolgan edi. Oq kaptar qorong‘ida yo‘lida uchragan narsalarni zo‘rg‘a ilgab, gumbaz tomon yo‘l oldi. Har kuni shu hol takrorlanar, biroq chipor kun sayin ko‘proq tuxum bosar, juftining huzuriga ahyon-ahyonda chiqardi.
Boshqa kaptarlar in qurish, tuxum bosish bilan mashg‘ul edi, faqatgina chinkaptar tomda g‘aribgina mungayib kunni kech qilardi. Uni poylash joniga tekkan bolalar Vorobushkindan tuzoq qo‘yishga izn so‘rashdi.
— Tuzoq qo‘yganinglar nimasi, uzoq qochaman deb, o‘zini mayib qilishi mumkin…— deya e’tiroz bildirdi Vorobushkin.
Kaptar unga juda ham yoqib qolgan, tomosha qilib to‘ymasdi.
Bu kaptarning xatti-harakatini tushunib bo‘lmasdi. U yonidan xoh xonaki kaptarlar, xoh yovvoyilari uchib o‘tmasin, birdek jonlanib ketardi. Hatto bir safar Vorobushkin uning yolgiz o‘tiraverib zerikkanidan yovvoyi kaptarlar to‘dasiga qo‘shilib donlab yurganini ham ko‘rdi. Bir marta bandi bo‘lganidan buyon u katakka yaqin yo‘lay demasdi. Agar qanotida kapalaknusxa tuguncha bo‘lmasa, Vorobushkin uni allaqachon qo‘ldan chiqib, yovvoyilashib ketgan deb hisoblar edi.
Bu orada kimdir yechilib ketgan tugunchani bir marta qayta hafsala bilan bog‘lab qo‘ydi, lekin egasi shunday ajoyib kaptarning qadriga yetmas, uni o‘z holiga qo‘yib, kuni bilan boshi oqqan joylarda tentirab yurishiga izn berardi.
Vorobushkin kaptarlarning turini yaxshi biladi. Uning katagida bu qushga teng keladigan uchqur kaptarning o‘zi yo‘q. Vorobushkin uni qo‘lga o‘rgatishni orzu qilar, biroq kun sayin umidi puchga chiqib, oxiri butunlay hafsalasi pir bo‘ldi-da, kaptarni tomga yaqin yo‘latmay haydashni buyurdi.
— Bizga bunaqa bezorining keragi yo‘q. Yovvoyi kaptarlarga qo‘shildimi, tamom, endi u chinkaptar emas, uni kaptarxonaga yo‘latmaslik kerak.
Endi chinkaptar tomga qo‘nishi bilan bolalar Vorobush-kinning buyrug‘iga binoan kesagu yog‘och otib haydashar, biroq u o‘jarlik qilib qaytib kelaverardi. Kaptarxonadan quvilgach, qo‘shni uylarnyng tomiga qo‘nadigan bo‘ldi. Chipor ko‘pdan beri uning chorlashlariga javob qaytarmas, katakka biqinib, qorasini ham ko‘rsatmas, oq kaptar esa har kuni loaqal bir necha lahzaga kaptarxonaga kelishni kanda qilmasdi. Tuxumdan chiqqan polaponlar temirqanot bo‘lib qolishgan, Vorobushkin bu tentiragan kaptar ularni yo‘ldan urib ergashtirib ketmasa edi, deya tashvishlanardi. Oq kaptardan kutulishning yo‘lini topolmagach, oxiri u bolalarga tuzoq qo‘yishni buyurdi.
O‘sha kuni kaptarxonaga kelgan chinkaptar nihoyat chiporni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uning yonida katta, ola-bula kaptar bor edi. Chinkaptar qattiq, da’vatkor g‘uv-g‘uvladi, lekin chipor unga qiyo ham boqmay yonidagi hamrohining boshidagi patlarini silab, tekislayverdi. Chin-kaptar ko‘kragini shishirgancha tahdid solib, ular tomonga yurdi. Chipor shosha-pisha o‘zini ichkariga urdi, ola-bula ham uning orqasidan juftakni rostladi. Vorobushkin chinkaptarning yuksak-yuksakka ko‘tarilib, ustaxona tepasida an-chagacha ohista suzib yurganini, keyin yonidan uchib o‘tayotgan yovvoyi kaptarlarga qo‘shilib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi. Shu kundan e’tiboran u kaptarxonaga dorimadi.
***
Katya bilan Samsonni shahardagilarning hammasi tanir, ularni istagan paytda ko‘cha-ko‘yda uchratish mumkin edi. Garchand hamma ularni aka-singil deb hisoblasa-da, tashqi ko‘rinishida sochining sariqligidan boshqa bir-biriga o‘xshaydigan hech qanday sifati yo‘q edi.
Un uch yoshiga nisbatan bo‘ychan, rangpar Samson xuddi ko‘zi ojiz odamdek oyoqlari bilan yerni paypaslab yurar, oppoq qoshu kipriklari orasida yiltiragan ko‘zlari tepadagi noma’lum nuqtaga muttasil qattiq tikilib turardi.
Past bo‘yli, tiqmachoq, sochlari oltindek tovlangan qizcha beo‘xshov akasidan butunlay boshqacha — tabiatan quvnoq, zuvalasi pishiq qiz edi. Tiyrak boqqan ko‘zlari ko‘chada yuz beradigan eng mayda-chuyda hodisalarni ham nazardan qochirmasdi.
Un yil muqaddam qamoqxonadagi cherkov ruhoniysining xotini o‘ldi. Uch yashar kasalmand bola bilan beva qolgan ruhoniy nima qilishini bilmay boshi qotdi. Cherkov qorovulining xotini Vasilisa joniga ora kirib, bolaga vaqtincha qarab turadigan bo‘ldi. Shu kezlari uning qizi Katya endigina bir yoshga to‘lgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, qorovul ichkilikka ruju qo‘yib, o‘lib ketdi, ruhoniy jinnixonaga tushdi — bolalar Vasilisaning qo‘lida qoldi.
Bolaga o‘rganib qolganidanmi yoki yugur-yugur tashvishlaridan cho‘chidimi, har qalay Vasilisa uni yetimxonaga topshirishga ko‘nmadi.
Bolalar birga ulg‘ayaverishdi. Ro‘zg‘or tebratish uchun Vasilisa birovlarnikiga borib ham, uyda ham muk tushib kir yuvardi.
Etti yoshgacha hamma Samsonni soqov bo‘lsa kerak, deb o‘ylardi. Uning poyintar-soyintar, g‘ayritabiiy g‘o‘l-dirashlarini faqat jimit Katyagina tushunardi. Vaqt soati kelib u ancha aniq gapira boshladi, shundagina uning duduqligi ma’lum bo‘ldi. Birovlarning oldida Samson butunlay g‘o‘ldirab qolar, bunday paytda Katya tilmochlik vazifasini o‘tardi. Akasini ko‘chadagi bolalarning haqoratlaridan himoya qilish zarurati tug‘ilib qolsa, Katya qora qoniga bedanguncha mushtlashardi. U ishonsa bo‘ladigan sinashta yo‘lboshchi bo‘lib, shaharning barcha kunjaklarini yaxshi bilar, hamma narsaga qiziqar, sepkilli tumshugini zarur joyga ham, zarur bo‘lmaganga ham suqaverardi. Samson unga inon-ixtiyorini topshirib, orqasidan ergashib yurardi. Lekin ba’zan Katyaning amriga itoat etmaydigan paytlari ham bo‘lardi.
Kuy eshitildi deguncha Samson birdan jonlanib, ko‘llarini ohangga moslab silkitar, yuzini burishtirib, yonoqlariga rang yugurardi. U xuddi sehrlangandek orkestrning orqasidan ergashib yurar, istagan sayyor cholg‘uchi bemalol olib ketishi mumkin edi. Lekin bu narsadan ham janjal chiqmasdi. Katyaning o‘zi ham quy-qo‘shiqni yaxshi ko‘rar, bironta deraza tagida soatlab turar yoki shahar bog‘idagi duxovoy orkestrning kuyini tinglash uchun panjara orasidan o‘tib ketaverardi.
Shu kunlarda shahar suronli hayot kechirardi. Bog‘larda, restoranlarda, ko‘cha-ko‘yda jangovar kuy-qo‘shiqlarni ijro etuvchi orkestrlar paydo bo‘lib qolishardi. Katya bilan Samson oxir xuftongacha ko‘chadan beri kelishmasdi. Vasilisa bolalarni koyir, jahl qilar, biroq hech yo‘rig‘iga sololmasdi. Narx-navo kun sayin oshar, boshi ishdan chiqmasdi. Samson har qanday eshitgan kuyni shu zahoti eslab qo-lardi. U juda ajoyib hushtak chalar, hushtak bilan kuylar-ning eng nozik ohanglarigacha bemalol ifodalay olardi. Bir kuni Samson Katyaga hozirgina eshitgan kuyini chalib berdi. Ularning atrofiga bir nechta tomoshabin yig‘ildi. Katya akasining yengidan tortqilay boshladi, biroq u hech narsaga e’tibor bermay hushtagini chalaverdi. Kuy tugaganda ularning atrofini tomoshabinlar qurshab olishgan edi. Samson uyalganidan qizarib-bo‘zarib, orqasiga tisarila boshladi. Shu payt kimdir uning oyog‘i ostiga sariq chaqa tashladi. Uning ketidan yerga bir nechta chaqa bilan bitta oppoqqina o‘n tiyinlik kelib tushdi.
Bolalar ajablanib bir-biriga qarashdi, keyin aqlu hushini yig‘ib olgan qizcha darrov yerdagi tangalarni terib oldi.
Shu kundan e’tiboran ular og‘izga tushishdi. Katyaning juda ham tiniq, jarangdor ovozi bor ekan, bir necha kun ichida bolalar ancha-muncha qo‘shiqlarni yod olib, ko‘cha-ko‘yda bemalol ayta boshlashdi.
Yo‘lovchilar, tasodifiy tomoshabinlar ularni bajonu dil chaqa-chuqa bilan siylashardi.
Tez orada artistlar jasur jangchiyu ofitserlar haqidagi qo‘shiqlar bo‘lakcha qadrlanishini bilib qolishdi. O‘sha kezlari bunday qo‘shiqlar ko‘p edi, bolalar ularni darrov yodlab olishdi.
Katya bilan Samsonning bu ishidan xabar topgan Vasili-sa ularni o‘lgudek savalayman, uydan haydab chiqaraman, qamab qo‘yaman, deb po‘pisa qilib ko‘rdi-yu, keyin yon berishga majbur bo‘ldi. Bolalar har kuni u bir hafta ishlab topganidan ko‘proq pul olib kelishardi. Ayniqsa «Transval» degan qo‘shiq juda ham mashhur bo‘lib ketdi.
Artystlarning o‘ziga bu qo‘shiq ko‘proq yoqar, so‘zlari ham tushunarli edi, shu bois uni ishtiyoq bilan tez-tez ijro etishardi.
Bir kuni kayfi oshib qolgan savdogar ko‘chada ularning qo‘shig‘ini eshitib qolib, har biriga bittadan besh so‘mlik tilla tanga berdi, keyin izvoshga o‘tqazib, rosa shahar aylantirdi, pirovardida eng yaxshi restoranga olib kirib, sahnadan ashula aytishga majbur qildi.
Bolalar bisotida bor qo‘shiqlarini bir necha qaytadan ijro etib, uyga juda kech qaytishdi, xavotirlanib o‘tirgan Vasilisaga shuncha ko‘p aqcha tutqazishdiki, u anchagacha pullar o‘g‘irlab olinmadimikin, deya xavotirlanib yurdi.
Shu kundan e’tiboran bolalar juda tez og‘izga tushib ketishdi. Eng yaxshi restoranda qo‘shiq aytishganidan keyin mayda-chuyda ko‘ngilochar muassasalar biri olib, biri qo‘yib ularni taklif eta boshlashdi. Endi ular faqatgina panja-ra orasidan o‘tish mumkin bo‘lgan shahar bogiga katta darvozadan kirib borishardi. Vasilisa allaqachon kir yuvishni bas qilgan, bolalarini o‘zi ishga kuzatib qo‘yardi.
Artistlarning bir yilgacha omadi chopdi-yu, keyin ishidan putur ketdi.
Yaqindagina odamlarni o‘ziga jalb etadigan qo‘shiqlar-ga endi birov quloq ham solmasdi. Ularni hatto kichkina restoranu pivoxonalarning ostonasiga ham yaqin yo‘latmay qo‘yishdi. Yana shahar bog‘iga borishdan boshqa iloj qolmadi.
Ko‘pincha tomoshabinlar ularning ashulasini oxirigacha eshitmasdanoq boshqa biron yangi qo‘shiq.aytishdarini talab qilishardi. Faqatgina ular sevib kuylaydigan «Transval» tufayli uch-to‘rt tanga tushib turardi. Bolalar yangi qo‘shiq-larni bilishmasdi. Vasilisaning joni chiqib ularni tekintomoq, yalqov deb urisharkan, oxiri qadimiy qo‘shiq kitobini topdi-da, bolalarga o‘rgata boshladi. Lekin bu qo‘shiqlar ommalashib ketmadi. Samson bilan Katya ilgari biron marta qadam bosmagan Daryobo‘yiga yo‘l olishdi. Daryobo‘yida bu qo‘shiqlar ortiqcha qiziqish uyg‘otgani yo‘q. Daryobo‘yiliklar Samsonning g‘aroyib hushtakvozligiga mahliyo bo‘lib bir lahza to‘xtashar, biroq qo‘shiq so‘zlarini eshitgach, jahl bilan tupurib, nari ketishardi.
Artistlar butun Daryobo‘yini aylanib chiqishdi, lekin hamma joyda udarni xuddi shunday sovuq kutib olishdi. Oxir-oqibat aka-singilni bir to‘da bola o‘rab oldi-da, hushtagu qiyqiriq bilan to ko‘prikkacha quvib borishdi, ustiga-ustak yana Daryobo‘yiga yaqin yo‘lashsa, o‘lgudek savalashlarini aytib, po‘pisa ham qilishdi.
Vasilisa yana kir yuvishga majbur bo‘ldi. Alamidan artistlarni tomga qamab, kuni bo‘yi ko‘chaga chiqmay kirlarni poylashni buyurdi. Bolalar bekorchilikdan zerikar, allaqachon o‘zlarining ham ko‘ngliga urgan ashulalarni takrorlashardi. Ko‘p o‘tmay yangi ovunchoq topilib qoldi. Qorovulxona tomiga kaptarlar kelib qo‘nishar, bolalar ularga non uvoq tashlab o‘tirishardi. Borgan sari kaptarlar ko‘proq uchib chiqardi-yu, to‘ppa-to‘g‘ri qorovulxona tomiga kelib ko‘nardi. Yakshanbayu bayram kunlari Vasilisa bandilarni o‘z mayliga qo‘yib berardi. Bolalar hovlima-hovli, bozorma-bozor yurib, kechqurun besh-o‘n chaqadan tashqari bir savat burda non bilan qotib qolgan bo‘tqa topib kelishardi. G‘amlab kelgan bu narsalar bilan ular hafta mobaynida kaptarlarni boqishardi.
Kaptarlarning hammasi yovvoyi, bir qaraganda bir-biridan farqi yo‘qqa o‘xshardi, lekin ko‘p o‘tmay Katya ularni ajratishni o‘rganib oldi. Katya gumbazda yashayotgan oq kaptarga ko‘pdan beri ko‘z solib yurardi. Bu kaptar sheriklaridan balandlab uchar, cherkov ustida yolg‘iz parvoz etar, umbaloq oshib pastlar edi.
Samsonning kaptarlarga uncha hushi yo‘q edi. Onasi ustidan qulflab qo‘ygan paytlarda bekorchilikdan zerikar, bir burchakka tiqilgancha bilgan kuylarini galma-galdan hushtakda chalib chiqardi.
Oq kaptar qorovulxona ustidan kuniga bir nechta marta uchib o‘tar, lekin tomga qo‘nmay, juda ham yuksakda parvoz etardi. Katya bu kuzda chordokda ko‘rgan kaptari ekaniga amin edi. Nihoyat, kaptar qorovulxona tomiga qo‘ngan paytda ko‘pdan zoriqtirgan qushni hurkitib yubormaslik uchun qimir etmay o‘tirdi.
Shundan keyin oq kaptar har kuni tomga qo‘nadigan bo‘ldi, biroq hamma yovvoyi kaptarlar qizga o‘rganib, bemalol chordoqqa kiraversa-da, faqat bu xonaki qushgina ehtiyotkorlik bilan chetlab yurar, ichkariga qadam qo‘yishga botinmasdi. Dastlab uni kuzda chordoqda ko‘rganman, deb o‘ylagan Katya oq kaptar tomga kelib qo‘nadigan bo‘lganidan buyon ikkilanib qoldi. Chiroyli, patlari ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq, ko‘pchigan, uzun dumli bu kaptar quzdagi patlari yulingan, cho‘ltoq qushchaga sira ham o‘xshamasdi.
Katyaning ko‘nglini cho‘ktiruvchi yana bir narsa ayon bo‘ldi: kaptarning qanotiga kapalak nusxa qilib latta bog‘lab qo‘yilgani bu qushning egasi borligidan dalolat berardi. Shunday bo‘lsa-da, baribir, u oq kaptarni yaxshi ko‘rar, nonning yaxshi bo‘laklarini unga ilinardi.
Qiziq kaptar hech qachon qo‘lga o‘rganmaydi, chordoqqa ham yaqin yo‘lamaydi, degan qarorga kelgan bir paytda to‘satdan qush unga el bo‘lib qoldi.
Katya kunduzgi ulushning oxirgi bo‘laklarini bergach, qorni to‘ygan kaptarlar bir-birlab tashqariga yo‘l olishdi. Burchakda o‘tirgan Samson past ovozda «Transval»ni hushtakda chalardi. Kutilmaganda oq kaptar bemalol ichkariga kirib, qizning oldiga keldi.
Dastavval Katya ko‘zlariga ishongisi kelmadi, hatto Samson. ham mudroqlikdan uyg‘onib, hayratdan angrayib qoldi. Hushtak ovozi tinishi bilan kaptar hushyor tortib, orqasiga tisarildi. Samson hushtak chalishi bilan u xotir-jam bo‘ldi-qo‘ydi. Oradan yarim soat o‘tgach, oq kaptar qizning tizzasiga chiqib, bemalol etagidagi non uvoqlarni terib yeya boshladi.
Katya kaptarbozlarning qo‘lga tushgan har qanday kap-tarni o‘ziniki hisoblab, qafasga solib qo‘yadigai udumi borligini bilmas, faqatgina arzandasining qanotiga kir latta bog‘lab qo‘yilganidan og‘rindi, xolos. Qizcha sochiga taqilgan qizil lentasini oldi-da, kir lattani yechdi.
Uning etagiga lattaga qo‘shilib, naycha qilingan qog‘oz tushdi.
VII
Vorobushkinning yalanglikdagi ustaxonasi atrofiga har kuni daryobo‘yilik o‘smirlar to‘planishardi. Keyingi paytlarda ikkita yog‘och o‘rindiq torlik qilib qoldi.
Bolalar tagiga g‘isht yoki taxta qo‘yib yerga joylashishar, kichikroqlari esa qari tolning pastki shoxlariga chiqib, chug‘urchuqlardek bir-biriga tikilib o‘tirishardi.
Ular yelkasini yelkasiga tirab, boshini boshiga qo‘ygancha doira hosil qilishgan, o‘rtadagi devorga suyanib ol-gan yagona yoshi katta odam — Vorobushknidan ko‘z uzishmasdi.
Ertaga bir necha kunga mo‘ljallangan ko‘p bosqichli «Kamo» degan o‘yin boshlanadi, buguncha bolalar Vorobushkinning Kamo laqabli mashhur Semen Arshakovich Petrosyan haqidagi hikoyasini tinglashyapti. Mitkaning qulog‘iga gap kirmandi: ertadai u jangovar drujinaga boshchilik qiladi. Bir soat oldin hamma bir ovozdan uni sardorlikka say-ladi, quvonganidan u hamon o‘zini bosib ololmas, yod bo‘lib ketgan gaplarni tinglashga sabri chidamasdi. Mitka xayoli-ni jamlash niyatida so‘zlovchining yuziga tikiladi. Bu qiyo-fani uch yildan beri har kuni ko‘radi. Dastavval xunuk tuyulgan chehraning badburushligi bora-bora sezilmaydigan bo‘ldi. Biroq bugun Vorobushkinning yuzi unga chiroyli, yosharib ketgandek ko‘rindi, uning gaplari Mitkaning qulog‘iga kirayotgani yo‘q. U xuddi Vorobushkinning suratini chizmoqchidek, yuzini sinchiklab ko‘zdan kechiradi.
Vorobushkin qoqchakak, yuzining terisi tarang tortilib, bir necha joyidan chuqur ajinlar tilimlab o‘tgan. Qachonlardir qoq ikkiga bo‘lingan burun sal qiyshiq bitgan, oqarib turgan jarohat izi burundan tashqari chap yonoqni ham kesib tushgan.
Mitka shu tobda bu chehraning nimasi o‘zgarganini bi-lishga intiladi-yu, lekin urinishi zoye ketadi. Xuddi odatdagidek, hech qanday o‘zgarish yo‘qdek tuyuladi. Faqatgina yonoqlariga bilinar-bilinmas yugurgan qizillikni ham dud bosgani uchun payqash qiyin, ko‘zlari esa… Vorobushkinning ko‘zlari sal chaqchaygan, katta-katta.
Bugun bu ko‘zlar tahdidli boqmas, balki hayajondan chaq-nab turibdi. Mitka yoshi ulug‘ do‘stini ilgari ham bir marta xuddi shunday ahvolda ko‘rgan.
Bahorda oq kaptar birinchi marta uchib kelib, kaptarxona tepasida umbaloq oshib uchganda u xuddi hozirgidek holatga tushgan edi.
To‘satdan va’zxon gapidan adashib, o‘zini sal orqaga tashladi-da, ko‘zlarini yumdi.
Uning qovoqlari xuddi parrandanikidek oldinga turtib chiqqan, dag‘al edi.
Vorobushkinning boshi ham to‘satdan allaqanday noma’lum qushnikiga o‘xshab qoldi. Shamoyili o‘zgargan burni ham egilib, tumshuq shaklini oladi.
Baribir bu qush bugun Mitkaga har qachongidek chiroyly tuyuladi. Birinchi marta qanday tanishishgani yodiga tushib, hikoya voqeasiga sira mos kelmaydigan joyda kulimsiraydi.
Vorobushkin gapini tugatib, bir nuqtaga tikilgancha o‘ylanib qoldi.
