Xotira maydoni atirgullar bilan bezangan. Xuddi quyuq chakalakzor edi ular. Tabiat malikalari shu tarzda bir-birla-riga chambarchasbog‘lanib ketgan edilarki, hatto o‘tloq havosiz bo‘g‘ilib qoldi. Oppoq, mittigina yumaloqlangan qog‘oz parchalari-dek g‘unchalar atrofga nimalarnidir asta shivirlaydilar. Munavvar tong otmoqda. Tez orada hayotning bo‘sag‘asi bo‘lmish yana bir murodbaxsh kun boshlanadi.
Har safar Vindishning yolg‘iz o‘zi sha-mol tegirmoni tomon eltuvchi yo‘lak bo‘ylab borarkan, kunning sarhisobini oladi u. O‘sha mas’um qirg‘in nafasi saqlanib qolgan xotira maydoni oldida yillarning hisobini ola boshladi. Velosipedini har safar aynan o‘sha tubsiz, qorong‘i jarlik tomon eltuvchi ilk kumush terak daraxti ortidan yillarini xotirlay boshladi. Tundachi, Vindish tegirmon darvozalarini qulf bilan bandi qilarkan, yillariyu, kunlarini hisoblab qo‘yadi yana bir bor.
Uzoqdan jajjigina oppoq atirgullar-u, urushning xotira maydoni va yana salvorli terak daraxti savlat to‘kadi va ko‘z o‘ngida uning.Tumanli chog‘larda oppoq atirgul va yo‘lakda yotgan oppoq tosh ham yanada quyuqroq tus olganining guvohi ham u. Vindish butun borliqni kezadi go‘yo. Yuzlari to‘lsada zar-rin terlarga, bormay qo‘ymaydi aytgan yeriga. Ikki bor o‘sha qalin chambarchas atir-gullar tikonlaridan ayrilganlar, osti-dagi maysalar bo‘lsa dardchil qizg‘ish tus olgandilar. Ikki bor savlatli teraklar tanalaridan ayrilgudek barglarini to‘kkan edilar. Va yana ikki bor yo‘llar oppoq qorga burkangandilar.
Vindish urushning xotira maydoni ol-dida ikki yilini hamda ko‘kka bo‘y cho‘zgan teraklar oldidagi tubsiz jarlik qarshisi-da ikki yuz yigirma bir kunini xotirladi. Har kuni Vindishning tanini o‘sha chuqur jarlik titratib yuborar ekan: “Barining yakuni shu yer”, deya tasalli topadi.
Tarkidunyoni ixtiyor aylaganidan buyon qishloqning har bir yerida yakunga duch keladi u. Vaqt esa bir yerda qolmoqni sevguchilargagina bog‘lanib qolgan. Vindish bu yerda tungi soqchigina yakundan ozod ekanining guvohi bo‘ldi. Ikki yuzi yigirma bir kunini o‘tkazganidan, zulmat jarlik etini junbushga keltirganidan so‘ng Vin-dish shu yerda to‘xtadi ilk bor. Velosipe-dini dimog‘dor terak daraxtiga qo‘yadi suyab. Qadamlarida o‘t chaqnardi uning. Cherkov bog‘idagi dala kabutarlari qanot qoqib parvozga shaylanadilar ko‘kka tomon. Ular shu’la yanglig‘ beg‘ubor. Shovqingina ularga yopishgan qora dog‘.
Vindish cho‘qinib ibodat qildi. Cherkov-ning eshik tutqichi nam. Undagi shudring tomchilari Vindishning qo‘liga ko‘chdi. Cher-kov eshigi qulflab qo‘yilgan. Muqaddas Antonis bo‘lsa devor ortida. Oppoq xushbuy liliya gulini olgandi taqib. Qo‘lida jigar-rang bir kitob. To‘rt tomoni panjaralar bilan bandi etilgan.
Vindishning sovuqdan eti junjikadi. Uni o‘rab turgan olamga, tashqariga, yo‘l-larga bir razm soladi.Yo‘llarning so‘nggi sarhadidan qishloqning poyonsiz o‘tloqlari boshlanib ketadi. Ana u yerdagi sarhaddan kimdir borayapti o‘tib. Tabiatni payhon qilib borarkan, o‘zidan qora izlarni qidiradi u. Toptalgan o‘tloqni uni yer uzra ulug‘lab turadi jimgina ko‘tarib.
Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi