Nadrmuhammadxon

Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton

(1592 taxm. 1651)

(1642-1645)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1606-1642 yillarda Buxoro hokimi bo‘lgan. Uning davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, xatto farzandlari (12 ta og‘li) ham unga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bunga uning o‘ta takabburligi, milk-mulkka o‘chligi, qaysarligi sabab bo‘lgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, Shimoldan ko‘chmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-taroj etmoqda edilar. Nadrmuhammadxon ularga qarshi o‘g‘li Abdulazizni yuboradi. Biroq Nadrmuhammadxondan norozi amirlar harbiy safar chog‘ida Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Bundan habar topgan Nadrmuhammadxon Balxga ketishga majbur bo‘lgan va Boburiy Shohjahondan yordam berishni so‘ragan Shohjahon ikki o‘g‘li (Murodbaxsh va Avrangzeb) ni katta qo‘shin bilan Balxga jo‘natib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif bo‘lgan Nadrmuhammadxon ularga qarshi chiqib, Maymana yo‘lida jangda yengiladi va Eronga shoh Abbos II panohiga qochadi va u yerda ikki yarim yilcha qolib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini ikki yil g‘orat qilishgan. Mutassil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish Hindistonlik askarlarga salbiy ta’si ko‘rsatgan. Shohjahon askarlarini Hindistonga chaqirib olishga majbur bo‘ladi. Balxni esa Erondan taklif etilgan Nadrmuhammadxonga topshiradi. Bu Nadrmuhammadxonning o‘g‘illarini yana tashvishga solib, ularni birlashishiga majbur qilgan. Abdulazizxon ukasi Subhonqulini Balxga noib etib tayinlaydi (1651). Nadrmuhammadxon taxtdan voz kechib, Makkaga, haj safariga ketishga majbur bo‘ladi va yo‘lda vafot etadi. Madina yaqinidagi akasi Imomqulixon qabri yoniga dafn etilgan. Mahmud ibn Vali Nadrmuhammadxon farmoni bilan mashhur asari – ,,Baxr ul-asror” (,,Sirlar dengizi”) ni yozadi.