Tinglovchilar eshitgan gaplari ta’siridami yo Vorobushkin yana nimadir qo‘shimcha qiladi, deb o‘ylashganidanmi miq etmay turishardi. Biroq u lom-mim demadi, devorga suyangancha ko‘zlarini yumdi.
Shu payt bu hikoyani birinchi marta eshitayotgan bolalarning eng kichigi so‘rab qoldi:
— U kishi chiroyli bo‘lganmi… Kamo deganingiz?
Vorobushkin ko‘zlarini ochib, go‘yo savol bergan bolani qidirayotgandek hammaga bir qur nazar solib chiqdi.
— Bunday odamlarga qarab to‘ymaysan,— dedi o‘ta xotirjamlik bilan.— Boshqalarni chiroyli bo‘lishga majbur eta bilgan odamlar hamisha go‘zal.
— Bu nima deganingiz?— qiziqsinib so‘radi Mitka.
— Haligi uchib kelgan oq kaptar esingdami?
Mitka bosh irg‘adi.
— Uning kaptarxonadagi boshqa kaptarlardan farqi yo‘q. Osmonga ko‘tarilishi bilan undan ko‘zingni uzolmay qolasan, unga qo‘shilib boshqa qushlar ham bo‘lakcha uchishadi. Kamo ham shunaqa, chinkaptarga o‘xshagan odam.
— U kishi tirikmi? — deb so‘radi yana boyagi bola-kay.
Vorobushkin bolakay o‘tirgan shoxga ko‘z tashlab, huddi hamma narsaga mana shu go‘dak aybdordek jahl bilan gap qotdi:
— Tirik. Og‘ir jazoga mahkum etilganlar qamoqxonasida yotibdi.
Mitka Vorobushkinning chehrasidagi butun nafosat xuddi sidirib tashlangandek birdan yo‘qolganini aniq ko‘rdi. Uning yuzini zahar bosib, yoqimsiz tus oldi, hatto tirtig‘i chuqurlashib, yanada xunuklashib ketdi. Vorobushkin cho‘ntagini kovlashtirdi-yu, tamakisini topolmagach, usta-xonaga kirib ketdi.
Bolalar shivirlashgancha joylaridan jilmay o‘tiraverishdi.
To‘satdan bolalardan biri qichqirib, sokin suhbatni buzdi.
— Bolalar, kim kelganini qaranglar!
Yalanglikda, bolalardan sal narida Katya bilan Samson turardi.
Bolalar bir-biriga ko‘z tashlashdi, yaqindagina quvnb solingan malla artistlarning yana Daryobo‘yiga, ustiga-ustak ularning yalangligiga kelishga qanday botinishganiga aqllari bovar qilmasdi.
— Uchinchi marta bu yerga kelishga yuragi betlamaydigan bo‘ladi. Yaxshilab ta’zirini berish kerak.
Mitka bu gapni xuddi katta odamdek qat’iyat bilan aytib, shoshilmay o‘rnidan turdi.
Qaytib ko‘zimizga ko‘rinma deb ta’zirini berishganidan keyin ham Samson bilan Katyaning bu yerga kelishi bolalarning nazarida jazolanishi kerak bo‘lgan harakat edi.
Mehmonlar bolalarga qo‘rqqa-pisa ko‘z tashlashgancha yalanglikni chetlab, ustaxona tomon yurishdi. Habashdek qop-qorayib ketgan Mitka birinchi bo‘lib ularning yo‘lini to‘sdi. U yurayotgan joyida to‘xtagan Samsonga yaqin kelib, o‘dag‘ayladi:
— Xo‘sh?
Samsonning lablari oqarib, qoshi asabiy uchdi. U birov joniga ora kirishidan umidvor bo‘ldimi yoki qochishni mo‘ljalladimi, harholda yon-veriga alangladi, og‘irini bir oyog‘idan ikkinchisiga solib, joyidan jilmay turaverdi.
— Xo‘sh?— yanada tahdidliroq ovozda so‘radi Mitka, Katya oldinga o‘tdi-da, uning qo‘lini nari surib, Samsonni pana qildi. Yuziga sepkil toshgan malla qiz bilan xuddi habashdek qop-qora bola bir-biriga tumshug‘ini tiragancha turib qolishdi.
Mityaning orqasida lozim bo‘lsa yonini oladigan sinashta do‘stlari turishardi. Yaqindagina sardorlikka saylanganidan g‘ururga to‘lgan bola og‘aynilarining oldida obro‘sini tushirmasligi kerakligini yaxshi bilardi-yu, biroq nima qilishi lozimligiga aqli yetmasdi.
Qizcha esa xuddi chapdast mushtlashuvchidek oyoqlarini kerib, o‘ng qo‘lini musht qilgancha ro‘parasida chiranib turardi.
U orqasida yashirinib turgan ojiz, chorasiz jigarini himoya qilish uchun mushtlashishdan ham qaytmasligi shunn doqqina ayon edi.
— Nima deyilgani esinglardan chiqdimi?— dedi Mitka tahdidni davom ettirish niyatida.
— Nega yopishasan? Qoch, senga hech kim tegayotgani yo‘q!— deya uni yo‘ldan surib tashlashga urindi Katya.
— Nima, urishmoqchimisan?— Mitya ham uni turtdi. Bir necha daqiqagacha ular jon-jahdi bilan bir-birini turtkilashdi. Har kim ko‘proq kuchini ishga solishga urinar, yon berish xayollariga ham kelmasdi. Katya kutilgandan ko‘ra baquvvatroq ekan, Mitya uni joyidai qimirlatolmadi. Har bir turtkisiga javoban u o‘zinikidan ko‘ra kuchliroq zarba olaverdi.
Olishuv cho‘zilib ketdi. Bir gal qiz shunaqa turtdiki, yiqilib tushishiga sal qoldi. Orqadan piq etgan kulgi ovozi eshitilgach, Mitya nochor ahvolga tushib qolganini sezdi. Mitya bu malla qiz bilan jiqillashmoqchi emasdi. Aslida u qizning ashlovday hamrohi, asosiy hushtakbozning ta’zirini berib qo‘ymoqchi edi.
Agar hozir ro‘parasida o‘g‘il bola turgan bo‘lganida nima qilishi kerakligini o‘zi bilardi-ya.
Qiz bola bilan urishishni u hamisha uyat sanar, ayniqsa, bugun o‘ziga ep ko‘rmasdi.
Biroq unga bo‘sh kelish battar sharmandalik. Qiz yig‘lab yuborsa boshqa gap. Lekin raqibining yig‘laydigan siyoqi yo‘q. Hayajon va g‘azabdan qizning mag‘izdek qizarib turadigan yonog‘idan qon qochib, yuzidagi yakkam-dukkam, katta sep-killari yaqqol ko‘zga tashlandi.
Katya qizishib ketgaiidan mahkam tugilgan mushti bilan raqibini borgan sari qattiqroq turta boshladi. Mitya orqasiga o‘girilolmasdi. Hozir og‘aynilari istehzoli kulim-sirab turishganini yaxshi bilardi.
U o‘zini bosib, bu narsalarni hazilga yo‘ygancha obro‘sini saqlab, chekinishga qaror qildi. Qizning qattiq mushtiga javoban Mitya faqatgina uning burniga chertib qo‘ya qoldi.. Og‘aynilarining bu ishini ma’qullovchi kulgisi eshitilgan bir paytda sharaqlagan ovoz hovriga suv sepdi.
Qiz qulochkashlab turib uning yuziga tarsaki tushirdi. Bu safar tomoshabinlar xijolat bo‘lib o‘tirmay baralla kulib yuborishdi. Alamidan Mitkaning rang.i quv oqarib ketdi, u qizning adabini berib, Daryobo‘yidagilar qanday urishishini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. U endi o‘zini tiyishga majbur emasdi. Bu qiz o‘g‘il boladan yomon urishmas, tag‘in birinchi bo‘lib musht ko‘targan edi.
U o‘zini orqaga tashlab, kuchining boricha musht tushirmoqchi bo‘ldi. Biroq urolmadi — duddan qorayib ketgan, moy yuqi, yo‘g‘on, baquvvat barmoqlar bilagidan shappa ushlab oldi.
— Nega qiz bola bilan urishyapsan? Nega uni xafa qilyapsan?— Bolaning qulog‘i ostida Vorobushkinning do‘rillagan zardali ovozi eshitildi.— Qiz bola bilan urishadigan sendaqa zo‘rni qara-yu…
— O‘zi birinchi bo‘lib boshladi-ku…— dedi. Mitka o‘zini oqlab.
— Nega urishyapsan? Tag‘in qiz bola emish,— deya Katya-ni koyidi Vorobushkin.
— Men unga tekkanim yo‘q, o‘zi birinchi bo‘lib boshladi.
Vorobushkin sovuq nigohini Katyadan Mityaga ko‘chirdi va arzandasining chap yonog‘i o‘ngiga nisbatan qizarib ketganini, labining chetiga qon sizib chiqqanini payqadi. Qizcha hamon qo‘lini musht qilganicha yana hezlanib turardi.
— Nega buyoqqa kelding?— birdan unga zahrini sochdi Vorobushkin.— Nega kelding, deb so‘rayapman? Ashula aytib bermoqchimisan?
Samson Katyaning yengidan tortib, bu badjahl, qo‘r-qinchli odamning oldidan nariroq olib ketmoqchi bo‘ldi. Katyaning yuzi battar oqarib ketdi-yu, lekin joyidan qi-mirlamadi. Vorobushkin uning lablari pirpiray boshlaganini ko‘rib, darrov gap ohangini o‘zgartirdi.
— Urishmaslik kerak,— dedi u muloyimlik bilan.— O‘g‘il bolaning mushtlashgani yomon, qiz bolaning mushtlashgani butunlay sharmandalik. Buyoqqa kelmagin ham, urishmagin ham. Sening ashulalaringni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, tushundingmi? Endi to‘g‘risini ayt, qorning ochmi?— deb so‘radi u to‘satdan mehri tovlanib.
Uning yuzi endi qo‘rqinchli tuyulmas, hatto Samson ham yengil tortib, Katyaning qo‘lini qo‘yib yubordi.
Katya oldinga bir qadam tashladi-da, mushtini Vorobush-kinning naq tumshug‘i tagiga olib borib, barmoqlarini yozdi. Uning kaftida naycha qilingan kichkina qog‘oz parchasi bor edi.
— Oling, bu sizga,— dedi qiz sustkashlik qilayotgan Vorobushkinni shoshiltirib.
Vorobushkin qog‘ozni barmoqlarining uchi bilan chimdib olib, ko‘z yugurtirib chiqqach, xuddi esi og‘ib qolgan odamdek qizga merovsirab tikildi. Qizning qo‘lidan ushladi-da, churq etmay ustaxonaga sudrab ketdi.
Chetdan qaraganda bahaybat, qop-qora odamxo‘r qo‘lga tushirgan o‘ljasini uyasiga tortqilab ketayotganga o‘xshardi.
Katya unga zo‘rg‘a yetib yurar, biroq yuzida qo‘rquvdan asar ham yo‘q edi.
Ularning orqasidan hayajondan qaltirayotgan Samson lo‘killab borardi.
Uchchovlon yalanglikdagi bolalarni hayronu lol qilgan-cha ustaxonaga kirib ketishdi.
Samson bilan Katya ustaxonadan chiqishganda qosh qora-yib qolgan edi. Ular yolg‘iz emasdi. Habashdek qop-qora Mitka mehmonlarni marragacha kuzatib qo‘ydi. Bolalar go‘yo esini taniganidan buyon yaqin o‘rtoq bo‘lishgandek gapla-shisharkan, xuddi kattalardek qo‘l olishib xayrlashishdi. Qizcha chap qo‘lini uzatarkan, kulimsiradi. O‘ng qo‘li yana musht bo‘lib tugilgan, biroq endi u qora bolada dushmanlik hissini uyg‘otmas, aksincha, mehr bilan tikilib turardi.
Ertasiga tong yorishar-yorishmas jangovar drujina Daryobo‘yi etagidagi daraxtzorga yig‘ildi.
Bolalar bir soatcha kutishdi, lekin ularning yo‘lboshchisi Mitkadan darak bo‘lmadi. «Politsiya» daraxtzorni o‘rab olganda ular qo‘l ko‘tarib, muhlat so‘rashdi.
«Jandarmlar» «mirshab» bilan maslahatlashishgach, ularga bir soat muhlat berishdi.
Drujinadagilarning hammasi o‘z sardorini izlab chopib ketdi.
Ustaxonaning eshigiga qulf urilgan edi.
Bolalar yaqin atrofdagi ko‘chalarni aylanib chiqishdi, lekin na sardorni, na Vorobushkinni topisholdi. Ular noiloj daraxtzorga qaytib, boshliq qochib ketganini aytishdi.
Kurash qoldirilib, hamma barobariga qochoqni izlagani yo‘lga chiqdi. Sardor esa bu paytda daryoning naryog‘ida edi. U yovvoyi kaptarlarni tutmoqchiga o‘xshab, yopib qo‘yilgan qamoqxona cherkovi atrofida aylanishardi. Ibodatxona eshigi oldidan unga qamoqxona ro‘parasida langar tashlagan qayiq ko‘rinib turardi
Vorobushkin kechgacha suvga qarmoq solib o‘tirdi. Baliq qarmoqqa yaqin yo‘lamas, biroq baliqchi ovdan voz kechmas, suv betida qalqib turgan po‘kakka emas, qamoqxona tepasi-da uchib yurgan kaptarlarga tikilib o‘tirardi.
U dov-dastgohini yig‘ishtirgan paytda qarmoqqa umuman chuvalchang ilinmagani ma’lum bo‘ldi.
Bu faromushlik uni ajablantirib, kayfiyatini buzgani ham yo‘q.
Qayiqni qoziqqa bog‘larkan, allaqanday kuyni hushtakda xirgoyi qila boshladi, u kamdan-kam bunday kayfiyatga tushardi.
Shu payt ertalabdan beri o‘z sardorini izlab yurgan jangovar drujina Vorobushkinga duch keldi.
— Kamo qochib ketdi!— deya chuvvos soldi hayajonlangan bir necha ovoz.
Vorobushkinning qo‘lida zanjir tushib ketdi va jonsaraklik bilan orqaga o‘girildi.
— Bu gapni qayerdan topdinglar?— deb so‘radi Vorobushkin sovuqqina.
— Ertalabdan beri qidiramiz, hech qayerda yo‘q. Bilasanmi, Vorobushkin, biz o‘rmonda kutib turdik, lekin u kelgani yo‘q. Ustaxonaga borsak, qulf ekan.
Vorobushkin gapni oxirigacha eshitmadi, o‘girilib qa-yiqning zanjirini oldi-da, halqaga qulf solmoqchi bo‘ldi. Biroq qulf hadeganda mo‘ljalga ilinmadi, kalit ham hadeganda joyiga tushib, burala qolmadi.
Nihoyat, qayiqni bog‘lab qo‘ygach, u qaddini rostlab so‘radi:
— Demak, aldabdi-da? Endi nima qilmoqchisizlar?
— Biz boshqa sardor saylashga qaror qildik. Kamo do‘stlarini aldamaydi.
— Balki esidan chiqib qolgandir?
— Kamo hech narsani esdan chiqargan emas.
— To‘g‘ri qaror qilibsizlar,— deya ularning fikrini quvvatladi Vorobushkin.
Uyga qaytishayotganda ular Mitkaga duch kelishdi.
U ovdan ikki qo‘lini burniga tiqib kelardi. Omadsiz baliqchi bilan ovchi shodon ko‘z urishtirib olishdi.
Jangovar drujina to‘la-to‘kis holda ular bilan birga odimlardi.
Hech kim sardorga lom deb so‘z qotmadi, hatto uning pay-do bo‘lganini payqamaganga o‘xshashardi.
Vorobushkin bolalar bilan ustaxona yaqinida xayr-lashdi.
— Bugun kech bo‘ldi, ertaga kelinglar, qaroringlarni amalga oshiramiz.
Mitka oldin Vorobushkinga, keyin o‘z safdoshlariga nazar soldi, biroq Vorobushkindan sado chiqmadi, jangchy-lar esa o‘z boshligiga qarab ham qo‘ymay, burilib ketishdi.
— Biz seni… qochoq sifatida o‘zgartirishga qaror qildik,— deya tushuntirdi Vorobushkin bolalar nari ketishgach.
Mitka birdan yulqinib, bolalarning orqasidan yugurdi. Vorobushkin uni to‘xtatishga urinmadi ham.
Mitka yigirma-o‘ttiz qadam joygacha borib to‘xtadi. Ogaynilarining orqasidan bir oz tikilib turgach, shoshil-may iziga qaytdi. Vorobushkinning yoniga kelgach, cho‘ntagidan xuddi kecha Katya olib kelgandek naycha qilingan xat chiqarib katta kishilardek ma’noli kulimsiradi.
Vorobushkin xatni avaylab olarkan, uzoq vaqtlik do‘stligi badalida birinchi marta bolaning yelkasidan quchdi. Mitka boshini ko‘tarib Vorobushkinning yosharib, chiroyli bo‘lib ketganini ko‘rdi.
Ertasiga kechki payt Daryobo‘yining deyarli hamma bolasi o‘zlariga yangi boshliq saylagani ustaxona oldiga yig‘ildi. Ularning orasidagi sobiq boshliq gap-so‘zlarga qo‘shilmay o‘tirardi.
Jangchilar unga e’tibor berishgani ham yo‘q. Yangi sardor tanlab, har kimga vazifa taqsimlangan paytda ham u hech kimning esiga kelmadi.
Jizzaki, izzattalab Mitka bu ishlarni o‘ta xotirjamlik bilan kuzatib o‘tirardi. Vorobushkin unga bir necha bor ko‘z tashlab, yuzida na afsus, na ranjish ifodasini ko‘rdi.
Mitka bolalarning gaplariga astoydil kuloq solar, ora-chora roziligini bildirib, bosh irg‘ab qo‘yar, xuddi katta kishilardek, o‘zini bu yerda yuz berayotgan ahamiyatsiz voqealarga qiziqmayotgandek tutardi.
Mo‘ljallangan qiziqarli o‘yinni o‘ynash nasib etmadi. Ertalab daraxtzorga kelgan bolalar osib qo‘yilgan odamga duch kelishdi. U zavodda ishlaydigan, siyosiy qarashlari uchui bir necha marta qamoqda yotgan, butun Daryobo‘yiga tanil-gan kishi edi. Endi u ikki qo‘lini yoniga tushirib, tilini chiqargancha boshini qiyshaytirib turardi. Oq paxtasi chiqib ketgan shishadek yiltiroq ko‘zlari bilan u xuddi oyogi ostidan nimadir izlayotganga o‘xshardi.
Uning orqasiga «Iuda»**** deb yozib qo‘yilgan edi.
Politsiyachilar jasadni ko‘zdan kechirishgach, olib ketish-di va shu kuniyoq yana qamoqqa olishlar boshlandi.
Ertasiga ertalab, tong yorishar-yorishmas turli ovozlar-dagi gudok chalinib, ishchilar zavodga tomon oqib kela boshladi. Lekin odamlar bugun qo‘ltig‘iga tugunchalarini tiqib yugurishmas, xuddi bayramdagidek ohorli kiyinib, bamaylixotir yurishardi.
Odamlar korxona darvozalari oldida to‘dalashib, yurol-may to‘xtab qolishdi.
Saf oralab har xil gap-so‘z, qichqiriqlar eshitila boshlandi.
— Ish tashlaymiz! Qamoqqa olinganlarni chiqarib yuborishmaguncha ish boshlamaymiz!
Zavod egalari o‘sha kuniyoq jandarmeriya polkovnigining Huzuriga kirishdi.
Rangi zahil, turqidan kasallik yog‘ilib turgan polkovnik ularni o‘tirishga taklif etarkan, kulimsirab so‘radi:
— Ha, tashvishga qoldinglarmi?
Zavod egalari uch kishi edi. Ularning eng semiz, eng betoqati xuddi bu savoldan qattiq haqoratlangandek qizarib, yo‘g‘on gavdasiga yarashmagan ingichka ovozda chiyilladi:
— Biz armiya uchun, mudofaa uchun ishlayapmiz! Shoshilinch buyurtmalar olganmiz, siz ishchilarni qamab, g‘alva chiqaryapsiz, bizga xalal beryapsiz!
— Tashvishlanmanglar, janoblar, tashvishlanmanglar,— ilmoqli gap qotdi polkovnik.— Men ham mudofaa uchun xizmat qilaman, ishoninglar,— u suhbatdoshlariga bir-birlab ko‘z yugurtirdi.
— Axir biz ish tashlash cho‘zilib ketishiga yo‘l qo‘yolmaymiz. Buyurtmani vaqtida yetkazib bermaganimiz uchun jarima to‘laymiz, polkovnik,— bu safar bosiqlik bilan tushuntirdi xomsemiz.
Polkovnik boshini qiyshaytirgancha qulochini yozdi.
— Men savdogar emasman, janoblar, lekin bir narsani — foydaning chiqimi ham borligini bilaman,— polkovnik yana boshini ko‘tarib, hammaga birma-bir ko‘z tashladi.— Agar bu g‘alayonni to‘xtatishning chorasini topsanglar, sizlardan g‘oyat minnatdor bo‘lamiz, janoblar.
— Muhtaram polkovnik, Petr Vladislavovich,— hasratomuz nola qildi xomsemiz.— Axir ular qo‘lga olinganlarni qamoqdan chiqarib yuborishni talab qilishyapti. Bizning qo‘limizdan nima ham kelardi. Qamoqxona sizning ixtiyoringizda-ku.
— Sizlar ish haqini oshiramiz, deb ko‘ringlar, balki yon bosishar,— deya maslahat berdi polkovnik.
— Siz yana odamni mayna qilyapsiz,— xomsemiz qizarib-bo‘zarib o‘rnidan turdi.
Sheriklari ham o‘rindan qo‘zg‘alishdi.
— Hozir yuragimizga hazil-mutoiba sig‘maydi. Biz armiyaning buyurtmalarini bajarolmayapmiz. Hoziroq harbiy ministrlikka telegraf orqali xabar qilamiz.
— Qo‘yinglar, xafalashib yurmaylik, janoblar,— dedi polkovnik murosasozlik bilan.— Men sizlarning ham manfaatingizni himoya qilaman. Bu g‘alayon ko‘pga bormaydi. Gapimga ishonaveringlar. Ularning boshliqlari yo‘q. Hammasi uyoqda… qamoqda. Agar biz yon bosib, loaqal bir qismini chiqarib yuborsak, keyin nimalar yuz berishiga kafillik berolmayman. Hozircha bu gap ikki-uch kunda bir yoqli bo‘ladi… O‘tiringlar, nega tik turibsizlar, janoblar?
