Abdurahmon ash-Sharqoviy. Yer (roman)

Abdurahmon ash-Sharqoviy. Yer. Roman. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

Abdurahmon ash-Sharqoviy Birlashgan Arab Respublikasi adabiyoti va umum arab adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yozuvchisi. U «Puch qalblar», «Pastqam ko‘chalar» kabi qator romanlarning avtori. «Er» faqat Misrda emas, butun arab mamlakatlarida kambag‘al dehqonlar hayotini aks ettiruvchi birdan-bir yirik realistik asardir.

Asarni o‘qir ekansiz ezilgan dehqonlarning ayanchli hayoti, bir parcha yer uchun, erk uchun, haqiqat uchun kurashlari, sodda va haqi-qiy ishq-muhabbatlari beixtiyor qamrab oladi kishini. Kitobxon o‘sha yerda, ular bilan birga jafo chekayotganday his qiladi o‘zini.

Arabchadan Shoikrom Shoislomov va Ismatilla Abdullayev tarjima qilgan.