Ajoyib so‘z ustasi K. Paustovskiyning nomi faqat bizning Vatanimizdagina emas, balki butun dunyoda mashhurdir. Yozuvchining o‘tkir mushohadasi, nihoyatda nozik didi uning barcha asarlariga o‘zining salmohli muhrini bosgan. Qo‘lingizdagi ushbu povest avtobiografik xarakterga ega. Biroq mohir yozuvchi o‘zining shaxsiy kechinmalari va yoshligida boshidan kechgan voqealarni lirik idrok etish bilangina cheklanib qolmaydi. Asarda o‘sha davr ijtimoiy hayoti va shu boisdan kishilar ongida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida zo‘r samimiylik bilan hikoya qilinadi.