Ular urush, mahalliy va taxt yangiliklari haqida bir oz gaplashib o‘tirishgach, do‘stona xayrlashishdi.
VIII
Aytilgan ikki-uch kun ham, ketidan yana to‘rt kun ham o‘tdi. Ish tashlash barham topgani yo‘q. Zavod egalari bir oz sabr qilishgach, yana polkovnikning huzuriga otlanishdi. Ularni rotmistr kutib oldi. Polkovnik kasal ekan. Rot-mistr xijolat bo‘lib g‘alayonchilarning orasida yo‘l ko‘rsatuvchilar topilib qolganini, endi ularni aniqlash zarur-ligini, bu ishni tez orada amalga oshirib, g‘alayonga darrov barham berilajagini aytdi.
Biroq politsiyaning g‘alayonchilar yo‘lboshchilarini topib, qamoqqa olishga urinishlari zoye ketdi. Yo‘lboshchilar o‘zlarini mutlaqo fosh etishmadi.
Tajribali izquvarlar ham nima qilarini bilmay boshi qotdi. Shu paytgacha ular bu qadar puxta niqoblangan tashkilotga duch kelishmagan edi. Ish tashlovchilarning har bir xatti-harakati puxta o‘ylangan rejaga asoslangan bo‘-lib, o‘q tomirini topishning sira iloji yo‘q edi. Deyarli bir-biri bilan gaplashmayotgan bir necha ming ish tashlovchi bitta odamdek ish tutardi. Daryobo‘yiliklar xuddi ishga kelgandek zavod oldiga yig‘ilishar, shtreykbrexer***** larni hamjihatlik bilan quvib solishardi.
Faqat dovdir Vorobushkingina bir chetda yurar, bolalarga qo‘shilib ko‘cha-ko‘yda tentirar, ular bilan kaptar uchirar, ko‘pincha ertadan kechgacha daryoga qarmoq tashlab o‘tirardi.
Duduq bola bilan mallasoch qiz Daryobo‘yiga o‘rganib qolishdi.
Katya Mitya bilan birga jamoa kaptarxonasiga bemalol kirib-chiqib yurar, tabiatan qizg‘anchiq, takabbur bola bu qizning kaptarxonaga ega chiqib qolganidan og‘rinmasdi. Kattalar esa daryoning naryog‘idan kelgan bu bolalarga yovqarash qilishardi.
Daryobo‘yiliklar shu kunlarda har qanday yot kimsadan o‘zlarini olib qochishar, hatto hamma joyga bosh suqib, izg‘ib yuradigan malla bolalarga ham shubha bilan boqishardi.
Bir kuni, ish tashlaganlar zavod darvozasi oldida to‘plangan paytda, Samson bilan Katya ashula aytib berishmoqchi bo‘lishdi. Lekin to‘dadagilar ularni og‘iz ochgani qo‘ymay chuvvos solishdi:
— Hayda-a! Nima bor ekan ularga! Shundoq ham qoniga tashna bo‘lib turibdi odam!
Lekin bolalarga yaqin turganlar ularni haydashga shoshilishmadi.
— Transval’, xransval!
Vatanim mening,— qo‘ng‘irokdek ovozda berilib kuyladi qizcha. Samson xuddi xushovoz qushdek ajoyib hushtak chalardi. Shovqin-suron birdaniga tindi-qoldi:
To‘ng‘ich o‘g‘lim oqsoch mo‘ysafid,
Allaqachon o‘ldi jangda.
Kenjam esa o‘n uch yoshida,
Talabgor bo‘ldi jangga.
Butunlay yod bu qo‘shiq hozir allaqanday nozik tuyg‘ularga ta’sir etib, xayollarni to‘s-to‘s qilar, shubhalarni yo‘qotib, oldingisidan boshqacha, butunlay yangi fikr uyg‘otardi.
Shu qadar jimlik cho‘qdiki, hatto to‘dayushg eng oxirida turganlarga ham har bir so‘z, har bir ohang bemalol yetib borar, jimlikni ora-chora eshitilgan chuqur xo‘rsinish buzib qo‘yardi xolos.
Bolalar ashulasini tugatib, jimib qolishdi. Odamlar esa ularning yana kuylashini kutib, so‘zsiz tikilib turishardi. Lekin artistlar boshqa qo‘shiq aytishmadi. Shunda tomoshabinlarning ko‘pchiligi cho‘ntaklarini kovlashtira boshlashdi. Allaqachon har bir tiyin hisob-kitobli bo‘lib qolgan edi.
Erga dastlabki besh tiyinlik jiringlab tushishi bilan qizcha darrov pulpi olib, egasiga qaytardi.
— Ie, ha? Kammi?
Qizcha bosh chayqadi, keyin xuddi katta kishilardek bo-siqlik bilan javob berdi:
— Ish tashlash tugasin, keyin… Hozircha pulsiz aytaveramiz.
O‘shandan buyon bolalar ularga el bo‘lib ketdi, hatto yaxshi ko‘rib, «mallavoylar» deb atay boshlashdi.
Kunlar bir-birini quvib o‘tar, politsiya bilan izquvar-lar hamon g‘alayonchilarning boshliqlarini topisholmasdi.
Daryobo‘yiliklarning yeyishga noni qolmadiyu, biroq hamon ishlashdan bosh tortishardi.
Jandarmlarning jig‘ibiyroni chiqar, poytaxtdagi boshliqlar bu ahvoldan norozi ekanliklarini bayon etishardi.
Faqatgina qamoqxona boshlig‘i yayrab yurardi.
Mahbuslar xuddi tashqarida bo‘layotgan voqealardan xabari yo‘qdek o‘zlarini haddan tashqari xotirjam tuti-shardn.
Keyingi paytlarda hatto eng janjalkash mahbuslar ham yuvvosh tortib, itoatgo‘y bo‘lib qolishdi. Janjal, to‘polonu beboshliklar butunlay barham topdi.
Mahbuslarning hammasi qamoqxonaga o‘rganib, sharoitga moslashib qolganga, taqdirga tan berib, ozodlikni butunlay xayolidan chiqarib yuborganga o‘xshashardi.
Qamoqxona boshlig‘ini polkovnikning huzuriga chaqirtirishdi. U harbiy liboslari torlik qilib qolganidan terga botgancha qamoqxonadagi tinchlik-xotirjamlik haqida axborot berdi. Xo‘ppasemiz, xum boshida bironta tuki qolmagan, semizligidan yumilib ketgan qisiq ko‘zli, yuzi barkashdek bu odam xuddi buddaga o‘xshardi.
U oromkursida o‘tirarkan, boshligining hurmatini joyiga qo‘yar, lekin o‘zini qadr-qimmatini biladigan odamdek tutardi.
Boshliq-jandarmeriya polkoviigi, qotma, necha yoshdaligini bilib bo‘lmaydigan, zahil yuzi unniqqan, kalta kesilgan qoramtir sochlari tipratikondek xurpaygan odam — yozuv stolining orqasida o‘tirardi.
Uning kekirdagi turtib chiqqan ingichka bo‘yni boshiii to‘g‘ri tutib turolmaydiganga o‘xshar, polkovnik kallasini ikki qo‘llab tutamlagancha dum-dumaloq, jigarrang ko‘zlarini qamoqxona boshlig‘idan uzmasdi.
Qamoqxona boshlig‘i gapini tugatib, jim qolgach, polkovnik o‘rnidan turdi, xodimiga qaramay, uyokdan-buyoqqa uzoq yurdi, keyin keskin burilib, yaqin keldi-da, xuddi birinchi marta ko‘rayotgandek ko‘zdan kechira boshladi.
O‘zini erkin, beparvo tutib o‘tirgan qamoqxona boshlig‘i birdan o‘zgardi.
Uning rangi bo‘zarib, ko‘karib ketdi, lunjini shishirib, o‘tirgan joyida jussasini bir paytlaridagi xipcha holiga keltirishga behuda urindi.
Polkovnik bir-biriga yaqin joylashgan jigarrang ko‘z-larini xodimiga tikib turaverdi.
— Demak, sizningcha qamoqxonada tinchlik-xotirjamlik hukm surayotgan ekan-da?— past, lekin hissiz ovozda, Har bir so‘zga alohida urg‘u berib so‘radi u.
— Xuddi shunday!— qamoqxona boshlig‘ining ovozida ilgarigi qat’iyat yo‘q edi.
— Demak, siz mahbuslaringizning tashqari bilan aloqasi borligidan bexabarsiz?
Qamoqxona boshlig‘ining kichkina, qisiq ko‘zlari asta-sekin kattalasha boshladi, yana bir lahzadan keyin qo‘rquv va hayratdan dum-dumaloqlashib, ko‘rg‘oshin tusini oldi-da, polkovnikka baqrayib qoldi.
U churq etolmas, faqat semiz, qon tomib turgan yanog‘ining paylari bilinar-bilinmas uchardi.
— Men qamoqxonaning tashqari bilan doimiy aloqasi borligydan xabardorman. Doimiy aloqasi bor. Tushunarlimi?— deya ta’kidlab so‘rardi jandarm.
— Buiaqa bo‘lishi mumkin emas,— qamoqxoia boshlig‘i xuddi labini qimirlatmasdan gapira oladigan odamdek bo‘g‘iq ovozda gap qotdi-yu, birdaniga bo‘shashib, jiqqa terga botdi.
— Rost aytasiz, bu narsa bo‘lmasligi kerak, lekin baxtga qarshi aloqa o‘rnatilgan.
Polkovnik aytayotgan narsalarining o‘ziga tariqcha aloqasi yo‘qdek hamon bamaylixotir gapirardi.
Qamoqxona boshlig‘i bamisoli murvati burab yuborilgandek o‘rnidan turib ketdi. Jiqqa terga botib, og‘ir tortgan bu odam kichkinagina, qotma jandarm oldida xuddi bezgak tutgandek tishlari takillab, qaltiray boshladi.
— Bu gapga ishonishdan bosh tortaman,— yig‘lamoqdan beri bo‘lib ming‘irladi u.— Shuncha yillik xizmatim mobaynida bunaqa voqea bo‘lgan emas. Biron xatoga yo‘l qo‘ymadikmikan?
— O‘zingizni bosing!— dedi polkovnik sal yumshab.— Afsuski, men yanglishmayotganimga to‘la asos bor. Zudlik bilan kim vositachilik qilayotganini aniqlash kerak. Bironta xizmatchingizdan gumoningiz yo‘qmi?
— Janob polkovnik, bizda har bir odam yuz marta chig‘iriqdan o‘tkazilgan! Hammasi eski xizmatchilar! Bunday xayolga borishning o‘zi mumkin emas…— xo‘rlikdan qamoqxona boshlig‘ining ovozi titrab ketdi.
— Siz haddan tashqari ishonuvchansiz. Bizning ishi-mizda bu gunohi azim,— polkovnik shartta uning gapini bo‘lib, yana xonada uyoqdan-buyoqqa yura boshladi.
O‘sha kundan e’tiboran qamoqxona boshlig‘ining halovati yo‘qoldi. Uni har kuni polkovnikning huzuriga chaqir-tirishar va u har safar qamoqdagilarning tashqaridagilar bilan aloqasi borligiga yana bir karra amin bo‘lib qaytardi.
Qamoqxonada ayg‘oqchilar izg‘ib yurishar, bunday aloqani fosh etgan odamga mukofot va’da qilingan edi.
