Abdulatifxon

Abdulatifxon ibn Ko‘chkunchixon

(?-1551 yil, aprel/may)

(1540-1551)

Samarqand xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor. U Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537-38-y.). 1541 yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb e’lon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan (1540-50-y.). Baroqxon bilan birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokomi Abdullaxon II bu hujumni qaytargan.Shariat jonkuyari bu xonning yaxshi hislatlari va ko‘pgina taxsinga sazovor ishlari bor edi. U o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmadi, ba’mani qiliqlarni batamom tiyildi va ziyofatlarni olim – fozillarsiz o‘tkazmadi. Uning davrida Samarqand shahri gullab yashnadi. Uning bog‘lari Eram bog‘laridan ham go‘zalroq deb ta’riflanardi.

Abdullatifxon o‘z qarindoshlari orasida ustun va shuhrati baland edi. Tarix fanini yaxshi bilar, ilm-ma’rifatlardan xabardor edi. Kecha-yu kunduzini teng soatlarga bo‘libhar bir soatida munosib shu bajarar edi. Kuchli hofizlari bor edi. Gohida shoirlar va fozillar bilan suhbat qurar edi. O‘zi esa she’r yozish bilan kam shug‘ullangan bo‘lsada, ammo ,,Xush” taxallusi bilan she’r yozgan.Abdullatifning topshirig‘iga binoan Ma’sud ibn Usmon Ko‘histoniy “Tarixi Abulxayrxoniy” nomli asar yozadi. Bu asar Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga olgan Abulxayrxonga bag‘ishlanadi.

Abdullatifxon 1551 yilda may oyida vafot etadi. Undan Abdol Sulton va Gadoyxon ismli o‘g‘illar qolgan. Qabri Ko‘chkunchixon madrasasi (Samarqand)da.