Nazoratchilar endi mahbuslardan ko‘ra ko‘proq bir-birini poylashar, hagto qamoqxonada ishlayverib pixini yorgan eski xodimlarni ham ishga kelib-ketishayotganida tintib ko‘rishar, xuddi jinoyatchidek shir-yalang‘och qilib, kiyim-kechaklarini tekshirib chiqishardi.
Birdaniga mahbuslar ham tekshiruvdan o‘tkazilib, tintib chiqildi.
Polkovnikning shaxsan o‘zi qamoqxonaga kelib, yo‘lakda sassiz aylanib yurar, har bir odamni kuzatar, hamma narsani so‘rab-surishtirardi. Hatto nazoratchilar unga «Sassiqqo‘zan» deb laqab ham qo‘yishdi.
Kechasi qamoqxonadagi har qanday faoliyat to‘xtagan, mahbuslar o‘rniga kirgan paytda shu qadar jimlik cho‘kardiki, hatto yumshoq poyabzal kiygan nazoratchilar bilintirmay kelib, tirqishdan mo‘ralashlari qiyin bo‘lib qoldi.
Nazoratchilar kunduzgi tashvishlardan horib-charchab, yumshoq o‘rinda dam olishar, devorlar sekin tiqillar, elas-elas eshitiluvchi ovozlar bir daqiqa ham tinmasdi.
«Qamoqxona telegrafi» to‘xtovsiz ishlardi.
Tiqirlagan ovoz xonadan-xonaga o‘tar, mahbuslar bir-birini yangiliklardan xabardor qilishardi.
Ertalab va kechqurun dog‘ suv bilan kechki ovqat tarqatiladigai paytda navbatchi nazoratchi band bo‘lar, qamoqda uzun soqol qo‘yib yuborgan past bo‘yli, ozg‘in mahbus darchani ochar, sekingina hushtak chalgancha oq kaptarni boqardi.
Oq kaptar endi odatdagidan uch hissa ko‘p ovqat yerdi. Uyoqda, gumbaz ostida, to‘sin panasidagi poxolu navdalardan qurilgan uyada katta, uzun tumshuqli ikkita och polapon yutoqib yotardi.
Chinkaptar bilan kichkina po‘pakli kulrang kaptar ularga to‘xtovsiz oziq tashishardi. Polaponlar tez ulg‘ayishar, yegani yuq bo‘lmas, shu bois dam-badam ovqat talab qilishardi.
Chinkaptar sheriklari bilan hovlida don izlamas, Deraza tokchasi-yu, qorovulxona chordog‘ida ovqat mo‘l-ko‘l edi, lekin shunga qaramay ochofat bolalarini to‘yg‘azolmas, ertadan kechgacha o‘rgangan joylariga zir qatnardi.
Naycha qilib, qanoti ostiga bog‘lab qo‘yiladigan xat uchishiga xalal bermasdi.
Bunday xatlar ba’zan kuniga bir necha martadan almashar, lekin ularning vazni bilan hajmi sira o‘zgarmasdi.
Qamoqxona boshlig‘i jandarmeriya boshqarmasidan chiqib, uyiga piyoda qaytdi. Bugun polkovnik ko‘rslik qilib, yer tepindi.
Qirq yillik xizmati mobaynida boshliqlar u bilan birinchi marta shunday gaplashishdi. Qaltis vaziyat uni dadillantirib yubordi, polkovnikka o‘z odamlarining ka-filini olajagini shartta aytdi-qo‘ydi.
— Xodimlarimning mutlaqo aybi yo‘q. Hammasini o‘zim tanlab olganman. Ularni yillab sinovdan o‘tkazganman, har biriga kallam bilan javob beraman. Xodimlarim orasida inqilobchilar yo‘q, janob polkovnik, ular hech kimga vositachilik qilishmaydi.
— Bo‘lmasa, zag‘izgon dumida xat tashib yurgan ekan-da, shundaymi?
Polkovnik tutaqib, yer tepingancha baqirib-chaqirdi.
— Siz bu lavozim uchun qarib qolmadingizmikin, deb qo‘rqaman!— degan xitob eshitildi xonadan chiqayotgan qamoqxona boshlig‘ining orqasidan.
U izvoshchini jo‘natib yuborgach, piyoda ketarkan, yaqindagina bo‘lib o‘tgan gap-so‘zlarni esladi. Keyingi haftalar ichida u birdaniga cho‘kib qoldi. Semiz lunjlarini tarang tortib turgan terisi, lorsillagan bag‘baqasi qat-qat qatlanib, shalvirab tushdi. Hatto odat tusiga kirib ketgan harbiychasiga o‘ktam yurishlaridan asar ham qolmadi. Qaddi bukchayib, kichrayib qoldi, oyoqlarini sudrab bosgancha mayda qadam tashlab sekin odimlardi.
U qamoqxona hovlisida xuddi vidolashayotgandek tanish binoning mayda-chuydasigacha diqqat bilan ko‘z yugurtirdi.. Boshliqning tahdidi uni gangitib qo‘ydi, o‘zini allaqachon ishdan bo‘shatilgandek his etardi.
Umrining asosiy qismi shu qamoqxona bilan chambarchas bog‘liq. U qirq yil muqaddam unter ofitser unvonida iste’foga chiqib, shu yerga ishga keldi. Bu davr ichida kasbdoshlari bir necha bor almashindi.
Qo‘lidan minglab mahbus o‘tdi. Bu yerga endigina mo‘ylabi sabza urganda kelib, munkillab qaytib ketganlarni ham ko‘rdi.
Bu orada qamoqxona uch marta qayta qurildi, jihozlarni, tartib-qoidalarni, odamlarni o‘zgartirishdi. Lekin u hech qayoqqa ketmadi.
Qirq yillik xizmati mobaynida biron marta tanbeh eshitgani yo‘q, qoidada ko‘zda tutilmagan bironta tartibsizlik qilmadi, hech qachon ko‘ngilchanlikka yo‘l qo‘ymadi.
Rahbarlar xizmatlarini munosib taqdirlashdi, yigirma yil ichida u kichik nazoratchidan eng yaxshi qamoqxonaning boshlig‘i darajasiga ko‘tarildi. Undan ish o‘rgangani kelishardi. U politsiyada hamisha eng kamyob odamlar qatori qadrlanardi, mana endi to‘satdan qarib, keraksiz bo‘lib qolibdi.
To‘g‘ri, u bemalol pensiyaga chiqib ketishi mumkin, biroq bu narsa shuncha yildan beri o‘rganib qolgan cheklanmagan imtiyozlar o‘rnini bosa olarmidi?
Qirq yil ichida u qamoqxonaga singib ketdi, hovlining har bir burchagi unga tanish, qadrdon, xotiralariga uyqash edi. Bu yerga kelguncha o‘tgan umrini u sira ham eslamasdi, ehtimol bir necha kundan keyin qadam bosishi taqiqlanar.
U chog‘da qadrdon hovlini, panjarali deraza o‘rnatilgan mayda-chuydasigacha tanish devorlarni, hatto deraza rahnayu peshtoqlarda izg‘ib yuradigan mana bu kaptarlarni ham qayta ko‘rish nasib etmaydi.
Qamoqxona boshlig‘ining dimog‘i achishib, yonog‘iga yesh oqib tushdi. U shosha-pisha cho‘ntagidan katak dastro‘mol olib silkitdi-da, ko‘zini artdi.
Hovlining turli chekkasidan biron narsa berarmikin degan ilinjda kaptarlar yopirilib kelishdi.
Mo‘ysafid cho‘ntagini kovlashtirdi, kaptarlarga uvoq tashlay turib, o‘ylanib qoldi.
Har kuni kaptarlarni boqadigan o‘zidan oldingi boshliq yodiga tushdi. O‘shandan buyon kaptarlarning qancha avlodi o‘tib ketdi. Bu qushlarni u ham yaxshi ko‘rardi.
Kaptarlar naq oyog‘i ostida o‘ralashib yurishardi. Nimasi bilandir unga o‘xshab ketadigan semiz ko‘k kaptar dumini yoygancha asfaltni supurib, moda kaptarning orqasidan ergashib yurardi.
Mo‘ysafid unga tikilib qoldi.
Boshliqning: «Zag‘izg‘on dumida xat tashib yurgan ekan-da»,— degan ta’nasi yodiga tushdi. To‘satdan yilt etgan fikrni ilg‘ab olishga urinib, ko‘zlarini pirpiratdi, kap-tarlarga butunlay bo‘lakcha qiziqish bilan tikildi. Parrandalar qamoqxona ustida galalashib uchishar, derazalar rahiga, peshtoqlarga qo‘nib, hovlida yo‘rg‘alab yurishardi. Mo‘ysafid xuddi yo‘lini davom ettirish oldidan yuki og‘irlik qilib horigan otdek, bosh chayqagancha xonasiga kirib ketdi.
Ertasiga ertalab keksa qamoq nazoratchisi yana hovlida paydo bo‘ldi.
Hali juda barvaqt, quyosh daryo orqasidan endigina ko‘-tarilib kelar, qiyalab tushayotgan nur devorlarga xuddi sarg‘imtir dog‘dek chaplanib qolardi. Shabnam tushgan qoramtir asfalt yiltirar, hovli sathiyu tomlardan yengil hovur ko‘tarilardi.
Mo‘ysafid devor tagidagi quyosh taftida isib qolga joyni tanladi. Xuddi mushukdek ko‘zlarini qisib, shapkasini yechdi-da, dumaloq yarg‘oq boshini oftobga tutdi.
Jandarm libosidagi xizmatchi katta qora idishni olib chiqib, mo‘ysafidning yonida turgan kursiga qo‘ydi.
Ko‘p o‘tmay qamoqxona ustida dastlabki kaptarlar ko‘n rindi. Tuni bilan ochiqqan qushlar gumbazdan hovliga qa rab o‘qdek uchishardi.
Ko‘plarining uyasida polaponlari chirqirashar, ota-ona lari ko‘proq oziq g‘amlab olishga oshiqishardi. Ular ha kungidek o‘zlarini uyoqdan-buyoqqa urib yugurmas, betoqatli bilan hovli ro‘yasidagi uvoqlarni terib olgani shoshili shardi.
Mo‘ysafid idishning qopqog‘ini ochib, quyuq qilib pi shirilgan so‘k bo‘tqadan yog‘och qoshiqni to‘ldirib oldi-da yerga sochib, kaptarlarni chaqirdi.
Kechagina uning oyoqlari ostida o‘ralashgan katta ko‘ kaptar ovqatga birinchi bo‘lib tashlandi. Yonidagi kaptarning tumshug‘i tagida turgan kattagina luqmani olib, liq etkazib yutdi-yu, yana tumshug‘ini cho‘zdi. To‘satdan xuddi bir narsadan cho‘chigandek tepaga sapchib, qanotlarini silkitdi, biroq yuqoriga ko‘tarilolmay qanotlarini yoygancha bo‘t qaning ustiga quladi. Yana besh-oltita kaptar payi tortishayotgandek titrab-qaqshagancha uning yon-verida cho‘zili qolishdi.
Mo‘ysafid bo‘tqani bamaylixotir qoshiqlab olarkan hovli ro‘yasiga sochib chiqdi. Oradan chorak soat o‘tar-o‘tmas hammayoq kaptarlarning o‘ligiga to‘lib ketdi.
Margumush solib pishirilgan bo‘tqa til torttirmay o‘ldirardi. Kechga borib gumbaz butunlay huvillab qoldi.
Na shovqin-suron, na bezovta qanot qoqishlar, najot uchun muttasil kurash sasi kelar, faqatgina chekka-chekkadan och qolgan polaponlarning zorlanib chiyillashlar eshitilar, to‘singa qo‘nib turgan yolg‘iz oq kaptar sekin-sekin silkinib qo‘yardi.
Po‘pakli kulrang kaptar birinchilar qatori qari ko‘k kaptar bilan yonma-yon hovli o‘rtasida uzala tushdi.
Cherkov qorovulxonasining tomiga sepilgan don sh bo‘yicha yeyilmay qolib ketdi.
Samson bilan Katya kuni bilan kaptarlarning yo‘lig ko‘z tikishdi, biroq ulardan darak bo‘lmadi.
Bolalar ertalab kaptarlar galalashib qamoq tomon uchi o‘tishganini ko‘rishgan, lekin birontasi ham iziga qaytgani yo‘q. Faqatgina chinkaptar ikki marta uchib keldi-yu, kechga yaqin gumbaz ostiga kirib ketdi.
Boshqa kaptarlarning qamoqxona tepasida ham, cherkov ustida ham qorasi ko‘rinmadi.
Bu narsadan xabar topgan Vorobushkin bezovtalanib qoldi. Ertasiga hali quyosh ko‘tarilmasidan u baliq oviga otlandi, qayiqni qamoqxona ro‘parasidagi eski joyida to‘xtatdi.
Lekin bu safar ko‘p baliq ovlagani yo‘q, hali quyosh chiqib ulgurmasidan qirg‘oq tomonga qarab eshdi. Qamoqxona bilan cherkov oralig‘ida muttasil uchib yuradigan kaptarlar gala-sidan nom-nishon yo‘q edi. Faqat yolgiz oq kaptargina qamoqxonadstida bir ko‘rinib, ochiq darchadan ichkariga kirib ketdi.
Vorobushkin qayiqdan sakrab tushdi-da, xuddi orqasidan birov quvlayotgandek uyiga qarab chopdi.
Uyiga yetib kelgach, kecha tayyorlab qo‘yilgan yupqa qog‘ozni ochib, shosha-pisha bir necha jumla yozdi.
Bir daqiqadan keyin Mitka cherkov qorovulxonasi tomon o‘qdek uchdi.
Kunduzi o‘z xonasida o‘tirgan qamoqxona boshlig‘i derazadan oq kaptarni ko‘rib qoldi. Kaptar hovli tepasida bir aylangach, peshtoqqa kelib qo‘ndi. Mo‘ysafid so‘k bo‘tqani olib hovliga chiqdi.
Peshtoqqa qo‘nib turgan kaptar g‘oyib bo‘lgan edi.
Qamoqxona boshlig‘i xonasiga kirib, yana o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Bir ozdan keyin boshini ko‘tarib, yana o‘sha kaptarga ko‘zi tushdi.
Chinkaptar ilgarigi joyiga qo‘nib, silkina-silkina patlarini tozalardi. Mo‘ysafid bu narsa ro‘yo emasligiga ishonch hosil qilish uchun ko‘zlarini pirpiratdi, biroq hovliga chiqqanida yana kaptarni uchratmadi.
Sirli ravishda ko‘rinib, g‘oyib bo‘layotgan kaptar qamoqxona boshlig‘ini qiziqtirib qo‘ydi, u kuni bo‘yi xayolidan chiqmadi.
U deraza oldida o‘tirib, kaptarni kuta boshladi. Qush faqat kechki payt uchib keldi.
Mo‘ysafid yana so‘k bo‘tqani ko‘tarib, shosha-pisha hovliga chiqdi.
Kaptar chekkadagi xonalardan birining derazasi tagida turardi.
U sahovat bilan tutilgan so‘k bo‘tqaga qayrilib qaramadi ham, deraza rahida hurpaygancha bo‘shashib turar, joyidan qimirlagisi kelmasdi.
«Beh… beh…» degan ovozni eshitib, u erinchoqlik bilag‘ pastga qarab qo‘ydi, keyin og‘zini katta ochib, qanotlarink yozib kerishdi.
Naycha qilib, qanotining ostiga boglab qo‘yilgan xat lip etib ko‘rindi, qari nazoratchining mushuknikidek o‘tkii ko‘zlari shu oniy lahzada uni ilgab ulgurdi.
Xuddi tok urgandek sapchib tushdi, qo‘lidagi idishni tashlab, bino ichkarisiga kirib ketdi.
Bir ozdan keyin u miltiqni changallagancha tomga chiqdi-da, pusib, kaptarning paydo bo‘lishini kuta boshladi.
Chinkaptarni undan boshqalar ham kutishardi.
Qamoqxonadan ikki yuz odimcha naridagi pastak qorovul xona tomida Samson bilan Katya uning yo‘liga ko‘z tikib o‘tirishardi.
Vorobushkin kechayoq ularga chinkaptardan ko‘z-quloq bo‘lib turishni, nazardan qochirmaslikni buyurdi.
Qora Mitka ham cherkov atrofida aylanib, kaptarga ko‘z solib yurardi.
Bolalar chinkaptarning gumbazdan chiqib ketganini ko‘rishdi, endi uning qaytishini betoqatlanib kutishardi.
Qamoqxona tomidagi mo‘rkon orqasida pusib o‘tirga miltiqli kishini ular baravariga ko‘rib qolishdi.
Kaptar esa shoshilmas, polaponlarining qornini to‘yg‘azgani uchun gumbaz ostiga kirgisi kelmasdi. Qorni to‘y chinkaptar deraza rahida patlarini silkitib tozalarkan, hazmi taom qilardi. Keyin qanot qoqib, ohista uchdi-da shu zahoti tomdagi uyoqdan-buyoqqa borib kelayotgan uzuga soyaga ko‘zi tushib, birdan yuqoriga o‘rladi.
Bolalar tomdagi kishi miltiq qo‘ndog‘ini yelkasiga tiraganini ko‘rishdi.
Chinkaptar ham uni payqab, yanada shiddat bilan tepaga qarab uchdi.
Miltiqli kishi uzoq mo‘ljal oldi. Bolalarning ko‘ngli da miltiq otilmasa kerak, degan umid uyg‘ondi. To‘sat dan chinkaptar xuddi bir narsa turtib yuborgandek qalqi ketdi, shu zahoti ketma-ket otilgan ikkita o‘q ovozi eshi tildi.
Kaptar yo‘nalishini o‘zgartirmadi, faqat qanotlarin tez-tez silkitgancha yanada yuqoriga o‘rlay boshladi.
Samson Katyaning qo‘liga yopishdi, hayajondan gapirol may hadeb barmog‘i bilan kaptarga ishora qilardi.
Kaptar esa botayotgan quyosh nurida oppoq qanotlarini tovlantirgancha xuddi qamoqxona nazoratchilarining ataylab jig‘iga tegmoqchidek oldinga emas, o‘qdek yuqoriga qarab uchar, havo bo‘shliqlariga singib ketmoqchidek kichraygandan kichrayib borardi.
To‘rt juft ko‘z uning parvozini kuzatib, kiprik qoqmay turardi.
Keksa qamoqxona nazoratchisi baland tom tepasida miltiqni changallab turardi. Endi otgan o‘qi kaptarga tegishi dargumon. Samson bilan Katya pastak binoning tomida nafasini ichiga yutgancha qimir etishmasdi. Mitka esa cherkovning eshigi tagida tosh qotgan.
To‘satdan chinkaptar xuddi ko‘zga ko‘rinmas to‘siqqa duch kelgandek qotib qoldi, so‘fito‘rg‘aydek bir joyda muallaq turib, qanotlarini pirpiratdi, keyin shalviragancha chir-pirak bo‘lib, pastlay boshladi. Avvaliga sekin, keyin otilgan toshdek shuvillab uchdi.
Qizchaning yuzi dokadek oqarib ketdi. Samson kaftlari bilan yuzini yashirgancha oh deb yubordi.
Chinkaptar chir-chir aylanib, borgan sari pastlar, bolalar esa hali ham uning birdaniga qanotlarini keng yozib, bir to‘lg‘anib yana ko‘kka parvoz etishidan umidvor edi.
Ana, u ko‘z oldilaridan lip etib o‘tdi-yu, butalarni shatirlatgancha yerga gurs etib tushdi.
Shu zahoti ikkala tom bilan cherkov oldida turganlar ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. Samson bilan Katya hammadan oldin yetib keldi.
O‘q tekkan kaptar uzun, oppoq qanotlarini yozgancha yer bag‘irlab yotardi.
Uning hali hayot asari so‘nib ulgurmagan munchoqdek dum-dumaloq qora ko‘zlari bolalarga hayrat bilan tikilib turardi. Katya qamoqxona darvozasining tambasi surilib, darvoza ochilguncha hamda yugurib kelayotgan qadam tovushlari yaqinlashguncha kaptarni qo‘liga olib ulgurdi.
Qamoqxona boshlig‘i hammadan orqada qoldi. Baland bo‘yli ikki jandarm undan oldin yetib keldi.
Hozirgina otilgan qush tushgai joydagi o‘tlar sal-pal ezilib, yerda bittagina oq pat tushib yotardi. Jandarmlar hovli bilan bog‘ni tit-pit qilib yuborishdi, hatto zalvarli osma qulf urilgan qorovulxonaning derazasidan ichkariga mo‘ralashdi, lekin kaptarning biron bir nishonasi topilmadi.
Qorovulxona ham, hovli bilan bog‘ ham huvillab yotar, faqatgina pastak zinada o‘tirgan ozg‘in, malla bola pirpiragan yiltiroq ko‘zlarini nazoratchilardan uzmasdi.
— Kaptar qani?— hali nafasini rostlao ulgurmagan qamoqxona boshlig‘i bolaga o‘dag‘ayladi.
Bola qo‘rqqanidan ko‘zlarini pirpiratib, miq etmay o‘tiraverdi.
— Kaptar qani? U shu yerga kelib tushganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim,— hayajonu tez yugurganidan keksa nazoratchi hali ham nafasini rostlab ololmasdi.
U o‘zini tutolmay qoldi, jun bosgan semiz qo‘li beixtiyor bolaning tomog‘iga yopishdi.
— Kaptarni qayoqqa berkitding, tezroq gapir, yaramas, bo‘lmasa xuddi itning bolasidek bo‘g‘ib tashlayman.
Bola darrov o‘zini chetga oldi, biroq yo‘g‘on, kaltabaqay barmoqlar yelkasidan mahkam tutamlab ulgurdi.
Samson to‘satdan orqaga burildi-da, nazoratchining serjun qo‘liga yopishib, boshmaldog‘ini g‘arch etkazib tishladi. Tishi etdan o‘tib, suyakka borib yetdi. Qamoqxona boshlig‘i-ning o‘rnida boshqa odam bo‘lganda dod deb yuborishi turgan gap edi. Biroq u sekingina ihrab, barmog‘ini tortib oldi-da, bolaning yuziga musht solib, ag‘darib yubordi.
Samson shu zahoti irg‘ib o‘rnidan turdi. Yiqilib tushmaslik uchun zinaning panjarasini ikki qo‘llab ushlab oldi, og‘rig‘u alamdan xira tortgan ko‘zlarini zolim nazoratchiga tikkancha g‘o‘ldirab, qon tuflay boshladi.
Mo‘ysafid bamaylixotirlik bilan yana musht tushirdi. Bola ag‘darilib tushdi, yuzini yerga bosib, boshini changallagancha qimir etmay yotaverdi. Biroq uni o‘z holiga qo‘yishmadi. Boshmoldog‘idagi og‘riq zo‘rayib, qon sizib chiqqach, mo‘ysafid quturib ketdi. Ikki xaftadan beri jonidan o‘tayotgan alam birdan junbushga kelib, sirtga tepadigan ahvolga keldi.
U bolaning gardanidan changallab, yerdan uzib oldi.
— Bo‘g‘ib o‘ldiraman bu yaramasni,— deya vishilladi u shalvirab turgan chalajon tanani ayovsiz silkitarkan.
Bolaning yorilgan lablari orasidan ko‘pik aralash qon sizardi.
Yonma-yon turgan jandarm chidab turolmay boshlig‘ining yengini tortdi.
— Ko‘p aziyat chekmang, janoblari. Soqov-ku bu bola, sal esi pastroq. Bekorga o‘zingizni qiynayapsiz.
Qamoqxona boshlig‘i barmoqlarini yozdi. Samson xuddi qum solingan qopdek yerga shalop etib tushdi.
Jandarmlar yon-atrofni yana bir karra tintib chiqish-gach, quruq qaytib ketishdi.
Kichkinagina qog‘ozga uning otasi quyidagi so‘zlarni yoz-gan edi: «Bugun yalpi ochlik e’lon qilamiz, sizlar bilan birga kurashyapmiz. Ular sirimizdan xabardor bo‘lib qo-lishdi. Yozishmani vaqtincha to‘xtatinglar».
Katya kaptarni bag‘riga bosgancha bolaning yoniga kelib qotib qolgan ko‘zlarini undan uzmay serrayib turardi.
Ko‘ylagining kaptarni bosib turgan joyida dumaloq qizg‘ish dog‘ paydo bo‘lgan edi.
Yolgnzoyoq yo‘l jar yoqalab ilang-bilang buralib ketgan. Yo‘lning bir tomonn o‘t bosgan poyonsiz o‘tloq, ikkinchi tomonidagi jar tubida esa keng, tezoqar daryo guvillardi.
So‘qmoqdan yigirma chog‘li bola yurib kelardi.
Kechasi qisqa muddatli sel yog‘ib o‘tgan.
Endigina ko‘tarilgan quyosh tafti hali yerni selgatib ulgurmagan, lekin o‘tloqdagi jonivorlar hayotga hamdu sano o‘qmrdi.. Qayerdadir, yuksak-yuksakda ko‘zga ko‘rinmas so‘fito‘rg‘aylar to‘lib-toshib kuylar, havoda, o‘tlar orasida, bu-tayu daraxtlarda son-sanoqsiz qushlar sayrardi… Minglab asalarilarning ovozi qushlar xonishini bosib ketolmas, lekin ayni vaqtda ularning sas-sadosiga qo‘shilmay bir meyordagi avjpardada g‘uvullardi.
Hammayoqda son-sanoqsiz kapalaklar qanot qoqishar, hatto hamisha pana-pasqamda gimirlab yuradigan ola-bula o‘rgimchagu qurt-qumrsqagacha oftobda toblangani giyohlar-ning uchiga chiqib olishgan edi. Yer selgigani sayin o‘t-o‘lan, gul, rutubat aralash asal hidi gurkirab anqirdi. Ko‘tarilayotgan hovur xuddi bulutdek bir joyga yiqilar, yuksak-yuksakda uchib yurgan kalxatlar esa qoramtir nuqtalarga o‘xshab ko‘rinardi.
Pastdagi daryoda yakka-yolg‘iz bir kishi oqimga qarshi esh-kak eshardi.
Bolalar oqimga qarshi suzayotgan qayiqning harakatiga moslab gap-so‘zsiz, ohista qadam tashlashardi.
Shahardan uch chaqirimcha narida, o‘tloq etagidan oqib o‘tgan soy katta daryoga kelib qo‘shilardi. Shu yerga yetganda qirg‘oq birdan yuqoriga o‘rlab, burundek turtib chiqqan, haddan tashqari tik jarga borib tutashardi.
Bolalar yopirilib suv bo‘yiga tushishdi. Vorobushkin qayiqni burib, qirg‘oqqa chiqdi.
U qayiqdan to‘rt burchak tunuka quti olib, Katyaga uzatdi. Qizcha qutini avaylab oldi-da, so‘qmoqdan yuqoriga qarab yurdi.
Qolganlar turnaqator tizilib, uning orqasidan ergashdi. Belkurak ko‘targan Vorobushkin safning orqasida yurib kelardi.
Tepalik ustida tanasi g‘adir-budir, bahaybat emanlar o‘sib yotar, sovuq shamol yerning gardini supurib, shoxlarni shipshiydam qilib ketgan, daraxtlarning ostini xuddi ko‘p-chigan jundek kalta, dag‘al o‘t qoplagan edi.
Qizcha yalanglikka yetgach, qutini yerga qo‘ydi.
Mitka Borobushkindan belkurakni olib, churq etmay chuqur kovlashga kirishdi. Belkurak qum aralash yumshoq yer-ga osongina botardi, chuqurcha yonida bir zumda sarg‘imtir tuproq uyumi paydo bo‘ldi.
Qizcha tizzalab temir kutini ochdi.
Qutidagi yangi to‘shalgan o‘tlar ustida o‘qqa uchgan oq kaptar yotardi.
U ko‘zlarini yumgancha bo‘ynini g‘alati bukib, jonsiz qanotlarini juftlab olgan edi.
Mitka dam olmay, juda tez ishlardi, hash-pash deguncha bir gaz keladigan to‘rt burchak o‘ra tayyor bo‘ldi.
Qizcha ehtiyotkorlik bilan qushning boshini to‘g‘rilab qo‘ydi.
Mitya qutini olib, sekingina chuqurga tushirdi.
Bolalar davra qurib, qabrni o‘rab olishdi-da, boshi boshiga tekkundek bo‘lib, pastga tikilishdi.
Quyosh yuqoriga o‘rlab, qattiqroq qizdira boshladi. Birin-ketin qushlarning uni o‘chib, o‘zlarini soya-salqinga olishdi.
Bolalarning yuzida bir xil, beadad g‘ussa muhrlanib qolgan edi.
Ular lablarini qattiq qimtigancha qilt etishmas, shu turishida quyib qo‘ygandek bir-biriga o‘xshab ketishar, hayajondan entikib-entikib nafas olishardi. Qayerdadir, daryoning naryog‘ida bir qush tarillaganga o‘xshash ovoz chiqarib sayrardi.
Oradan yarim soatcha vaqt o‘tsa ham hech kim joyidan qimirlamadi, biroq to‘satdan eshitilgan shivirlash xuddi buyruqdek jaranglab, hammani Katyaga yuzlanishga majbur qildi.
Eski kurtkasining etagini g‘ijimlab, ezg‘ilayotgan Samson qo‘rquv to‘la ko‘zlarini Katyaning og‘ziga tikib, kiprik qoqmay turardi.
Qizcha hech narsani sezgani yo‘q. Sovuq nigohini oq kaptardai uzmay lablarini ohista qimirlatardi.
— Popning xotini!— Mitkaning joni chiqib, teskari qarab oldi.
Birdan Samsonning ko‘zlari charaqlab ketdi. Kurtkasini o‘z holiga qo‘yib, shodbn bosh irg‘ay boshladi.
Lablarning qimirlashidan Katya nimalar deyayotganini Samson ilg‘ab oldi; qizning ohista shivirlashiga hushtakda sekin-sekin chalingan tanish ohang jo‘r bo‘ldi. Bundan ruhlangan qizning ovozi kuchayib, qat’iylashdi, bora-bora uiing lablaridan uchayotgan so‘zlarni bemalol tushunish mumkin bo‘lib qoldi:
To‘ng‘ich o‘g‘lim oqsoch mo‘ysafid,
Allaqachon o‘ldi jangda.
Kenjam esa o‘n uch yoshida,
Talabgor bo‘ldi jangga.
Qizcha ovozini baralla qo‘yib kuylay boshladi:
Ota, qo‘ymas nomusga seni,
O‘g‘ling sinov onida.
Shart bo‘lsa, Vatan uchun
Kechar aziz jonidan.
Qo‘shiq borgan sari kuchayib, avjga chiqardi. Ularga oldiniga jur’atsiz, keyin yangidan-yangi dadil, yangroq ovozlar jo‘r bo‘ldi.
Shu paytgacha bir chetda turgan Vorobushkin qo‘shiqni eshitganidan keyin bolalarning yoniga keldi. Qizcha uzoq vaqtdan beri ichiga yutib turgan ko‘z yoshlari tirqirab ketdi. O‘g‘il bolalar esa hali o‘zlarini tutib turishardi.
Katyaning kumush qo‘ng‘iroq jarangidek tiniq, ingichka ovozi boshqalarnikidan bo‘lakcha yangrardi.
Unga birin-ketin o‘g‘il bolalarning ovozi qo‘shildi. Endi hammaning ko‘zidan shashqator yosh oqardi.
Faqatgina Samson hech narsani ko‘rmas, qamoqxona boshlig‘i urib, shishirib yuborgan yuzini tepaga qaratgancha bor mahoratini ishga solib, hushtak chalardi. Biroq yorilgan lablari amriga itoat etavermas, kuy titrab, notekis chiqardi:
Yurt boishga ish tushdi,
Sinov bo‘ldi — qabohat.
Ayollar, bizni duo —
Qiling, bo‘lgay ijobat.
Katya engashib qopqoqni oldi-da, qutini yopdi. Yerdan bir siqim tuproq olib, chuqurga tashladi.
Boshqalar ham go‘rga tuproq tashlay boshlashdi. Endi hamma yig‘lar, biroq bu ishidan xijolat chekishni xayoliga ham keltirmasdi.
Qabr tuproqqa to‘lgan paytda Vorobushkin nutq so‘zladi:
— Yig‘lamanglar, bolalar. Chinkaptar inqilob uchun qurbon bo‘ldi. Hayot uchun kurashib, jonini fido etdi. Yig‘lamanglar, bolalar,— u bir oz jim turgach, qo‘shimcha qildi: — Dunyoda shu qushga havas qiladigan odamlar ham bor.
Vorobushkin xotirjam ko‘rinsa-da, ovozi bo‘g‘ilib, qal-tirab chiqdi.
Qora Mitka Katyaning yoniga kelib, qo‘lidan, tutdi-da:
— Eshitdingmi, yig‘lashning keragi yo‘q,— dedi qizga tasalli berishga urinib.— Kaptar fido bo‘ldi… — u gapini oxiriga yetkazolmay nari ketdi.
Quyosh ayovsiz qizdirardi. Chor-atrofga yanada teran sukunat cho‘kdi. Hatto daryoning naryog‘ida sayrayotgan qush ham o‘zini soya-salqinga urib, jimib qoldi. Faqatgina o‘tlog‘u daryo ustidagi yuksak samoda qora nuqtaga aylanib qotib qolgan kalxatlar sassiz-sadosiz parvoz etishar, qabr ustiga tuproq tortayotgan bolalar to‘xtovsiz hiqillashardi.
E.Usmon tarjimasi
____________________
*Ponomar – pravoslav cherkovidagi past unvonli ruhoniy.
**Vorobushkin —«Chumchuqboyev» deganga o‘xshash so‘z o‘yini bor familiya.
***Kartser — Bir kishilik sharoiti og‘ir qamokxona.
****Iuda — ustozi Iso paygambarga xiyonat qilgan shaxs.
*****Treykbrexerlar — ish tashlaganlarga xiyonat qilganlar.